jamiyat uchun zarur shaxs sifatida shakllantirish va kaniol top-
tirish, kitobxonning qiziqishini, talabini,
ehtiyojini qondirishda
kompyuter texnologiyasidan foydalanish, turli ma’lumotlar baza-
laridan foydalanish imkoni paydo bo‘ldi.
Kitobxonlar qiziqishini o ‘rganishda ma’lum bir xususiyatiga
ko‘ra, alohida guruhni tashkil qiladigan kitobxonlar guruhini
0
‘rganish yaxshi samara beradi. Turli xil kasbdagi ishchilar,
chorvador fermerlar, mutaxassislar, tibbiyot xodimlari, o‘qituv-
chilar,
muhandislar, talabalar, magistrlar, ilmiy xodimlar, soha
mutaxassislarining kasbiy qiziqishlari kasbga oid maxsus ada-
biyotni talab qiladi. Kitobxonlar yoshiga qarab guruhlarga
ajratilganda — bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-resurs mar-
kazlarida 1—4-sinf, 5—6-sinf, 7—9-sinf o‘smirlar, yoshlar, deb
ajratilib, ularning kitobxonlik talabiga ruhiy xususiyatlari, yosh
xususiyatlariga ko‘ra ta ’sir etilgan.
Kitobxon qiziqishidagi
barqarorlik, ayniqsa, kitobdan o‘z ishi uchun madad topuvchi,
shuningdek, ishlab chiqarish malakasini oshirish yoki mustaqil
bilim olish bilan shug‘ullanuvchi kishilarga xos xususiyatdir.
Ba’zan axborot-kutubxona muassasasiga noaniq so‘roq bilan
keluvchi kitobxonlar ham bo‘ladi. Ular mutaxassis xodimdan
o'qishga nimadir berishni iltimos qilishadi. Bular ko'proq ki
tobxonlik faoliyatini endigina boshlayotgan kitobxonlarda uch-
raydi. Mutaxassis xodimning vazifasi — bu kitobxonning qizi
qishini o ‘rganish, o‘qish mavzusini kengaytirish, kitoblar orqali
ularda keng ijtimoiy qiziqishni uyg‘otish, o‘qish madaniyatini
tarbiyalashdan iborat.
AKM xodimi kitobxonda paydo bo‘lgan qiziqishni qondirib-
gina qolmay, balki har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiya-
lash vazifalaridan kelib chiqqan holda yangi kitobxonlik
qiziqish-
larini uyg‘otish, yuqori darajadagi kitobxonlik didini tarbiyalash
bilan asosiy pedagogik, tarbiyaviy ishni bajarishi lozim. Kitobxon
qiziqishini aniq va to‘la bilishda kitobxonning ishlab chiqarish
faoliyati turi, uning xususiyatlari, maishiy turmush sharoiti muhim
ahamiyatga ega, mahalliy o‘lkaning o‘ziga xos xususiyatlari,
aholining nima bilan shug‘ullanishi va uning madaniy darajasi ham
alohida o‘rganishni talab etadi.
95
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kutubxona xizmat ko‘rsatayotgan hududdagi aholining asosiy
tabaqalari va kitobxonlar guruhlarini bilish ham muhim. Mutaxas
sis xodim aholi tarkibini turli mezonlar asosida hisobga olib,
ulaming harbiriga qancha
miqdorda va qanday kitoblar, elektron
ma’lumot, qay darajada Internet xizmati ko‘rsatilishi lozimligini
va kelgusida bajarilishi lozim bolgan ishlar ko‘lamini aniqlab oladi.
Axborot-kutubxona muassasalari axborot-lcutubxona xizmatini
to ‘g‘ri tashkil etish uchun aholining milliy tarkibi, tabiiy sharoit-
lari hisobga olinadi. Kitobxonlarning individual psixologik xusu-
siyatlarini ham bilish zarur. Bu kitobxonlar qiziqishini to‘la
qondirish va kengaytirishda muhim rol o‘ynaydi. Axborot-kutub
xona xizmatidan foydalanuvchi kitobxonlarning talablari xarak-
teriga ko‘ra aniq, noaniq, mavzuli bo‘ladi.
Aniq talab tayyorgarlikka ega kitobxonlardan beriladi, bu
so‘roqni bajarish mutaxassis xodimga ancha oson. Ammo, xo-
dimning vazifasi faqatgina ehtiyojni qondirish bilan yoki ku-
zatuvchilik vazifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi,
balki
mutaxassis xodim zarur kitob tokchada bo‘lmasa, uning o‘rniga
xuddi shu mavzuga oid boshqa asar yoki yangi nashrni yoki
qo‘shimcha adabiyotlarni tavsiya qiladi. Bu bilan mutaxassis xodim
tarbiyachilik, pedagoglik vazifasini ham amalga oshiradi. Ku
tubxona xodimi bu bilan axborot resurslari, ayniqsa, kitoblardagi
bilimlar yordamida insonni tarbiyalashdek, komil insonni voyaga
yetkazishdek muhim vazifani bajaradi.
Inson tarbiyasi — bu jamiyat tarbiyasidir, komil inson — bu
kelajagi porloq jamiyatdir. Mutaxassis xodim kitobxon so‘ro-
g‘iga befarq bo‘lmasligi zarur, so‘ralgan adabiyot o‘rniga
boshqa
adabiyotni tavsiya etayotganda kitobxon asabiga tegmaslikka,
uning ixlosini qaytarib qo‘ymaslikka, kitobxonni, albatta, shu
kitobni olib o‘qishga ishontira olishga harakat qilishi lozim. Albatta,
bunda mutaxassisdan psixologik qobiliyat,
pedagogik