• 5. 2-bosqichi mazmuni, xususiyatlarini bayon eting. 6. 3-bosqich mazmuni, xususiyatlarini bilasizmi 7. Mustaqillik yillarida «Kutubxonashunoslik» fanidagi ozgarishlar
  • 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2006-YIL 20-IYUNDAGI 381-SONLI, 2011-YIL 23-FEYRALDAGI 1487-SONLI QARORLARI, 2011-YIL 13-APRELDAGI 0 ‘ZBEKIST0N
  • Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida axbo
  • «Kutubxonashunoslik» fanining predmeti, obyekti haqida nim a




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet6/177
    Sana26.12.2023
    Hajmi11,3 Mb.
    #128342
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    1. «Kutubxonashunoslik» fanining predmeti, obyekti haqida nim a 
    bilasiz?
    2. Jamiyat taraqqiyotida va barkamol inson tarbiyasida k itobn in g 
    o ‘mi xususida gapiring.
    3. Fan rivojining bosqichlarini sanab o ‘ting.
    4. «Kutubxonashunoslik» fani rivojining 1-bosqichi xususiyatlari ni- 
    madan iborat?
    5. 2-bosqichi mazmuni, xususiyatlarini bayon eting.
    6. 3-bosqich mazmuni, xususiyatlarini bilasizmi?
    7. Mustaqillik yillarida «Kutubxonashunoslik» fanidagi o'zgarishlar, 
    xususiyatlar nimalarda aks etdi?
    uchun savollar
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    2-bob. 0 ‘ZBEKIST0N RESPUBLIKASI 
    PREZIDENTINING 2006-YIL 20-IYUNDAGI
    381-SONLI, 2011-YIL 23-FEYRALDAGI 1487-SONLI 
    QARORLARI, 2011-YIL 13-APRELDAGI 0 ‘ZBEKIST0N 
    RESPUBLIKASINING «AXBOROT-KUTUBXONA 
    FAOLIYATI TO‘G‘RISIDA»GI QONUNI 
    VA SOHADAGI ISLOHOTLAR
    XX asrning so‘nggi choragiga kelib, mamlakatimizda xalq 
    xo‘jaligining barcha sohalarida, ayniqsa, madaniy-ma’rifiy va 
    ta’lim-tarbiya sohalarida tub o‘zgarishlaryuzberdi. KisMarning 
    axborotga, bilimga bo‘lgan ehtiyojlari, qiziqish va talablari, inti- 
    lishlari kengayib bordi. Endilikda ularni faqatgina mamlakatimiz 
    kutubxonalarida mavjud bilimlar emas, balki jahon axborot 
    olamidagi ma’lumotlar ham qiziqtira boshladi. Ularning dunyo 
    axborot olamiga kirib borishi, jahon axborot resurslaridan 
    foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratib berish maqsadida 
    endilikda zam onaviy axborot texnologiyalaridan unumli 
    foydalanish, ular yordamida axborot olamiga kirib borish zarurati 
    tug‘ildi. Buning uchun mavjud kutubxonalar fondi, ular olib 
    borayotgan an’anaviy ish usullari yetarli bo‘lmay qoldi.
    Ana shularni hisobga olgan holda kutubxonalar fondini 
    takomillashtirish, kutubxonashunoslik va bibliografik ish jarayon- 
    larini avtomatlashtirishga o ‘tish bilan yangidan yangi ish shakl- 
    larini amaliyotga joriy etish, kelajagimiz bo'lgan yosh avlodning 
    bilim olishga, axborot olishga bo‘lgan talab va ehtiyojlarini to ‘- 
    laroq qondirish, aholining barcha qatlamlarini madaniy, ma’naviy- 
    ma’rifiy, axloqiy qadriyatlar aks etgan bosma va elektron huj- 
    jatlar bilan ta’minlash, ularni saqlash, keyingi avlodlarga yetkazib 
    berish uchun shart-sharoitlar yaratish zarurati paydo bo‘ldi.
    Ana shu maqsadda 2006-yil 20-iyunda respublikamiz Pre- 
    zidenti I .A. Karimov tomonidan «Respublika aholisini axborot-
    27
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    kutubxona bilan ta’minlashm tashkil etish to g risida»gi Qarori 
    qabul qilinib, yangidan tashkil etiladigan markazlar tuzilmasi 
    aniq-ravshan ko‘rsatib berildi. Unga ko‘ra, Madaniyat va sport 
    ishlari vazirligi tizimidagi kutubxonalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim 
    vazirligining 0 4rta maxsus, kasb-hunar ta limi markazi, Xalq 
    ta’limi vazirligi ixtiyoriga o‘tkazildi va axborot-resurs markazlari 
    tashkil topdi.
    Madaniyat va sport ishlari vazirligi ixtiyorida respublikadagi 
    mavjud ko‘zi ojizlar kutubxonalari qoldirildi. Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasining kutubxonasi, viloyatlardagi ilmiy-universal 
    kutubxonalar, shuningdek, Toshkent shahndagi «Bilim» markaziy 
    kutubxona negizida idoraviy jihatdan 0 ‘zbekiston Aloqa va 
    axborotlashtirish agentligiga bo‘ysunuvchi Qoraqalpog‘iston 
    Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar axborot-kutubxona 
    markazlari tashkil etildi.
    Axborot-kutubxona markazlari zimmasiga bir qator muhim 
    vazifalar belgilab berildi. Aholigi axborot-kutubxona xizmati 
    ko‘rsatishni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish, uning ilmiy, 
    ta’limiy, axborot va madaniyat sohasidagi qiziqishlarini zamonaviy 
    axborot texnologiyalari asosida tezkorlik bilan qondirish, aholining 
    barcha qatlamlariga an’anaviy kutubxona xizmati ko‘rsatishdan 
    o‘zining xususiy axborot resurslarini yaratish vajahon ilmiy-ta’lim 
    axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatini berish yo‘li bilan 
    axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish yoMiga o‘tish, universal maz- 
    mundagi axborot resurslari, bosma va elektron shakldagi milliy va 
    xorijiy nashrlar fondini shakllantirish, saqlash, ulardan foyda­
    lanish uchun keng yo‘l ochib berish, respublikada yig‘ma elektron 
    katalog tuzish yordamida axborot resurslarini birlashtiruvchi 
    elektron kutubxonalar va ma’lumotlar bazasini yaratish, o‘zlari 
    mansub hududdagi barcha axborot-resurs markazlari faoliyatini 
    muvofiqlashtirib borish, ularni metodik-bibliografik qo‘llanmalar 
    bilan ta’minlash kabilar.
    Prezident Qarorini amalga oshirish borasida Idoralararo 
    muvofiqlashtiruvchi kengashning maxsus уig‘ilishida aniq vazi­
    falar belgilab berildi. Unga ko‘ra, axborot-kutubxona markazlari 
    tanlov asosida malakali xodimlar bilan qaytadan to‘ldirildi, davlat
    28
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ro‘yxatidan o‘tkazildi, barcha hujjatlar tegishli tartibdayangilandi, 
    bosqichma-bosqich yangi zamonaviy kompyuter texnikasi va 
    boshqa turdagi texnika vositalari bilan ta’minlandi, yangi namu- 
    naviy shtat jadvallari ishlab chiqildi. Ularning moddiy-texnik ne- 
    gizi mustahkamlana boshlandi. Axborot-resurs markazlarida ham 
    shu yo‘nalishda ishlar amalga oshirildi.
    OUy o ‘quv yurtlari, maktab kutubxonalari, kasb-hunar kol- 
    lejlari va akademik litsey kutubxonalari negizida yangidan tashkil 
    topgan axborot-resurs markazlari (ARM) endilikda universal bosma 
    va elektron axborot resurslar fondiga ega bo'lishadi. ARM oldiga 
    o‘quvchi va talabalar hamda aholining barcha qatlamlariga axborot- 
    kutubxona xizmati ko‘rsatish, ularning muntazam o ‘qishini, 
    mustaqil bilim olishini tashldl etishda zamonaviy axborot texno- 
    logiyalaridan samarali foydalanish, miJliy, m a’naviy, axloqiy 
    qadriyatlarni keng targ‘ib qilish, xalqimizning madaniy-tarixiy 
    merosidan bahramand bo‘lishga yo‘l ochib berish, m a’naviy 
    jihatdan boy va uyg‘un kamol topgan shaxsni voyaga yetkazish 
    uchun imkoniyat yaratib berish, yangi axborot resurslari asosida 
    aholiga axborot xizmati ko‘rsatish, madaniy, ta’lim va tarbiya sohasida 
    boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda loyihalar yaratish vazifasi 
    qo‘yildi.
    Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
    tomonidan axborot-kutubxona va axborot-resurs markazlari ishini 
    tashkil etishning me’yoriy hujjatlari ishlab chiqildi. AKMlarning 
    namunaviy Nizomiga ko‘ra, AKMlar axborotlashtirish va 
    kutubxona ishi sohasida o‘z mintaqasidagi axborot-resurs markazlari 
    uchun mintaqaviy metodik markaz deb ko‘rsatildi. AKMning xorijiy 
    mamlakatlar axborot-resurs markazlari hamda kutubxonalari Man 
    kitob ayirboshlash, axborot-kutubxona aloqasini o ‘matish, zarur 
    paytda xalqaro miqyosda axborot va kitob ayirboshlash huquqi ham 
    ko‘rsatilgan. Shuningdek, Nizomda AKMning asosiy maqsadi, 
    vazifalari, funksiyalari, huquq va burchlari aniq belgilab berildi.
    Ta’lim muassasalariga qarashli axborot-resurs markazlarining 
    Nizomi ham ishlab chiqildi. Nizomda barcha vazirliklar tizimidagi 
    axborot-resurs markazlari ishiga umumiy tashkiliy-metodik 
    rahbarlikni, ularning ishini muvofiqlashtirib borishni Vazirlar
    29
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi 
    faoliyatini muvofiqlashtirish bo'yicha Idoralararo kengash idoraviy 
    va hududiy metodik markazlar tizimi orqali amalga oshiradi deb 
    belgilandi. ARMning asosiy vazifasi boy va uyg‘un kamol topgan 
    shaxsning ijodiy olsishi uchun lmkon yaratish, kutubxona-axborot 
    madaniyatini tarbiyalash, foydalanuvchilarni zamonaviy axborot 
    qidirishning ilg'or usullariga o‘rgatish, kitobxonlarning talab va 
    ehtiyojlariga ko‘ra fondni shakllantirish, turli tashkilotlar va 
    muassasalar bilan hamkorlik o‘rnatish, axborot-kutubxona fao­
    liyatini takomillashtirish uchun zamonaviy axborot texnologiya- 
    laridan foydalanishdan iborat.
    0 ‘quv muassasalarida, laboratoriyalarda elektron axborot 
    resurslarini to‘plash, tizimlash, kataloglashtirishni amalga oshirish, 
    axborot-resurs fondini yaratish, asosiy ish turlarini bepul va zarur 
    bo‘lgan holda pulli xizmat ko‘rsatish ishini tashkil etish, foyda- 
    lanuvchilar uchun informatika, kutubxonashunoslik va bibliogra- 
    fiya asoslari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazish kabi bir qator 
    funksiyalarni bajaradi. Bundan tashqari, axborot-kutubxona 
    markazi va axborot-resurs markazidan foydalanish qoidalari ham 
    ishlab chiqildi. Unda markazning asosiy vazifalari, foydalanuv- 
    chilarning huquq va burchlari, majburiyatlari belgilab berildi. 
    To'plamda AKM va ARM faoliyatini tashkil etish va yuritishda 
    zarur bo‘lgan hujjatlar ro‘yxati, lavozim yo‘riqnomasi namunasi, 
    asosiy vaqt me’yoriy ko‘rsatkichlari ham berildi.
    Mamlakatimiz axborot-kutubxona faoliyatida hamda nashriyot- 
    chilik ishida shu kunga qadar qo‘llamlayotgan standartlar va 
    me’yoriy hujjatlar bazasini o‘rganib chiqish, imkon qadar milliy 
    standartlar bazasini yaratish maqsadida ishchi guruhi tuzildi. 
    Guruhning vazifasi Rossiya standartlarini o'zbek tiliga tarjima qilish 
    bilan birga, ulami mamlakatimiz kutubxonachilik, nashriyotchilik 
    va arxiv ishlari xususiyatlariga moslashtirish, boshqa mamlakatlar 
    tajribasidan foydalangan holda milliy standartlar va me’yoriy- 
    huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishdan iborat.
    2011-yil 23-fevralda Prezidentimizning «2011—2015-yillarda 
    axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutub-
    30
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    xona va axborot-resurs xizmatlari ko‘rsatishni sifat jihatidan 
    rivojlantirishni davom ettirish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi 
    1487-sonli Qarori qabul qilindi. Qarorning mohiyati mamlakati- 
    miz kutubxonalarida xususiy elektron resurslarni yaratish, boshqa 
    tashkilotlarning elektron resurslaridan unumli foydalanish bilan 
    axborot-kutubxona xizmatini sifat jihatidan yuqori saviyaga olib 
    chiqish, elektron kutubxonalar ishini tashkil etishga qaratildi.
    Qaror asosida barcha axborot-kutubxona muassasalaiini zamo- 
    naviy axborot-texnologiya va axborot-kommunikatsiya texnologiya- 
    lari, zarur texnika vositalari bilan ta ’mjnlash, moddiy-texnik 
    negizini mustahkamlash, dasturiy mahsulotlar ishlab chiqish, 
    ularni amaliyotga joriy etish, noyob, kam nusxadagi, ilmiy, 
    ma’rifiy, m a’naviy, axloqiy va tarixiy qimmatga ega bo‘lgan 
    adabiyotlarning elektron shakllarini yaratish vazifalari belgilandi. 
    Qarordan so‘ng 2011-yil 13-aprelda mamlakatimiz kutubxonachilik 
    ishi tarixida birinchi marta axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi 
    m u n osabatlarni tartib g a solish m aqsadida 0 ‘zbekiston 
    Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi 
    Qonuni qabul qilindi. Qonun 7 bob, 28 moddadan iborat bo‘lib, 
    axborot-kutubxona muassasalarining vazifalari, foydalanuvchi- 
    larning axborot-kutubxona resurslaridan foydalanishini ta’min- 
    lash; foydalanuvchilarning intellektual, ma’naviy-axloqiy, madaniy 
    va ta’lim olish ehtiyojlarini qanoatlantirish uchun shart-sharoitlar 
    yaratish; milliy madaniyatni tiklashga va yanada rivojlantirishga 
    ko‘maklashish, 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’naviy va madaniy 
    merosini saqlash; axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida 
    axborot-kutubxona resurslaridan o'zaro foydalanishni ta’minlash 
    deb belgiJandi.
    2011-yil Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy ku- 
    tubxonasi zamon talablariga javob beradigan, eng so'nggi rusum- 
    dagi axborot texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya tex­
    nologiyalari bilan jihozlangan va maxsus qurilgan 7 qavatli binoga 
    o‘tdi. Bino M a’naviyat va ma’rifat markazi, Simpoziumlar zali 
    bilan birgalikda yaxlit bir kompleksni tashkil etdi.
    Qonun va Qarorlar ijrosini ta’minlash maqsadida Alisher 
    Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi qoshida axbo-
    31
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    rot-kutubxona faoliyatining Davlat boshqaruvi uchun mas’ul 
    Vazirlar Mahkamasi va uning vakolatli organlaridan saylangan 
    Respublika uslubiy Kengashi ish boshladi. Kengash a zolari 
    tomonidan axborot-kutubxona faoliyatining barcha sohalariga oid 
    qonuniy, me’yoriy hujjatlar ishlab chiqildi. Bular AKM va 
    ARMlarning Namunaviy Nizomi, elektron kutubxonaning 
    Nizomi, standartlarning yangi shakllari, masofadan o ‘qitishning 
    Nizomi, axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning pulh va bepul 
    usullari va boshqa hujjatlar ishlab chiqildi.
    2012-yiI 20-martda Prezidentimizning «Alisher Navoiy nomi- 
    dagi 0 ‘zbekiston Milliy-kutubxonasi axborot-resurs markazi 
    faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi maxsus 
    1729-sonli Qarori qabul qilindi. Qaror asosida Vazirlar Mahka- 
    masining «Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutub­
    xonasi axborot-resurs markazi faoliyatini tashkil etishning dastlabki 
    chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi dasturi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, 
    Milliy kutubxonani boshqa axborot-kutubxona muassasalarining 
    tashkiliy-uslubiy faoliyati bilan muvofiqlashtirish va ular bilan 
    o‘zaro aloqasini tashkil etish haqida Nizom, axborot-kutubxona 
    resurslarini kataloglashtirishning yagona qoidasi, axborot-kutub­
    xona resurslarini hisobga olishning yagona tizimini ishlab chi­
    qish, MKning axborot-kutubxona tarmog‘i bilan tarmoqlararo 
    munosabatni o‘rnatish va «Elektron ta’lim» haqidagi Nizomni, 
    kataloglashtirishning milliy formatini ishlab chiqish, elektron 
    bibliografik yozuvlar bilan almashishning Davlat standartini, 
    MKning xizmat ko‘rsatish usullari tartibi haqidagi Nizomni, MKda 
    interfaol usullarni tartibga solish va joriy etish, imkoniyati 
    cheklangan kitobxonlarga keng doirada xizmat ko‘rsatish dastu- 
    rini, turli xil axborot qidiruviga imkon beruvchi dasturiy imko- 
    niyatlarni, MKning kitobxonlariga masofadan xizmat ko‘rsatish 
    haqidagi Nizomni, Internetga, Wi-Fi ni qo‘llagan holda avtomat- 
    lashtirilgan axborot-kutubxona xizmatini joriy etish, respublika- 
    ning yig'ma elektron katalogini tashkil etish, 2012—2020-yillar 
    bosqichma-bosqich elektron resurslarni yaratishning jadvalini ish­
    lab chiqish kabi ko'plab vazifalar yuklatildi. 2012-yildan so‘nggi 
    davrda ana shu dastur asosida ishlar tashkil etildi.
    32
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    Axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini takomillashti- 
    rishda, xodimlarning nazariy va amaliy bilimlarini oshirishda, 
    ilg‘or ish tajribalarini ommalashtirishda 0 ‘rta maxsus, kasb-hu- 
    nar ta’limi markazi tasarrufidagi ARMlar o‘rtasida 2006-yildan 
    buyon o‘tkazilayotgan «Yilning eng yaxshi ARM», 1967-yildan 
    beri o ‘tkazib kelinayotgan Respublika bolalar kutubxonasidagi 
    «Yilning eng yaxshi kitobxoni» kabi tanlovlar muhim o‘rin tu- 
    tadi. Bu tanlovlar xodimlarning ishini sifatli va samarali tashkil 
    etishga, kutubxona ish hujjatlarini to‘g‘ri yuritishga, kompyuter 
    savodxonligini oshirishga, aholi o ‘rtasida axloqiy, m a’naviy, 
    tarbiyaviy ahamiyatga ega bo ‘lgan tadbirlarni kengaytirishga, 
    barkamol avlod tarbiyasiga samarali ta ’sir ko‘rsatishga, boshqa 
    tashkilotlar bilan mustahkam aloqada ish olib borishga, xususiy 
    elektron resurslarni yaratishga qaratilgan.

    Download 11,3 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    «Kutubxonashunoslik» fanining predmeti, obyekti haqida nim a

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish