mot olish imkonini beradi. 0 ‘qishning izchilligi, ketma-ketligi,
o‘qilgan adabiyotlar orasidagi tanaffus ham shundan bilinadi.
Kitobxon formulari yakka tartibda yoki guruhli tartibda o'rga-
niladi. Kitobxonlar guruhini aniqlashda 1-qismdagi ma’lumotlar
yordam beradi. Kitobxonlarni guruhga ajratishda ulardagi umu-
miylikni tashkil etadiganjihatlar e’tiborga olinadi.
Kitobxon
qiziqishi, o‘qish mazmuni formular asosida o ‘r-
ganilayotganda ma’lum bir davr chegaralanadi. Odatda, har olti
oyda bir marta yoki bir yilda bir marta 25—50 nafar kitobxon
formulari tahlil qilinadi. Buning uchun maxsus jadval tuzib oli
nadi, jadvalda barcha bilim sohalari, yo'nalishlar, mavzular alo-
hida qatorlarda ko‘rsatiladi, bosh qatorda kitobxonlar familiyasi,
ismi, kitobxon
formularining raqami beriladi, barcha raqamlar
qo‘shilib, mutlaq raqamlarda va foizlarda umumlashtirilib, o‘rtacha
o‘qilish miqdori chiqariladi, eng ko‘p va eng kam o‘qilgan bilim
sohasi, muallifi, yo‘nalish, mavzu va ularning sabablari aniqlanadi,
umumlashtirilgan raqamlar asosida tahlil matni tuziladi.
Xulosada, shu kitobxon uchun o ‘qish rejasi, kelgusida shu
guruh bilan ish olib borish rejasi beriladi. Bunda kitobxonlar o‘qish
mazmuni xulosasi va qiziqishlariga ko‘ra, kitob fondini to‘ldirish,
ular bilan yakka va
ommaviy ish olib borish, kutubxona faoliyatini
takomillashtirish, adabiyotlar bilan ishlash yo‘nalishlari belgilab
olinadi, nashriyotlar va kitob savdosi tashkilotlari, ta’lim-tarbiya
muassasalari uchun ham tegishli xulosalar beriladi
va u kitobxon
o‘qish tavsifini tuzishda ham asosiy manba hisoblanadi.
Anketa
kitobxonlar, umuman, aholi qiziqishini, biron-bir
mavzuga munosabatini o‘rganishning
umumiy usullaridan eng
ko‘p qo‘llaniladiganidir. Anketa — bir yo'nalishdagi, bir maqsadga
qaratilgan va uning mazmunini ochib berishga xizmat qiladigan
savollar guruhi aks etgan varaqa. Anketa uchun tuzilgan savol
aniq, lo‘nda bo‘lishi, kitobxon qiziqishini, uning kitobga, kutub-
xonaga munosabatini, shaxsiy kutubxonasi bor-yo‘qligini, gazeta
va jurnallar o‘qishini, kutubxona ishiga
doir istaklarini qamrab
oluvchi savollardan iborat. Savol haddan tashqari ko‘p bo‘lmasligi,
iloji boricha javob variantlari taklif etilishi zarur.
103
www.ziyouz.com kutubxonasi
Anketa savollari o‘rganish maqsadiga qarab tuziladi, ularning
soni va anketaning hajmi shunga bog‘liq. Anketa uch qismdan iborat
bo‘ladi: 1-qism kirish bo‘lib, unda anketaning maqsadi, savollar
tartibi, unga javob berish qoidasi, uning kim tomonidan va nima
uchun o ‘tkazilayotgani kitobxonga murojaat tarzida tushuntiri-
ladi. Anketaning oshkor etilmasligi eslatib o‘tiladi. 2-qism savollar
va javoblar qismidan iborat bo‘lib, savollar uch xil bo‘lishi
kuzatiladi. 1-guruh savollar ochiq savollar, bunda javob o‘rni ochiq
qoldiriladi, javobni kitobxondan to ‘la, aniq berish talab etiladi.
2-savollar guruhi yopiq bo‘lib, unda javob variantlari berilib,
kitobxondan o ‘ziga m a’qul va fikriga mos javobni belgilash talab
qilinadi.
3-savollar guruhi faqat «ha» y o k i« yo‘q» degan javobni talab
etuvchi savollar. Masalan, «Shaxsiy kutubxonangiz bormi?» sa-
voliga kitobxon «ha» yoki «yo‘q» deb javob berishi mumkin. «Siz
qaysi muallif asarlarini sevib o‘qiysiz?» savoliga kitobxondan o‘z
fikrini berish talab etiladi. Anketaning 3-qismi kitobxon haqidagi
m a’lumotlardan iborat. Unda kitobxon o ‘zi
haqida shaxsiy
ma’lumotlarni beradi: yoshi, kasbi, mutaxassisligi, jinsi, fami-
liyasi, ismi, otasining ismi. Ba’zi
hollarda anketa maqsadidan
kelib chiqib anonim anketalar ham tarqatiladi. Bunda, albatta,
javob beruvchining ism-sharifi ko‘rsatilmagani bois kitobxon erkin,
barcha so‘ralgan ma’lumotlami berishi mumkin.