• Ovozli о ‘qishlar adabiyotlarni targ‘ib qilishning eng qadimgi usuli.
  • Guruhli tavsiyaviy suhbatlar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet58/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Guruhli tavsiyaviy suhbatlar.
    Suhbatni birgina kitobxon yoki
    bir necha kitobxonlar bilan o‘tkazish mumkin. Guruhli suhbat
    yakka tartibdagi suhbat kabi o‘qishga rahbarlik qilishning va
    adabiyotni targ'ib qilishning samarali usuli. Bunday suhbatlar
    ко proq bolalar kutubxonalarida ham mustaqil tadbir va 
    yordam chi
    tadbir sifatida o‘tkaziladi. Kitob ko‘rgazmalari yonida, adabiy-
    mavzuli kechalarda, og‘zaki jurnal sahifalarida, uni tayyorlash va
    о tkazish jarayonida, uyga kitob berish bo‘limida, kitob 
    tokchalari
    yonida adabiyotlar va boshqa turdagi taqdimotlarda, kutubxona
    bo ylab sayohatlar davomida 
    bir 
    guruh kitobxonlar bilan 
    suhbat 
    o‘tkaziladi.
    Suhbatlar, asosan, alohida mavzugabag‘ishlanadi. Shudavming 
    muhim siyosiy voqealari, ijtimoiy-siyosiy masalalari, madaniyat, 
    ma rifat va ma’naviyat masalalari, mutaxassislikka oid yangiliklar 
    suhbat mavzusini tashkil etadi. Suhbatni o‘tkazishga mutaxassislar 
    jalb etilishi mumkin. Shunda suhbat yanada jonli va ta’sirli 
    chiqadi.
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Suhbatni tayyorlash jarayonida ham matn tayyorlab olinadi, 
    ammo o ‘qib berilmaydi. Suhbat so‘ngida mavzuga oid boshqa 
    adabiyotlar ham o'qish uchun tavsiya etiladi. Bunda adabiyotlar 
    haqidagi taqrizlardan foydalanish, adabiyotning o‘zini ko'rsatish, 
    bibliografik qo‘llanmalardan ham foydalanish suhbatning ta’sirini 
    oshiradi.
    Ovozli о ‘qishlar adabiyotlarni targ‘ib qilishning eng qadimgi 
    usuli.
    Ovozli o ‘qish tanlangan asarni ovoz chiqarib o‘qishdir. 
    Ovozli o ‘qishlar turli davrlarda turlicha ko‘rinishlarda — she’riy 
    asarlarda qiroat bilan o‘qish, bahr-u bayt va g‘azalxonlik kechalari 
    ko‘rinishida o'tkazilgan. 0 ‘zbek she’riyati tarixidan shu narsa 
    m a’lumki, 0 ‘rta Osiyoda she’rxonlik va g‘azalxonlik kechalari 
    juda keng tarqalgan.
    M a’rifatparvarlar orasida Navoiyxonlik, Bedilxonlik, Oga- 
    hiyxonlik, Lutfiyxonlik yoki o‘zbek mumtoz she’riyatida shoirlar 
    orasida g‘azalxonlik kechalari muntazam bo‘lib turgan. Shuning 
    uchun ham ota-bobolarimizda she’riyatga, san’atga, adabiyotga 
    qiziqish katta bo‘lgan, uning ta’sirida bolalar tarbiyasi yetuk da- 
    rajaga yetgan. 0 ‘zbek xalqi orasida haqiqiy savodxonlar, shoir-u 
    shoiralar ko‘plab yetishib chiqqanining boisi ham shunda.
    Qoidaga ko‘ra, ovozli o ‘qishlar uncha katta bo‘lmagan, 
    tayyorgarligi va o‘qish madaniyati shakllanmagan kitobxonlar 
    uchun o ‘tkaziladi. Kitobxonlar soni 5—6 nafardan 10—15 ta- 
    gacha bo‘ladi. Kattaroq auditoriya uchun badiiy asarlar tanlab oli- 
    nib, uni o‘qish uchun 25—30 minut vaqt ajratiladi.
    Ovozli o‘qish ikki xil maqsadda o‘tkaziladi: kitobxonda shu 
    asarga qiziqish uyg‘otish, asarni o'qishga ishontirish va butun matnni 
    kutubxonachi so‘zi bilan hikoya qilib berish. 0 ‘qish uchun 
    tanlangan asarning hajmiga ko‘ra, ovozli o‘qish turkumlari tashkil 
    etiladi. Bunga asar, asar qismi, bob yoki bo‘lim tanlab olinadi.
    Ovozli o‘qish qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanadi. Unda 
    tanlangan mavzuning ahamiyati, maqsadi, asar muallifi haqida 
    qisqacha m a’lumot beriladi. Asarning o ‘zini o'qish uchun esa 
    20—25 minut vaqt qoldiriladi. 0 ‘qishning borishi faqat tanlangan 
    asarga emas, balki o‘quvchining imkoniyatiga ham bog‘Iiq. 0 ‘qil- 
    gan asarning muhokamasi muhim ahamiyatga ega. Bunda
    137
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    muhokamada qatnashgan kitobxonlarning fikr doirasi kengayadi, 
    so‘zlash va fikrlash qobiliyati o ‘sadi, tanqidiy baho berish, 
    mulohaza yuritish madaniyati tarbiyalanib boradi. Bahsni awal- 
    dan tuzilgan savollar asosida olib borsa ham bo‘ladi. Savollarni 
    kitobxonning asar mazmuni, g‘oyasi, mavzusi, undagi obrazlar, 
    ularga munosabatini, asarning davr va kitobxon hayoti va mehnat 
    faoliyati bilan bog‘liqligi, asar tili haqida fikrini bilishga yo‘nal- 
    tiradigan darajada tuzish kerak.
    Ovozli o‘qishni tayyorlashgajiddiy e ’tibor berish zarur. Asarni 
    o‘quvchi kutubxona xodimi yoki mutaxassis kitobxon asarning 
    mazmuni, bog‘liq masalalar, asarga taalluqli qo ‘shimcha ada­
    biyotlar bilan tanish bo‘lishi, kitobxonlar berishi mumkin bo‘l- 
    gan savollarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishi zarur. Tushunish mos 
    bo‘lmasligi ham mumkin, bunday holda kitobxonlarni o ‘z so‘- 
    zining, fikrining to ‘g‘riligiga ishontirishi, isbotlab berishi zarur. 
    Eng yaxshi fikrlami ta’kidlab o‘tish kerak. Xato fikr bildirgan, 
    noaniq so‘zlaganlarni to‘g‘rilashi zarur.
    Zamonaviy kompyuter va telekommunikatsiya texnologiyalari 
    kirib kelishi bilan ovozli o‘qishlar avtomatlashtirilgan tarzda 
    o‘tkazilmoqda.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish