Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Ochiq ко ‘riklar
ilg'or kutubxonalar tajribasida ko‘p qo‘lla- 
nadi. Bunday ko‘rgazmalarning maqsadi mutaxassislarni so‘nggi 
ikki-uch yil ichida nashr qilingan adabiyotlar bilan tanishtirish. 
Ko‘riklar uchun adabiyotlarni tanlash mutaxassis kitobxon yor- 
damida olib boriladi, mutaxassis kitobxon shu soha adabiyotlarini 
bizdan ko‘ra chuqurroq biladi va aynan qaysi kitobni qo‘yish 
kerakligini ajratib bera oladi.
Ko‘rgazma yonida bibliograf yoki kutubxona xodimi suhbat, 
sharhlar o‘tkazadi, kitobxonlar uchun maslahat soatlari tashkil 
etadi. Hozirgi kunda kutubxonalar faoliyatiga volontorlar, ya’ni 
ko‘ngillilarni jalb etish bilan shu vazifani mutaxassis kitobxon 
zimmasiga yuklash mumkin. Ko‘ngillilar ixtiyoriy ravishda bo‘sh 
vaqtlarini kutubxonalar faoliyatiga yordam berishga, tadbirlarni 
tashkil etish va olib borishda ishtirok etishga, kutubxona ish 
jarayonlari uchun qurbi yetsa, mablag‘ sarf qilishga ham ajrata- 
dilar. Ularning yordamida juda ko‘p vazifalarni amalga oshirsa 
bo‘ladi. Ba’zi hollarda bunday ko‘riklar yo‘nalishiga ko‘ra muas­
sasa yoki tashkilotlarda ham olib boriladi. Unday ko‘rildarni yirik 
xalqaro tadbirlar — ilmiy anjumanlar, kitob bayramlari, kitob 
sotuv oyliklarida, bolalar kitobi o‘n kunliklarida, kutubxona 
haftaligi kunlarida tashkil etish mumkin. Yirik kutubxonalarda 
ko‘riklar yoniga mavzu bo‘yicha kartoteka, axborot bulletenlari, 
bibliografik qo‘llanma va ko‘rsatkichlar qo‘yiladi.
Kitobxonlar ko‘rikdagi adabiyotlar bilan tanishib chiqishlari, 
o‘ziga kerakli adabiyotlarni tanlab olishlari mumkin.
Ko‘pgina hollarda mavzuli to‘plamlar ham tashkil etiladi. Bu 
ham uncha katta bo‘lmagan mavzuli ko‘rgazma bo‘lib, unda gazeta 
va jurnallardan tanlangan mavzu bo‘yicha olingan maqolalar 
to‘planadi. Ular maxsus quti ko'rinishida alohida jildlarda bo‘- 
lishi, radio va televideniya orqali namoyish etilishi mumkin.

Download 11,3 Mb.
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish