Yangi adabiyotlar ko‘rgazmasini tashkil etish ishi adabiyot -
larni tanlash bilan boshlanadi. Adabiyotlarni tanlashda ularning
dolzarbligiga, xarakteriga,
qaysi tilda yozilganiga, mazmuniga,
birinchi yoki qayta nashr etilganiga e’tibor berish zarur.
Tanlangan adabiyotlar bilan tanishish va tahlil qilish muhim
ahamiyatga ega. Chunki, adabiyotlarni joylashtirish rejasi shunga
ko‘ra belgilanadi. Bunda adabiyotlarni joylashtirishning xrono-
logik, mantiqiy, mavzuli yo‘nalishi tanlab olinadi. Mavzuli tartib
tanlansa, awal mavzuga oid davlat hujjatlari,
rasmiy materiallar,
me’yoriy hujjatlar, rasmiy materiallar, so‘ngra boshqa bilim soha-
siga oid adabiyotlar, oxirida badiiy adabiyotlar joylashtiriladi.
Keyingi bosqich ko‘rgazmani shakllantirishdan iborat. Ax
borot beruvchi bunday ko‘rgazmalar asosan «Yangi adabiyotlar»,
«Yangiliklar», «Diqqat, yangilik!» kabi nomlar ostida tashkil eti
ladi. K o‘rgazm aning nomini bezash, unga rang tanlash,
yozuvlarning k atta-k ich ig in i belgilash m uhim. Bunday
ko‘rgazmaning nomi qora rangda berilmasligi,
kitobxonlar
foydalanishi uchun qulay va yorug‘ joyga qo‘yilishi zarur.
Ko‘rgazmaning samarasi u bilan ishlashni, ko‘rgazma yonida
yakka, guruhli suhbatlar, sharhlar olib borishni, ko‘rgazmaga
qo'yilmagan
boshqa adabiyotlarni, dolzarb muammoga oid
maqolalar aks etgan kartoteka tashkil etishni, axborot bulletenlari
yoki ro‘yxatlarni ilova qilishni talab etadi. Ko‘rgazmadan
foydalanayotgan kitobxonlar va uni olib o‘qish uchun navbatga
yozish hisobga olib boriladi.
So‘nggi bosqich — rasmiylashtirish. Bunda ко rgazmaning
nomi, mavzusi, unga qo‘yilgan adabiyotlar soni, harakatdagi vaqti,
kitobxonlar haqida raqamli ma’lumot, ularning munosabati,
kitobxonlarga ta’siri, samarasi tahlil etilib, yozib qo yiladi.