• 3. 2 0 1 1-yil 23-fevralda qabul qilingan 1487-sonli Qarorning maz­ muni, ahamiyati. Unga ko‘ra, axborot-kutubxona muassasalarining vazifalari xususida fikr yuriting.
  • 6. 2012-yil 20-martdagi 1729-sonli Qarorning maqsadi, ahamiyati xususida fikr yuriting.
  • Takrorlash uchun savollar




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Takrorlash uchun savollar
    1. M am lakatim iz kutubxonachilik ishi sohasidagi islohotlarning 
    mazmuni va mohiyatini bayon eting.
    2. Prezidentim iz tom onidan qabul qilingan 381-sonli Qarorning 
    maqsadi, mazmuni, ahamiyati haqida nimalarni bilasiz9
    3. 2 0 1 1-yil 23-fevralda qabul qilingan 1487-sonli Qarorning maz­
    muni, ahamiyati. Unga ko‘ra, axborot-kutubxona muassasalarining 
    vazifalari xususida fikr yuriting.
    4. Elektron kutubxona haqida tushuncha bering.
    5. «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi Qonunning mazmuni, 
    mohiyati, ahamiyati haqida nimalarni bilasiz?
    6. 2012-yil 20-martdagi 1729-sonli Qarorning maqsadi, ahamiyati 
    xususida fikr yuriting.
    3
    -
    403
    33
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    3-bob. AXBOROT-KUTUBXONA MUASSASALARINING 
    TURLARI VA ULARNING XUSUSIYATLARI
    2006-yil 20-iyunda qabul qilingan «Respublika aholisini axborot- 
    kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarordan 
    so‘ng uning ijrosi bo‘yicha ko‘plab hujjatlar qabul qilindi. 
    Marnlakatimiz kutubxonachilik sohasida islohotlar davri boshlandi.
    Kutubxonalar paydo bo'libdiki, ularda shu davrning, makon- 
    ning o‘ziga xos axborot resurslari to‘plangan, saqlangan va keyingi 
    avlodlarga yetkazib berilgan. Shu bilan birga, ular inson kamoloti 
    uchun, jamiyat taraqqiyoti uchun bilim manbayi, rivojlanish asosi 
    bo‘lgan.
    Bugungi kunda ham axborot resurslari, asosan, kutubxonalarda 
    yig'ilgan bo‘lib, bu foydalanuvchilarga aynan shu kutubxonadagi 
    va boshqa kutubxonalar fondidagi axborot resurslaridan foydalanish 
    imkonini beradi. Axborot va Internet texnologiyasining rivojlanishi 
    kutubxonalar oldiga mavjud resurslarni tartibga solish, elektron 
    ma’lumotlar bazasini yaratish, axborot resurslarini koopera- 
    tsiyalash, ularga erkin kirish va unumli foydalanish uchun shart- 
    sharoitlar yaratish vazifalarini qo‘ydi. Ana shu zaruratdan kelib 
    chiqqan holda 2006-yil 20-iyunda Respublika Prezidenti tomo- 
    nidan qabul qilingan «Respublika aholisini axborot-kutubxona 
    bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori mamlakati- 
    miz kutubxonachilik sohasida axborot va telekommunikatsiya 
    texnologiyasini rivojlantirish va takomillashtirish uchun keng yo‘l 
    ochib berdi.
    Qaror axborot-kutubxona bilan ta’minlashni takomillashtirish, 
    kutubxonachilik ishini rivojlantirish va takomillashtirish uchun 
    butun kutubxonachilik tizimini tubdan isloh qilishga asos bo‘ldi. 
    Qarordan so‘ng mamlakatimizda faoliyat yuritib kelayotgan
    34
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    markazlashgan kutubxonalar tizimiga barham berildi. Madaniyat 
    va sport ishlari vazirligi tizimidagi ommaviy, ilmiy-universal 
    kutubxonalar yangicha nuqtayi nazarga ko‘ra, axborot-kutubxona 
    va axborot-resurs markazlariga aylantirildi. Mavjud respublika, 
    viloyat ilmiy-universal hamda Toshkent shahar markaziy ku­
    tubxonasi axborot-kutubxona markazlari sifatida qaytadan tash­
    kil etilib, 0 ‘zbekiston Respublikasi Aloqa va axborotlashtirish 
    agentligi tasarrufiga o'tkazildi. Markazlashgan kutubxonalar 
    tizimidagi markaziy va filial kutubxonalar Oliy va o‘rta maxsus 
    ta’lim hamda Xalq ta’limi vazirliklari, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar 
    ta ’limi markazi tizimidagi kasb-hunar kollejlari, akademik litsey, 
    Xalq ta’limi vazirligi tasarrufidagi maktab kutubxonalari bilan 
    birlashtirilib, axborot-resurs markazlariga aylantirildi.
    Endilikda ular maxsus kutubxona sifatidagi faqat o‘z o‘quv 
    yurtlari professor-o‘qituvchilari va talaba-o‘quvchilarigagina 
    xizmat qilib qolmasdan, balki aholining barcha qatlamiga axbo- 
    rot-kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi axborot-resurs markazi 
    vazifasini bajaradi. Bu an’anaviy kutubxonachilik ishi shakllaridan 
    zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida yangicha o ‘ta 
    takomillashgan va samarali usullarni joriy etish va foydalanishga 
    o‘tish zaruratini keltirib chiqaradi.
    Kutubxonalar o‘z xususiy elektron resurslarini yaratishi, 
    mamlakatimizning yig‘ma elektron katalogini yaratishda faol 
    ishtirok etishlari, Internet va boshqa axborot tarmoqlaridagi ax­
    borot ma’lumotlaridan unumli foydalangan holda aholiga axbo­
    rot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning zamonaviy yangi shakl va 
    usullarini ishlab chiqish uchun faoliyat yurita boshladilar.
    2006-yil 20-iyunda qabul qilingan «Respublika aholisini 
    axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to ‘g‘risida»gi 
    Qarorda respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvo- 
    fiqlashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash tuzish va uning vazi- 
    falari haqida alohida fikrlar berilgan, uning tarkibi ilova qilindi.
    2007-yil 27-iyulda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkama- 
    sining «Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiq- 
    lashtirish bo‘yicha Idoralararo kengash to ‘g‘risidagi Nizomni 
    tasdiqlash haqida»gi qarori e’lon qilindi va Nizom qabul qilindi.
    35
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Unga ko‘ra, kengash ARM va AKM hamda kutubxonalai 
    faoliyatini uning yo‘nalishlariga mos muvofiqlashtirish ni amalga 
    oshiruvchi kollegial idoralararo organ deb belgilandi. Uning asosiy 
    vazifalari etib, axborot-kutubxona faoliyatidagi ustuvor vazifalarni 
    amalga oshirish, tarmoqlararo tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga 
    oshirish, axborot-kutubxona faoliyatini rivojlantirish ishlarini 
    muvofiqlashtirish, mamlakatimiz va xorijdagi ilmiy-axborot 
    faoliyatini o‘rgangan holda tavsiyanomalar ishlab chiqish belgilandi.
    Uning vazifasi sifatida AKM, ARM hamda kutubxonalarni 
    rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash, ular fondini 
    komplektlashning asosiy yo‘nalishlari, mamlakatimiz adabiyotlari, 
    shu jumladan, hujjatlaming majburiy nusxalari, qog‘oz va elektron 
    manbalardagi xorijiy nashrlar, xalqaro kitob almashish, m a’lu- 
    motlar bazalari va banklari bilan to ‘la ta ’minlash bo ‘yicha 
    tavsiyanomalar ishlab chiqish va ishlarni muvofiqlashtirish, 
    fondlarning fizik holatini, nashrlar, noyob fondlar va madaniy 
    meros yodgorliklarini saqlashni ta’minlashning chora-tadbirlari 
    haqida tavsiyanomalar ishlab chiqish, mamlakatimiz va xorijiy 
    nashrlarga obuna bo‘lishga budjet, valuta mablag‘larini taqsim- 
    lash, kutubxonachilik sohasidagi ilg‘or texnologiyalar negizida 
    kutubxona kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha 
    takliflarni ko‘rib chiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritish, barcha 
    turdagi me’yoriy hujjatlaming ishlab chiqilishini ta ’minlash, 
    kutubxonachilik ishiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etish 
    ishlarini muvofiqlashtirishdan iborat etib belgilandi.
    Bundan tashqari, kengash kutubxonachilik ishini rivojlan­
    tirishning istiqbolli dasturlarini va yo‘nalishlarini ishlab chiqish va 
    amalga oshirish, kutubxonalarnmg kitob savdosi tashkilotlari, OAV 
    bilan hamkorligini o‘rnatish, ularning fondlarini shakllantirish, 
    ulardan foydalanish, adabiyotlarni nashr etish va qayta nashr 
    etish bo yicha takliflar tayyorlash, mehnat sharoitlarini yaxshilash, 
    kadrlar bilan ta’minlash, elektron kataloglar tashkil etish ishini 
    rivojlantirish, elektron resurslardan foydalanishning korporativ 
    tizimlarim, noyob kitoblami raqamlashtirish markazlarini tashkil 
    etish bo yicha ilmiy-texnik loyihalarni ishlab chiqish, ish tajribala- 
    rini о rganish, ommalashtirish, o‘zaro axborot almashinuvini yo‘lga
    36
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    qo'yish, xalqaro hamkorlikni o‘rnatish, respublika va xalqaro ilmiy 
    anjumanlarni tayyorlash va o‘tkazish vazifalarini bajaradi. Shu 
    ma’noda Kengash tomonidan AKM va ARMlari nizomlari, 
    ulardan foydalanish tartibi haqidagi m e’yoriy hujjatlar tayyor- 
    landi va joylarga yetkazildi. Kutubxonachilik, nashriyotchilik ishi 
    va arxiv ishi sohasida qo'llaniladigan asosiy standartlar va boshqa 
    me’yoriy hujjatlar aniqlanib, ularni tarjima qilish va qayta ishlab 
    chiqish ishlari olib borilmoqda.
    0 ‘zbekiston Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati 
    to‘g‘risida»gi Qonuni 3-bobida mamlakatimizda axborot-kutubxona 
    tizimi belgilab berilgan. Uning 9-moddasida axborot-kutubxona 
    tizimi hamda axborot-kutubxona muassasalarining turlari qonu- 
    nan tartibga solinib, ta ’rif beriladi. Qonunda belgilanishicha, 
    axborot-kutubxona tizimi yagona tashkiliy va uslubiy ta ’minot 
    asosida faoliyat ko‘rsatuvchi axborot-kutubxona muassasalari 
    majmuyidan iborat. Axborot-kutubxona muassasasi mustaqil 
    muassasa boMishi yoxud korxona, muassasa yoki tashkilotning 
    tarkibiy bo‘linmasi bo‘lishi mumkin va ular quyidagilardan iborat:
    • 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi;
    • axborot-kutubxona markazlari;
    • axborot-resurs markazlari;
    • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining kutubxonalari;
    • boshqa kutubxonalar (o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat 
    notijorat tashkiiotlari, tijorat tashkilotlarining kutubxonalari).
    Axborot-kutubxona muassasalari axborot-kutubxona fond- 
    larining mazmuni va belgilangan maqsadiga ko‘ra, universal hamda 

    Download 11,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish