Yangi adabiyotlar ко ‘rgazmasi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Yangi adabiyotlar ко ‘rgazmasi
u yoki bu davrda kutubxona 
fondiga kelib tushgan yangi adabiyotlar haqida axborot berish 
maqsadida tashkil etiladi. Axborot berish maqsadida bibliografik 
obzorlar, mavzuli kartotekalar, axborot bulletenlari, ro‘yxatlar 
ham tuziladi, ammo ular orasida kitob ko‘rgazmalari alohida 
ahamiyatga ega. Chunki kitobxon ko‘rgazmadagi adabiyotlami o‘zi 
bevosita qo‘liga olib ko‘radi, uni olib o‘qish kerakligi haqida hukm 
chiqaradi va o‘qish uchun navbatga turadi.
Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasi hamma turdagi kutubxona- 
larda doimiy ravishda tashkil etiladi. Yirik kutubxonalar nafaqat 
bizning mamlakatimizda, balki xorijiy mamlakatlarda hamda 
hamdo‘stlik mamlakatlarida ham nashr etilayotgan adabiyotlar 
haqida axborot beradi. Bu esa axborotning qimmatini oshiradi.
Ko‘rgazmaning samarasi uning to‘g‘ri tashkil etilganiga bog‘- 
liq. Ko‘rgazmani tashkil etishda kutubxonaning tipiga, qayerda 
va qaysi joyda tashkil etilishiga, kitobxonlar guruhining xusu- 
siyatlariga, adabiyotlar mazmuniga, maqsadiga, nashrlarning qaysi 
davrda nashr etilganiga ham e’tiborni qaratishlari kerak. Yirik 
kutubxonalar ko‘rgazmalarni bo‘limlarda, o‘quv zallarida tashkil 
etadilar. Kichik kutubxonalarda uyga kitob berish bo‘limida qisqa 
muddatga tashkil etiladi. Ammo mutaxassislar uchun tor mav- 
zuda yoki bo‘lim yo‘nalishi bo‘yicha mavzu tanlab olinadi.
Kitobga boMgan talablar yozib borilishi va agar imkoni bo‘lsa, 
oshiqcha nusxadagi adabiyotlar foydalanishga berilishi mumkin. 
Bunda faol kitobxonlar uchun alohida axborot kunlari, soatlari 
tashkil etilishi maqsadga muvofiqdir.
Yirik kutubxonalarda yoki maxsus o‘quv yurtlari kutub- 
xonalarida muntazam ravishda jurnallar, davomli va turkumli 
nashrlar, xaritalar, notali nashrlar, ekspress-informatsiyalarning 
ham ко rgazmalari tashkil etiladi. Agar kutubxonada san’at bo‘- 
limi mavjud bo‘lsa, tasviriy san’at asarlarining ko‘rgazmasini 
rassomlar uyushmalari bilan hamkorlikda tashkil etish mumkin.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish ishi adabiyot - 
larni tanlash bilan boshlanadi. Adabiyotlarni tanlashda ularning 
dolzarbligiga, xarakteriga, qaysi tilda yozilganiga, mazmuniga, 
birinchi yoki qayta nashr etilganiga e’tibor berish zarur.
Tanlangan adabiyotlar bilan tanishish va tahlil qilish muhim 
ahamiyatga ega. Chunki, adabiyotlarni joylashtirish rejasi shunga 
ko‘ra belgilanadi. Bunda adabiyotlarni joylashtirishning xrono- 
logik, mantiqiy, mavzuli yo‘nalishi tanlab olinadi. Mavzuli tartib 
tanlansa, awal mavzuga oid davlat hujjatlari, rasmiy materiallar, 
me’yoriy hujjatlar, rasmiy materiallar, so‘ngra boshqa bilim soha- 
siga oid adabiyotlar, oxirida badiiy adabiyotlar joylashtiriladi.
Keyingi bosqich ko‘rgazmani shakllantirishdan iborat. Ax­
borot beruvchi bunday ko‘rgazmalar asosan «Yangi adabiyotlar», 
«Yangiliklar», «Diqqat, yangilik!» kabi nomlar ostida tashkil eti­
ladi. K o‘rgazm aning nomini bezash, unga rang tanlash, 
yozuvlarning k atta-k ich ig in i belgilash m uhim. Bunday 
ko‘rgazmaning nomi qora rangda berilmasligi, kitobxonlar 
foydalanishi uchun qulay va yorug‘ joyga qo‘yilishi zarur.
Ko‘rgazmaning samarasi u bilan ishlashni, ko‘rgazma yonida 
yakka, guruhli suhbatlar, sharhlar olib borishni, ko‘rgazmaga 
qo'yilmagan boshqa adabiyotlarni, dolzarb muammoga oid 
maqolalar aks etgan kartoteka tashkil etishni, axborot bulletenlari 
yoki ro‘yxatlarni ilova qilishni talab etadi. Ko‘rgazmadan 
foydalanayotgan kitobxonlar va uni olib o‘qish uchun navbatga 
yozish hisobga olib boriladi.
So‘nggi bosqich — rasmiylashtirish. Bunda ко rgazmaning 
nomi, mavzusi, unga qo‘yilgan adabiyotlar soni, harakatdagi vaqti, 
kitobxonlar haqida raqamli ma’lumot, ularning munosabati, 
kitobxonlarga ta’siri, samarasi tahlil etilib, yozib qo yiladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish