A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.3. A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat 
axborot-kutubxona markazi
1911-yil 6-dekabrda Samarqandda taniqli arxeolog V.L. Vyat- 
kin tashabbusi bilan polkovnik G.A. Brejezitskiy, agronom
Y .N . Grushanovskiy, Y.M. Volnev va boshqalar yordami bilan 
shahar ommaviy kutubxonasi ochildi. Kutubxonaning dastlabki 
kitob fondi, asosan, turli tashkilotlar va fiiqarolardan hadya ta- 
riqasida olingan 2 ming nusxaga yaqin adabiyotlardan iborat edi.
Dastlab kutubxona muzey bilan bir imoratda joylashgan. Hozirgi 
kunda bu chiroyli, kichik bino A.Temur va M.Qoshg‘ariy ko‘chalari 
kesishgan burchakda, uning fasadida yirik qilib yozilgan «Qiroat- 
xona» yozuvi saqlanib qolgan. Kutubxonaning birinchi direktori 
V.A. Andreyev ishni kutubxona katalogini tuzishdan boshlagan.
Kutubxona faoliyatining dastlabki davrida uning xizmati- 
dan 200—300 kishi foydalangan bo‘lsa, o‘tgan asrning 40-yilla- 
rida kutubxona a ’zolari soni 3800 nafarga yetdi, 50-yillarda esa
6 mingdan oshib ketdi.
1917-yildan Samarqand shahar ommaviy kutubxonasi o‘lka 
maorif bo‘limining markaziy kutubxonasi, 1920-yildan asosiy 
kutubxona, 1927-yili Xalq komissarlari qo‘mitasi tasarrufiga o‘tib, 
davlat kutubxonasi maqomiga ega bo‘ldi.
1937-yil ulug‘ rus shoiri A.S.Pushkin o‘limining yuz yilligi va 
kutubxona tashkil topganiga 25 yil to'lishi munosabati bilan 
0 ‘zbekiston hukumatining qaroriga binoan, unga A.S. Pushkin 
nomi va davlat kutubxonasi maqomi berildi. Yildan yilga kitob fondi 
o‘sib, bo‘limlar ham o‘zgarib, kengayib bordi. 1960-yili fond turli 
bilim sohalariga oid 150 mingdan oshiq nusxadagi adabiyotlarga 
ega bo‘ldi. 0 ‘sha yillari ko‘hna Afrosiyobdagi katta arxeologik 
qazishmalar yakuniga yetib, Samarqand shahrining tashkil topgan 
yiliga aniqlik kiritildi. 1970-yili dunyo jamoatchiligi shahaming
53
www.ziyouz.com kutubxonasi


2500 yilligini nishonladi. Yubiley obyekt sifatida universitet 
xiyobonida joylashgan viloyat kutubxonasining binosi hisobiga 
kiritildi.
1970-yil viloyat kutubxonasi 500 ming jild kitobga mo‘ljallangan 
yangi binoga ко1 chib oltdi. Shu davrda yangi ixtisoslashgan о quv 
zallari, chunonchi, texnika va qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlar, 
chet tilidagi adabiyotlar, davriy nashrlar, san’atga oid adabiyotlar, 
o‘quv zallari, shuningdek, o‘smirlar bo‘limi tashkil etildi. Viloyat- 
dagi 18 ma markazlashtirilgan kutubxonalar tizimi tarkibidagi 
740 ta davlat kutubxonalari uchun uslubiy markazga aylandi. Hozirgi 
paytda kitob fondi 700 ming nusxadan oshgan, har yili 29 ming 
kitobxonga xizmat ko‘rsatadi, kitob berilishi 600 ming birlikni 
tashkil etadi.
Viloyat kutubxonasining uslubiy markaz sifatidagi roli ham 
kuchayib bordi. XX asrning 70-yillari boshida viloyatda kitob 
fondlari 3124,7 ming birlikdan iborat 631 ta kutubxona aholiga 
kutubxonachilik xizmati ko‘rsatdi. Shu yillar ichida viloyat ku- 
tubxonalaridan foydalanuvchilar soni 332,8 ming kishiga yetdi, 
ularga jami 3456 ming nusxa adabiyotlar berildi.
0 ‘tgan asrning 70—80-yillari viloyat kutubxonalar tar- 
mog‘ining rivojlanish va tartibga solinish davri bo‘ldi. Shu davr 
ichida davlat ommaviy kutubxonalar tarm og‘i 220 birlikka 
ko‘paydi va 1990-yilga kelib 850 taga yetdi.
1973—1985-yillarda Samarqand viloyatida kutubxonalar 
tarmog‘ini markazlashtirish tadbirlari amalga oshirildi. Shu davr 
ichida 840 kutubxonani, shu jumladan, 777 ommaviy, 44 bolalar 
va 19 markaziy kutubxonalarni birlashtirgan 19 ta markazlashtiril­
gan kutubxonalar tarmog‘i tashkil etildi. Kitobxonlar soni ham 
ko‘payib bordi. Markazlashtirishgacha ularning soni 332,8 ming 
kishini tashkil etganbo‘lsa, 80-yillarning oxiriga kelib 754,7 ki­
shiga yetdi. Shu davr ichida foydalanish uchun berilgan kitoblar 
soni ham 4,5 baravar oshdi va 15303,9 ming nusxaga yetdi.
80-yillarda A.S.Pushkin nomidagi Samarqand viloyat kutub­
xonasi respublikaning ilmiy-uslubiy ishlar bo‘yicha ilg‘or tajriba 
maktabiga aylandi. Uning negizida turli uchrashuvlar, seminarlar, 
konferensiyalar, malaka oshirish kurslari va boshqa tadbirlar doimiy
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘tkazib kelindi. Ko‘plab xorijiy mamlakatlar kutubxonalari bilan 
hamkorlik o ‘matildi.
So‘nggi yillarda o ‘lkashunoslik bo‘limi, kataloglar va karto- 
tekalar bo‘limi, huquqiy axborot markazi, Gyote instituti ko ‘- 
magida nemis tilidagi adabiyotlar o ‘quv zali, bolalar adabiyotlari 
bo‘limi tashldl etildi.
2006-yilga qadar bo‘lgan holatga ko‘ra, viloyat kutubxonasi ning 
kitob fondi 612 ming nusxani, gramplastinkalar 3 mingni, notalar 
to‘plami 12 mingni, gazetava jurnallar bog‘lanmalari 4 mingni 
tashkil etdi. 1920-yilgacha nashr etilgan kitoblar fondi 3 ming jildga 
yaqin adabiyotlarni o‘z ichiga oladi. Kitobxonlar soni 33 ming kishiga 
yetdi, ularga har yili 700 ming nusxaga yaqin adabiyotlar beriladi.
Kutubxonaning ilmiy-uslubiy va m a’lumot-bibliografiya 
bo‘limlarining har yili kutubxona tamg‘asi bilan 15 ga yaqin nomda 
uslubiy qo‘llanmalari, o ‘lkashunoslikka oid materiallar, tavsiya 
ro‘yxatlari nashr etiladi.
Kutubxona 2006-yildan Samarqand viloyat axborot-kutubxona 
markazi sifatida qayta tashkil etildi. Viloyat kutubxonasini dunyo 
axborot olamiga ulash imkoniyati paydo boMdi. Kitob fondi elek­
tron shaklga o‘tkazila boshlandi, kitobxonlar kompyuterlardan, 
elektron katalogdan foydalanish imkoniga ega bo‘lishdi. Kitobxon- 
larga masofadan turib kitob fondi dan foydalanish ishlari bosh­
landi. 2011-yil dekabrda AKM o‘zining 100 yillik yubileyini 
nishonladi. AKM viloyatdagi 314 ta turli muassasalarga qarashli 
kutubxonalar uchun uslubiy markaz sifatida ishni davom ettirdi.
2002-yili Germaniya hukumatining qo‘llab-quwatlashi va 
Madaniyat ishlari vazirligining hamkorligida nemis o‘quv zali 
ochildi. U zamonaviy o‘quv zali bo‘lib, dolzarb nemis tilidagi 
adabiyotlar, zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan madaniyat va 
ta’lim sohasidagi xalqaro hamkorlikning namunasidir. Nemis o‘quv 
zalining fondi nemis tilidagi 2246 kitobdan, audio va video- 
kassetalardan, CD, DVD va jurnallardan iborat. Bu Samarqand 
shahridagi Germaniya haqida ma’lumot beaivchi yagona markaz. 
Adabiyotlar o ‘lkashunoslik, nemis tili, san’at, madaniyat, iqti- 
sodiyot, huquqshunoslik, ijtimoiy fanlar masalalariga oid va ba- 
diiy adabiyotlar, Iug‘atlar, ma’lumotnomalar, ensiklopedivalardir.
55
www.ziyouz.com kutubxonasi


Buxoro shahrida Buxoro Xalq Respublikasi M aorif vaziri 
Musojon Saidjonov tashabbusi bilan tashkil topgan Eski Buxoro 
markaziy shahar kutubxonasi 1921-yil 30-iyunda o ‘z faoliyatini 
boshladi. Uning dastlabki kitob fondi 1187 nusxadan iborat edi.
1938-yil 0 ‘zbekiston Maorif xalq komissarligi qarori bilan 
Eski Buxoro markaziy shahar kutubxonasi Buxoro viloyat ku- 
tubxonasiga aylantirildi va unga buyuk alloma Abu Ali ibn Sino 
nomi berildi. Shu munosabat bilan kutubxonaga adabiyotlar, 
jihozlar xarid qilish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratildi. Natijada, 
kitob fondi 1940-yilga kelib 10 baravar ko‘paydi, 1939-yilning 
oxiriga kelib viloyat kutubxonalar tarmog‘i 138 ta kutubxonadan 
iborat edi. Ularga kutubxonachilik ishining asosiy yo‘nalishlari 
bo‘yicha uslubiy va amaliy yordam ko‘rsatish, kutubxona xodim- 
larining malakasini oshirish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazish maqsadida 
1940-yilda viloyat kutubxonasi qoshida uslubiy xona tashkil etildi.
1953-yili Sharq fondidagi qo‘lyozmalarning bir qismi Abu 
Rayhon Beruniy nomidagi sharqshunoslik institutiga berildi. 
Umuman olganda, mazkur ilmiy muassasa kitob fondining eng 
yaxshi va noyob qismini «Buxoro kolleksiyasi» tashkil etadi.
1958-yil aprelda viloyat kutubxonasida davriy nashrlar zali ochildi.
1959-yildan kutubxonada ilg‘or metod — kitob fondlaridan erkin 
foydalanish qo‘llanila boshlandi. 1971-yil 500 ming kishiga 
mo‘ljallangan yangi uch qavatli bino foydalanishga topshirildi. 
0 ‘tgan asrning 90-yillariga kelib kutubxonaning asosiy boyligi — 
kitob fondi 300000 nusxaga yetdi.
Mustaqillik yillarida kutubxona hayotida katta ijobiy o ‘zga- 
rishlar го у berdi: kitobxonlar doirasi kengaydi, kutubxonaga 
tashriflar soni ko‘paydi. 1993, 1994, 1995, 2006-yillarda xalqaro 
simpozium va konferensiyalar o‘tkazildi. 1998-yil kutubxona Sharq 
fondidagi noyob qo‘lyozma asarlar katalogi nashr etildi. Mazkur 
katalog nusxalari AQSH Kongressi kutubxonasiga, Yaponiya, 
Germaniya, Rossiya va Angliya kutubxonalariga yuborildi. Sharq 
fondidagi toshbosma nashrlar katalogi tuzila boshlandi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 A.S. Pushkin nomidagi Samarqand viloyat

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish