Adabiy viktorinani tayyorlash va о ‘tkazish usuli




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Adabiy viktorinani tayyorlash va о ‘tkazish usuli.
Adabiy vikto­
rinalar mazmuniga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Bir muallif ijodiga bag‘ishlangan viktorinalar.
2. Bir asarga bag‘ishlangan viktorinalar.
3. Mavzuli viktorinalar.
4. Teatrlashtirilgan viktorinalar.
Adabiy viktorinalar mustaqil tarzda yoki boshqa kompleks 
tadbirlarga yordamchi tadbir sifatida qo‘llaniladi. Masalan, ki­
tobxonlar konferensiyasi, adabiy mavzuli kechalar, og‘zaki jur- 
nallar, turli tanlov va mushoiralarda qo‘llash mumkin.
Adabiy viktorinani tayyorlash uchun awal mavzu tanlanadi. 
Mavzuni tanlash uchun tadbirning maqsadini, kitobxonlar gu- 
ruhini, ularning qiziqishi, o‘qish maqsadi va bilim saviyasini 
aniqlab olish, kunning dolzarb masalalarini hisobga olish zarur. 
Agar savol-javob o‘yinlari maktab o‘quvchilari orasida olib bori- 
ladigan bo‘lsa, u maktab dasturi hamda maktabdan tashqarida o‘qish 
mashg‘ ulotlaiining mavzusiga bog‘lanishi zarur. Bu o‘quvchilaming 
o‘quv dasturi asosida kengroq bilim olishlarini ta ’minlaydi, 
ularning mustaqil bilim olishlariga yordam beradi, o‘quvchilarda 
o‘qish ko‘nikmasini, adabiyot tanlash, fikr-mulohaza yuritish 
ko'nikmasini tarbiyalaydi.
Adabiy viktorina badiiy adabiyotga qiziqishni yanada oshiradi, 
kitobxonning estetik didini shakllantiradi, o‘qilganni esda saqlab 
qolishgao‘rgatadi.
Viktorinani tayyorlashning keyingi bosqichi savollar tuzish- 
dan iborat, bu ham o‘ta mas’uliyatli jarayon. Savollarning sodda, 
lo‘nda, tushunarli bo‘lishiga erishish lozim. Buning uchun qo‘- 
shimcha materiallardan, kundalik matbuot asarlaridan foydalanish 
lozim. Tuzilgan savollar mazmuniga ko‘ra guruhlashtiriladi.
146
www.ziyouz.com kutubxonasi


Viktorinani olib boruvchi alohida tayyorgarlik ko‘radi. Bosh- 
lovchi vazifasini mutaxassis kitobxon bajarishi mumkin. Bosh- 
lovchi savollarga berilishi mumkin bo‘lgan javoblarni tayyorlab 
qo‘yadi. Uning vazifasi auditoriya bilan doimiy bog‘liqlikda 
bo‘lish, kitobxonlarning so‘zlarini, javoblarini e’tibor bilan 
tinglab borish, javoblarning tez va to‘g‘ri berilayotganini belgilab 
borishdan iborat. Boshlovchi zarur bo‘lsa, asarlardan parcha 
berishga, illustratsiyalarni namoyish qilishga tayyorgarlik ko‘- 
radi. Agar teatrlashtirilgan viktorina bo‘lsa, tayyorgarlik ko‘- 
rish jarayonida faol kitobxonlar ishtirokida asar qahramonlari- 
ning chiqishlarini, ular uchun kastumlarni tayyorlash, mavzu 
mazmuniga mos videotasmalar, radio apparatlarini va boshqa 
texnika vositalarini tayyorlab qo'yish muhim ahamiyatga ega.
Viktorina qisqacha kirish so‘zi bilan boshlanadi. Unda 
tanlangan mavzuga ta’rif, savollaryo‘nalishi, ularga javob berish 
tartibi, eng yaxshi javoblarga bo‘ladigan munosabat haqida 
gapiriladi. Keyin asosiy savol-javob qismiga o‘tiladi. Uni jonli va 
qiziqarli olib borish boshlovchining mahoratiga bog‘liq. Savol­
larga berilayotgan javoblar hakamlar tomonidan hisobga olib 
boriladi. Hakamlar tarkibiga mutaxassislar: faol kitobxonlar, 
jamoat tashkilotlarining vakillari kiritiladi.
So‘nggi, yakunlovchi qismda javoblarga munosabat bildiri- 
ladi, g‘oliblarga kitob, plastinka, kutubxona nishonlari, reklama 
m ateriallari topshiriladi. Mavzu mazmuniga mos qanday 
adabiyotlar o ‘qish mumkinligi aytib o‘tiladi.
Tadbir boshqa barcha tadbirlar kabi rasmiylashtiriladi. Unda 
tadbir nomi, savollar va ularga berilgan javoblar, taqdirlanganlar, 
qancha kitobxon qatnashganligi, hakam tarkibi, ishning ta’siri, 
kitobxonlarning tadbir haqidagi fikr-mulohazalari ko'rsatiladi.
Viktorinaning yana bir turi teatrlashtirilgan viktorinalarda 
ommalashgan va kitobxonlar qiziqishiga mos asar tanlab olinadi. 
Undagi qahramonlar qiyofasida kitobxonlarning o‘zlari chiqa- 
dilar. Har bir kitobxon oldindan qahramon so‘zini yod oladi. 
Sahnada asar qahramonlari o ‘zlarini namoyish qilganlaridan 
so‘ng, kitobxonlardan javob yozilgan varaqalar yig‘ib olinadi. 
Varaqada kitobxonning ismi, familiyasi, har bir savolga javobi
147
www.ziyouz.com kutubxonasi


yoziladi. Yig‘ib olingan varaqalar hakamlar tom onidan o ‘rganib 
chiqiladi va natijalar aniqlanadi.
Bunday viktorinalarni o‘tkazish uchun quyidagi asar qah- 
ramonlarining chiqishlari tayyorlanishi mumkin. H ar bir qah- 
ramon qiyofasida kitobxon sahnaga chiqib qahramonning 
monologini yoki biron-bir fikrini o ‘qiydi, agar qahramonning 
xatti-harakatini ko‘rsata olsa, yana ham yaxshi. Qahramonning 
tashqi ko‘rinishini, xarakterini bera olishi uchun harakat qilishi 
kerak (Alisher Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi Far- 
hod, Shirin, Mohinbonu, Xusrav va boshqalar).
04kazilgan savol-javob o‘yinlari asosida fotogazetalar, al­
bomlar, devoriy gazetalar tashkil etish va video tasmasiga ko‘- 
chirib qo‘yish mumkin.
OAV sahifalarida, radioeshittirish va televideniya ko‘rsatuvlarida 
o‘tkazilgan tadbir haqida m a’lumot berilsa, kutubxona imiji 
ko‘tariladi, uning va ommaviy tadbirlaming reklamasi amalga oshadi.
«Siz bu qahramonlarni taniysizmi?» nomli viktorinalar 
mavzuli bo‘lib, badiiy asardagi ijobiy va salbiy qahramonlar 
qiyofasini aks ettiruvchi, tasvirlovchi parchalarni o ‘qish asosida 
olib boriladi. Bunday viktorinalar kitobxonlarning tanlangan 
asarni diqqat bilan o ‘qish, xotirada saqlab qolish, tasaw ur qila 
bilish, ularning ichki dunyosini his qilish, eng asosiysi, asarni 
tushunish ko‘nikmasini tarbiyalaydi.
Tanlangan parcha boshlovchi tomonidan o‘qib beriladi. Ki- 
tobxonlardan diqqat bilan eshitish talab etiladi. Tinglovchilar 
parchada berilgan ma’lumotga ko‘ra uning qaysi asar qahramoni 
ekanini aytib berishadi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Adabiy viktorinani tayyorlash va о ‘tkazish usuli

Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish