Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Kutubxona plakatlari
ko‘rgazmali targ‘ibotning ko‘p qo‘lla- 
niladigan turi bo‘lib, bosma siyosiy plakatlardan farq qiladi va 
adabiyotlarni targ‘ib qilish vazifasini bajaradi. Uning negizida ki­
tob turadi va o‘zida yorqin, yirik tasvimi aks ettiradi, matn mazmu- 
nini rangli bo‘yoqlarda ochib berishga xizmat qiladi. Siyosiy 
plakatlar kishilarni jamiyat hayotida faol qatnashishga, fan, tex- 
nika, madaniyat va san’at, ma’rifat va m a’naviyat masalalarini
125
www.ziyouz.com kutubxonasi


amalga oshirishda o‘z bilimlari bilan ishtirok etishga chorlaydi, 
biron-bir yo‘nalishda bilimni shakllantiradi, estetik zavq beradi, 
eng yaxshi kitoblarni o4qishga yolnaltiradi, mustaqil bilim olishda 
yordam beradi.
Kutubxona plakatlari XIX asrning oxirlaridan boshlab qo‘l- 
lanila boshlandi. Har bir davrda davr xususiyatlaridan kelib 
chiqqan, o‘sha davrning dolzarb siyosiy, ijtimoiy, madaniy va 
ma’rifiy vazifalariga bog‘liq holda turli mavzularda plakatlar tashkil 
etilgan. XX asrning 20-yillariga qadar plakatlar ko‘proq savod- 
sizlikni tugatish, aholini kutubxonaga, kitob o ‘qishga jalb etish 
mavzularida tashkil etilgan bo‘lsa, undan so‘ng ko‘proq kitobni 
saqlash, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, avaylash, ehtiyot qilish 
mazmunida tashkil etilgan.
Keyingi yillarda nashriyotlar, kutubxonachilik tashkilotlari 
tavsiya ro‘yxatlari bilan birgalikda kutubxonalarni targ‘ib qi- 
luvchi instruktiv-metodik plakatlar, kutubxonadan to ‘g‘ri foy­
dalanish, kutubxonalararo abonementdan foydalanish, kata- 
loglardan, elektron katalogdan to‘g‘ri foydalanish, m a’lumot qi- 
dirish qoidalari to‘g‘risidagi plakatlarni chiqara boshladi.
Kutubxona plakatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, agar 
ko‘rgazmada bevosita kitobning o‘zi ko‘rsatilsa, plakatda bavosita, 
ya’ni tasviriy san’at vositalari yordamida kitob mazmuni ochib 
beriladi. Bunda kitob muqovasining ko‘rinishi, qisqa matnlar, 
rasmlar, bo‘yoqlar va boshqa illustrativ materiallar qo‘llaniladi.
Kutubxona plakati o‘qish mazmuni va yo‘nalishiga faol ta’sir 
ko‘rsatadi. Kitobxonga kitob tanlashda yordam beradi, muammoni 
o‘ylashga, fikrlashga o‘rgatadi, estetik didini tarbiyalaydi. Kitob 
muqovasining ko‘rinishi kitobxonda kitob ko‘rinishi haqida tasav- 
vur hosil qiladi. Ammo plakatga targ‘ib qilinishi kerak bo‘lgan hamma 
kitoblarning muqova ko‘rinishi sig‘maydi. Shuning uchun hajmi 
kichraytirilib, ixcham joylashgan holda beriladi. Shuni hisobga 
olish zarurki, hech qachon kitob muqovasi yirtib olinib plakatga 
yopishtirilmaydi, aks holda kitobxonda kitobni yirtsa ham 
bo‘laverarkan, degan tasawur paydo bo‘ladi. Ayniqsa, bolalar 
uchun tashkil etiladigan plakatlarda. Uning qulayligi shundaki, u 
bino devoriga, kitobxon ko‘rishi qulay bo‘lgan joyga osiladi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kutubxona plakatlari maqsadiga ко‘га, quyidagi turlarga 
ajratiladi: targ‘ibot plakati, tashviqot plakati va instruktiv-metodik 
plakatlar.

Download 11,3 Mb.
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish