• 3.12. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat axborot-kutubxona markazi
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet18/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    mebel 
    jihozlari
    5
    -
    403
    65
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    bilan ta’minlandi. Pulli xizmat turlarining yangi shakllari fao- 
    liyatga olib kirildi. 1992-yili respublikada kutubxona faoliyatiga 
    budjetdan tashqari mablag4 jalb etish, pulli xizmat ko‘rsatishning 
    yangi usullarini amaliyotga tatbiq etish, homiylami jalb etishning 
    iig‘ortajribalarini ommalashtirish maqsadida 3 kunlik respublika 
    seminari bo‘lib o‘tdi.
    2006-yili Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazi sifatida 
    qayta tashkil topgandan so‘ng zamonaviy axborot texnologiyalari, 
    texnika vositalari bilan jihozlandi.
    3.12. Sharof Rashidov nomidagi Jizzax viloyat 
    axborot-kutubxona markazi
    1973-yili hukumat qaroriga binoan, Jizzax viloyati tashkil etildi. 
    Shu yilning o‘zida viloyat kutubxonasini tashkil qilish b o ‘yicha 
    ishlar boshlab yuborildi, Jizzax shahridagi 2-kutubxona negizida 
    tashkil qilingan viloyat kutubxonasi 1974-yil 2-sentabrda ochildi. 
    Kutubxonaning dastlabki kitob fondi 12 ming 200 nusxadan ibo- 
    rat bo‘lgan. Shu yili kutubxonada 4 ta bo‘lim faoliyat ko‘rsatgan.
    Viloyat kutubxonasida 1976-yildan o ‘lkashunoslikka oid 
    «Jizzax vajizzaxliklar», «Jizzax viloyati» kartotekalari, alifboli va 
    tizimli kataloglar yuritiladi.
    1990-yil o‘smirlar bilan ishlash bo‘limi tashkil etildi. Bu bo‘lim 
    14 yoshdan 21 yoshgacha bo‘lgan kitobxonlarga xizmat ko‘rsata 
    boshladi.
    2001-yili viloyat kutubxonasi qoshida Jizzax viloyati mehnat- 
    kashlarining fuqaro sifatidagi faolligini oshirishga ko‘maklashish 
    maqsadida axborot-resurs markazi ochildi. Markaz Jizzax shahri va 
    viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlariga axborot, maslahat va 
    texnik yordamini ko‘rsata boshladi.
    2005-yili viloyat hokimligi tomonidan «Mehr-muruwat yili» 
    munosabati bilan kutubxona binosi ta’mirlanib, kutubxona texnika 
    vositalari, zamonaviy kompyuterlar, skaner, kseroks, faks bilan 
    ta’minlandi. 0 ‘quv zallarini isitish-sovitish tizimi bilan yangilandi, 
    «1RBIS» dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi, xo- 
    dimlarni maxsus dasturda ishlashga o‘qitish ishlari boshlandi.
    66
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Shu yili viloyat kutubxonasi huquqiy-axborot markazi tashkil 
    etish loyihasini amalga oshirdi. 2003-yili kutubxona qoshidagi 
    axborot-resurs markaziga Jizzax shahri mahallalarida seminarlar 
    tashkil etish va Internet tarmog‘i bilan aloqa bog‘lab turish uchun 
    12036 AQSH dollari miqdorida ikkinchi grant berildi.
    Kutubxona 2006-yili Jizzax viloyat axborot-kutubxona mar­
    kaziga aylantirildi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish