• Bir janrga oid konferensiyalar.
  • Bir muallif ijodiga bag‘ishlangan konferensiyalar.
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet60/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Mavzuli konferensiyalar.
    Bunday konferensiyani tayyorlash 
    mavzuni tanlash bilan boshlanadi. Masalan, «Egasi bor yurtning 
    ertasi bor»,«Buyuk sohibqiron», «Tasawuf ilmining ulamolari», 
    «Islomda inson ma’naviyati va madaniyati» kabi mavzularni olish 
    mumkin. So‘nggi mavzu uchun «Hayot va hadis» ruknida chop 
    etilayotgan asarlarni tanlab olish mumkin. B. Ahmedovning «Amir
    140
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Temur», M. Alining «Ulug‘ saltanat» asarlari «Buyuk sohibqiron» 
    mavzusi uchun tanlab olinadi.
    Mavzuli konferensiya bir mavzuga oid bir necha asarlar 
    yuzasidan o ‘tkaziladi. Uning maqsadi bir mavzuga oid asarlarni 
    targ‘ib qilish, shu asarga nisbatan kitobxonlar qiziqishini 
    shakllantirish va tarbiyalashdan iborat.
    Bir janrga oid konferensiyalar.
    Biron-bir adabiy janrga oid 
    adabiyotlar muhokamasi bolalar kutubxonalarida keng tarqal- 
    gan. Uning maqsadi bir janrdagi eng yaxshi badiiy asarlarni tar- 
    g‘ib qilishdan iborat. Kitobxonlar orasida, ko‘pincha, faqat bir 
    janrga qiziquvchi kitobxonlar uchraydi. Ana shu janrdagi asar­
    larni muhokama qilish shu kitobxonlar va boshqa kitobxonlar 
    orasida tanlangan asarlarni targ‘ib qilishga, uni mukammal 
    tushunib olishga yordam beradi.
    «Yoshlar she’riyati», « 0 ‘zbek romanlari», «Sarguzasht qis- 
    salar», «Moziydan so‘z ochgan asarlar» kabi mavzuda muhoka- 
    malar o‘tkazish mumkin.
    Bir muallif ijodiga bag‘ishlangan konferensiyalar.
    Mashhur 
    yozuvchi yoki shoirlarning, olimlarning yubileylari va tug'ilgan 
    kunlari munosabati bilan shu muallif asarlarini targ‘ib qilish 
    maqsadida muhokamalar tashkil etiladi. Bunday konferensiya- 
    larda imkon bo‘lsa, muallifning o‘zi qatnashadi. Bunday imko- 
    niyat ko‘proq poytaxt yoki viloyat niarkazlarida joylashgan 
    kutubxonalar faoliyatida uchraydi. Bunday muhokamalar juda 
    qiziqarli o‘tadi, chunki muallifning o‘zi kitobxonlar bilan yuzma- 
    yuz uchrashadi, ularning fikr-mulohazalarini tinglaydi, kitob­
    xonlar ham bevosita muallifning o‘zi bilan muloqotda bo‘ladi, 
    ammo muallif ishtiroki kitobxonlarga xalaqit bermasligi va 
    muhokama uchrashuvga aylanib ketmasligi kerak.
    Mulohaza davomida muallifni ortiqcha maqtash hollariga yo‘l 
    qo‘yilmaydi. Bu ochiq, samimiy tanqidni bo‘g‘adi. Muallif konfe- 
    rensiyaga boshqaruvchilik vazifasini olib borishi mumkin, mu­
    hokama yakunida muallifga so‘z beriladi. Bunda muallif kitob- 
    xonlaming fikr-mulohazalariga o‘z munosabatini bildiradi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish