Nodira nomidagi Namangan viloyat




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.7. Nodira nomidagi Namangan viloyat 
axborot-kutubxona markazi
1918-yilda Namangan shahridagi paxta zavodi klubi qoshida 
540 nusxadan iborat kitob fondi bilan kutubxona o‘z faoliyatini 
boshlagan va shahardagi hamma uchun foydalaniladigan birinchi 
kutubxona edi.
1927-yilda u shahar markaziy kutubxonasi sifatida faoliyat 
ko‘rsata boshladi. 1929-yil kitob fondi ko‘payganligi sababli 
kutubxona alohida binoga ko‘chib o‘tdi. 1936-yilda kutubxonaning 
kitob fondi va vaqtli matbuot nashrlari 18398 taga, kitobxonlari 
8695 nafarga o‘sdi. 1941 -yilda Namangan viloyati tashkil topgach, 
shahar markaziy kutubxonasiga viloyat kutubxonasi maqomi berildi.
Namangan viloyati Andijon viloyati bilan qo‘shilganligi sababli 
1960 68-yillarda kutubxona Namangan shahar kutubxonasi deb 
yuritilgan. 1968-yil Namangan viloyati qayta tashkil etilgach, u 
yana viloyat kutubxonasiga aylantirilgan. Namangan viloyati xalq 
deputatlari kengashining 1980-yil 19-iyundagi qaroriga ko‘ra, 
kutubxonaga о zbek shoirasi Mohlaroyim Nodira nomi berildi. 
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyundagi 
381-sonli Qarori va Namangan viloyati hokimining 2006-yil
www.ziyouz.com kutubxonasi


24-iyundagi 154-qarori bilan viloyat ilmiy-universal kutubxonasi 
negizida Nodira nomidagi viloyat axborot-kutubxona markazi 
tashkil etildi. AKMning faoliyati insonparvarlik, umumiylik, shaxs 
erkinligi tamoyillari asosida olib boriladi. AKM viloyatda 
RAKMning hududiy bo‘limi bo‘lib, viloyatdagi barcha tipdagi 
kutubxonalar uchun uslubiy markaz sifatida faoliyat yuritadi.
Kutubxonada 11 ta bo‘lim mavjud. 2001-yili kutubxona qo- 
shida «Huquqiy axborot markazi» tashkil etildi. Markazning 
maqsadi — aholining huquqiy axborotga bo‘lgan talabini qon- 
dirish, huquqiy madaniyatini shakllantirish edi. Markaz tomoni- 
dan «Konstitutsiyani o‘rganuvchilar uchun», «Huquqingizni bi- 
lasizmi?» nomU o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar chiqarildi.
2005-yil 1-oktabrga qadar boigan holatga ko‘ra, kutubxona­
ning kitob fondi — 587,3 ming bosma birlik, kitobxonlar soni —
11641 kishini tashkil etdi.
Kutubxonada turli sohalarga oid 487 mingdan ortiq ada­
biyotlar, gazetalar vajurnallar, shuningdek, audiovizual mate- 
riallar, 1254 ta noyob kitoblar va qo‘lyozmalar mavjud.
Kutubxona 2006-yili Namangan viloyat axborot-kutubxona 
markaziga aylantirilgan.

Download 11,3 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish