Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

maxsus axborot-kutubxona muassasalariga bo‘linadi.
Universal axborot-kutubxona muassasalarining xususiyati 
shundan iboratki, ularda axborot-kutubxona fondlari (AKF) 
bilimning turli sohalari bo‘yicha shakllantiriladi va turli toifadagi 
foydalanuvchilarning axborotga va kutubxonachilik xizmatiga bo'lgan 
ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
Maxsus axborot-kutubxona muassasalari AKFni bilimning bir 
yoki bir necha turdosh sohalari bo‘yicha shakllantiradi va shunga 
mos ayrim toifadagi foydalanuvchilarning axborotga va kutub­
xonachilik xizmatiga bo‘lgan ehtiyojlarini qanoatlantiradi.
37
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qonunning keyingi boblarida universal va maxsus AKMlariga 
ta’rif berilib, ularning ish yo‘nalishlari, vazifalari ko‘rsatilgan. 
Masalan, 10-modda 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasiga bag‘ish- 
langan. 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi milliy va jahon mada- 
niyatini, fani va ta ’limini rivojlantirish manfaatlarini ко zlagan 
holda 0 ‘zbekiston Respublikasida axborot-kutubxona faoliyatini 
tashkil etuvchi hamda amalga oshiruvchi umumdavlat universal 
axborot-kutubxona muassasasidir. Uning vazifalari quyidagicha 
belgilangan:
• axborot-kutubxona faoliyati sohasidagi davlat dasturlarini 
ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi;
• axborot-kutubxona fondini shakllantiradi, uning but saqla- 
nishini ta’minlaydi hamda foydalanuvchilarga milliy va xorijiy 
nashrlarning eng to‘liq to ‘plamini taqdim etadi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning 
majburiy nusxasini, shuningdek, dissertatsiyalarning ko‘chirma 
nusxasini oladi;
• 0 ‘zbekiston Respublikasida chiqariladigan nashrlarning 
davlat bibliografik hisobini yuritadi;
• elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
• kutubxonashunoslik, bibliografiyashunoslik va kitobshu- 
noslik sohasida ilmiy tadqiqot hamda ilmiy-uslubiy faoliyatni 
amalga oshiradi va muvofiqlashtiradi;
• noyob va alohida qimmatli axborot-kutubxona resurslarini but 
saqlash, konservatsiyalash va restavratsiya qilish bo‘yicha ishlarni 
amalga oshiradi;
• yig‘ma elektron katalogni shakllantiradi va yuritadi;
• axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish uchun 
shart-sharoitlar yaratadi;
• boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi;
• О zbekiston Milliy kutubxonasi qonun hujjatlariga muvofiq 
boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin;
• О zbekiston Milliy kutubxonasming axborot-kutubxona fondi 
davlat mulkidir;
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


• 
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi to ‘g‘risidagi Nizom 0 ‘zbe- 
kiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi tarixiga nazar tashlaydigan 
bo‘lsak, shuni ta’kidlash kerakki, 1869-yil 16-avgustdaTurkiston 
general-gubernatori K.P. Kaufman Xalq maorifi vazirligi, Fanlar 
akademiyasi, geografiya jamiyatiga, Rossiya bosh shtabiga kitob 
om borlaridan dublet nusxali nashrlarni berish bilan yangi 
kutubxona asosini yaratishga yordam berishni so‘rab murojaat qiladi. 
1870-yil may oyiga kelib, 200 nomda 2200 dan ko‘proq jild nashr 
yig‘ilib, Toshkent ommaviy kutubxonasining o‘zagi tashkil qiiindi.
1920-yili kutubxonaga davlat maqomi berilib, shu yildan 
boslilab kutubxona Turkiston o ‘lkasi hududida nashr etilayot- 
gan barcha matbaa nashrlarining majburiy nusxasini ola bosh- 
laydi. Kutubxona mamlakatdagi barcha kutubxonalarga kutubxona 
fondini tashkil etish, kataloglarni tashkil etish va boshqa masa- 
lalar yuzasidan uslubiy yordam ko‘rsatishga kirishadi. 1933-yili 
Davlat ommaviy kutubxonasi hukumat qarori bilan respublika- 
ning sharq qo‘lyozmalari bo‘yicha Markaziy kutubxona (saqlash 
markazi) deb e’lon qiiindi.
1948-yili buyuk mutafakkir Alisher Navoiyning yubileyi 
munosabati bilan kutubxonaga Alisher Navoiy nomi berildi. 
Kutubxona tarkibida noyob va nodir adabiyotlar fondi tashkil etilib, 
o'sha vaqtda uning fondi 2000 dan oshiq bo‘lib, uning 250 tasi 
dastxatlar bilan, 151 tasi ekslibris bilan to‘ldirilgan edi. Hozirgi 
kunda uning fondi 16 mingdan oshgan. Kutubxonada ayni paytda 
jahonning 75 tilida 10 milliondan oshiq nusxa adabiyot saqlanadi, 
undan 3 million nusxadan ortig‘ini o‘zbek milliy matbuot asarlari 
tashkil etadi. Kutubxona 1956-yildan xalqaro kitob almashuv ishini 
olib boradi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-fevraldagi 
«Ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘ri- 
sida»gi Farmoniga muvofiq, Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Davlat kutubxonasi va Respublika ilmiy-texnika 
kutubxonasi birlashtirilib, Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston 
Milliy kutubxonasi tashkil etiladi. Bu haqda 0 ‘zbekiston Respub­
likasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 12-apreldagi «Alisher
39
www.ziyouz.com kutubxonasi


Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasini tashkil etish 
to‘g‘risida»gi qarori e’lon qilindi va kutubxonaga yangi maqom 
berildi.
2011-yil noyabr oyida kutubxona uchun zamonaviy me’mor- 
chilik yutuqlaridan bunyod etilgan bino ishga tushirildi. 
Prezidentimizning 2012-yil 20-martdagi «Alisher Navoiy nom i­
dagi 0 ‘zbekiston Milliy-kutubxonasi axborot-resurs markazi 
faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to ‘g‘risida»gi 1729-sonli 
qaroridan so‘ng kutubxona faoliyatini takomillashtirishning 
yangidan yangi yo‘nalishlari bo‘yicha ish olib borildi.
Yangi bino zamonaviy talablar asosida qurilgan bo‘lib, ahoUga 
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishning barcha shart-sharoitlari 
yaratilgan, oxirgi rusumdagi kompyuter texnologiyalari, telekom- 
munikatsiya vositalari, nusxa ko‘paytiruvchi va nusxa ko‘chiruvchi 
vositalar bilan jihozlangan.
«Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi Q onunning
11-moddasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri 
va barcha viloyatlar markazida joylashgan AKMlarning vazifalari 
sifatida quyidagilar belgilandi:
• axborot-kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saq- 
lanishini ta’minlaydi;
• elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
• o‘z hududlarida chiqariladigan nashrlarning majburiy nus- 
xasini oladi;
• bibliografik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma’rifiy ishlarni 
bajaradi;
• tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalari faoliyatini 
muvofiqlashtiradi va ularni tashkiliy-uslubiy jihatdan ta’minlashni 
amalga oshiradi;
• respublikaning yig‘ma elektron katalogini shakllantirishda 
ishtirok etadi;
• axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanish uchun 
shart-sharoitlar yaratadi;
• boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi;
40
www.ziyouz.com kutubxonasi


• tegishli hududda axborot-kutubxona muassasalarining 
depozitar saqlanadigan axborot-kutubxona resurslarini to‘plashni 
amalga oshiradi va ularning hisobini yuritadi;
• axborot-kutubxona markazlari qonun huijatlariga muvofiq, 
boshqa vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin.
12-moddada axborot-resurs markazlari va ularning vazifalari 
yoritilgan. Bu markazlar asosan o‘quv muassasalari kutubxonalari 
negizida tashkil topganligi sababli ularning vazifalari awalgiga 
nisbatan ancha kengaydi. Jumladan:
• ta ’lim muassasasining ixtisoslashuviga muvofiq, ilmiy 
ta ’limga oid mazmundagi axborot-kutubxona fondini shakllan- 
tiradi va uning but saqlanishini ta’minlaydi;
• elektron kutubxona va elektron katalogni shakllantiradi;
• shaxsning ma’naviy boy va barkamol ijodiy o‘sishi uchun 
imkoniyatlar yaratgan holda o ‘zidagi va o‘zidan uzoqdagi axbo­
rot-kutubxona resurslaridan foydalanish asosida 0 ‘zbekiston xal- 
qining tarixiy, ma’naviy va madaniy merosidan foydalanuvchilami 
bahramand etadi;
• axborot-kutubxona resurslaridan o‘zaro foydalanishni ta’min­
laydi;
• boshqa axborot-kutubxona muassasalari bilan hamkorlikni 
amalga oshiradi;
• yig‘ma elektron katalogni shakllantirishda ishtirok etadi;
• madaniy, ta’lim, axborot dasturlari va loyihalarini hamda 
boshqa dasturlar va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun 
ta’lim, ilmiy muassasalar va arxivlar, mahalliy davlat hokimiyati 
organlari, milliy madaniyat markazlari va boshqa tashkilotlar bilan 
hamkorlikni rivojlantiradi;
• axborot-resurs markazlari qonun hujjatlariga muvofiq, boshqa 
vakolatlami ham amalga oshirishi mumkin;
• axborot-resurs markazlarining axborot-kutubxona fondi davlat 
mulkidir;
• «Axborot-resurs markazi to‘g‘risida»gi Namunaviy nizom 
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiq- 
lanadi.
41
www.ziyouz.com kutubxonasi


Ushbu Qonunning 13-moddasida davlat hokimiyati va 
boshqaruvi organlari kutubxonalarining vazifalari va xususiyatlari 
aniqlab berilgan. Bu kutubxonalar ham o ‘z yo‘nalishida axborot- 
kutubxona fondini shakllantiradi va uning but saqlanishini 
ta’minlaydi; kutubxonada elektron kutubxonani tashkil etadi va 
elektron katalogni shakllantiradi; boshqa AKMlar bilan axborot- 
kutubxona resurslaridan o ‘zaro foydalanishni ta ’minlaydi va 
hamkorlikni amalga oshiradi; mamlakatning yig‘ma elektron 
katalogini shakllantirishda ishtirok etadi. Bu kutubxonalarning 
axborot-kutubxona fondi davlat mulkidir, ular to ‘g‘risidagi 
nizomlar ushbu organlarning rahbarlari tomonidan tasdiqlanadi.
Qonunning 14-moddasida yuqorida ko‘rsatilgan axborot- 
kutubxona muassasalaridan tashqari, boshqa kutubxonalarning 
vazifalari yuqoridagi tartibda belgilab berilgan. Qonunning ke- 
yingi boblarida axborot-kutubxona muassasalari fondini shakl- 
lantirish, jamlash, foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari, 
imkoniyati cheklangan kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish va boshqa 
masalalarga bag‘ishlangan.
0 ‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining asosiy 
kutubxonasi davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan maxsus ilmiy ku- 
tubxonadir. 1931-yil oktabrda 0 ‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘- 
mitasi Kengashining qaroriga ko‘ra, 0 ‘zbekistonda ilmiy tadqi- 
qot muassasalariga rahbarlik qilish bo‘yicha Fan qo‘mitasi tash­
kil etiladi va 1933-yilda shu qo‘mita qoshida 39 ming 422 nusxa 
kitob bilan kutubxona barpo etiladi.
1943-yili sobiq Ittifoqda Fanlar akademiyasi tashkil etilishi 
munosabati bilan kutubxona 0 ‘zbekiston FA tizimidagi ilmiy 
institutlar xodimlariga kutubxona xizmati ko‘rsatuvchi asosiy 
kutubxona sifatida qaytadan tashkil etiladi. Hozirgi paytda AKda 8 ta 
bo lim, 94 xodim bilan 30 mingdan ortiq kitobxonga axborot- 
kutubxona xizmati ko‘rsatadi. AK ijtimoiy va tabiiy fanlar bo‘yicha 
milliy bibliografik markaz, Xalqaro kutubxonachilik Assotsiatsiyasi 
(IFLA)ning tabiiy fanlar bo‘yicha depozitariysi, noyob obyektlar 
qatorida ro yxatga olingan ilmiy muassasa. AKda noyob nashrlar 
mavjud. Ular orasida «Avesto»ning lOjildli Kopengagen universiteti 
kutubxonasining faksimile nashri ham bor. AKning kitob fondi
www.ziyouz.com kutubxonasi


3 754700 nusxani tashkil etib, nafaqat ilmiy xodimlarga, balki 
talabalar, magistrlar, o‘qituvchilar va xorijlik ilmiy xodimlarga ham 
o ‘zining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, tarixiy, ma’naviy va badiiy 
adabiyotlari bilan xizmat ko‘rsatadi.
FA tizimida himoya qilingan 10000 ga yaqin dissertatsiyalar 
fondini zamon talablaridan kelib chiqqan holda raqamlashtirish 
boshlandi. AK tizimdagi 20 ilmiy institutning kutubxonalariga 
tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatadi. Ular uchun sohaning dolzarb 
masalalariga oid o‘quv seminarian tashkil etiladi. Turli mavzularda 
bibliografik ko‘rsatkichlar, fan arboblari, yozuvchi va shoirlarning 
biobibliografiyalari tuzib, nashr etiladi. 1994-yildan AK birinchi- 
lardan bo‘lib, ish jarayonlarini avtomatlashtirishga o‘tdi. Rossiya- 
ning «IRBIS» dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi. 
Kitobxonlar uchun Internet xizmati ochildi. 2001-yili Markaziy 
Osiyoda birinchi bo‘lib, AK respublikaning kutubxona xodimla- 
rini axborot texnologiyalariga o‘qitish maqsadida o‘zining o‘quv 
markaziga ega boMgan «Model avtomatlashgan kutubxona» loyi- 
hasi bo‘yicha ish olib borib, 150 kutubxona xodimi o‘qitildi.
2002-yili «Akademik kutubxonalarning konsorsiumi» mavzu- 
sida loyiha bo‘yicha ish olib borildi va tizimning 5 ta kutubxonasiga 
elektron katalogdan foydalanish uchun yo‘l ochildi. 2007-yili 
AKda Axborot-resurs markazi tashkil etildi va u kitobxonlarga 
elektron katalogdan, Internetdan, «EVSSO» va «РМТ8» ma’lu- 
motlar bazasidan foydalanish imkonini berdi.
2013-yildan Respublika Fan va texnologiyalari qo‘mitasi- 
ning granti asosida «FA AK va ilmiy institutlar kutubxonalarining 
virtual korporativ tarmog‘i» mavzusida loyiha ishi olib borildi. Bu 
Prezidentimizning 2011 -yilgi 1487-sonli Qarori va 0 ‘zbekiston 
Respublikasining «Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi 
Qonunining ijrosiga hamohang edi. 163 dissertatsiyalarning, 3000 
avtoreferatlarning, 5000 nusxa adabiyotlarning to ‘la matnli 
ma’lumotlar bazasi yaratildi. Mashhur siyosat vajamoat arboblari, 
akademiklar, professorlar va boshqa shaxslarning elektron kutub­
xonalari yaratila boshlandi. 1928-yildan 2012-yilga qadar nashr 
etilgan 0 ‘zbekiston matbuoti solnomasining 553 soni skanerdan 
o‘tkazilib, MB yaratildi. 2012-yildan boshlab AKda «Akademiklar
43
www.ziyouz.com kutubxonasi


fondi» yaratila boshlandi. Bu aholi qo‘lidagi shaxsiy kutubxonalar 
fondini avaylab-asrash, kelgusi avlodlarga yetkazish uchun katta 
imkon bergan holda kutubxona fondini boyitib boradi.
Muntazam ravishda xalqaro kitob almashuv yo lga qo yilgan. 
Kompyuterlashtirilgan, elektron resurslar fondiga ega bo‘lgan 
elektron kutubxona faoliyat yuritadi.
Respublika uslubiy kengashi tomonidan tayyorlangan Axborot- 
kutubxona markazlarining Namunaviy nizomiga ko‘ra, AKMning 
maqsadi yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari negizida 
yuqori sifatli axborot-kutubxona xizmati hisobiga foydalanuv­
chilarning axborotga bo‘lgan talablarini qondirish, bilim va axborot 
olishga keng yo‘l ochib berish, shaxsning shakllanishi uchun, 
bilim olishi, mustaqil o‘qishi uchun sharoitlar yaratish, ilmiy va 
madaniy faoliyatini rivojlantirish, kitobxonlarni 0 ‘zbekiston 
xalqining tarixiy, madaniy, ma’naviy merosiga xususiy va masofali 
axborot-kutubxona resurslariga yo‘l ochib berish bilan yaqin- 
lashtirish, ma’naviy boy vabarkamol insonning ijodiy rivojlanishi 
uchun imkoniyatlar yaratib berish bilan milliy madaniyatning 
istiqbolli rivojlanishiga ta’sir etish, 0 ‘zbekiston xalqining tarixiy, 
ma’naviy va madaniy merosini saqlash va istiqboli uchun ta ’sir 
etishdan iborat.
Maqsadga erishish uchun AKMlar quyidagi vazifalami bajarishi 
kerak deb belgilandi: zamonaviy axborot-kom munikatsiya 
texnologiyalari asosida sifat jihatidan yangi axborot-kutubxona 
xizmatini tashkil etish, kitobxonlarning ta’limiy, ilmiy va madaniy 
qiziqishlarini axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yordamida 
tezkorlik bilan bajarish, an’anaviy kutubxonachilik xizmati 
shakllaridan xususiy va dunyo axborot resurslaridan foydalanishga 
yo 1 ochib berish bilan axborot-kutubxona xizmatiga o ‘tish, 
axborot-kutubxona fondini tashkil etish va uning to‘la saqlanishini 
ta mini ash, elektron katalogni va elektron kutubxonani shakllan- 
tirish, yig ma elektron katalog yaratish ishida qatnashish, biblio­
grafik, ilmiy-uslubiy va madaniy-ma’rifiy ishlarni bajarish, xususiy 
axborot-kutubxona resurslarini yaratish.
Yuqorida ko‘rsatilgan vazifalarni bajarish yo‘lida AKMlar 
quyidagi funksiyalarni amalga oshirishi lozim: axborot tashuv-
44
www.ziyouz.com kutubxonasi


chilarning turli shakllaridan iborat axborot-kutubxona fondini 
jamlash, tegishli hududda nashr etilayotgan matbaa asarlaridan 
majburiy nusxalarni olish, elektron kutubxona fondini Internet, 
shuningdek, tashkilot tomonidan yaratilgan axborot resurslari bilan 
to ‘ldirib borish, AKFni tegishli hududga oid o‘lkashunoslik 
xarakteridagi adabiyotlar bilan butlash, AKFni hisobga olish, qayta 
ishlov berish, joylashtirish, saqlash, elektron kutubxonani shakl- 
lantirish va elektron katalogni yuritish, to‘la matnli ma’lumotlar 
bazasini va kitobxonlar so‘rovlari asosida maxsus ma’lumotlar 
bazalarini tashkil etish, tavsiya bibliografik qo‘llanmalarni ishlab 
chiqish, kitobxonlarni axborot-kutubxona resurslari haqidagi 
axborot bilan o ‘z vaqtida ta ’minlab borish, mustaqil bilim olish 
ko‘nikmasini tarbiyalash, kitobxonning umumiy va kitobxonlik 
madaniyatini shakllantirishga qaratilgan ommaviy tadbirlarni 
o‘tkazish, bo‘sh vaqtni tashkil etishda yordam berish, qonunchilik 
doirasida videofilmlar, CD va DVD disklarni, taqdimotlarni 
namoyish etish, belgilangan tartibda «ZiyoNET» respublika ilmiy- 
ta’limiy axborot tarmog‘iga kirishni ta’minlash, ilmiy tadqiqotlar, 
ta ’lim olish, kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan 
bog‘liq axborotga bo‘lgan talablarni bajarish, pulli xizmat ko‘r- 
satish asosida ochiq ma’lumotlar bazasiga kirishni tashkil etish, 
kundalik axborot ishlari, axborot kunlari, yangi adabiyotlar sharhi 
va ko‘rgazmasini tashkil etish va h.k.
Bundan tashqari, hududdagi axborot-kutubxona muassasalari 
xodimlari uchun o‘quv kurslarini yo‘lga qo‘yish, maslahat xizma- 
tini tashkil etish va ko‘rsatish, axborot-kutubxona resurslarini yara­
tish, Internetdan foydalanish, axborot-kommunikatsiya texno- 
logiyalarini joriy etish bo‘yicha kitobxonlar va mutaxassislar uchun 
kurslar tashkil etish, AKMning huquq va majburiyatlari, uni 
boshqarish, tuzilmalari va shtatlarini belgilash qoidalari, mol-mulki, 
moliyaviy masalalari, AKMni tashkil etish, tarqatish, qayta tashkil 
etish masalalari berilgan.
2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
381-sonli Qarordan so‘ng 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish 
agentligi tarkibida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar ilmiy- 
universal kutubxonalari va Toshkent shahar markaziy kutubxonasi
45
www.ziyouz.com kutubxonasi


negizida qaytadan tashkil topgan axborot-kutubxona markazlarini 
birlashtiruvchi, ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi 
respublika axborot-kutubxona markazi tashkil topdi. Ushbu Qarorda 
belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida RAKM 
orqali 0 ‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi 2006-yilda 
100 ta P IV rusumidagi kompyuterlar, 2007-yilda 153 shaxsiy 
kompyuterlar, 14 ta server, printerlar, skanerlar, kseroks appa- 
ratlari va boshqa texnika vositalari bilan ta ’minladi. 2008-yilda 
barcha AKMlarda ichki tarmoqlar o‘rnatildi. 2006-yilda barchasi 
«ZiyoNET» ta’lim axborot tarmog‘iga ulandi, 2007-yildan Yosh 
dasturchilarni tayyorlash va qo‘llab-quwatlash markazi RAKM 
bilan birgalikda 0 ‘zAAAning qo‘llab-quwatlashi bilan milliy 
avtomatlashgan axborot-kutubxona tizimi (AIBS)ni ishlab chi- 
qishga kirishdi. 2008-yilda bu ish yakuniga yetkazilib, «KADATA» 
AAKT bir necha AKMlarda amaliyotda sinab ko‘rila boshlandi.
2009-yil AKMlarning mulohazalari asosida AAKTning yangi 
«KADATA 2.0» versiyasi ishlab chiqilib, barcha AKMlarda o ‘r- 
natildi. 2006—2009-yillar mobaynida ana shu tizim asosida 
AKMlarning elektron katalogiga 200 ming yozuv kiritildi. 
AKMlarda bibliografik ma’lumotlar bazasi, nodir adabiyotlarning, 
qo'lyozma kitoblarning va boshqa mahsulotlarning elektron 
to‘plamlari tayyorlana boshlandi. 2006-yiIi AKMlarning Nizomi 
ishlab chiqilib, ro‘yxatdan o‘tdi. 2007—2008-yillarda 0 ‘zAAA 
qo‘llab-quwatlashi bilan RAKM axborot, kutubxonachilik ishi va 
nashriyotchilik ishiga oid Xalqaro va Davlatlararo standartlarni 
tarjima qilishga kirishdi va 3 jilddan iborat standartlar to ‘plami 
birinchi marta o‘zbek tilida nashr etildi. To‘plam 55 standartni o‘z 
ichiga olganbo‘lib, mamlakatning barcha axborot-kutubxona muas- 
sasalariga tarqatildi. Bu o‘zbek tilidagi birinchi ish bo‘lgani uchun 
unda ko‘pgina tushunchalarning taijimasida chalkashliklar, stilistik 
va imlo xatolari mavjud edi. 2009-yil 2 ta milliy standart ishlab 
chiqildi va ro yxatdan o‘tdi. 2006—2009-yillari amaliyotga joriy etildi.
О zbekiston Milliy kutubxonasi bilan birgalikda 2 ta «Axborot- 
kutubxona faoliyati haqida»gi va «Majburiy nusxa to‘g‘risida»gi 
Qonun loyihasi ishlab chiqildi. 2009-yildan respublikada so­
haga oid maxsus «Kutubxona.Uz» jurnali nashr etila boshlandi.
46
www.ziyouz.com kutubxonasi


2006—2009-yillarda jami 550 kutubxona xodimlaridan 400 nafari 
malaka oshirish kurslarida o ‘qishdi. 2006-yili Xorazm va 2008-yili 
Farg‘ona viloyati AKMlari negizida Milliy kutubxona bilan 
birgalikda 4- va 5-Xalqaro konferensiya, AKM va ARMlar xo- 
dimlari uchun 2008-yil Sankt-Peterburgdagi Rossiya Milliy 
kutubxonasi mutaxassislari ishtirokida 2 ta Xalqaro seminar-tre- 
ning o‘tkazildi. 2006—2009-yillarda muntazam hududiy seminarlar 
o‘tkazib borildi. 2008—2009-yillarda 15—16-Qrim konferensiya- 
sida AKMlarning direktorlari ishtirok etishdi.
RAKM tarkibida elektron kutubxona tashkil topdi va 2007-yili 
Koreya Respublikasining grantini olish uchun ariza berildi.
2008-yili Koreya Respublikasi ilmiy-texnik adabiyotlaming elek­
tron kutubxonasini tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlarni ko‘rib 
chiqdi, KOICA — Hamkorlik bo‘yicha Koreya Xalqaro agentlik 
ekspertlari bilan ish olib borildi. 2008-yil 26-avgustda 0 ‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining «Ilmiy-texnik adabiyotlaming elek­
tron kutubxonasini Koreya Respublikasi hukumatining grantini 
jalb etgan holda tashkil etishning tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori 
imzolandi. 2009-yili shu masala bo‘yicha hukumatlararo shart- 
noma imzolandi. AKMlarning moddiy-texnik bazasini mustahkam- 
lash, to ‘liq ta ’mirlash maqsadida 0 ‘ZAAA tomonidan 2007-yili 
200 mln so‘m, 2008-yili 1 mlrd so‘m, 2009-yili 700 mln so‘m 
ajratildi. AKMlar uchun ko‘chma kutubxonalarda aholiga axborot- 
kutubxona xizmati ko‘rsatish maqsadida «Damas» rusumidagi 8 ta 
bibliobus ajmtildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi AKM yangi binoga 
o‘tdi. Yana 7 ta AKMda to‘la ta’mirlash, qolganlarida joriy ta’mirlash 
olib borildi. Navoiy viloyat AKMga boshqa bino to‘liq ta’mirdan 
chiqarilgan holda berildi. 2007-yili RAKM qoshida ilmiy-uslubiy 
kengash tashkil topdi. 2007—2009-yillarda ilmiy va texnik axborot 
Butunrossiya instituti bilan, Rossiya Milliy kutubxonasi bilan 
hamkorlik shartnomasi tuzildi. 2008-yildan ular va Rossiya davlat 
xalq ilmiy-texnika kutubxonasi bilan xalqaro kitob almashinuvi 
yo‘lga qo‘yildi. Barcha AKMlarda o'zining veb-saytlari yaratildi,
2009-yildan boshlab, Yosh dasturchilarni qo‘llab-quwatlash va 
tayyorlash markazining fdiallari tashkil etila boshlandi.
47
www.ziyouz.com kutubxonasi


Qoraqalpog4istonda kutubxonalar tizimi, arab alifbosidagi 
Sharq qo‘lyozmalari jamlangan kutubxonalarni hisobga olma- 
ganda, XIX asrning 90-yillarida ochilgan To‘rtko‘1, ya’ni sobiq 
Petro-Aleksandrovsk shahar kutubxonasidan boslilangan. 0 ‘sha 
paytda poytaxt To‘rtko‘l shahri bo‘lgan. Uning dastlabki kitob 
fondi fuqarolaming hadya qilgan adabiyotlaridan tashkil topadi. 
1907-yil 7-martda u shahar ommaviy kutubxonasi sifatida ras- 
man ta’sis etiladi. Umumiy yig‘ilishda uning nizomi tasdiqlanib, 
41 a’zodan iborat qo‘mita tuziladi. Kutubxona shahar aholisiga 
ma’lum darajadagi mablag1 evaziga kitoblar, gazeta, jurnallardan 
foydalanish imkonini bergan. Bundan tashqari, turli shaxslar va 
tashkilotlaming kutubxonaga hadyalari, xayr-ehsonlari evaziga 
mablag‘ topa boshlaydi. 0 ‘sha paytdagi kutubxona Nizomiga ko‘ra, 
uning a’zolari har bir jinsdagi (voyaga yetmaganlar, sudlanganlar, 
o‘quvchilardan tashqari) barcha fuqarolar bo‘Ushi mumkin edi.
1912-yilda kutubxonada jurnallar bilan 3300 nomda axborot 
mahsuli bo‘lgan. Kutubxona 100 kun ishlagan va undan 697 ki- 
tobxon foydalangan, 2032 kitob berilgan. Ayrim m a’lumotlarga 
ko‘ra, 1919-yil aprelda ishchi va askar deputatlar kengashi 
kutubxonani milliylashtirish bo‘yicha komissiya tuzadi. May oyida 
To‘rtko‘ldagi Novikovning chor hukumatiga qarashli shaxsiy 
kutubxonasi milliylashtirilib, awal xalq kutubxonasi, keyin 
markaziy, Xorazm Respublikasi kutubxonasi deb yuritildi.
1920-yillarda mahalliy aholining madaniy turmush tarzi 
yaxshilana borgan. Shaharlarda kutubxonalar va klublar tarmog‘i, 
qishloq va ovullarda qizil choyxonalar, kitob o‘qish xonalari tash­
kil topadi. 1921-yilning avgustiga kelib, Qoraqalpog4istonda 6 ta 
choyxona, 8 ta ko‘chma kutubxona bo'lgan. 1927—1928-yillarda 
13 ta qizil choyxona, 9 ta kutubxona, 1933-yilda 43 ta kutubxona, 
41 ta qizil choyxona, 71 ta ko‘chma kutubxona faoliyat yuritgan. 
1940-yilda respublikada jami 195 kutubxona ishlagan.

Download 11,3 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish