Toshkent viloyat axborot-kutubxona markazi (AKM)




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

3.2. Toshkent viloyat axborot-kutubxona markazi (AKM)
XX asr boshlarida Toshkentning «Chorsu» bozoriga tutash 
mahsido‘zlik rastalari yaqinida bobiylar va bahoiylarning g‘oya- 
viy-moliyaviy yordami bilan qurilgan «Osiyo» kutubxonasi sho - 
rolar qo‘liga o‘tgandan so‘ng viloyat ahamiyatiga ega bo‘lgan 
kutubxonaga aylantirildi.
Toshkent viloyat ilmiy-universal kutubxonasi 1913-yili Tosh­
kent jadidchilarining «Turon» ma’rifiy jamiyati qoshida tashkil 
topgan va 1918-yildan mustaqil tashkilot sifatida faoliyat yurit- 
gan. 1918-yilning kuzida Turkiston Xalq Komissarlari Kengashi 
qarori bilan marhum bolshevik, 1918-yil iyunda «Ishtirokiyun» 
(hozirgi « 0 ‘zbekiston ovozi») gazetasini tashkil etgan va uning 
birinchi muharriri bo'lgan Orif Klebleyev nomini abadiylashtirish 
maqsadida «Osiyo» kutubxonasiga uning nomi berilgan.
Kutubxonaning kitob fondi M unawar Qori Abdurashidxo- 
nov, Abdulla Qodiriy, Abdulhamid C hoipon, G ‘ulom Zafariy, 
Shokirjon Rahimiy, Yusuf Aliyev va boshqalarning shaxsiy 
kutubxonalaridan ajratilgan kitoblar evaziga tashkil topgan. Jamiyat 
asoschisi Abdulla Avloniy kutubxonani ham boshqargan. Kutub­
xona juda katta tarixiy yo‘lni bosib o ‘tdi va viloyat kutubxonalari 
uchun tashkiliy-uslubiy markaz darajasiga, uning fondi esa 
400000 nusxaga yetdi. Kutubxona G ‘afur G ‘ulom, Shayxzoda, 
Oybek, G ‘ayratiy, Mirkarim Osim, 0 ‘zbekiston Qahramonlari 
Said Ahmad, O. Sharafiddinov, E. Vohidov, A. Oripov, 0 ‘zbe- 
kiston xalq yozuvchisi 0 ‘. Hoshimov va boshqa ko‘plar uchun 
sevimli maskan bo‘lib qolgan.
Turli yillarda Abduvohid Rasulov, Mahkamqori Saidaliyev, 
Abdulxay Nosirov, Fayzulla Ubaydullayev, Asqarbek Dolimov, 
Imomxon Husanxo‘jayev, Abduholiq Mamedov, To‘xta Sodiqov, 
О zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Vazira 
Sobirovalar kutubxonaga rahbarlik qilishdi. 1991-yili kutubxona 
viloyat bolalar kutubxonasi bilan birlashtirildi. 1992-yili kutub­
xonaga «Turon» nomi berildi.
1997-yili «Turon» kutubxonasi faoliyatida yangi bosqich 
boshlandi. Ish jarayonlarini avtomatlashtirish yo‘lga qo‘yilib,
50
www.ziyouz.com kutubxonasi


kutubxona ishiga metsenatlar, homiylar jalb etilgan holda xorijiy 
kutubxonalar bilan hamkorlik boshlandi. Shu vaqtdan boshlab, 
respublikaning 10 ta kutubxonasi qatorida bu yerda ham «IRBIS» 
dasturi asosida elektron katalog tuzila boshlandi. 2001-yilga kelib, 
respublikada birinchi bo‘lib, 65000 kitob haqidagi bibliografik 
yozuvni o ‘z ichiga olgan o ‘zbek tilidagi adabiyotlarning elek­
tron katalogi yaratildi. « 0 ‘zbek adabiyoti» m a’lumotlar bazasi tu- 
zildi. Unga o ‘zbek milliy adabiyoti vakillari asarlarining to ‘la 
matnli m a’lumotlar bazasi va elektron biobibliografiyasi kiritila 
boshlandi. 1921—1929-yillarda «Qizil 0 ‘zbekiston» gazetasida 
bosilgan materiallarning bibliografik tavsifini o ‘z ichiga olgan 
«Milliy matbuot sahifalarida» nomli baza tashkil topdi va qog‘oz 
ko‘rinishida ham bosildi.
2003-yildan kutubxonada yangi axborot texnologiyalari bo‘- 
limi ish boshladi. U lokal tarmoqqa birlashtirilgan 8 ta kompyuter 
bilan, nusxa ko‘paytiruvchi, nusxa oluvchi texnika vositalari bilan 
jihozlandi va bu bazada kutubxona xodimlari, olimlar, shahar va 
tumanlardagi kutubxona xodimlari kompyuter savodxonligiga o‘qitildi.
2000-yil «Chorsu-2000» loyihasi asosida tadbirkorlarni qo‘I- 
lab-quwatlovchi, ularning huquqiy savodxonligini, madaniyatini 
oshirishga qaratilgan respublikada yagona markaz tashkil topdi, 
huquqiy adabiyotlar bazasi hamda huquqshunos va buxgalter 
maslahatxonasi tashkil topdi.
2001-yili bu markaz negizida «Aholining huquqiy axborot 
markazi» huquqiy va iqtisodiy adabiyotlar fondi, «Huquq» hu­
quqiy tizim va kompyuterlar va Internet tizimiga ochiq kirish hu- 
quqi bilan tashkil topdi. Markazda nafaqat aholining huquqiy 
madaniyatini oshirish bo‘yicha ish olib borildi, balki 0 ‘zbe- 
kistonning 5 hududi — Xorazm, Buxoro, Andijon, Sirdaryo 
viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikalarida ham xuddi shun- 
day markazlar tashkil topishiga yordam berildi. Seminar-trening- 
larda huquqiy axborot markazlarida ishni tashkil etish, yangi 
axborot texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha mutaxassislar 
o‘qitildi va madaniyat instituti professor-o'qituvchilari jalb etildi.
Mutaxassislar bilan hamkorlikda «Yangi iqtisodiy sharoitda 
kutubxonalar faoliyati» mavzusida loyiha ishi olib borildi. Loyiha
51
www.ziyouz.com kutubxonasi


doirasida respublika viloyat kutubxonalaridan m enejm ent, 
marketing, fandrayzing, huquqiy va iqtisodiy ish yo nalishlari 
bo'yicha 15 nafar kutubxonachi o‘qitildi.
2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
381-sonli Qarordan so‘ng viloyat llmiy-universal kutubxona negizida 
Toshkent viloyat «Turon» axborot-kutubxona markazi tashkil topdi.
Kutubxonachilik ishi va axborot texnologiyalari sohasidagi yirik 
mutaxassislar ishtirokida XXI asr kutubxonalarining qiyofasi 
haqida Bo‘stonliq tuman markaziy kutubxonasi negizida «Yangi 
jamiyatga — yangi kutubxonalar» mavzusida ko‘chma seminar 
tashkil etildi. 2003-yildan kutubxonada 8 ta kompyuter, nusxa 
ko‘paytiruvchi, nusxa ko‘chiruvchi apparatlar bilan jihozlangan, 
ichki tarmoqqa birlashtirilgan yangi axborot texnologiyalari bo‘- 
limi ish olib boradi, unda kutubxona va Toshkent viloyati ku­
tubxonalari xodimlarining o‘qishi tashkil etildi.
Respublikada birinchi bo‘lib viloyat kutubxonasida «Kutub­
xona muzeyi»ning tashkil etilgani katta yangilik bo‘ldi, unda 
kutubxona tarixi, uning faoliyatida ishtirok etgan buyuk shaxslar 
haqida katta arxiv materiali to‘plangan. «Turon» AKM tarkibida 6 
ta sho‘ba bilan 7 ta bo‘lim faoliyat yuritadi. 2006—2007-yillarda 
kompyuterlar soni 38 taga yetdi, skaner, 3 ta kseroks, raqamli 
fotoapparat va fotoprinter mavjud. « 0 ‘qish» nomli to ‘la matnli 
ma’lumotlar bazasi tashkil topdi. Unda Internetdan olingan rus 
tilidagi badiiy, ilmiy-ommabop adabiyotlar to ‘plangan. 2003-yil 
kutubxonada «Zamonaviy axborot texnologiyalari» bo‘limi ochildi.
AKM viloyatdagi axborot-resurs markazlari uchun tashkiliy- 
uslubiy markaz hisoblanadi. Kutubxonachilik, bibliografik ish va 
innovatsion texnologiyalarga oid turli uslubiy, bibliografik 
qo llanmalar nashr etadi. «Kutubxonalarda pulli xizmat ko‘rsatish 
usullari», «KBKm joriy etish bo‘yicha uslubiy qo‘llanma» kabi, 
«1.А. Karimov asarlarining bilimdoni», «Engkitobxon oila», «Kitob- 
sevarlar», «Ayol ma’naviyati», «Bolalar kutubxonasining eng 
yaxshi kutubxonachisi» kabi tanlovlar o'tkazilib kelinmoqda. Faqat 
kutubxonaning o‘zida emas, balki viloyat hududidagi ko‘pgina 
kutubxonalar negizida ko‘plab qiziqarli ommaviy tadbirlar o‘tkazadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


«Kutubxonaga kitob sovg‘a qiling!» xayriya marafonini o ‘tkazish 
an ’ana tusini olib, unda ko‘plab taniqli olimlar, shoir va yozuv- 
chilar o ‘zlarining kitoblarini sovg‘a qilish bilan ishtirok etishmoqda.

Download 11,3 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Toshkent viloyat axborot-kutubxona markazi (AKM)

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish