Adabiy mavzuli kechalar
konferensiyadan farq qilib, biron-
bir dolzarb mavzuga, voqeaga, muhim sanaga bag‘ishlanadi.
141
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bunday kechalar kitobxonlarning dam olish soatlarini tashkil
etishga qaratilgan tadbir bo‘lib, siyosiy, ilmiy, texnik va badiiy
bilimlami targ‘ib qilishga qaratilgan. Shuning uchun ham bunday
tadbirlar klub xarakteridagi tadbir ham deyiladi. Chunki
adabiyotlar haqidagi fikrlardan tashqari badiiy qism, sahna
ko‘rinishlari, badiiy chiqishlar, konsertlar beriladi.
Mavzuli kechaning maqsadi
— kitobxonlarni muhim voqea va
masalalar bilan tanishtirish, m a’lumot berish, shu masalaga qi
ziqish uyg‘otish, ularning bilimini kengaytirish, yangiliklarni ko‘r-
satish, kitob fondini yoritib borishdan iborat.
Mavzuli kechani tayyorlash va o'tkazish ham mas’uliyatli
jarayon bo‘lib, u o ‘ylab, puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab etadi.
Mavzuli kechani tayyorlash mavzu tanlash bilan boshlanadi. Tan
langan mavzu kitobxonlar qiziqishiga, o‘qish maqsadiga mos bo‘-
lishi, ko‘proq kitobxonlarni jalb etadigan darajada boiishi zarur.
Ishlab chiqarishga ilg‘or tajribalarga oid mavzuli kechalar
tashkilotlarning o‘zida o ‘tkaziladi. K o‘pgina kutubxonalarda
mashhur yozuvchi yoki shoirning, san’atkor yoki olimning,
jamoat arbobiningtug‘ilgan kunlari, yubileylari munosabati bilan
mavzuli kechalar o‘tkaziladi. Hozirgi paytda bunday kechalar
adabiy-musiqali kechalar, musiqali mehmonxonalar kabi nomlar
ЬДап ham o‘tkaziladigan bo‘ldi.
Mavzuli kechani tayyorlashdan awal tuzilgan komissiya tay
yorlash va o‘tkazish rejasini ishlab chiqadi, dasturini tayyorlaydi.
Tayyorgarlik ishlari uchun 15—20 kun vaqt ajratiladi. Bu davrda
kecha mavzusiga oid suhbatlar, ko‘rgazmalar, bibliografik sharh
lar, maslahatlar olib boriladi. Kecha mavzusiga mos badiiy
o‘qishlar, konsert chiqishlari, sahna ko‘rinishlari tayyorlanadi. Bu-
ning uchun komissiya tarkibiga klub va madaniyat uyi xodimlari
ham kiritiladi, ular kechaning badiiy qismini tayyorlash uchun
mas’ul boMishadi. Kechani boshqaruvchi tayyorlagan ssenariy
komissiya a’zolari o‘rtasida muhokama qilinadi.
Kecha qisqacha kirish so‘zi bilan ochiladi. Agar kecha biror
shaxsning hayoti va ijodiga bag'ishlangan bo‘lsa, uning faoliyati
haqida ma’ruza qilinishi mumkin. Kecha, odatda, 2—2,5 soatga
mo‘ljallanadi. Kechada mavzu bo‘yicha chiqishlar namoyish qi-
142
www.ziyouz.com kutubxonasi
linadi. Badiy qism muhokama qismi bilan aralash holda berilgani
ma’qul. Ammo kecha konsertga yoki badiiy sahna ko‘rinishiga ay-
lanib qolishi kerak emas. Asosiy e ’tiborni mavzuning muhoka-
masiga ajratgan m a’qul. Mavzuli kechalar ham boshqa tadbirlar
kabi rasmiylashtiriladi. Mavzuli kechalar mazmuni va maqsadiga
ko‘ra, turlicha bo‘ladi: uchrashuv, savol-javob, she’riyat kechalari.
|