Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Kutubxona 
kitoblar va kishi 1 ik jamiyati tarixi yig‘indisi bo‘lgani 
uchun insonparvar muassasadir. Bunda insoniyat erishgan barcha 
ilmlar, turli fan sohalari bo'yicha shaklidan, xilidan, turidan, 
tilidan qat i nazar, adabiyotlar to‘plangan. Kutubxonalar zul- 
matga, nodonlikka, jaholatga qarshi kurashda faol bo‘lgan, kishilar 
qalbiga ezgulik, yaxshilik, sahovat, sadoqat, mehr-muhabbat, 
oqibat urug lariru singdirgan. U insoniyat butun borlig‘ining buyuk
8
www.ziyouz.com kutubxonasi


hujjatlashgan guvohi sifatida yashab kelmoqda. Unga zarurat 
sezgan har bir kishi bemalol foydalana olishi va, o‘z navbatida, 
kutubxonalar shu maqsadda hammabop bo‘lishi kerak.
Bora-bora madaniyatning takomillashuvi ijtimoiy va moddiy 
madaniyat taraqqiyotining tarixan rivojlanishiga asos bo‘lib, 
kutubxonalar, kitob fondi, ulami tashkil etish va boshqarishning, 
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning muhim omШga aylanib qoldi.
Qadimgi davrlardagi Shumer va Nineviya sopol taxtachalaridagi 
yozuvlardan Misrdagi papirus o‘rama kitoblarigacha, o‘rta asrdagi 
masjid va madrasalardagi taxchil qo‘lyozmalardan to dastlabki 
maktablar uchun yaratilgan darsliklargacha bo‘lgan hamma davrda 
lcutubxonalar ko‘plab tarixiy o ‘zgarish]arni boshidan kechirdi va 
o‘sha davr jamiyat talablariga, taraqqiyotiga javob berib keldi. Har 
bir jamiyatning g‘oyalari, yangiliklari, oliy maqsadlari kutubxona- 
laming rivojlanishiga, mazmun-mohiyatiga ta’sir etdi. Shu tufayli, 
kutubxonalarning jamiyatda tutgan o‘rni, maqsad va vazifalari 
shunga qarab o‘zgarib, rivojlanib bordi. Hamon kutubxonalar 
jamiyat ma’naviy kamolotining ajralmas tarkibiy qismi bo‘lib 
qolmoqda. Zero, ma’naviyat kitoblar, axborot resurslarining boshqa 
turlari orqali shakllanadi. Buni jamiyat taraqqiyotining har bir 
bosqichida ko‘rish mumkin.
Shuning uchun kutubxonalarning ijtimoiy roli aniq tarixiy 
sharoitda namoyon bo‘ladi. Kutubxonachilik ishi hech qachon 
makonda va zamondan tashqarida mustaqil rivojlana olmaydi, jamiyat 
taraqqiyotining umumiy qonuniyatlariga bo‘ysunadi. Kutubxonalar 
ijtimoiy hodisa sifatida o‘zi ishlab turgan ijtimoiy muhit doirasiga 
bog‘liq ravishda shakllanishi buyuk haqiqatdir. Jamiyat kutubxo- 
naning vasiysi bo‘lgani uchun ham kutubxonalar jamiyat oldida 
o‘z faoliyatiga javobgardir va uning ehtiyojiga javob berishi shart, 
ya’ni jamiyat a’zolarining axborotga bo'lgan talabini to‘la va sifatli 
qondirishi axloqiy, ma’naviy, ijtimoiy qoidalar darajasiga ко‘tarildi. 
1892—1972-yillarda yashab ijod etgan hindistonlik kutubxona- 
shunos olim Sh.R. Ranganatanning kutubxonachilik ishining besh 
qoidasi hozirgi davrda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Bular:
• kitoblar o‘qish uchun xizmat qiladi;
• har bir kitobning o‘z kitobxoni bo‘lsin;
• har bir kitobxonning o ‘z kitobi bo‘lsin;
www.ziyouz.com kutubxonasi


• kitobxonlar vaqtini asra;
• kutubxona o‘sayotgan organizmdir.
Bunday fikrlar juda ко"p va ulardan xulosa qilib shuni aytish 
mumkinki, kitob ma’naviy kamolotning mahsuli, m a’lum bir 
bosqich yakunidir. Kitob o‘qish esa, o‘sib borayotgan ma naviy 
ehtiyojni qondirish yo‘li, ma’naviyatni boyitish vositasi, ma naviy
kamolot kalitidir.
Professor O .G ‘. Qosimova va T.B. Yesimovning 1994-yil 
nashr qilingan «Umumiy kutubxonashunoslik» darsligida 0 ‘z- 
bekistonda «Kutubxonashunoslik» fanining rivojlanish bos- 
qichlari uch davrga bo‘lib ko‘rsatilgan. Agar shunga amal qila- 
digan bo‘lsak, hozirgi kunda bu davrlar to ‘rtta bo‘ladi:
• 1918— 1945-yillar;
• 1946— 1974-yillar;
• 1975—1990-yillar;
• 1991-yildan keyingi davr.
Bunday bo‘linishlar kutubxonachilik ishidagi rivojlanish 
xususiyatlari va sohaga oid amalga oshirilgan ilmiy, amaliy ishlar 
ko‘lamiga bog‘liq. Birinchi bosqichda kutubxonashunoslik masa- 
lalariga oid atigi 14 ta material e’lon qilingan bo‘lsa, 1976—1987- 
yillarda birgina Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy 
kutubxonasi tomonidan chiqarilgan « 0 ‘zbekistonda kutubxo­
nachilik ishi tarixi» to‘plamida kutubxonachilik ishining turli 
yo‘nalishlari bo‘yicha 131 ta maqola e’lon qilingan. 4-bosqichda esa 
kutubxonashunoslik masalalariga oid o‘quv qo‘llanmalari, dars- 
liklar, har ikki yilda an’anaviy tarzda 0 ‘zbekiston hududida o‘t- 
kazilib kelinayotgan «Central Asia» Xalqaro anjumani, boshqa 
xalqaro anjumanlar to‘plamlarida, xalqaro seminarlar, an’anaviy 
tarzda Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxona- 
sida o‘tkazilayotgan Betgerxonlik lainlari to‘plamlarida, Respub- 
lika bolalar kutubxonasi tomonidan yilda bir marta nashr etila- 
digan «XXI asrda bolalar kitobxonligi» Respublika seminari 
to plamida, «KUTUBXONA-UZ» oylikjurnali va «Kitob dunyosi» 
gazetasi sahifalarida muntazam maqolalar berib borilmoqda.
Shu davrda sohaga oid birinchi marta qabul qilingan 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi 
Qonuni, 2006-yil 20-iyunda qabul qilingan Prezidentimizning
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashiii tashkil 
etish to ‘g‘risida»gi, 2011-yil 23-fevraldagi «2011—2015-yillarda 
axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida axborot-kutub­
xona va axborot-resurs xizmatini yanada sifatli takomillashtirishning 
chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarorlari, 2012-yil 20-martda qabul 
qilgan «Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxo- 
nasi axborot-resurs markazi ishini takomillashtirish haqida»gi 
Qarorning o ‘ziyoq bu davrning o‘ziga xos xususiyatlarini va 
ahamiyatini ko‘rsatadi.
0 ‘zbekistonda kutubxonashunosllk fanining birinclii bosqichi 
asosan fanning shakllanish davri deb hisoblanadi. Bu bosqichda 
Turkiston Respublikasida kutubxonalar tarmog'ini barpo qilish, 
kutubxonachilik ishining tashkiliy va fimksional jihatlarini asoslash, 
uning nazariy va amaliy asoslarini yaratish, turli xil kutubxo­
nachilik ishiga oid konferensiyalar, kengashlar, qurultoylarni 
chaqirish, kutubxonachilik ishiga rahbarlik qilish organlarini tashkil 
etish bilan bog‘liq ishlar bajarildi.
Bu ishlarni amalga oshirish o‘sha paytdagi Turkiston xalq 
kutubxonasi (hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi) faoliyati 
bilan bog‘liq. Chunki, aynan shu kutubxonada o‘sha davrning eng 
yetuk kutubxonachi-bibliograflari, dastlabki kutubxonashunos, 
sharqshunos olimlar, madaniyat arboblari to‘plangan edi.
0 ‘zbekistonda «Kutubxonashunoslik» fanining shakllanishi 
va rivojlanishi Yevgeniy Karlovich Betger nomi bilan bog‘liq. 
Y.K. Betger 1887-yil 30-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilib, 
1905-yili Toshkent erkaklar gimnaziyasini, keyin Moskva, 
Gendelberg, Kiyev universitetlarini tugatgan. 1920—1924-yillari 
O lrta Osiyo davlat universitetining sharq fakultetini tugatadi va 
sharq tillari bo‘yicha yetuk mutaxassis bo‘lib yetishadi.
1914-yilda juda keng bilimga, ayniqsa, rus tilshunosligi bo‘- 
yicha yetuk bilimga ega bo‘lgan Y.K. Betger Toshkent erkaklar 
gimnaziyasida rus tili va adabiyotidan o ‘qituvchilik faoliyatini 
boshlaydi. 1915-yildan uning kutubxonachilik ishi bilan bog‘liq 
hayoti boshlanadi. Awal u Rus geografik jamiyatining Turkiston 
bo‘limida ham uning a’zosi, ham kutubxonachi lavozimida ish- 
laydi. 1915-yil u bir ovozdan kutubxona mudiri lavozimiga say- 
lanadi. A.V. Penkov bilan kitoblarni joylashtirish ishini tugatib,
II
www.ziyouz.com kutubxonasi


kartochkali va predmet katalogini tuzishga kirishadi. Olimlar 
yordamida fondni kengaytirishga harakat qiladi. Fond, ayniqsa, 
o‘lkashunoslik xarakteridagi adabiyotlar bilan boyiydi. Y.K. Betger 
kutubxona fondini targ‘ib qilish ishini jonlantirdi, shu yo‘nalishda 
bibliografiya ishini tashkil qiladi. A.V. Penkov bilan birgalikda 
«1912-yil 1 -oktabrdan to 1914-yil 1-yanvargachabo‘lgan davrda 
turkistonshunoslikka oid kitoblar va maqolalarning bibliografik 
ko‘rsatkichi»ni va 1914—1915-yillaruchun ko‘rsatkichini tuzadi.
1917-yili u Turkiston ommaviy kutubxonasining Kuzatish 
qo‘mitasi tarkibiga ishga olinadi. Bu yerda u asosan kitob fondini 
saqlash va uni targ‘ib qilish masalalari bilan shug‘ullanadi. Rah- 
barlik qobiliyatiga ega bolganligi sababli, 1918-yil Turkiston xalq 
kutubxonasini qayta tashkil etish komissiyasi ishiga jalb etiladi, 
birvaqtning o‘zida Xalq komissariati qoshidagi kutubxonachilik 
bo‘limini boshqara boshlaydi. Uning tashabbusi bilan Toshkentda 
kutubxona xodimlarini tayyorlash kurslari tashldl etiladi. Bolalar, 
maxsus va milliy kutubxonalar tashkil etila boshlaydi. Boshqa 
mutaxassislar bilan birgalikda ilmiy va akademik kutubxonalarning 
Markaziy 0 ‘rta Osiyo birlashmasini boshqaradi. Markaziy bib­
liografik komissiya ishiga rahbarlik qilib, kataloglashtirish bo‘yicha 
mas’ul xodim, o‘nli tizim bo‘yicha yirik mutaxassis va indeksator 
sifatida o‘lka bo‘yicha kutubxonalar rahbarligiga tayinlanadi. 
1922—1931-уШаг ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, ilmiy 
kotib, 1947-yilgacha bo‘lim mudiri lavozimlarida faoliyat yuritadi. 
1943-yil «А.1. Butakov kundaliklari» mavzusida nomzodlik 
dissertatsiyasini himoya qiladi.
1920-yillardayoq Y.K. Betger kutubxonalar ishini tashkil 
etishdagi asosiy jihatlarga e’tiborini qaratadi. Bular: hisobotlarni 
tuzishda bir xillikka erishish, kutubxona fondi va kutubxona 
ma lumot apparatini tashkil etish, katalog va kartotekalami tuzish, 
kitob fondini saqlash, klassifikatsiya qilish va o‘nli klassifikatsiya 
asosida tavsiflash. 1918-yili L.K. Davidov, A.A. Metelnikov bilan 
birga 1-marta «О nli bibliografik klassifikatsiya»ni nashr ettiradi. 
Y.K. Betger bu ishm 1922-yili takomillashtirib qayta nashr ettirdi, 
unga so zboshi, uslubiy ко rsatma, foydalanish qoidalarini qo‘shadi. 
Betger kutubxonalar hisobotini va uning tarkibiy qismlarini belgilab 
beradi, unda kutubxonaning tuzilishi va kutubxona bo‘limlarida
12
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishni tashkil etish haqidagi masalalarni yoritishni talab qiladi. 
Bo‘limlar ishini qulay va to ‘g‘ri tashkil etish kitobxonlarga ilmiy 
xizmat ko‘rsatishning mezoni ekanligini ta ’kidlaydi. Uni tako- 
millashtirishda kutubxona xodimining o‘rni beqiyosligini, buning 
uchun undan professional bilim, aql-zakovat, mahorat talab 
etilishini, kutubxonaning moliyaviy ahvoli, uning smetasini tuzish 
hamda tahlil qilib turish kutubxona faoliyatini rivojlantirishda, 
takomillashtirishda muhim ekanligini, kutubxonaning moddiy- 
texnik bazasini mustahkamlashning kutubxona oldida turgan 
vazifalarni ham da aholiga kutubxona xizmati ko‘rsatishni 
yaxshilashning asosiy omili ekanligini ko‘rsatadi.
0 ‘rta Osiyo davlat kutubxonasi (hozirgi Milliy kutubxona)ning 
Y.K. Betger tomonidan tuzilgan yillik hisobotlarida qiyosiy tahlil 
usuli qo‘llanilgan bo‘lib, bu bilan kutubxonaning ijtimoiy roli 
yildan yilga oshib borganligi, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar, 
ulami bartaraf etish yo‘llarini ko‘rish mumkin. Y.K. Betger biblio- 
grafik faoliyatga, ayniqsa, o‘lkashunoslik bibliografiyasiga katta e’tibor 
beradi. Nashr etilmay qolib ketgan bo‘lsa ham, u juda ko‘p!ab 
o ‘lkashunoslik xarakteridagi bibliografik ko‘rsatkichlarni tuzadi. 
Arab, fors va boshqa sharq tillarini mukammal bilgan mutaxassis 
sifatida hozirgi Sharqshunoslik instituti faoliyatida ham ishtirok etadi.
1947—49-yillarda sharq qo‘lyozmalarini tavsiflash ishida,
1952-yil tuzilgan « 0 ‘zFA sharq q o ‘lyozmalari katalogi»ning
1-jildini tuzishda qatnashadi. Nizomiy, Sa’diy, Navoiy, Ogahiy 
asarlarini tarjima qiladi. 1953-yili uzoq yillik samarali mehnatlari 
uchun « 0 ‘zbekistonda xizmat ko'rsatgan kutubxonachi» unvoni 
bilan taqdirlanadi.
A. P. Arxangelskiy va Stenmaxlar esa kutubxona budjeti, kitob 
fondining о‘sib borishi kutubxonachilik ishining taraqqiyotini 
belgilab beradigan omil bo‘libgina qolmay, balki kutubxonaning 
ijtimoiy rolini ham ko‘rsatib beradi deb ta’kidlashgan. Buni yana 
kitobning ommaga yetkazib berilishiga, kutubxona ishi mazmu- 
nining o‘zgarishiga bog'liq bo‘lib, yangi tipdagi kutubxonalar awalgi 
kutubxonalardan siyosiy va madaniy masalalarni ilgari surishi bilan 
ajralib turishi zarur degan g‘oyani ilgari surishgan. Ushbu g‘oyani 
rivojlantirib, kutubxonalarning muhim vazifalaridan biri kutubxo- 
naga zarurati, ehtiyoji katta bo‘lgan uy bekalari, uy xizmatkorlari,
13
www.ziyouz.com kutubxonasi


kosiblarni va boshqalarni jalb qilish zarurligini aytganlar. Kutub- 
xonaning tarbiyaviy rolini oshirish uchun kutubxonachilik ishi 
sifatini yaxshilash, kitobxonlarga tabaqalashtirilgan (differensial) 
xizmat ko‘rsatish zarurligini ko‘rsatdilar.
O.V. Maslova va M.N. Latipovalaming 1931-yil nashr etilgan 
«Alifbo katalogi» amaliy qo‘llanmasida asarlarni tavsiflashda 
qo‘llaniladigan ruscha-o‘zbekcha qisqartirilgan so‘zlar lug'ati va 
boshqalar o‘zbek tilida nashr qilingan kitoblar asosida ishlab 
chiqiladi.
Olga Vasilyevna Maslova yirik kutubxonashunos-bibliograf, Res- 
publikada xizmat ko‘rsatgan kutubxonachi, tarix fanlari nomzodi, 
xalqimiz ma’naviy merosining faol targ‘ibotchisi 1893-yil 11-sen- 
tabrda Toshkentda harbiy xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Faoliyati 
davomida ma’lumot-bibliografiya apparatini, tarix, geografiya, 
geologiya, gidrologiya, biologiya, 0 ‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga 
oid bibliografik ishlarni tuzadi. Bibliografik tavsif, annotatsiya va 
sharhlarni tuzish metodikasiga alohida e’tibor qaratadi.
Kutubxonashunoslik fani taraqqiyotining birinchi bosqichi 
kutubxonachilik nazariyasining tashkiliy masalalari bilan bog‘liq 
bo‘lib, ular 1921-yil noyabr oyida Markaziy idoralararo kutub­
xonachilik komissiyasining barpo qilinishi, 1923-yil Toshkent 
shahrida kutubxona birlashmalarining tashkil etilishi, turli 
kutubxonachilik kengashlari, konferensiyalar, seminarlar, qu- 
rultoylarning chaqirihshi, respublikadagi ayrim kutubxonalar 
faoliyatini tekshirish, kutubxona shoxobchalarini rivojlantirish 
rejalarining tuzilishi, yetakchi kutubxonalarning ilg'or ish taj- 
ribalarini o‘rganish, targ‘ib qilish, ommalashtirish va boshqa ishlar 
amalga oshirildi.
О sha davrda kutubxonashunoslar tomonidan b a’zi bir 
muammolar o‘rganilgan va rivojlantirilgan. Bular:
• kutubxonachilik ishi tarixi va nazariy asoslarining umum- 
lashtirilishi (O zbekiston davlat kutubxonasi asarlarining nashr 
qilinishi va ilmiy sessiyalarning o‘tkazilishi);
• О zbekiston davlat kutubxonasining ilmiy hisobotlarini 
tuzish va faoliyatini tahlil qilish;
• kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning ahvoli va kutubxona 
fondini to‘ldirish muammolarini o‘rganish;
14
www.ziyouz.com kutubxonasi


• kutubxona shoxobchalari va tarmoqlarini tashkil qШsh;
• tavsiflash metodlari va alifbo katalogini tashkil qilishning 
nazariy asoslarini ishlab chiqish hamda o‘zbek tilidagi kutubxo- 
nacliilik atamalari muammolarini tadqiq etish;
• turli xil nazariy qarashlar (tanqidiy, munozarali), aniq 
namoyon bo‘lgan o ‘nli bibliografik klassifikatsiya jadvali nazariy 
va amaliy asoslarining ishlab chiqilishi.
0 ‘zbekistonda kutubxonachilik fani rivojlanishining ikkinchi 
bosqichi birinchi bosqichdan farqli ravishda sohada mahalliy millat 
vakillarining ko‘payishi bilan xarakterlanadi. Bu davrda kutubxo­
nachilik ishining umumiy masalalaridan tortib, alohida kutubxo­
nalar faoliyati, kutubxona tarmoqlari, kutubxonalar ishining ayrim 
yo‘nalishlari, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, kutubxona fondiga 
oid muammolar, kutubxonalar ishini tashkil qilish, kutubxonalarda 
ilg‘or tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va targ‘ib qilish, 
boshqa kutubxonalar amaliyotiga joriy etish, kutubxonalar ish 
tajribalarini ommalashtirish va targ‘ib qilish maqsadida to‘plamlar 
nashr qilish, lug‘atlar, ma’lumotnomalar tuzish, ma’lum mavzu- 
larda dissertatsiyalar yaratish masalalari asosiy o‘rinda turdi.
1940-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab matbuotda 0 ‘zbe- 
kistonda kutubxonachilik ishi, uning tashkil etilishi, tarmoqlarning 
rivojlanishi, A. Navoiy nomidagi davlat kutubxonasining fao­
liyati, tashkiliy-metodik ishlariga oid materiallar paydo bo‘la 
boshlaydi.
1950-yillar o ‘rtalariga kelib, jamoa xo‘jaliklari kutubxonalari 
ishi keng o‘rganiladi va ular matbuotda yoritila boshlanadi. 0 ‘tgan 
asrning 60-yillariga kelib, qishloq va sho‘ro xo‘jaligi kutubxona- 
larining faoliyati, taraqqiyoti bo‘yicha materiaUar paydo bo‘ldi. 
Markaziy ilmiy qishloq xo‘jaligi kutubxonasi faoliyati, qishloq va 
sho‘ro xo‘jaligi kutubxonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masala­
lari yoritila boshlandi.
1950-yiIlardan bolalar kutubxonalari xodimlarining bolalarga 
kutubxona xizmati ko'rsatish, ilg'or tajribalarni ommalashtirish, 
bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish, bolalar bilan ishlash masala- 
larini yoritadilar. 0 ‘tgan asrning 60-yillari boshlariga kelib, ochiq 
kitob fondlarini tashkil etish masalasi oldingi o‘ringa chiqdi. 
1960-yilda Farg‘ona va Buxoro viloyatida tuman kutubxonalanning
15
www.ziyouz.com kutubxonasi


ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish tajribasi 
o‘rganilib, respublika miqyosida bu ilg‘or tajribani yoyishga o'tildi.
Dastlab bu masalada Moskva va Sankt-Peterburgda nashr 
qilingan uslubiy qo‘llanmalardan foydalanildi. Shuning uchun ш1Шу 
tildagi adabiyotlar fondini shakllantirish, kitoblarni joylashtirish 
usullarini ishlab chiqish, tavsiya bibliografik qo llanmalarining 
yetishmasligi, katalog va kartotekalar tizimining takorniUashmagani 
tufayli kutubxona fondi mazmuni to ‘la ochib berilmasligi, ochiq 
kitob fondi sharoitida «kutubxonachining bo‘lishi shart emas» 
degan tushunchalaming paydo bo‘lishi kutubxonachilik ishini 
takomillashtirishdagi asosiy to‘siqlar bo‘lib qoldi.
Shu sababli, 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi metodik markaz 
sifatida ochiq kitob fondi sharoitida kitobxonlar o‘qishiga rahbarlik 
qilish, kutubxona fondini o‘rganish va to‘ldirish, katalog va biblio­
grafik qo‘llanmalardan foydalanish hamda boshqa dolzaib masalalar 
bo‘yicha tajribalami o‘rganish, ommalashtirish, umumlashtirish 
masalalari bilan shug‘ullandi.
Kutubxonachilar uchun viloyat, shahar, tuman kutubxona- 
larida ochiq kitob fondini tashkil etish, fondni joylashtirish, 
kutubxonachilarga yordam beradigan adabiyotlar ro‘yxatini o ‘z 
ichiga olgan tavsiya uslubiy qo'llanmalar ishlab chiqish boshlandi. 
Shu sharoitda o‘qishga rahbarlik qilish, kitobxonlar qiziqishini 
o‘rganish, ommaviy, bolalar, kasaba uyushmalari, texnika kutub- 
xonalarida ochiq fondni tashkil etish kabi dolzarb masalalar paydo 
bo‘ldi.
1962— 1966-yillarda 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi «Наг bir 
kishining mehnati — hammaning baxt-saodati uchun» umumiy 
sarlavhasi bilan uchta to‘plamni nashrdan chiqardi. Birinchi to‘plam 
1962-yildan nashr etilgan bo‘lib, respublika kutubxonalari fondini 
o‘rganish natijasida o‘zbek tilidagi adabiyotlar fondining o‘zagi 
(yadro)ni yaratish muammolari, texnika, qishloq xo‘jaligi, ijti- 
moiy-siyosiy adabiyotlarni targ‘ib qilish masalalari ana shu qismda 
ochib berildi. Ikkinchi to‘plam esa Farg‘ona viloyati kutubxonasida 
ishchi yoshlaming o‘qishiga rahbarlik qilish va o‘lkashunoslik ishlari 
tajribalari asosida to plangan materiallar asosida 1966-yili nashrdan 
chiqdi. Uchinchi to plam ham 1966-yil nashr etilgan bo‘lib, unda 
adabiyotlar targ‘iboti, mehnatkash-kitobxonlar orasida ilmiy
16
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilimlarni targ‘ib qilish, qishloq joylarda va shaharlarda har bir 
oilaga kitobni yetkazish, ayrim jamoa xo‘jaligi kutubxonalarining 
ishlari to ‘g‘risidagi m a’lumotlar berilgan. Bu to‘plamlar tarixiy va 
ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, kutubxonachilik ishi tarixini o‘iganishda 
manba bo‘lib qoladi.
1972-yili oliy va o ‘rta maxsus o ‘quv yurtlari kutubxonalari 
xodimlarining ish tajribalarini umumlashtirgan dastlabki to‘plam 
nashrdan chiqdi. Bu to ‘plam uslubiy xarakterda bo‘lib, yoshlarga 
kutubxona-bibliografik xizmati ko‘rsatish tajribalarini umumlash- 
tirish maqsadida Toshkent davlat universiteti (hozirgi Milliy 
universitet) tomonidan nashr etilgan edi. 0 ‘sha davr mutaxassislari 
to‘plamga yuqori baho berishgan va to‘plam ko‘plab kutubxonalar 
uchun tajriba almashish, boshqa kutubxonalar tajribasini o‘rganib, 
o‘z faoliyatlariga singdirish uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Bunga 
o‘xshagan to‘plam 1974-yilda boshqa nomda nashr etilgan edi.
195 8-yilda Qo‘qon pedagogika instituti tarkibida kutubxona­
chilik fakulteti tashkil etiladi va 1960-yilda Nizomiy nomidagi 
Toshkent pedagogika instituti tarkibiga kiritildi. Shundan so‘ng 
mamlakatimizda kadrlar tayyorlash sifati, ko'lami ancha oshdi. 
Kutubxonashunoslik va bibliografiya fani rivojlana boshladi. Bu esa 
kutubxonalar tizimining amaliyotiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Shuning- 
dek, 0 ‘zbekistonda tarix fanining taraqqiyotida o‘zgarishlar yuz 
berdi. Alohida kutubxonachilik ishi tarixi hali mustaqil o‘rganilma- 
gan bo‘lsa-da, ikki yo‘nalishda: xalq maorifi tarixi, nashriyotchilik 
ishi, madaniy-ma’rifiy ishlar tarixi o ‘rganilganda ma’lum bir 
ma’noda kutubxonachilik ishi tarixiga ham o'rin berilgan edi.
1959-yil hukumatning «Mamlakatda kutubxonachilik ishi- 
ning ahvoli va uni yaxshilash choralari to‘g‘risida»gi qarori qabul 
qilingan edi.
1960—70-yillarga kelib, Nizomiy nomidagi TDPI qoshidagi 
kutubxonashunoslik kafedrasi jamoasi tomonidan kutubxonachilik 
ishi tarixi o ‘rganila boshlandi. Ilk feodallar jamiyati davridan 
1924-yilgacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekiston kutubxonachiligi tarixi 
masalasi birinchi marta Osiyo G‘afurovna Qosimova tomonidan 
tadqiq etildi. Natijada, 1965-yilda Toshkent davlat universitetida 
respublikada birinchi bo‘lib kutubxonachilik ishi tarixi bo‘yicha 
nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilindi. Bu O. Qosimovaning
2
-
403
17
www.ziyouz.com kutubxonasi


«0 ‘zbekistonda ommaviy kutubxonalar tarmog‘ining rivojlanishi» 
mavzusidagi ishii edi. Tarixiy materiallar asosida ilk bora Turkiston 
o‘lkasi kutubxonalari tarixi, turli xil ilmiyjamiyatlar kutubxona­
lari faoliyati, nolegal kutubxonalar, Turkiston ommaviy kutub­
xonasi, unda tashkil topgan Kutubxonachilik komissiyasining 
tashkil topishidan to 1924-yilgacha bo‘lgan faoliyat yoritildi.
Inqilobdan keyingi davrni o ‘r%anishda davrlashtirish prin- 
sipini qo‘llagan holda ommaviy kutubxonalar rivojlanishi, har 
bir davrda aholiga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishning 
xususiyatlarini ochib bergan.
Ilmiy ishi natijasidan unumli foydalangan O. Qosimova 
1968-yilda « 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik ishi» nomli asarini 
nashr ettirdi. Bu asarda 1924-yildan 1967-yilgacha bo‘lgan davrdagi 
0 ‘zbekiston kutubxonalari tarixi, istiqboli tanqidiy va tahliliy 
ravishda ochib beriladi. Kutubxonachilik ishi tarixi muammolari 
bilan amaliyotchilar ham shug‘ullanishgan. A. Navoiy nomidagi 
0 ‘DK xodimi Y.B. Abramov Leningrad davlat madaniyat instituti 
bazasida 1967-yili « 0 ‘zbekistonda kataloglashtirish nazariyasi va 
amaliyotining rivojlanishi» mavzusida dissertatsiyasini himoya qi- 
ladi. Ishning birinchi qismida muallif IX asrdan to Rossiyaning 
0 ‘rta Osiyoni bosib olgunigacha bo‘lgan davrda 0 ‘zbekiston hu- 
dudida kataloglashtirish tarixini yoritgan. Asosiy e’tiborini Turkiston 
Ommaviy kutubxonasi (TOK)ning rusbo‘limi katalogi, Turkiston 
o‘lkasidagi shahar, ilmiy, o‘quv yurtlari va boshqa kutubxonalar 
kataloglariga qaratgan. TOKning kataloglashtirish faoliyati va uning 
rivojida N .V. Dmitrovskiy hamda kutubxonachilik komissiyasining 
o‘rni tarixan o‘rganib chiqilib, tadqiq qilingan. Tadqiqotning ke­
yingi qismlarida 1917—1924-yillar Turkiston muxtor respubli- 
kasida, 1925 1967-yillarda 0 ‘zbekistonda kataloglashtirish ja- 
rayonlari va amaliyoti 0 ‘zbekiston davlat kutubxonasi misohda 
yoritilgan. О DK negizida 1918-yili tashkil topgan kutubxona fon- 
dini kataloglashtirish muammolari bilan shug‘ullanuvchi maxsus 
komissiya faoliyati birinchi bor ilmiy jamoatchilikka yetkazildi.
1969-yili ToshDU asosiy kutubxonasi xodimi Aleksandr 
Ivanovich Kormilitsin «Inqilobdan oldingi Turkistonda kutubxo­
nachilik ishi tarixi» mavzusida ilmiy ishini himoya qiladi. Ishda
18
www.ziyouz.com kutubxonasi


Turkistonning mahalliy aholi soni ko‘p bo‘lgan Sirdaryo, Farg‘ona 
va Samarqand viJoyatlari bo‘yicha tadqiqot ishlari yoritilgan.
1970-yillarning birinchi yarmida ilmiy kutubxonalar faoliyati 
ham tadqiq qilina boshlandi. 1973-yili M.Rahimova ToshDUda 
«0 ‘zbekiston SSR ilmiy kutubxonalari taraqqiyoti tarixi» (1917— 
1941 -yillar) mavzusida ilmiy ishini himoya qiladi va 0 ‘zbekiston 
davlat kutubxonasi, ToshDUning ilmiy kutubxonasi, A.S. Push­
kin nomidagi Samarqand viloyat kutubxonasi, A. Navoiy nomli 
Samarqand davlat universitetining asosiy kutubxonasi, Abu Ali 
ibn Sino nomli Buxoro viloyat kutubxonasi, FA asosiy kutub­
xonasi, Toshkent davlat tibbiyot instituti kutubxonalari tarixi, 
respublikada ilmiy kutubxonalar tarmog‘ining shakllanishi, oliy 
o‘quv yurtlari kutubxonalari faoliyati va muammolari atroflicha 
tadqiq qilingan. 1941 — 1970-yillarda ilmiy kutubxonalar faoliyati 
tarixini Boqibillo Karimov tadqiq qiladi va « 0 ‘zbekiston SSRda 
ilmiy kutubxonalar taraqqiyoti» nomi bilan ilmiy ishini himoya 
qiladi. Unda Respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, Respublika 
hududiy patent fondi kutubxonasi, 0 ‘zbekiston davlat rejani llmiy- 
texnika va texnik-iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy tekshirish instituti- 
ning xalq xo‘jaligi mutaxassislariga xizmat ko‘rsatish faoliyati 
yoritib berilgan.
Mamlakatimiz kutubxonashunoslik fanining rivojlanishini 
o‘rganishda, tadqiq qilishda yana ma’lumotnoma nashrlar ham 
alohida ahamiyatga ega. 1964-yili A. Navoiy nomidagi О DK 
tomonidan o ‘zbek tilida « 0 ‘zbekistonning yirik kutubxonalari» 
nomli m a’lumotnoma e’lon qilindi. Unda respublika ahamiyatiga 
ega bo‘lgan ilmiy kutubxonalar, viloyat, oliy o‘quv yurtlari va 
kasaba uyushmalari kutubxonalari faoliyati yoritilgan, makoni, 
joyi, tarixi, qaysi tarmoqqa qarashliligi 
v a
vazifalari, tuzilishi, kitob 
fondi va kitobxonlar miqdori ko‘rsatilgan.
Yana bir m a’lumotnoma « 0 ‘zbekistonning texnika kutubxo- 
nalari»dir. Bu 0 ‘rta Osiyo respublikalari bo yicha shunday tipdagi 
birinchi nashr hisoblanadi. Maqsadi 0 ‘zbekiston kutubxonalari- 
ning kitob fondini to ‘ldirish, kutubxonachilik va axborot ishlarim 
muvofiqlashtirish. U respublika ilmiy-texnika kutubxonasi, boshqa 
ilmiy-texnika va texnika kutubxonalari, 0 ‘zbekiston Madamvat
19
www.ziyouz.com kutubxonasi


ishlari vazirligining viloyat kutubxonalari, FAning asosiy kutub 
xonasi, universitetlar va texnika oliy o‘quv yiirtlari kutubxonalari
haqida ma’lumotlar beradi.
Xulosa o‘mida 1946— 1974-yillarda e’lon qilingan materiaUar 
asosida shuni aytish mumkinki, respublika kutubxonalari faoliyati 
chuqur ilmiy va tanqidiy jihatdan o‘rganildi va sharhli-axborotli 
materiallar ko‘paydi, ilg‘or tajribalar o‘rganilib, umumlashtirildi 
va amaliyotgajoriy etildi, kutubxonachilik ishi haqida ilmiy tadqi- 
qotlar ko‘paydi, ma’lumotnoma va lug‘at nashrlari paydo bo‘ldi. 
A. Navoiy nomh 0 ‘DK mamlakatda kutubxonachilik ishining 
tashkilotchisi, jonkuyari, ilmiy tadqiqot ishlarini muvofiqlash- 
tiruvchi markazga aylana boshladi.
Kutubxonachilik sohasida kadrlar tayyorlashning oliy va maxsus 
tizimi tarkib topdi. 1974-yilda sobiq Ittifoqda 14-chi bo‘lib Tosh­
kent davlat madaniyat instituti tashkil topdi va uning tarkibida 
«Kutubxonachilik» fakulteti ish boshladi. Respublikada yagona 
oliy ma’lumotli kutubxonachi-bibliograflar tayyorlaydigan oliy 
o‘quv yurti 2012-yilgacha faoliyat yuritdi, ko‘p yillar mobaynida 
mamlakatimiz, qo‘shni va xorijiy davlatlar kutubxonalari uchun 
malakali kadrlar tayyorlab keldi, mamlakatimiz kutubxonachiligi 
tizimini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi.
1974-yil kutubxonachilik ishi sohasida markazlashtirilgan ti- 
zimni boshlab bergan «Mehnatkashlarni kommunistik ruhda 
tarbiyalashda va fan-texnika taraqqiyotida kutubxonalarning rolini 
oshirishto‘g‘risida»gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu esa 1975-yil- 
dan boshlangan kutubxonashunoslik fanining uchinchi bosqichi 
rivojida muhim asos bo‘lib qoldi. Bu davrda kutubxonashunoslik 
fani yangi pog‘onaga ko‘tarildi. Kitob ishi tarixi, kutubxonalar 
tarmoqlari, kutubxonashunoslik fani va uning umurniy muammo- 
larini hal etish bo‘yicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borildi. O. Qosi- 
movaning o‘zbek va rus tilidagi « 0 ‘zbekistonda kutubxonachilik 
ishi tarixi» darsligi kutubxonachilik fakultetida o‘qitila boshlandi.
Bu davrda kutubxonachilik ishi muammolariga oid bitta doktorlik 
va 7 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilindi. « 0 ‘zbek tilining 
kutubxonachilik-bibliografik terminshunosligi» (E. Yo'ldoshev) 
rriavzusida isfi boshlanib, u «0 ‘zbek kitobatchiligi terminologiyasi» 
ncfmibilan doktorlik ishi darajasiga yetdi. Professor Ergash Yo‘l-
20
www.ziyouz.com kutubxonasi


doshev « 0 ‘zbekistonda bolalarga kutubxonachilik xizmati ko‘rsa- 
tilishi: shakllanishi, rivojlanishi va istiqbollari», M. Rasulov «MKSda 
ommaviy qishloq xo‘jaligi kasbi mehnatkashlariga xizmat ko‘r- 
satishni takomillashtirish», M.A. Zufarova «Ikki tillilik sharoitida 
sistematik katalog: tashkil qilish muammolari va takomillashtirish 
yo‘llari», V.V. Sadurskaya «Yuqori sinf o‘quvchilarining bilishga 
oid faolligini shakllantirishda yoshlar kutubxonasi, maktab ishlab 
chiqarish jamoasining o‘zaro hamkorligi», M. Mahmudov «Maktab 
o‘qituvchilariga kutubxona xizmatini ko‘rsatish: hozirgi ahvoli va 
taraqqiy ettirish yo‘llari» mavzularida tadqiqot ishlarini yakunladilar.
Bu bosqichda 0 ‘zbekistonda kutubxonashunoslik fanini rivoj- 
lantirishning asosiy masalalaridan biri ilg‘or tajribalami o‘rganish, 
tahlil qilish va ommalashtirishdan iborat edi. Shu yo'nalishda
1960-yillardan Alisher Navoiy nomidagi Respublika davlat 
kutubxonasi (hozirgi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi) 34 ta maxsus 
to ‘plam nashr qiladi, 1976-yildan « 0 ‘zbekiston kutubxonalari» 
nomi bilan davomli nashr chiqadi. Ilmiy to‘plam sifatida respub­
lika kutubxonalaridagi amaliy ish tajribalari yoritadigan, tahlil va 
targ‘ib qiladigan nashrga aylanadi. Keyinchalik bu to ‘plam 
« 0 ‘zbekiston kutubxonashunosligi: kutubxonachilik ishi naza- 
riyasi va amaliyoti bo‘yicha maqolalar to‘plami» nomi bilan chi- 
qarila boshlandi va kutubxonachilik ishining nazariy va amaliy 
muammolari bo‘yicha umumiy materiallar, uning ayrim yo‘na- 
lishiariga bag‘ishlangan risolalar o‘z aksini topdi.
Bu nashr respublikada kutubxonachilik ishi tarixi, nazariyasi, 
amaliyoti va istiqboli masalalarini yoritadigan, ishlab chiqadigan, 
barcha kutubxona tarmoqlari o ‘rtasida ilg‘or tajribalarni omma- 
lashtiradigan, mamlakatimizda va hududlarda kutubxonachilik ishi 
qurilishi xususiyatlarini o‘rganadigan, kutubxona xodimlari mala- 
kasini oshiradigan, kitobxonlarda o‘qish madaniyatini tarbiyalay- 
digan, kutubxonachilik kasbining nufiizini, obro‘-e’tiborini ko‘ta- 
radigan nashrga aylandi.
1974-yilda sobiq Ittifoq hukumatining kutubxonachilik ishiga 
oid qabul qilgan qarori asosida mantlaOTdlfllTJi KA'ilailitiiilgon 
kutubxonalar tizimi tashkil topdi. Bu 
iborat ediki, hududlar xususiyatidan
21 

»

Л
л л 
. j .
www.ziyouz.com kutubxonasi


tizimlar shakllandi, ularning tarkibida markaziy kutubxona va uning 
atrofida flliallar birlashib, tizimni boshqarish, mablag bilan 
ta’minlash, rejalashtirish va hisobot ishlari, moddiy-texnik bazasini 
mustahkamlash, hisob-kitob ishlari, fondni to‘ldirish, unga qayta 
ishlov berish, texnik va ilmiy ishlov berish Markaziy kutubxona 
zimmasiga, aholiga kutubxona xizmati ko‘rsatish filiallarga birik- 
tirildi. Kutubxonalarda ilg‘or ish usullarini o ‘rganish, o ‘zaro 
hamkorlik qilish, ichki va tashqi kitob ayirboshlash, kutubxona- 
lararo abonement, sirtqi abonement, Xalqaro abonement ishlari 
shu davrda rivojlantirildi. Markaziy kutubxona butun bir tizim uchun 
ilmiy-uslubiy, bibliografik ish markaziga aylandi.
1975— 
1990-yillarda «Kutubxonashunoslik» fanining rivoj- 
lanishida asosiy e’tibor respublikada maktab o‘quvchilari va bola- 
larga kutubxona xizmati ko‘rsatish sifatini oshirish masalalariga 
qaratildi. Kitobxonlar o‘qish madaniyatini tarbiyalash, o ‘qishiga 
rahbarlik qilish masalalari har tomonlama ishlab chiqila bosh- 
landi. Shu davrda Toshkent davlat madaniyat institutining «Bo­
lalar adabiyoti va kutubxonalarda bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish» 
kafedrasi tashkil topib, uning faoliyati ko‘lami va sifati jihatidan 
ko‘zga tashlandi. Bu kafedraga awal filologiya fanlari doktori, 
folklorist olim Malik Murodov, keyinchalik pedagogika fanlari 
nomzodi, professor E. Yo‘ldoshev rahbarlik qildi. 1982—1990-yil­
larda M. Murodovning bolalar kitobxonligi, ularning o‘qishiga 
rahbarlik qilish, kitobxonlikning ildizlari, oilada kitobxonlik, uning 
ildizlari, an’analari, shaxsiy kutubxonalar va ularda aholiga xizmat 
ko‘rsatish, bolalar ma’naviy dunyosini shaldlantirishda kitobning 
o‘rni, E. Yo‘ldoshevning «Bolalar o‘qishiga rahbarlik qilish», 
« 0 ‘qish madaniyatini tarbiyalash» kabi risolalari nashr etildi. 
Maktab va litsey kutubxonalari ishini tashkil etish, kutubxonalarda 
kataloglarni tashldl etish, kitob fondini tashkil etish va u bilan 
ishlash, turli sinf o‘quvchilari bilan ishlash, ular o‘rtasida ku­
tubxonachilik va bibliografik bilimlarni targ‘ib etish bo‘yicha ki­
toblar va risolalar, turli ommaviy tadbirlarni tashkil etish meto- 
dikasiga oid qo llanmalar respublika «Kitobxon» jamiyati bilan 
hamkorlikda nashr etildi. Ulardan «Badiiy adabiyotlarni targ‘ib 
etishning ommaviy usullari», «Adabiy o‘qishlarni tayyorlash va
22
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘tkazish metodikasi», «Adabiy viktorinalar» kabi yangi ish 
usullarinmg metodikasini o‘rgatuvchi, ommalashtiruvchi metodik 
risolalar nashr etildi. Chunki, bu davrga kelib, ommaviy ishlarni 
tayyorlash va o ‘tkazishda yagona metodikaga ehtiyoj paydo bo‘ldi. 
Turli kutubxonalarda ommaviy ishlarning o‘zi bo‘larchilik bilan, 
har kim o‘zi istagancha o‘tkazishi ommaviy tadbirlaming ta’sirini, 
sifatini, nufuzini tushirib yubordi.
1975—1990-yillarda kutubxonachilik ishi sohasidagi tadqiqotlar 
kutubxonalarning ijtimoiy rolini oshirishga qaratildi. Bu sohaga 
adabiyotshunoslaming kirib kelishi ko‘zga tashlandi. Ammo, kutub­
xonachilik ishi masalalarining hal etilishida sotsiologlar, faylasuflar, 
pedagoglar, psixologlar yetarli darajada ishtirok etishmadi.
Bu davrda asosiy e’tibor sohaga oid ilmiy tadqiqot ishlarini 
tashkil etish, bolalar va o ‘smirlar bilan ishlash, o‘qish mada- 
niyatini tarbiyalash, o ‘qishiga rahbarlik qilish, yetakchi kutubxo- 
nashunos-bibliograf olimlarning faoliyatini o‘rganish, tadqiq qilish, 
targ‘ib qilish, kutubxonashunoslik fanining boshqa sohalar bilan 
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, ular yordamida ilg‘or tajribalarni 
ommalashtirish, aholiga kutubxonachilik xizmati ko‘rsatishni 
takomillashtirish, kutubxona tarmoqlarini markazlashtirish, mada- 
niy-ma’rifiy muassasalar tizimida kutubxonalarning o‘rni masa- 
lasini o‘rganish, tadqiq qilish, kutubxonachilik hududiy birlash- 
malari faoliyatini o‘rganish masalalari uchinchi bosqichga xos edi.
1991-yil 0 ‘zbekiston mustaqilligi qo‘lga kiritilganidan so‘ng 
jamiyatning barcha qatlamlarida o‘zgarishlar yuz berdi. Bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga o‘tish davri boshlandi. Hamma sohada iqtiso- 
diyotni mustahkamlash, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, 
ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’rifiy sohalarda bo‘lgani kabi mada- 
niyat va san’at sohasida ham milliylikka e’tibor oshdi. Milliy urf- 
odatlarimizni takominashtirish, milliy qadriyatlarimizni qaytadan 
o‘rganish, tahlil qilish, ayniqsa, o‘zbek millati tarixini yangi nuqtayi 
nazardan o‘rganish masalasi, ma’naviyatni shakllantirish, rivojlan- 
tirish oldingi o‘ringa chiqdi. Diniy qadriyatlar qaytadan tiklandi. 
Xorijiy mamlakatlar bilan barcha sohada hamkorlik kuchaydi. Xorijiy 
investitsiyalar mamlakatimiz rivojiga ta’sir eta boshladi. Kutubxo­
nachilik ishi sohasida ham xorijiy grantlar, hamkorlik yordamlari
23
www.ziyouz.com kutubxonasi


paydo bo‘ldi. Ulaming ta’sirida va ko‘magida kutubxonachilik ishi 
sohasida avtomatlashtirish tushunchalari shakllanib, amaliyotga 
joriy etila boshlandi. Shulardan eng asosiysi elektron kataloglarning 
tashkil etilishi bo‘ldi. Mamlakatimizda dastlab Toshkent viloyati 
«Turon» ilmiy-universal kutubxonasi, 0 ‘zbekiston FA asosiy 
kutubxonasining faoliyatida yangi texnologiya paydo bo‘ldi, Ros- 
siyaning «IRBIS» dasturi asosida elektron kataloglar yaratila 
boshlandi. «Turon» kutubxonasi tomonidan bir necha xorijiy grant- 
lar yordamida respublika kutubxonalari uchun o‘quv seminarian 
tashkil etilib, elektron katalog tuzish qoidalari, nusxa ko‘chirish 
apparatlari yordamida adabiyotlardan nusxa olish, bibliografik 
yozuvlarni dasturga kiritish, kompyuter savodxonligini oshirish 
masalalari bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
XX asrning so‘nggi yillariga kelib, mamlakatimiz kutubxona­
lari faoliyatiga kompyuterlar kirib keldi. Ular yordamida kutubxo­
nachilik ish jarayonlarini avtomatlashtirish bilan kutubxonachilar 
mehnatini yengillashtirish, ulaming ish samarasini va sifatini 
oshirish masalalari kun tartibiga chiqdi. Shu sababli, 1994-yil- 
dan boshlab AK respublikada birinchilardan bo‘lib, Rossiyaning 
«IRBIS» dasturi asosida elektron katalog yaratishga kirishdi.
1998-yili kutubxona ish jarayonlari shu dastur asosida av- 
tomatlashtirishga o‘tkazila boshlandi, kitobxonlarda Internet 
tarmog‘ida ishlash imkoniyati yaratildi hamda elektron pochta alo- 
qasi ishga tushdi.
2001-yili FAAK Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida birinchi 
bo‘lib, «Avtomatlashtirilgan kutubxona modeli» loyihasi doirasida 
respublika kutubxona xodimlarini axborot texnologiyalari savod- 
xonligiga o‘qitishga mo‘ljallangan o‘quv markazi ish boshladi va 
150 dan ortiq kutubxona xodimi o‘qitildi. 1994-yildan boshlab, 
AK fondiga olingan hujjatlarning elektron katalogi, 9 mingga 
yaqin dissertatsiyalarning bibliografik yozuvlari kiritildi. Ammo bu 
ishlar dastlabki davrda bajarilgani va hali kutubxona xodimlarida 
elektron katalog tuzish madaniyati yetarli bo‘lmaganligi sababli 
bibliografik yozuvlarni kiritishda ko‘pgina xatolar mavjud edi.
2000 2004-yillarda Toshkent viloyati «Turon» ilmiy-universal 
kutubxonasi (2006-yildan axborot-kutubxona markazi) nafaqat 
Toshkent viloyati kutubxonalari, balki respublika kutubxonalari
24
www.ziyouz.com kutubxonasi


faoliyatini rivojlantirish maqsadida xorijiy grantlardan foydalanib,
5 ta viloyat kutubxonasida «Huquqiy axborot markazi»ni tashkil 
etdi, ularni kompyuter, printer, skaner bilan ta’minladi va elek- 
tron katalog tashkil etish ishlarida yordam berdi, kutubxonalar 
faoliyatiga fandrayzing usulini olib kirish bo‘yicha bir yil davomida 
o ‘quv seminarian tashkil etdi.
1999-yildan boshlab mutaxassislar sa’y-harakati bilan xorijiy 
tashkilotlar ko‘magida «Fan, texnika, ta’lim va biznes sohalarida 
kutubxona, Internet resurslaridan foydalanish — «Central Asia» 
nomi bilan ikki yilda bir marta 0 ‘zbekistonning yirik shaharlari va 
kutubxonalari bazasida Xalqaro anjuman o‘tkazila boshlandi. Bu 
anjumanda dunyo mamlakatlarining ilg‘or kutubxonashunos va 
bibliograf olimlari, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlash- 
tirish bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etadilar. Anjumanda kutub­
xonachilik ishini takomillashtiiish, sifatli va samarali axborot xizmati 
ko‘rsatish, kutubxonalar ish jarayonlarini avtomatlashtirish, 
xodimlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash, elektron kataloglar 
yaratish, mamlakatlarning yig‘ma elektron kataloglari, ilg‘or ish 
tajribalari, virtual kutubxonalar, elektron kutubxonalar, ularning 
ishini tashkil etish, Internet xizmati, Internet resurslarini yaratish, 
xususiy elektron resurslar va ularni yaratish, masofadan turib 
xizmat ko‘rsatish, elektron resurslar tashkil etish, o‘zaro alma- 
shish, hamkorlik ishlari, elektron bibliografik resurslar yaratish 
va fondini tashkil etish kabi ko‘plab masalalar muhokama qilindi.
Anjumanda axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish bilan bog‘liq 
tashkilotlar — nashriyotlar, kitob savdosi tashkilotlari, kompyuter 
texnologiyalari ishlab chiqarish kompaniyalari, dasturchilar, arav 
xodimlari qatnashib, fikr almashdilar. Bu davrda xorijiy mamla- 
katlar tajribalarini o ‘rganish, kutubxonalar faoliyatiga olib kirish 
borasida katta ishlar bajarildi. Turli grantlar jalb etilib, Ispaniya, 
Italiya, Fransiya, AQSH, Germaniya, Latviya, Litva, Shvetsiya, 
Gruziya, Ozarbayjon, Rossiya, Ukraina, Belorus, Qozog'iston, 
Qirg‘iziston kabi ko‘plab mamlakatlar bilan hamkorlik o ‘rna- 
tildi, ularning ish tajribalarini o‘rganish maqsadida ijodiy safarlar, 
o‘quv kurslari tashkil etildi. Bunda Abdulla Qodiriy nomidagi 
Toshkent davlat madaniyat instituti kutubxonashunos-biblio- 
graflari, talabalar, mamlakatimizning yirik kutubxonalari xodimlari
25
www.ziyouz.com kutubxonasi


qatnashdilar. Ayniqsa, bu borada Germaniyaning Gyote instituti 
faoliyati juda samarali bo‘ldi. Bu institut yordamida Samarqand 
viloyati AKMda, Toshkent shahar sanoat kasb-hunar kollejining 
ARMda nemis o‘quv zallari tashkil etildi, kompyuterlar va ilg‘or 
texnika vositalari bilan jihozlandi, adabiyotlar va elektron resurslar 
fondi tashkil etildi.
Mamlakatimiz kutubxonalarida xususiy elektron resurslar 
yaratish ishlari, yig‘ma elektron katalog yaratila boshlandi. 
Kutubxonachilik ishi sohasida yangi qonuniy va me’yoriy hujjatlar 
qabul qilindi.

Download 11,3 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish