faoliyati ham olib borildi.
Ommaviy tadbirlarda, ayniqsa, ko‘r-
gazma targ‘ibotida kutubxona binosining ichki va tashqi beza-
tilishi, plakatlar, turli yozuvlar, devoriy gazetalar, bo‘yoq va
rasmlar,
suratlar, hatto, har bir so‘z reklama vazifasini bajaradi.
Reklama faoliyatida kutubxonalar tomonidan turli bukletlar,
varaqalar, risolalarning nashr etilishi, kutubxonaning yillik hi-
sobotlari va ish rejalarining nashr etilib tarqatilishi, turli mav-
zularda tayyorlangan
axborot bulletenlari, pochta tarqatmalari,
imkon qadar tayyorlangan turli xatcho‘pIar, mayka yoki bosh
kiyimlarining, kutubxona emblemasi tushirilgan holda tayyor-
lanib tarqatilishi juda katta samara beradi. Kutubxonada o‘t-
kaziladigan har qanday ommaviy va reklama ishlarining ta’sir-
chanligini o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Har qanday ishda
qandaydir ta’sirchanlik mavjud bo‘ladi, u iste’molchiga u yoki
bu darajada ta’sir qiladi, uning axborotni
qabul qilish va qayta
ishlashini ta’minlaydi.
Ularning ta ’sirchanligini oshirishda quyidagi holatlar e’ti-
borga olinadi. Ommaviy ishlarning ta’sir doirasini oshirish, bu-
ning uchun ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish,
ular sahifalarida press-relizni uyushtirish, Pablik Rileyshinz
faoliyatidan foydalanish muhim o ‘rin tutadi. Axborotni turli
sahna asarlari —
lavhalar, ko‘rinishlar, jonli xatti-harakatlar
(adabiy viktorinalar, og‘zaki jurnallar, konferensiyalar, uchra-
shuvlar, adabiy kechalarda), davra
suhbatlari yordamida berish
bilan ularning ta’sirchanligini oshirish ta’minlanadi. Tadbirlar
asosida emotsionallik ham yotadi. Bu ham tashkilotchiga, ham
kitobxonga bog‘liq holat bo‘lib, tadbir davomida turli his-tuy-
g'ular, kishiga emotsional darajada ta’sir ko‘rsatadigan so‘z va
xatti-harakatlar ishlatiladi, bu albatta,
kitobxonning ruhiy ho-
latiga ta ’sir ko‘rsatadi, kitobxonda estetik didni, nozik his-
tuyg‘ularni shakllantiradi, yomonga nafrat,
yaxshiga hurmat,
ezgulik xislatlarini tarbiyalaydi.
Ommaviy tadbirlarning yana bir muhim jihati — munoza-
ralilikdan iborat. Tadbirlar davomida kitobxonda fikrlash, fikrni
ko‘pchilikka bildira olish, unga boshqalami ishontirish, muhokama
151
www.ziyouz.com kutubxonasi
va bahslarda tortisha olish ko‘nikmasi tarbiyalanadi. Bu xusu-
siyat, ayniqsa, bolalikdan tarbiyalanib borilsa, m a’nan yetuk in-
sonlar yoshlarimiz orasida ko‘proq uchraydi.
Xullas, kitobxonlar va iste’molchilar bilan ishlash jarayoni-
ning asosiy qismi hisoblanmish ommaviy
tadbirlar va reklama
ishlari kutubxona faoliyatining asosiy maqsad va vazifalariga
xizmat qiladi. Adabiyotlar targ‘ibotining yuqorida qayd etilgan
shakl va usullari kutubxona faoliyatining asosiy maqsad va va-
zifalarini amalga oshirishda muhim omil bo‘ladi.