• ^xizmatchilar * nafaqaxo‘rlar Anketa usulini barcha tashkilotlar qo‘llashi mumkin va u max­
  • 4.3. 0 ‘qish tavsifi (xarakteristikasi)ni tuzish
  • Ba’zi kitobxonlar uchun ism-sharifini so‘rash og ‘ir tuyulib




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet45/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Ba’zi kitobxonlar uchun ism-sharifini so‘rash og ‘ir tuyulib,
    ularning erkin va to‘g‘ri javob berishiga xalaqit beradi. Tarqatilgan
    anketalar yig‘ib olingach, maxsus komissiya a’zolari javoblarni
    tahlil qilib, umumlashtirib, ular asosida xulosalar chiqarib ola-
    dilar. Umumlashma xulosaning natijasi keyingi faoliyatda yordam
    beradi. Anketalardan keyinchalik ilmiy tadqiqot ishlarida ham
    foydalanish mumkin.
    Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasida 
    kitobxonlarga turli savollar bilan anketa usulida murojaat qilinganda 
    olingan javoblardan namunalar keltiramiz.
    Kitobxonlaming ma’lumoti haqida bergan javoblari natijasiga 
    ko‘ra, ular quyidagicha guruhlashtirilgan (2012-yil natijalari):
    104
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    1. Kitobxonlar:
    2. Kitobxonlaming о ‘zlarini qaysi guruhga kiritishiga ко ‘ra:
    -•
     o‘quvchilar
    -• talabalar
    -• ilmiy xodimlar
    ^xizmatchilar
    *
     nafaqaxo‘rlar
    Anketa usulini barcha tashkilotlar qo‘llashi mumkin va u max­
    sus varaqa ko‘rinishida, gazeta va jurnallar sahifalarida chop еЩ-
    lishi ham mumkin. Kutubxonalar, asosan, varaqa yoki bukletlar
    ko‘rinishida tarqatadi. Gazeta va jurnallar sahifasidagi anketalar
    ommaviylik xususiyatiga ega bo'ladi. Uni butun bir xalq valdllari
    o‘qishi va javob berishi mumkin. Kutubxonalarda ko‘proq biron-
    bir guruh yoki bir necha guruh tanlab olinadi.
    105
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    4.3. 0 ‘qish tavsifi (xarakteristikasi)ni tuzish
    0 ‘qish xarakteristikasi maxsus usul bo‘Ub, kitobxon formulari 
    asosida tuziladi. 0 ‘qish xarakteristikasida kitobxon haqida umu- 
    miy ma’lumotlar, o‘qilgan kitoblarning umumiy miqdori va 
    xarakteri, engko‘p o‘qigan mavzulari va mualliflari ajratib ko‘r- 
    satiladi. 0 ‘qish tavsifida kitobxonning o‘qish xarakteri — mun- 
    tazamligiga, ketma-ketligiga, mavzularning izchilligiga, har to- 
    monlamaligiga e’tibomi qaratish lozim.
    Shunga ko‘ra, kitobxon haqida xulosada to‘liq va tahliliy filer 
    berilishi, kitobxon bilan kelgusi ish rejasi ko'rsatilishi zarur. Bu 
    o‘qish tavsifi kitobxonning keyingi kitobxonlik faoliyatini maqsadli 
    tashkil etishga, kitobxonning muntazam o‘qishini, mustaqil bilim 
    olishini, o‘qish jarayonini, ijodiy jarayonining tuiini tashkil etishga 
    yordam beradi. Buning uchun alohida e’tiborni talab etadigan 
    kitobxonlar tanlab olinadi. Ba’zi laitubxonalarda analitik (tahliliy) 
    kitobxon formulari ayrim kitobxonlar uchun yuritiladi. Bu 
    murakkab, ko‘p vaqtni talab etadigan ish. Formularda har bir 
    sahifaga alohida bilim sohalari, mavzular olinadi, kitobxonning 
    o‘qib borayotgan adabiyotlari unga alohida yozib boriladi. Ma’lum 
    bir muddatda ular umumlashtirilib, solishtirilib boriladi.
    Faqatgina kitobxonlar formularlarini tahlil qilishdan olingan 
    xulosa kitobxon qiziqishini to‘la ifodalay olmaydi. Kitobxon 
    kutubxonada yo‘q kitobni so‘ragan bo‘lishi, o‘rniga boshqa ki- 
    tobni olgan bo‘lishi, kitobni tasodifan tanlagan bo‘lishi, o‘rtog‘i 
    yoki boshqa bir kitobxon maslahati bilan olgan kitobni o ‘qidimi, 
    yo‘qmi, uning mazmuni yoqqan-yoqmaganligini aniqlash qiyin. 
    Ba’zida kitobxonlar boshqa kutubxonadan ham, tanish-bilishla- 
    ridan ham kitoblarni olib o‘qiydilar. Bular esa aynan shu for­
    mularda aks etmaydi.
    0 ‘qish tavsifi haqiqiy ahvolga mos kelishi va to‘la hamda aniq 
    bo‘lishi uchun kuzatish, suhbat usuli yordamidan foydalanish 
    zarur. Bunda barcha olingan ma’lumotlarni taqqoslash imkoni 
    paydo bo‘ladi.
    AKM, ARM va kutubxona statistikasi ma’lumotlarini tahlil 
    qilish ham maxsus usul bo‘lib, asosan, axborot-kutubxona muas- 
    sasalarida qo‘Uaniladi.
    106
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    AKMlarning har bir bo‘limida kundalik tutiladi. Kundalikdagi 
    ma’lumotlar asosida kunlik, oylik, choraldik, yarim yiUik, bir yillik 
    hisobotlar tuziladi. Unda yangi kitobxonlar haqidagi ma’lumotlar, 
    ularning yoshi, kasbi, mutaxassisligi, ma’lumoti, ijtimoiy kelib 
    chiqishi, bir kunda berilgan adabiyotlar, uning mavzusi yozib 
    boriladi. ФйГп oxirida ular umumlashtiriladi, har oyning oxirida esa 
    oylik hisobot qilinib, undan kam va ko‘p o‘qilgan adabiyotlar, rad 
    javoblar, ularning sabablari, kitobxonlar so‘roqlarining xarakteri, 
    dolzarb mavzularga munosabat va boshqa yo‘nalishlar aniqlanadi.
    I£undalikdagi raqamlar asosida tavsiya etilishi, targ‘ib qilinishi 
    zarur adabiyotlar ajratib olinadi, qaysi dolzarb mavzularga kitob­
    xonlar e’tiborini qaratish lozimligi aniqlanadi. Masalan, milliy 
    qadriyatlar, vatanparvarlik, o‘lkaga, mehnatsevarlik, ma’naviy 
    dunyoqarashni boyitishga oid adabiyotlaming o‘qilish darajasi va 
    unga oid tadbirlar rejasini belgilab olish kerak bo‘lishi mumkin.
    Bunda kitobxonlarga tarqatiladigan anketa savollari katta yor- 
    dam beradi. 0 ‘zbekiston MKda o‘tkazilgan anketa javoblari na- 
    tijasiga ko‘ra, kitobxonlar uchun eng zarur bo‘lgan axborot 
    mahsulotlari guruhlashtirib olindi. Bibliografik axborot mah- 
    sulotlariga talab 3 % ni tashkil etsa, yangi adabiyotlar 36 % ni, 
    aniq hujjatlar esa 9 % ni tashkil etadi, keyingi o‘rinda tor mavzuga 
    oid talablar 18 % ni, faktografik axborot 7,8 
    %
    ni tashkil etadi.
    7
    ,
    8
    %
    3 6
    :
    18
    %
    0

    5

    10

    15

    20

    2 5

    30

    3 5
    ^
    40
    %
    107
    www.ziyouz.com kutubxonasi



    Download 11,3 Mb.
    1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ba’zi kitobxonlar uchun ism-sharifini so‘rash og ‘ir tuyulib

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish