• Targ‘ibot plakati
  • Mavzuli plakatlar
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet59/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    Tashviqot plakati.
    Kutubxonachining vazifasi kitobxonda ki- 
    tobga bo‘lgan dastlabki qiziqishni uyg‘otish, kitobxonlik dunyo- 
    qarashini shakllantirishdan iborat. Bu ishda tashviqot plakati mu­
    him ahamiyatga ega. Tashviqot plakati shu kunning dolzarb masa- 
    lalariga bag‘ishlab tashkil qilinadi. Unda ko‘proq rasmlar, kitob 
    muqovasining ko‘rinishi beriladi. Tashviqot plakati bittadan 
    uchtagacha kitob haqida ma’lumot bersa, targ‘ibot plakati 10 tagacha 
    bo‘lgan kitob haqida ma’lumot beradi. Tashviqot plakatida qisqa 
    matnlar, axborotlar, portretlarga keng o‘rin beriladi. Shu xususiyatga 
    ko‘ra, u bosma siyosiy plakatlarga yaqin turadi. Masalan, axborot 
    texnologiyalarining afzalliklarini, turlarini, Internet va elektron 
    pochtalardan foydalanishni reklama yoki targ‘ib qiluvchi plakatlar.
    Yangi adabiyotlar haqida axborot beruvchi plakatlarning 
    sarlavhasi chaqiriq ohangida bo‘ladi. «Diqqat, yangilik!», « 0 ‘qing, 
    yangi adabiyotlar!» kabi. Eng yaxshi tashviqot plakati yorqin, 
    ochiq ranglarda beriladi.
    Targ‘ibot plakati
    ko‘proq adabiyot haqida ma’lumot beradi, 
    uning maqsadi kitob mazmunini kengroq ochib berish vatarg‘ib 
    qilishdan iborat. Bu plakat kitobxonda kitobga bo'lgan qiziqishni 
    uyg‘otadi va kengaytiradi, mustahkamlaydi. Kitob mazmuni qisqa 
    annotatsiyalarda ochib beriladi. Bunda ham illustrativ material- 
    lardan foydalaniladi. Bunday plakatlar birmuncha bibliografik 
    bilimga, tayyorgarlikka ega bo‘lgan kitobxonlar uchun mo'ljal- 
    lanadi. Plakatda mavzuga oid adabiyotlar ro'yxati ham ilova qilinadi.
    Targ‘ibot plakati mazmuniga ko‘ra, quyidagi xillarda tashkil 
    qilinadi.
    Mavzuli plakatlar
    — targibot plakatining keng tarqalgan turi 
    bo‘lib, shu kunning muhim va dolzarb muammolariga, mam- 
    lakatimizning ichki va tashqi siyosatiga, iqtisodiy, madaniy- 
    ma’rifiy, ma’naviy masalalarga, fan-texnika yutuqlariga, ishlab 
    chiqarishga oid masalalarga bag‘ishlanadi.
    Mavzuli plakatlar muhim sanalar, yubileylar, mashhur shoir 
    va yozuvchilar bilan uchrashuvlar oldidan, jamoat arboblari.
    127
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    san’atkorlar, olimlar va boshqa taniqli shaxslarning tug‘ilgan kun­
    lari munosabati bilan tashkil etiladi. Bunday plakatlarning maq- 
    sadi shu muallifning asarlarini kengroq targ‘ib qilish va unga qi- 
    ziqish uyg‘otish.
    Plakat markazida muallifning portreti beriladi. Agar muallif 
    ko‘pchilikka yaxshi tanish bo‘lmasa, muallifning hayoti va ijodi 
    haqida qisqacha biografik ma’lumot bo‘ladi. Muallif haqida, uning 
    asarlari xususidagi boshqa shaxslarning fikrlarini berish ham 
    mumkin. Har qanday targ‘ibot plakatida u yoki bu asarning muhim 
    tomonlari, boshqa ijod namunalaridan farqli tomoni yoritib beriladi.

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish