Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.11. Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat 
axborot-kutubxona markazi
Sirdaryo viloyat kutubxonasi 1963-yil fevralda N.A. Nekrasov 
nomidagi tuman kutubxonasi negizida tashkil etilgan. 1964-yil- 
gacha kutubxona qiroatxona, bolalar bo‘limi va filiallarsiz 16 m2 
maydonda joylashgan bo‘lib, fondi 1634 hisob birligidan tashkil 
topgan, kitobxonlar soni 50 kishini, ularning 15 nafarini bolalar 
tashkil etgan.
Kutubxona 1964—1976-yillarda 5-maktabning 180 m2 dan 
iborat sport zalida ish olib bordi.
1970-yil noyabrda kutubxonaga sobiq statistika boshqarma- 
sining 200 m2 maydonli binosi ajratildi. 1974-yilda kutubxonada 
jamlash, adabiyotlarga ishlov berish va kataloglashtirish, ilmiy- 
uslubiy, ma’lumot-bibliografiya, xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ish 
olib borgan. 1974-yil fevralda m a’lumot-bibliografiya bo‘limi, 
qishloq xo‘jaligi va texnik adabiyotlar sektori ajralib chiqdi. Fond 
58700 nusxaga yetdi. Kutubxonada alifbo va tizimli kataloglar, 
universal (rus tilidagi gazeta-jumal maqolalari), «Sirdaryo viloyati» 
o‘lkashunoslik kartotekalari bor edi. Kutubxonada o‘quv zali va 
sirtqi abonement, 2 ta ko‘chma kutubxona ish olib bordi.
1987-yili Sirdaryo viloyat kutubxonasiga Guliston shahrining 
markazida zamonaviy jihozlangan yangi namunaviy bino ajratildi. 
Shu yilning 5-noyabri kutubxona tarixida muhim sana bo‘lib qoldi. 
400 ming jild kitobga mo‘ljallangan yangi namunaviy binoga 
ko‘chib o‘tgan kutubxonaga buyuk o‘zbek shoiri Alisher Navoiy 
nomi berildi, yangi zamonaviy bino ommaviy tadbirlami yanada 
sifatliroq o‘tkazish, pulli xizmat turlarini, mehnatni tashkil 
etishning yangi shakllarim amalga joriy etish imkoni yaratildi.
64
www.ziyouz.com kutubxonasi


Viloyat kutubxonalarida o ‘quvchilarning ehtiyojlarini qondi- 
rish maqsadida xizmat ko'rsatishning ilg‘or shakllari, chunonchi, 
brigada abonementi, oilaviy formular, jamoa abonementi, sinf 
formulari qo‘llanila boshlandi. Kutubxona asta-sekin xo'jalik 
yuritishning yangi mexanizmiga o‘tdi.
1992-yili kutubxonada marketing bo‘limi ochildi. Bo‘lim 
xodimlari Moskva va Riga shaharlarida o‘qib, biznes va marketing 
bo‘yicha mutaxassislar diplomini olib kelishdi. Kutubxonani 
ta ’mirlash ishlari yakunlandi. Yumshoq mebel, nusxa ko‘chirish 
uskunasi va birinchi kompyuter xarid qilindi. Marketing bo‘limi 
ishidan olingan daromadlar hisobidan xodimlarga moddiy yor- 
dam berilib, ommaviy tadbirlar o‘tkazildi. Pulli xizmatlar ko‘r- 
satishdan tushgan yillik daromadning 30 foizi kutubxona xodim­
lari xizmatiga qo‘shimcha haq to‘Iashga, qolgan mablag1 esa, 
ommaviy tadbirlar o‘tkazish, kutubxonachilarning mehnat sha- 
roitini yaxshilashga yo‘naltirildi.
Sirdaryo viloyati kutubxonalari uchun metodik markaz sifa- 
tida viloyatda kutubxonachilik ishini takomillashtirishga ko‘- 
maklashish, fan, ishlab chiqarish va madaniyatni rivojlantirish 
manfaatlarida kutubxonalarning axborot ishlari va axborot 
resurslarini yaxshilash maqsadida amalga oshiriladi, kutubxona­
chilik ishining holatini tadqiq va tahlil qilish, kutubxonachilik va 
axborot sohasidagi ilg‘or ish tajribalarini umumlashtirishga 
asoslanadi va quyidagilarni amalga oshirishga qaratiladi: kutub­
xonalarning axborot va madaniy-ma’rifly muassasalar tayanchi 
sifatidagi rolini oshirish; viloyat aholisiga kutubxona-bibliogra- 
fiya va axborot xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, ku­
tubxonalar va axborot xizmatlari tarmog‘ini rivojlantirish va 
mustahkamlash; mehnatni rejalashtirish, tashkil etish va bosh- 
qarish tizimlarini takomillashtirish asosida kutubxonalarning ish 
samaradorligi va sifatini oshirish.
1975-yili Sirdaryo viloyat kutubxonalar tarmog‘ida 202 ku­
tubxona faoliyat ko‘rsatgan bo‘lsa, 1991 — 1999-yillar davomida 
bu ko'rsatkich 241 taga yetdi.
Homiylar yordami hisobiga kutubxonalar zamonaviy elek­
tron uskunalar bilan jihozlandi, eng so‘nggi rusumdagi kitob 
vitrinalari, Germaniya bilan hamkorlik natijasida 

Download 11,3 Mb.
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish