• 7. Adabiy viktorinalar qanday tashkil etiladi 8. Adabiy oqish qanday otkaziladi 9. Kutubxona faoliyatida reklamaning o ‘rni nimada namoyon bo‘ladi
  • AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA BOLALAR VA 0 ‘SMIRLAR 0 ‘QISHIGA RAHBARLIK QILISH
  •  Adabiyotlarni targ‘ib qilishning qanday usullari bor?




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet73/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    1. Adabiyotlarni targ‘ib qilishning qanday usullari bor?
    2. Og‘zaki usullar qanday amalga oshiriladi?
    3. Kitobxonlar konferensiyasini o ‘tkazish rejasi xususida so‘zlang.
    4. Adabiy mavzudagi kechalar qanday o ‘tkaziladi?
    5. Kitobxonlar bilan savol-javob kechalari qanday o'tkaziladi?
    6. She’riyat kechalarida kimlar qatnashadi?
    7. Adabiy viktorinalar qanday tashkil etiladi?
    8. Adabiy o'qish qanday o'tkaziladi?
    9. Kutubxona faoliyatida reklamaning o ‘rni nimada namoyon bo‘ladi?
    uchun savollar
    152
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    6-bob.
     AXBOROT-RESURS MARKAZLARIDA
    BOLALAR VA 0 ‘SMIRLAR 0 ‘QISHIGA
    RAHBARLIK QILISH
    2006-yil 20-iyunda Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan 
    «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni 
    tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarorning 2-bandida axborot-resurs 
    markazlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida ta ’lim muassa- 
    salari o ‘quvchilari hamda aholining zamonaviy axborot texno- 
    logiyalaridan foydalangan holda muntazam ta’lim olishi va mus­
    taqil ravishda ta ’lim olishiga ko‘maklashish belgilab berildi. 
    Endilikda axborot-resurs markazi zimmasida har bir kitobxon­
    ning, ayniqsa, o‘quvchilarning mustaqil bilim olishini to‘g‘ri va 
    maqsadli tashkil etish, muntazam o‘qishini tashkil etish, unga 
    rahbarlik qilish, boshqarishdek mas’uliyatli vazifa turibdi. Bu esa 
    kutubxona yoki ARM xodimidan katta kasbiy bilimni, pedagogik 
    mahoratni, psixologik qobiliyatni talab etadi.
    Maktab, litsey va kollej kutubxonalari da bolalar mutolaasi 
    alohida ahamiyatga ega. Bolalikda o‘qilgan kitob bir umrga esda 
    saqlanib qoladi. Lekin har qanday kitob ham bolaga ijobiy ta’sir 
    etib, foydali bo'lib qolavermaydi. Adabiyotni to‘g‘ri tanlay bilish 
    ham san’at, shuning uchun ARMda bolalar o‘qishiga rahbarlik 
    qilish birinchi galdagi vazifa. 0 ‘qishga rahbarlik qilish kitobga 
    mehr-muhabbatni shakllantirish, o‘qishga nisbatan qiziqish va 
    ehtiyojni shakllantirish, bolalarni mulohaza bilan o'qish jara- 
    yonini olib borishga, o ‘qiganlaridan amalda foydalanishga o ‘r- 
    gatishga harakat qilish lozim. Har qanday tavsiya etilgan adabiyot 
    o‘quvchida yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishi, estetik va 
    go‘zal sifatlarni tarbiyalashi, aqliy ong, bilim doirasini kengay- 
    tirishi, amaliy ijtimoiy faoliyatiga ta’sir ko'rsatishi kerak. Ayniqsa, 
    barkamol avlod tarbiyasida kitobning o‘rni katta.
    153
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    M untazam o ‘qishga rahbarlik qilish doimo dolzarb vazifa 
    bo‘lib kelgan. Chunki, kitobxon o ‘qishini to ‘g‘ri tashkil etish, 
    boshqarish va rahbarlik qilish mas’uliyatli va o‘ta nozik ish. O'qishga 
    rahbarlik qilish bilan biz ongli, dunyoqarashi keng, har narsaga 
    aqli yetadigan, jamoatchilikni hurmat qiladigan, m ehnat fao- 
    liyatini to‘g‘ri tashkil eta oladigan, ma’naviyati yuksak, madaniyatli 
    va bir so‘z bilan aytganda, barkamol avlodni tarbiyalaymiz.
    Mustaqil bilim oluvchilar uchun va o ‘qishga rahbarlik qilish 
    jarayonining samarali hamda sifatli bo‘lishi uchun o‘qish rejasi 
    tuzib olinadi. 0 ‘qish rejasi 3, 6 oyga tuzilib, kitobxonni bir ti- 
    zimda muntazam o‘qishga o‘rgatadi. 0 ‘qish rejasi muntazam 
    o‘qishga jalb etishning eng muhim vositasi bo‘lib, bu muayyan 
    mavzuga oid alohida tavsiya etiladigan, bir izchillikda tuzilgan 
    kitoblar ro ‘yxatidir. U lar umumiy m uam m oni yorituvchi 
    asarlardan alohida masalalarga oid asarlarga yoki oddiy, sodda 
    mazmundagi adabiyotdan birmuncha murakkab mazmundagi 
    adabiyotlarga o‘tish tamoyili asosida joylashtiriladi.
    2009-yilning 6-dekabrida bo‘lib o ‘tgan Konstitutsiya qabul 
    qilinganining 17 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda 
    « 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi — biz uchun demokratik taraqqiyot 
    yoii va fuqarolik jamiyatini barpo etishda mustahkam poy- 
    devordir» nomli m a’ruzasida 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezi- 
    denti I.A. Karimov 2010-yilni «Barkamol avlod yili» deb e ’lon 
    qildi va buning sabablari haqida to ‘xtalib o ‘tdi. Jumladan, 
    yurtboshimiz barcha oliyjanob ishlarimizning, harakatlarimizning 
    negizida farzandlarimizni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan 
    sog‘lom qilib o‘stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini 
    ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni 
    tarbiyalash orzusi turibdi. Aynan mana shunday har tomonlama 
    yetuk avlodgina bugun hayot oldimizga qo‘yayotgan o ‘ta 
    murakkab, og‘ir sinov va qiyinchiliklarni yengish, biz ko‘zlagan 
    yuksak marralarni egallashning eng asosiy shartidir.
    Biz yurtimizning ertangi rivoji yo‘lida qanday chuqur o ‘y- 
    langan dasturlarni tuzmaylik, bu rejalarni bajarish uchun qan­
    day moddiy baza va imkoniyatlami yaratmaylik, buning uchun 
    qancha ko‘p sarmoya safarbar etmaylik, ularning barchasini
    154
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    amalga oshiradigan, ro‘yobga chiqaradigan qudratli bir omil 
    borki, u ham bo‘lsa, yuqori malakali ishchi kuchi va yurti- 
    mizning ertangi kuni, taraqqiyoti uchun mas’uliyatni o ‘z zim- 
    masiga olishga qodir bo‘lgan yetuk mutaxassis yoshlarimizdir. 
    Shuning uchun ham bu o ‘ta muhim masalani doimo davlatimiz, 
    jamiyatimizning asosiy vazifasi sifatida ko‘rish darkor deb 
    ko'rsatgan holda bu vazifalarni amalga oshirishda muhim bo‘l- 
    gan yo‘nalishlarni belgilab berdi va bu 2009-yil 9-dekabrda 
    qabul qilingan Prezidentning «Barkamol avlod yili» Davlat das- 
    turini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy chora- 
    tadbirlar to ‘g‘risida»gi Farmoyishida to‘la-to‘kis o‘z aksini topdi.
    Bu vazifalarni bajarishda barcha ta’lim-tarbiya muassasalari, 
    ijtimoiy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi 
    tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari, barcha tizimlardagi o‘quv 
    muassasalari, mahallalar, xotin-qizlar qo‘mitalari, oila markazlari, 
    milliy madaniyat markazlari, Ichki ishlar vazirligining tegishli 
    boMimlari o‘z vakolatlari doirasida ish olib borishadi. Asrlar da­
    vomida bosma manbalar inson tarbiyasi uchun xizmat qilib kel- 
    gan. Axborot-kutubxona xodimi — tarbiyachi, pedagog, psixolog, 
    mohir axborot resurslarining xazinaboni, o ‘qish va axborot 
    madaniyatini tarbiyalovchi mutaxassis, turli toifadagi kishilarni 
    muloqotga chorlovchi, ular o‘rtasida munosabat o‘rnatuvchi 
    tashkilotchi, tadbirkor va ham zarur paytda san’atkor hamdir.
    Barcha axborot-kutubxona markazlari Rossiyaning «IRBIS» 
    dasturi asosida elektron kataloglarni tuzish ishini tashkil etgan. 
    Mutaxassislar tomonidan milliy xususiyatlarimizni hisobga ola- 
    digan milliy bibliografik formatlar yaratish ustida ish olib borildi.
    2010-yildan boshlab mamlakatimizda birinchi korporativ 
    elektron kutubxona ishga tushdi. TATUda yaratilgan bu tarmoq- 
    ning maqsadi m a’lumotlarni elektron tarzda uzatish va hujjatlar 
    almashinuvini tashkil etish, universitet tarkibiy tuzilmalari orasida 
    videokonferensiyalar tashkil etishni yo‘lga qo'yish, universitet va 
    filiallar o‘rtasida hamkorlikda ma’lumotlardan foydalanish va 
    almashish uchun yagona Internet-portalni tashkil etish, kelgusida 
    qog‘ozsiz elektron hujjat almashinuvini yo‘lga qo'yish, TATU 
    professor-o‘qituvchilari bilan talabalari o‘rtasida innovatsion
    155
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    g‘oyalar va amaliy ishlar almashinuvining tarmog‘ini tashkil etish, 
    Janubiy Koreya, Gollandiya, Rossiya va boshqa xorijiy mamlakat- 
    larning yirik ilmiy muassasalari va nufuzli universitetlarining 
    seminarian, ilmiy anjumanlari va ularning elektron resurslariga 
    yo‘l ochishdan iborat. U talabalarga zamonaviy axborot uzatish va 
    ular asosida xizmat ko'rsatishning amaliy ko‘nikmalarini egallash, 
    tarkibiy tuzilmalar va filiallar orasida yagona elektron pochta alo- 
    qasini o‘matish, talabalarning malakali mutaxassis bo‘lish, chuqur 
    bilim olish, kelgusida yuqori ilmiy darajaga erishish imkonini yaratadi.
    Xorazm, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo, Andijon, Far- 
    g‘ona viloyatlaridagi AKMda nodir va kam nusxadagi adabiyot- 
    laming elektron bazalari yaratilib, barcha AKM va ARMlar o‘zlari- 
    ning xususiy veb-saytlariga ega. Internet orqali aholiga axborot 
    xizmati ko‘rsatishga mo‘ljalIangan maxsus axborot texnologiyalari 
    bo‘limlari tashkil etilgan. Ularda turli dolzarb mavzularda elektron 
    darsliklar, veb-slaydlar, ma’lumotlar bazalari, matnli elektron 
    axborot resurslari yaratildi. Ayniqsa, hududiy xususiyatlardan 
    kelib chiqqan holda tarixiy, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizni 
    targ‘ib qiluvchi elektron resurslar ko‘plab tashkil etilgan. Tosh­
    kent viloyatining AKMda 2001-yildan beri «Turon durdonalari» 
    veb-sahifasi, « 0 ‘zbek milliy adabiyoti» biobibliografiyalar 
    to ‘plami, A. Navoiy nomli 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasining 
    «Ilmiy va marketing tadqiqotlar» bo‘limi «IRBIS» dasturi asosida 
    bir qator to‘liq matnli ma’lumotlar bazasini yaratishga kirishdilar.
    2002-yili mamlakatimizda nishonlangan Toshkent shahrining 
    2200 yilligi munosabati bilan «Toshkent—2200» bibliografik 
    ko‘rsatkich o‘zbek va rus tillarida nashr qilindi. Bo‘lim tomonidan 
    yaratilgan elektron shaklda 8000 dan ortiq elektron 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



     Adabiyotlarni targ‘ib qilishning qanday usullari bor?

    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish