3.1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/177
Sana26.12.2023
Hajmi11,3 Mb.
#128342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

48
3.1. Qoraqalpog‘iston Respublikasi
axborot-kutubxona markazi
www.ziyouz.com kutubxonasi


Markaziy Ijroiya qo‘mitasining 1936-yil 9-apreldagi qaroriga 
muvofiq va Qoraqalpog‘iston Maorif xalq komissarligi buymg‘iga 
ko‘ra, T o‘rtk o i kutubxonasi negizida Respublika kutubxonasi 
tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston markazining To‘rtko‘ldan Nu- 
kusga o ‘tkazilishi munosabati bilan kutubxona ham ko‘chiriladi. 
Dastlab kutubxonada 9,5 shtat birligi, 4 ta katta xonaga joylash- 
tirilgan umumiy maydoni 60 kv.m bo‘lib, 1 ta xonada 10 ta o‘ringa 
moslashtirilgan qiroatxona, qolganlarida kitobxonlarga xizmat 
ko‘rsatish bo'limlari va devonxona, arxiv, ombor bo‘lgan. Arxiv 
materiallariga ko‘ra, kitob fondi — 24430 nusxa, kitobxonlar 
soni — 500, kundalik qatnov — 70 ta bo‘lgan. 1941 -yilga kelib, 
fondda 64080 rublga teng 31046 nusxa kitob bor edi. 1944-yili 
Moskva, Leningrad (hozirgi Sankt-Peterburg) bilan kutub- 
xonalararo abonement tashkil etiladi. Urushdan keyingi yillarda 
176 kutubxona, shu jumladan, 1 ta respublika, 16 ta tuman va 
shahar, 6 ta qishloq, 2 ta bolalar kutubxonalari, 116 ta tayanch 
qizil choyxonalar va ko‘chm a qiroatxonalar ishlab turgan.
1950-yillarning o‘rtalariga kelib, 293 kutubxona va 117 ko‘chma 
qiroatxona bo‘lgan, 1962-yili Respublika bolalar kutubxonasi 
tashkil topadi. 1966-yili imkoniyati cheklangan kitobxonlar 
uchun Respublika ko‘zi ojizlar kutubxonasi, 1970-yil Xo‘jay- 
lida, 1972-yili Amudaryo, Chimboy, Beruniy tumanlarida ko'zi 
ojizlar kutubxonalari tashkil topadi.
1936-yildan 2006-yilgacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
kutubxonasi sifatida xizmat ko‘rsatgan. 2006-yil 20-iyunda qabul 
qilingan 381-sonli qarordan so‘ng Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi ilmiy-universal kutubxonasi negizida Qoraqalpog‘iston 
Respublikasi axborot-kutubxona markazi (AKM) tashkil topadi.
Shu yillar davomida kutubxona xodimlari uch yillik Toshkent 
madaniy-ma’rifiy maktabida, Moskva, Leningrad, Toshkent ma- 
daniyat institutlarida, Nukusdagi maxsus kurslarda malaka oshi- 
rib, ta’lim olishdi. 1980-yillarda oliy maxsus ma’lumotli kadr- 
larga ehtiyoj tufayli QQ Madaniyat vazirligining tashabbusi bilan 
Toshkent madaniyat institutida alohida qoraqalpoq guruhlari 
10 yil davomida oliy ma’lumotga ega bo‘lishdi.
4
-
403
49
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 11,3 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   177




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish