Saido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.10. Saido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat 
axborot-kutubxona markazi
1943-yili shahar kutubxonasi sifatida tashkil topgan kutubxona
1964-yili Surxondaryo viloyatidan Qashqadaryo viloyati ajralib 
chiqib, mustaqil viloyat maqomini olgach, Qarshi shahar 
kutubxonasi negizida viloyat kutubxonasi faoliyat yurita boshladi. 
Kutubxonaning dastlabki kitob fondi 9 ming nusxadan iborat 
bo‘lgan. Kitob fondini boyitishga vohadagi jamoat tashkilotlari, 
mehnat jamoalari jalb qilindi. 1965-yilning boshiga kelib kutub­
xonada jamlangan kitoblar soni 87520 nusxadan oshib ketdi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


XX asming 70-yiUarida viloyat kutubxonasi doimiy kitobxonlari 
soni 300 ming nafarga yetdi, kitob fondi esa 800 ming nusxadan 
oshdi. Bu ko'rsatkich jamiyat hayotida kitobning roli tobora oshib 
borayotganidan, fuqarolarning dunyoqarashiga, yosh avlodning, 
turli kasb egalarining madaniy saviyasini yuksaltirishga kutubxona 
ijobiy ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat berardi.
1970—80-yillarda kutubxonaning moddiy bazasini mustah- 
kamlash borasida katta ishlar amalga oshirildi. Viloyat kutubxo­
nasi tuman, tarmoq kutubxonalari xodimlarining bilimlarini 
mustahkamlash va malakasini oshirish ishiga rahbarlik qildi. 
Joylarda kutubxona tashabbusi bilan turli madaniy-ma’rifiy 
tadbirlar, kitob ko‘rgazmalari, o‘quvchilar bilan uchrashuvlar 
o‘tkazildi, odamlarning kutubxonalar to ‘g‘risidagi fikri o‘rga- 
nildi, mahallalar, qishloqlar va korxonalarda ko‘chma kutub­
xonalar tashkil etildi.
1980-yili kutubxona 500 ming nusxa kitob saqlash uchun 
mo‘ljallangan uch qavatli yangi binoga ko‘chib o‘tdi. Bu yerda 
to‘qqiz bo‘lim tashkil etildi. 0 ‘zbekiston mustaqillikka erishgach, 
kutubxonaga qashqadaryolik mashhur adib Saido Nasafiy nomi 
berildi. 2003-yil viloyat hokimi qarori bilan viloyat kutubxonasi 
to‘liq ta’mirdan chiqarildi. Viloyat rahbariyati bu ishga 250 million 
so‘m, yangi adabiyotlar, kitob javonlari, zamonaviy texnika xarid 
qilishga 80 million so‘m mablag1 ajratdi. Kutubxonaning barcha 
xonalari, 6 ta o‘quv zali zamonaviy tarzda bezatildi.
Kutubxona jami 41849 nomda 302868 ming nusxadan iborat 
kitob fondiga ega. Kutubxonaning kompyuter markazi Internet 
tarmog‘iga ulangan bo‘lib, uning yordamida kitobxonlar mamla- 
katimiz, jahon kutubxonalari va axborot markazlari bilan bog‘la- 
nishlari mumkin. Viloyat kutubxonasi umuman va tarmoq kutub­
xonalari uchun ilmiy-uslubiy markaz vazifasini bajaradi, tav- 
siyalar, kitoblar haqida qisqacha ma’lumotlar tayyorlab, quyi 
bo‘g‘in kutubxonalariga tarqatadi.
Kutubxonada turli mavzularda tadbirlar, seminarlar, taniqli 
madaniyat arboblari, siyosatchilar va adiblar bilan 
uchrashuvlar 
o‘tkazish an’ana tusini olgan.
63
www.ziyouz.com kutubxonasi


2006-yilga qadar viloyatda 462 ta ommaviy kutubxona mar- 
kazlashtirilgan kutubxona tizimlariga birlashgan holda faoliyat 
ko‘rsatdi. Ularning umumiy kitob fondi 3 mln 200 ming nusxa- 
dan ziyod edi.
Kutubxona 2006-yili Qashqadaryo viloyat axborot-kutubxona 
markaziga aylantiriladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Saido Nasafiy nomidagi Qashqadaryo viloyat

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish