kamaga qo‘yiladigan masalalar
haqida axborot berish, reklama
ishlarini yuritish, konferensiyani olib boruvchi boshqaruvchini
tayyorlash, muhokama uchun tanlangan kitob nusxasini boshqa
kutubxonalar yordamida ko'paytirish, so‘zga cliiquvchilarni aniq-
lash, ular
bilan yakka tartibda ishlash, kitob ko‘rgazmalari va
kutubxona plakatlarini, turli bukletlarni tayyorlash va o‘tkazish,
konferensiyaning o‘tkaziladigan joyini tayyorlash, bezash, jihozlash
kabilar.
Konferensiya haqidagi e’lon konferensiya o ‘tkaziladigan
vaqtdan bir, bir yarim oy oldin beriladi. Unda muhokamaga
qo‘yiladigan masalalar, tayyorgarlik ko‘rish uchun zarur adabiyot
lar ro‘yxati beriladi.
Konferensiyada mulohazalari bilan qatnashish istagi bor
kitobxonlar bilan ish olib borish juda mas’uliyatli jarayon, ular
bilan olib boriladigan yakka va guruhli suhbatlar, maslahatlar
kitobxonlami so‘zga chiqishga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega.
So‘zga chiquvchilarni
tanqidiy adabiyotlar bilan, asar haqidagi
boshqalarning fikr-mulohazalari bilan tanishtirish muhokamaning
ta’sirli chiqishiga yordam beradi. So‘zga chiquvchi kitobxon o‘z
fikrini aytishga, erkin, mustaqil so‘zlashga tayyor bolishi lozim.
Kitobxon bilan suhbat davomida kutubxonachi unga tartib
bilan, ravon va aniq fikr bildirishga o‘rgatishi kerak. Lekin kitob
xonga oldindan matn tuzib berish kerak emas. Bu konferensiya
ning quruq, jonsiz, ta’sirsiz bo‘lishiga olib keladi. Kutubxonachi
kitobxonning qaysi masala haqida fikr bildirmoqchi ekanligini
aniqlab olishi zarur. Ana shu yo‘nalishda kitobxon noto‘g‘ri fikr
yuritsa, uning noto‘g‘ri ekanligini tushuntirib, to‘g‘ri yo‘lga solishi
zarur.
Lekin kitobxon fikriga, mulohazasiga hurmat bilan qa-
rashni esdan chiqarmasligi ham kerak.
Konferensiya boshqaruvchining kirish so‘zi bilan ochiladi.
Unda muhokamaga qo‘yilgan asar haqida, muhokamaning maq
sadi, yo‘nalishi hal etilishi kerak bo‘lgan masalalar haqida, muallif
ijodi haqida gapiriladi. Keyin so'zga chiquvchilarga navbat be
riladi. Reja bo‘yicha 7—8 kitobxon so‘zga chiqadi.
Konferensiyaning borishi rasmiylashtirib boriladi — bu ba-
yonnomada konferensiyaning qachon, qayerda, qaysi asar yoki
139
www.ziyouz.com kutubxonasi
muammo yuzasidan o ‘tkazilganligi,
qancha kitobxon qatnash-
ganini, ularning fikr-m ulohazalarini aks ettirib berishi lozim.
Ba’zi hollarda konferensiyaning borishi magnit tasmasiga yoki
videotasmaga yozib olinadi. Bayonnoma, birinchidan, hujjat sifa
tida, ikkinchidan, hisobotlar davrida dalolatli hujjat sifatida mual-
lif qatnashmagan taqdirda unga kitobxonlar fikrini yetkazuvchi
manba sifatida muhim ahamiyatga ega.
Konferens;yaning ta’siri, samarasi kitobxonlar faolligining
oshishida, kitob berilishining o‘sishida ko‘rinadi.
Bir kitobga bag‘ishlangan konferensiyalar
eng yaxshi badiiy
asarlarni, ilmiy va ilmiy-ommabop, ishlab chiqarishga oid ada-
biyotlarni targ‘ib qilish maqsadida deyarli barcha tipdagi kutub
xonalar faoliyatida keng qoMlaniladi. Hayotiy muammolarni real
aks ettirgan, insonparvarlik, mehnatsevarlik, sevgi va muhabbatni
tarannum qiluvchi, vatanparvarlik va milliy e ’tiqodga asoslangan
asarlar tanlab olinadi. Keyingi paytda yuksak m a’naviy qadri-
yatlarimiz aks etgan asarlar, boy ma’naviy merosimiz namunalari
asosida konferensiyalar keng o ‘tkazilmoqda.
Asarni tanlashda
kitobxonlarni adabiyotning qaysi janri ko‘proq qiziqtirishini,
qaysi mavzudagi adabiyotlar ko‘proq o ‘qilishini hisobga olish za
rur. Konferensiyada muhokama qilinishi zarur bo‘lgan masalalar
aniqlab olinadi. Oldindan muhokamaga qo‘yilayotgan masala
lar haqida reklama ishlari, belgilangan savollar haqida axborot
ishlari olib boriladi. Bu konferensiyaning ravon va bir tartibda
o‘tishiga yordam beradi, kitobxonlarni ng faol qatnashishini ta’min-
laydi, kitobxonlarga ta’sirini oshiradi.
Ayrim
ilmiy kutubxonalarda ilmiy, ilmiy-ommabop, ishlab
chiqarishga oid asarlar ham tanlab olinadi. Ularda ko‘proq ilmiy
masalalar va ularning yechimi, ishlab chiqarishdagi, ilmiy taraq-
qiyotdagi o‘rni haqida muhokama yuritiladi.