amalga oshirishda o‘z bilimlari bilan
ishtirok etishga chorlaydi,
biron-bir yo‘nalishda bilimni shakllantiradi, estetik zavq beradi,
eng yaxshi kitoblarni o4qishga yolnaltiradi, mustaqil bilim olishda
yordam beradi.
Kutubxona plakatlari XIX asrning oxirlaridan boshlab qo‘l-
lanila boshlandi. Har bir davrda
davr xususiyatlaridan kelib
chiqqan, o‘sha davrning dolzarb siyosiy, ijtimoiy,
madaniy va
ma’rifiy vazifalariga bog‘liq holda turli mavzularda plakatlar tashkil
etilgan. XX asrning 20-yillariga qadar plakatlar ko‘proq savod-
sizlikni tugatish, aholini kutubxonaga, kitob o ‘qishga jalb
etish
mavzularida tashkil etilgan bo‘lsa, undan so‘ng ko‘proq kitobni
saqlash, unga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish, avaylash, ehtiyot qilish
mazmunida tashkil etilgan.
Keyingi yillarda nashriyotlar, kutubxonachilik tashkilotlari
tavsiya ro‘yxatlari bilan birgalikda kutubxonalarni targ‘ib qi-
luvchi
instruktiv-metodik plakatlar, kutubxonadan to ‘g‘ri foy
dalanish, kutubxonalararo abonementdan foydalanish, kata-
loglardan, elektron katalogdan to‘g‘ri foydalanish, m a’lumot qi-
dirish qoidalari to‘g‘risidagi plakatlarni chiqara boshladi.
Kutubxona plakatlari o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, agar
ko‘rgazmada bevosita kitobning o‘zi ko‘rsatilsa, plakatda bavosita,
ya’ni tasviriy san’at vositalari yordamida
kitob mazmuni ochib
beriladi. Bunda kitob muqovasining ko‘rinishi, qisqa matnlar,
rasmlar, bo‘yoqlar va boshqa illustrativ materiallar qo‘llaniladi.
Kutubxona plakati o‘qish mazmuni va yo‘nalishiga faol ta’sir
ko‘rsatadi. Kitobxonga kitob tanlashda yordam beradi, muammoni
o‘ylashga, fikrlashga o‘rgatadi, estetik didini tarbiyalaydi. Kitob
muqovasining ko‘rinishi kitobxonda kitob ko‘rinishi haqida tasav-
vur hosil qiladi. Ammo plakatga targ‘ib qilinishi kerak bo‘lgan hamma
kitoblarning muqova ko‘rinishi sig‘maydi.
Shuning uchun hajmi
kichraytirilib, ixcham joylashgan holda beriladi. Shuni hisobga
olish zarurki, hech qachon kitob muqovasi yirtib olinib plakatga
yopishtirilmaydi, aks holda kitobxonda kitobni yirtsa ham
bo‘laverarkan, degan tasawur paydo bo‘ladi. Ayniqsa,
bolalar
uchun tashkil etiladigan plakatlarda. Uning qulayligi shundaki, u
bino devoriga, kitobxon ko‘rishi qulay bo‘lgan joyga osiladi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kutubxona plakatlari maqsadiga ко‘га, quyidagi turlarga
ajratiladi: targ‘ibot plakati, tashviqot plakati va instruktiv-metodik
plakatlar.