• 6. Kitobxonning unumli dam olishini tashkil etish. 7. Kitobxonlarda ijodiy ко ‘nikmani, fikrlash va tafakkur his
  • Kutubxona va kitob reklamasini olib borish




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Kutubxona va kitob reklamasini olib borish.
    5. 
    Kitobxonlaming tashabbuskorligini,faolligini oshirish.
     Bunda 
    tashviqot xususiyati muhimdir. Tashviqot — «agitatsiya» so‘zi ham 
    lotin tilidan o‘zlashgan bo‘lib, biror narsaga ishontirish m a’no- 
    sini anglatadi. Jamiyatning maqsad va vazifalarini, dasturlari, yo‘l- 
    yo‘riqlari, hujjatlari va shiorlarini turli shakl-usullar bilan har 
    bir kitobxonga, ommaga yetkazish, uning ongiga ta’sir etish, 
    ishontirish va aniq maqsad sari yo‘naltirish ham kutubxonalarning 
    eng asosiyvazifasi.
    6. Kitobxonning unumli dam olishini tashkil etish.
    7. 
    Kitobxonlarda ijodiy ко ‘nikmani, fikrlash va tafakkur his- 
    sini, muloqotga kirishish malakasini tarbiyalash.
    8. Kitobxonda nutq madaniyatini tarbiyalash.
    9. Jamoatchilik oldida о ‘z fik r va tushunchalarini izhor qila 
    olish.
    10. Kitob-kutubxona-kutubxonachi-kitobxon munosabatini qaror 
    toptirish.
    11. Kutubxonaning ommaviy axborot vositalari, jam oatchilik 
    bilan munosabatini shakllantirish.
    12. Kutubxona faoliyatiga ко ‘ngillilami, mahalla va huquqiy 
    organlami jalb etish.
    13. Kutubxonada o ‘tkazilayotgan ommaviy tadbirlar uchun 
    chetdan mablag‘ jalb etishni tashkil qilish.
    Ko‘pgina ilg‘or ku­
    tubxonalar faoliyatida o‘smirlar va yoshlar, qariyalar, uy bekalari 
    o‘rtasida o‘tkazilayotgan ana shunday tadbirlarda mahalla qo‘- 
    mitalari, «Kamolot» yoshlar ijtimoiy harakati, «Nuroniy» jam- 
    g‘armasi, firmalar va boshqa tashkilotlar, shaxslar o'zlarining 
    rnikon qadar ajratayotgan mablag‘lari bilan ishtirok etishadi.
    Awalgi ming yillikdagi urushlar, silsilalar asridan mafkura 
    as rig a, ya’ni yadro poligonlaridan mafkura poligonlari asriga o‘t- 
    dik. Asosiy vazifamiz milliy istiqlol g‘oyasini va milliy mafkura- 
    mizni mustahkamlashdan iborat.
    Insoniyat tarixi g‘oyalar, kurashlar tarixidan iborat. Har qan­
    day millat va jamiyat o‘z milliy g‘oyasiga, milliy mafkurasiga ega
    112
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    bo‘lgandagina jahon miqyosida o‘z o‘rniga, kuch va qudratiga ega 
    bo‘ladi. Ayniqsa, yangi taraqqiyot yo‘liga chiqib olgan 0 ‘zbekiston 
    uchun bu juda muhimdir.
    Xalqimizning asl maqsadi — ozod va obod Vatan, erkin va 
    farovon hayot qurishdan iborat. Buning uchun muhim bo‘lgan 
    milliy g‘oyani va mafkurani shakllantirish, uning hayotimizdagi 
    o‘rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy va amaliy asoslarini yara- 
    tish, mafkuraviy tarbiya yo‘nalishlarini ishlab chiqish sohasidagi 
    yangicha qarashlar I.A. Karimov asarlarida to‘la berilgan.
    Bu masalalarni hal etuvchi komil insonni voyaga yetkazishda 
    muhim bo‘lgan barcha tarbiyaviy muassasalar, inson tarbiyasi bilan 
    bog‘liq shaxslar, tashkilotlar, oila, mahalla alohida o‘rin tutadi. 
    Ana shu muassasalar orasida inson tarbiyasida asosiy vosita, bilim 
    manbayi — kitob bilan bevosita ish olib boruvchi kutubxonalar, 
    AKM juda katta o ‘rin tutadi. Chunki, insoniyat taraqqiyotidan, 
    jamiyatlar rivoji tarixidan shu narsa ma’lumki, har bir davrda 
    kitob muqaddas ma’naviy boylik sifatida e’zozlangan. Zero, ki- 
    tobsiz inson kamolini tasawur etib boimaydi.
    Kitobni o ‘z kitobxoniga yetkazib berish, kitobxon bilan ish- 
    lash, unga eng zarur kitobni topib berish, adabiyotlar haqida o‘z 
    vaqtida ma’lumot berib borish juda mas’uliyatli va nozik soha.
    Kutubxonada ommaviy ishlarning usullari ko‘proq kitobxonlar 
    bilan olib borilayotgan yakka tartibdagi ishga bog‘liq. Kitobxon 
    bilan yakka tartibda ishlash jarayonida kitobxonning o‘ziga xos 
    xususiyatlari o ‘rganiladi, uning shaxsiy qiziqishi, bilim saviyasi, 
    dunyoqarashi, o ‘qish maqsadi, mehnat faoliyati, oilaviy muhiti, 
    o‘qish uchun ajratgan vaqti, uning qiziqishiga ta’sir ko‘rsatuvchi 
    omillar, kitobning ta’siri, o‘qish madaniyati darajasi, kitobga, 
    kutubxonaga munosabati o‘rganiladi va shunga ko‘ra, kitobxon bi­
    lan bundan keyingi ish usullari tanlab olinadi.
    Har qanday ommaviy ishni tashkil etish jarayonida tadbir 
    mavzusi bo'yicha har bir kitobxon bilan suhbat o'tkaziladi, tad- 
    birda ishtirok etishi mumkin bo'lgan kitobxon aniqlanadi, ularga 
    maslahatlar uyushtiriladi, so‘zga chiqishga tayyorlaydi, ularning 
    bildirishi mumkin bo‘lgan fikrlarini tartibga soladi, ravon va chi- 
    royli so‘zlashga o‘igatadi. Masalan, kitob ko‘rgazmasi yonida yakka
    X - 403 
    113
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    va guruhli tartibda suhbat o‘tkazadi, har bir asar yoki axborot 
    materiali haqida ma’lumot bcriladi, uning mazmunini tushunib
    olishga yordam beradi.
    Axborotni berish usuliga ko'ra ommaviy ishlarni quyidagicha
    ldassifikatsiya qilish mumkin:
    • 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kutubxona va kitob reklamasini olib borish

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish