Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Uchrashuv kechalari.
Kutubxonalarda ishlab chiqarish ilg‘or- 
lari, mehnat qahramonlari, san’atkor, yozuvchi va shoirlar bilan 
uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Konferensiyalarda kitobxonlar so‘zlasa, kechalarda mutaxas- 
sislar fikri asosiy o‘rinni egallaydi. Uchrashuv kechasida uchrashuv 
qahramoni so‘zga cliiqadi va kitobxonlaming savollariga javob beradi. 
Uchrashuv kechalari ham kompleks tadbir. Uni tayyorlash va o‘t- 
kazishda bibliografik sharh, kitob ko‘rgazmalari, axborot ishlari, 
albomlar, yakka va guruhli suhbatlar, kitob taqdimoti olib boriladi.
Kechada muallif o ‘zi haqida, ijodi, uning xususiyatlari, ish 
rejalari haqida so‘zlab beradi. Agar muallifning biron-bir asari 
sahnalashtirilgan bo‘lsa, unda asosiy rollarni o‘ynovchi san’at- 
korlar, rejissorlar taklif etiladi.
Keyingi paytda bunday uchrashuvlar radio va televideniya 
orqali ham berilmoqda. Buning ahamiyati juda katta, u birinchi- 
dan, targ‘ibotning ommaviyligini ta’minlasa, ikkinchidan, kitob­
xonning faqat eshitish organlariga emas, balki ko‘rish organla- 
riga ham ta’sir qiladi. Kitobxonning estetik didini tarbiyalaydi.
Har qanday uchrashuv kechasi kitobxonlarda katta taassurot 
qoldirishi, muallif ijodiga qiziqish uyg‘otishi, muallifga kelgusi 
ijodida yordam berishi mumkin. Buning uchun kechani tayyor­
lash va o‘tkazishga alohida e’tibor beriladi. Kechani tayyorlash 
komissiya tuzish bilan boshlanadi. Komissiya uchrashuv qahra- 
monini aniqlaydi, u bilan muloqot o'rnatib, uchrashuv vaqtini
o‘tkazish joyini, kecha yo‘nalishini belgilaydi. Boshqaruvchi esa 
kechani olib borishga alohida tayyorgarlik ko‘radi. U qahramonni 
atroflicha o'rganishi, u haqda kitobxonlar tomonidan berilishi 
mumkin bo‘lgan savollarga adabiyotlar va qahramonni biladigan- 
lar yordamida ma’lumotlar to'plab qo'yishi zarur.
143
www.ziyouz.com kutubxonasi


Tayyorgarlik vaqtida taklifnomalar, xabarnomalar taxt qili- 
nib, zarur vaqtda kerakli joylarga tarqatiladi. Ulardan uchrashuv 
qahramoni, o‘tkazish vaqti, yo‘nalishi to‘g‘risida aniq m a’lumot 
beriladi. Kecha mavzusiga oid kitob ko‘rgazmasi uning ta ’sirini 
va samarasini oshiradi, kitobxonlarning kechaga puxta tayyorgar­
lik ko‘rishlariga yordam beradi. Unda muallif asarlari, u haqdagi 
asarlar, tanqidiy materiallar, fikrlar, rasmli hujjatlardan foyda- 
laniladi. Ko‘rgazma yonida muntazam sharh o ‘tkazib turiladi. 
Sharh 15—20 minutga mo‘ljallanadi. Kecha o ‘tkaziladigan joyni 
tayyorlash ham muhim ahamiyatga ega. Imkoni boricha, xona 
yoki zal turli ko‘rgazmali vositalar bilan jihozlanadi. Texnika 
vositalari, so‘zga chiquvchilar va boshqalar uchun joy yetarli 
holda tayyorlab qo‘yiladi.
Kecha kirish so‘zi bilan ochiladi. Boshqaruvchi kechaning 
mavzusi, yo‘nalishi haqida ma’lumot beradi, kitobxonlarga kecha 
qahramonini, boshqa ishtirokchilami ham tanishtirib o‘tadi. Ke- 
yin so‘zni muallifga beradi. Muallif yoki qahramon o‘zi haqida, 
ijodiy va mehnat faoliyati haqida, uning o‘ziga xos xususiyatlari 
haqida, rejalari, hayotiy tajribalari haqida so‘zlab beradi.
Kitobxonlarning savollariga javob beradi. Kechada qahra­
mon sharafiga konsert yoki badiiy qism berilishi mumkin. Bosh­
qaruvchi auditoriya bilan qahramon o ‘rtasidagi munosabatni 
ta’minlab turadi. Kechada bibliografik sharh berilishi mumkin. 
Uchrashuv kechasi rasmiylashtiriladi.
Savol-javob kechalari ijtimoiy-siyosiy mavzular, tabiatshu- 
noslik, ishlab chiqarish muammolariga, tarixiy mavzularga oid 
tashkil etiladi. «Yoshlar ko‘zi bilan: odam qanday paydo bo‘lgan?», 
«Noma’lum uchar jismlar: haqiqatmi-uydirma?», «Ekstrasens 
davolaydimi?», «СПИД — XX asr vabosi» kabi mavzulardagi 
savol-javob kechalari juda qiziqarli o‘tadi. Kechaning mavzusi tan- 
lab olingandan so‘ng, kechada savollariga javob berishi mumkin 
bo‘lgan mutaxassislar aniqlab olinadi. Ular bilan maslahatlashib, 
kechaning vaqti, o‘tkazilish joyi, ularning imkoniyatlari, savollar 
yo‘nalishi belgilab olinadi. So‘ngra kitobxonlarga xabar beriladi.
Mutaxassislar savollarga javob berish uchun tayyorgarlik 
ko‘rishadi. Javob nutq yoki ma’ruza ko‘rinishida bo‘lmay, sodda,
144
www.ziyouz.com kutubxonasi


qisqa, samimiy, do‘stona ohangda bo‘Iishi lozim. Kecha 2—2,5 soatga 
m o‘ljallanadi. Uning borishi kitobxonlar faolligiga bog‘liq. 
Kitobxonlar har bir javobga o‘z munosabatlarini bildirib o‘tish- 
lari kerak. Buning uchun awaldan kitobxonlar bilan yakka tar­
tibda ish olib boriladi, ularni savol berishga tayyorlaydi, adabiyot­
lar sharhi o ‘tkaziladi, kitob ko'rgazmalari tashJkil etiladi, mav- 
zuga oid adabiyotlar o‘qishga tavsiya qilinadi. Savol-javob kechasi 
o‘zaro fikr almashish ruhida o‘tsa, yanada yaxshi bo‘ladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish