Ta’lim muassasasining axborot -




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.15. Ta’lim muassasasining axborot -
resurs markazlari
69
www.ziyouz.com kutubxonasi


soni bilangina emas, balki, asosan, bu muassasalarning milliy, 
ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng targ‘ib qilish va xalqning 
madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo'lishini ta ’minlash, 
ma’naviy boy va uyg‘un kamol topgan shaxsning ijodiy o ‘sishi 
uchun imkoniyatlar yaratish hamda o‘z hududida yashovchi aholiga 
kitob xizmati ko‘rsatishdagi tashkilotchilik roli bilan belgilanadi.
Kitobxonlarda axborot madaniyatini tarbiyalash, axborot 
qidirishning zamonaviy usullariga o ‘qitish, aholiga, turli muassa- 
salar va tashkilotlar jamoasiga uyushgan holda kutubxonachilik 
xizmati ko‘rsatish, kitobxonlarning talab-ehtiyojlarini kutubxo- 
nalararo abonement va ko‘chma kutubxonalar yordamida qondi- 
rish uchun ilmiy-bibliografiya ishini taslikil etadi.
Asosiy axborot-kutubxona xizmatlari bepul, ayrim xizmat turlari 
pulli tashkil etildi. Boshqa AKM kutubxonalararo abonement 
bo‘yicha hujjatlar almashinuvi, hujjatni elektron yetkazib berish 
yo'lga qo‘yildi; ta’lim muassasasining ilmiy va o‘quv ishlariga yordam 
sifatida bibliografik ko‘rsatkichlar, adabiyotlar ro‘yxatlari tuzildi, 
mavzuli, manzilli va boshqa bibliografik ma’lumotlar tashkil etildi, 
bibliografik sharhlar, axborot kunlari, mutaxassis kunlari, har 
xil adabiy-badiiy kechalar, qiziqishlar bo‘yicha kechalar, savol- 
javob kechalari, suhbatlar o‘tkazildi, kitob ko‘rgazmalari, kitob 
taqdimotlari tashldl etildi; foydalanuvchilar, rahbarlar, professor- 
o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotga boMgan 
ehtiyojlari o‘rganildi va muntazam ravishda talablarini qondirdi, 
shuningdek, zaruriyatga ko‘ra, xorijiy mamlakatlarning kutubxo­
nalari va tashkilotlari bilan xalqaro kitoblar ayirboshlashni amalga 
oshirdi. Fondni hisobga olish va joylashtirishni, ularning saqla- 
nishini, hujjatlar nusxasini olish va CD/DVD disklariga ko‘- 
chirish, restavratsiya qilishni taminlaydi. Kitobxonlarga tezkorlik 
bilan axborot qidirish imkonini beradigan yig‘ma elektron ka- 
talogni tuzishda qatnashadi. ARMlarning ilmiy jamiyatlar, ta’lim 
muassasalari, jamoat tashkilotlari, respublika AKMlari bilan 
ijodiy va axborot aloqalari rivojlantirildi. Kutubxonalar boshqa 
korxonalar, muassasalar, tashkilotlar bilan amaldagi qonun huj- 
jatlari, davlat dasturlari, muassasalar va tashkilotlar o‘rtasidagi 
shartnomalar asosida o‘zaro hamkorlik qiladi.
70
www.ziyouz.com kutubxonasi


Nizomning keyingi bandlari ARMlarning huquq va burchlari, 
majburiyatlari, uni qayta tashkil etish, tugatish, boshqarish, 
moliyaviy va xo‘jalik faoliyati kabi masalalarga bag‘ishlandi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish