• 5.2. Adabiyotlarni targ‘ib qilishning og‘zaki usullari
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet55/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    A/bomlar.
    Kutubxona tarixiga, biron-bir buyuk shaxslar fao- 
    liyatiga, muhim va unutilmas voqealarga, yubileylarga oid albomlar 
    tashkil etiladi. Samarqand viloyat kutubxonasida 
    I.A. 
    Karimov- 
    ning « 0 ‘zbekiston kelajagi buyuk davlat» asariga bag‘ishlangan 
    katta, chiroyli, estetik did bilan bezatilgan albom tayyorlandi. Unda 
    LA. Karimov portreti albom sahifasining ichki tomonida, ikkinchi 
    tomonidan asar muqovasining aksi, boshqa varaqlarda asardan 
    olingan parchalar, asar haqidagi fikrlar, undagi asosiy muam- 
    molar, belgilab berilgan vazifalar ko‘rsatilgan.
    Albomning har bir sahifasi o‘ziga xos montaj sifatida ular 
    mazmunan bir-birini davom ettirishi kerak, ammo bir-birini 
    takrorlashi kerak emas. Albomlarni bezashda turli rasmli, illus- 
    trativ materiallar, chizma vajadvallar, suratlardan foydalaniladi. 
    Har bir sahifada mazmunga mos adabiyotlar ro‘yxati ham ilova 
    qilinishi mumkin. Albomlarni og‘zaki jurnallar, ovozli o‘qishlar, 
    bibliografik sharhlar, shaharlar, kutubxona yubileylari munosa- 
    bati bilan o‘tkaziladigan tadbirlarda, tanlovlarda tayyorlab, 
    namoyish etish mumkin. Albomlar kitobxonlarni estetik ruhda 
    tarbiyalashga xizmat qiladi.
    5.2. Adabiyotlarni targ‘ib qilishning og‘zaki usullari
    Bunda kitobxonlarga og‘zaki so‘z yordamida ta’sir etish, shu 
    bilan birga, kitob mazmuni, xarakteri haqida ma’lumot berishdan 
    iborat. XX asr oxiriga kelib, ommaviy axborot vositalari keng 
    taraqqiy etdi. Ayniqsa, mustaqillikka erishganimizdan so‘ng res- 
    publikamizda ommaviy axborot vositalari to‘rtinchi hokimiyat deb 
    tan olindi va unga ulkan vazifalar yuklatildi. Bundan tashqari, 
    videosalonlar, turli xil yo‘nalishdagi barlar, Internet kafelar, bil­
    liard klublar keng rivojlandi. Ular orqali ma’lum bir ma'noda 
    axborot beriladi. Ammo bu kutubxonalarning ommaviy ishlariga
    131
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    salbiy ta’sir ko‘rsatishi kerak emas, aksincha, ommaviy ishlar 
    mazmunining kengayishiga, keng ko‘lamda olib borilishiga yor­
    dam berishi kerak.
    Og‘zaki targ‘ibot usullari tashkilotchi bilan kitobxonlar audi- 
    toriyasining munosabatini ta’minlaydi, ma lum bir kitobxonlar 
    guruhining ijtimoiy-siyosiy, psixologik xususiyatlarini bilishga 
    yordam beradi. Radio, televideniya, matbuot orqali berilayotgan 
    axborot ma’lum bir guruhga yoki auditoriyaga m o‘ljallanmaydi. 
    Kutubxona tadbiri esa, biron-bir xususiyati bilan alohida guruhni 
    tashkil etadigan kitobxonlarni qamrab oladi va tadbirning ta’siri 
    va samarasini oshiradi. Auditoriya tasodifan to ‘plangan kitob- 
    xonlardan iborat bo‘lmaydi, shu sababli kitobxonlarning o ‘ziga 
    xos xususiyatlarini hisobga olgan holda tadbir tayyorlanadi va 
    o‘tkaziladi.
    Og'zaki targ‘ibotda kutubxonachi va kitobxon munosabati 
    muhim o‘rin tutadi, bu kutubxona xodimidan kitobxonning 
    shaxsiy fikridan unumli foydalanishni talab qiladi. Bevosita targ‘ib 
    qilish — kutubxona ishini yaxshilash maqsadida tashkil etiladigan 
    tadbirlarda qoMlaniladi. Masalan, kitobxonlar konferensiyasi — 
    bu tadbirda ba’zi hollarda kutubxona xodimlari, kutubxona ken- 
    gashi ishi haqida hisobot beradi, konferensiyada ishtirok etgan 
    kitobxonda nutq madaniyati tarbiyalanadi, so‘zlash qobiliyati, 
    esda saqlab qolish, o‘qilgan kitobga tanqidiy baho berish, tahlil 
    qilish ko‘nikmasi shakllanadi. Eng asosiysi, kitobxonda ko'pchi- 
    likka o‘z fikrini singdirish, ta’sir etish, o‘zaro muloqotga kirishish 
    mahorati tarbiyalanib boradi.
    Kutubxonalar ommaviy ishlarni tashkil etishda mahalliy 
    tashkilotlar, tarbiyaviy, madaniy-ma’rifiy muassasalar, maktab- 
    lar, kasb-hunar kolleji va akademik litseylar, oliy o ‘quv yurtlari, 
    ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda ish olib borsa, 
    ishning ta’siri yanada oshadi. Keyingi paytda kutubxonalar fao- 
    liyatiga fandrayzing — chetdan mablag‘ jalb qilish, press-reliz -
    OAVni jalb etish va ularga axborot tayyorlab yetkazish, Pablik 
    Rileyshinz 
    boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikni o‘rnatish 
    usullari kirib keldi. llg‘or kutubxonalar ommaviy ishlarni tay- 
    yorlashda va o‘tkazishda OAVdan unumli foydalanmoqda.
    132
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish, awalo, 
    ana shu mahalliy hokimiyat organlari, tashkilot va muassasalar 
    orasida kutubxona imijini oshirsa, ikkinchidan, ularda kutub- 
    xonalarga to‘g‘ri munosabatni shakllantiradi. Ular uchun endi- 
    likda kutubxonaning o'rni, ahamiyati oshib boradi. Ular bilan 
    hamkorlikda o‘tkazilgan ommaviy tadbirlarning ta’siri, samarasi 
    ham boshqacha boiadi. Endilikda kutubxonaning axborotlar 
    markazi, ko‘rgazmalar, shoir va yozuvchilar, turli jamoat va san’at 
    arboblari, mualliflar bilan uchrashuvlar, jonli muloqotlar o‘t- 
    kazish uchun adabiy mehmonxona ekanligini, asosiy tarbiyaviy 
    va ta’lim beruvchi maskan ekanligini unutmaslik zarur.
    Har qanday tadbir axborot berish va ta’lim-tarbiya xarak- 
    teriga egadir. Tadbir davomida tanlangan yo‘nalishda kitobxon- 
    larga yoki aholisiga kitoblar va Internet yordamida axborot ber- 
    sak, ikkinchidan, ana shu tanlangan axborot asosida kitobxonga 
    bilim olishda yordam beramiz. Kitobxonda ijodiy ko‘nikma 
    shakllanadi. Jamiyat hayotida faol ishtirok etishga intilish, tan­
    langan mavzuga qiziqish tarbiyalanadi.
    Og‘zaki tadbirlarni xarakteriga va targ‘ibot usullari hamda 
    vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra, kompleks tadbirlarga ham ajra- 
    tamiz. Bular — kitobxonlar konferensiyasi, adabiy mavzuli 
    kechalar, savol-javob kechalari, og‘zaki jurnallar va boshqalar. 
    Bularda bir vaqtning o‘zida targ‘ibot usullarining ham og‘zaki, 
    ham ko‘rgazmali, ham matbuot usullaridan foydalaniladi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish