Kutubxonachi tadbirni qisqacha kirish so‘zi bilan ochadi.
Unda tadbirning maqsadi, kimga bag‘ishlanganligi, tadbir
qahramonining
hayoti va mehnat faoliyati, kitobxonlik tarji-
mayi holi haqida so‘zlab beradi. U bunda asosiy e’tibomi hayoti va
mehnat faoliyatida, ma’naviy turmush tarzida kitob va o‘qish-
ning, kutubxonaning o ‘rni haqida gapiradi. Qaysi adabiyotlar
ta ’sirida qanday ma’naviy fazilatlarni o‘zida mujassamlashtirga-
nini misollar bilan so‘zlab beradi.
Ko‘pchilik uchun zarur, qiziqarli va eng foydali deb hisob
langan adabiyotlar haqida fikr-mulohazalarini bayon qiladi,
ularni o ‘qish uchun tavsiya qiladi. Benefis davomida ko‘rgazma-
dan foydalanish muloqotning yanada jonli o‘tishiga ta’sir ko‘r-
satadi. Kitobxon suhbat davomida kitob tanlash, o‘qish jarayoni,
matnni tushunish va uni eslab qolishga xos bo‘lgan xususiyatlar
haqida fikrlashadi. 0 ‘zi to ‘plagan qiziqarli nashrlar, gazeta va
jurnal materiallaridan parchalar o‘qib beradi. Tadbirning savol-
javob qismi yana ham qiziqarli o ‘tadi.
Bu qismda kitobxonlar
o ‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan benefischiga murojaat qili-
shadi.
Benefis yakunida kutubxonachi bildirgan fikr-mulohazalarni
umumlashtiradi. Benefis qahramoniga va qatnashgan kitobxon
larga minnatdorchilik bildiradi.
Ushbu tadbirning ahamiyati shundaki, kitobxonda yangi
qiziqish paydo bo'ladi, adabiyotlar o‘qilishi ortadi, kitobxonda
o‘qish madaniyati, matbuot chiqishlariga ijobiy munosabat, tanqidiy
fikr yuritish qobiliyati shakllanadi.
Umuman, kutubxonalarda o'tkaziladigan ommaviy ishlar ziyo
maskani faoliyatining muhim bir bo‘lagini tashkil etib, bu yerda
olib borilayotgan ishlarning ko‘lamini belgilaydi. Ommaviy tad-
birlarning birinchi galdagi vazifasi eng
muhim yangiliklar, yangi
bilim haqida o‘z vaqtida axborot berishdan iborat. Jamiyatning
ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy, ma’naviy hayotdagi barcha
voqeliklar, hodisalar, masalalar, muammolar haqidagi yangiliklar
negizida axborot yotadi. Ana shu axborotni har bir kishi ongiga o‘z
vaqtida yetkazish barcha ommaviy axborot vositalari qatori kutub
xonalarning ham vazifasi. Axborotni iste’molchiga yetkazish,
149
www.ziyouz.com kutubxonasi
ommani m a’lum bir xabar bilan ta ’minlash ularning talab va
ehtiyojlarini
qondirishgina emas, balki jam iyat manfaatlarini
ifodalashga, uni targ‘ib qilishga, kishilarning unda faol ishtirok
etishini ta’minlashga qaratiladi.
Axborotni to‘plash, qayta ishlash, umumlashtirish, iste’mol-
chiga yetkazish, qabul qilish, o‘zlashtirish, saqlash kabi jarayonlar
axborot vositasida boshqarish bilan bog‘liq. M atbuotda berilgan
axborot
ommani boshqarishga, uni aniq maqsad sari yo‘nalti-
rishga yordam beradi. Bosma nashrlar orqali jamiyat manfaati,
uning g‘oyasi va mafkurasi, maqsadi ifodalanadi va himoya qi-
linadi. Demak, matbuot asarlarini targ‘ib qilish ham ommaviy
ishlarning asosiy xususiyatlaridan biri. Jam iyat mafkurasini
omma ongiga yetkazish,
singdirish, uni tushuntirish, ularning
faoliyatini jamiyat manfaatlari maqsadlari sari yo‘naltirishda
kutubxonalar muhim o‘rin tutadi.
Matbuotda berilayotgan har qanday materialning mazmunida
targ‘ibot yotadi. Kutubxonalar ularni faqatgina targ‘ib etibgina
qolmaydi, balki jamiyatning bosh m anbaalari, maqsad va
vazifalari, shiorlariga turli shakl va usullar orqali xalqni ishonti-
rishga xizmat qiladi. Bu kutubxonalar olib borayotgan targ‘ibot
ishlari bo‘lib, ommaviy ishlar negizida ham ko‘zga tashlanadi.
Adabiyotlar targ‘iboti ishlari kishilarni o ‘z -o ‘zini anglash,
ularning madaniy, estetik
dunyoqarashini shakllantirish, ha-
yotda aniq yo‘lini va o ‘rnini belgilab olishga yordam beradi.
Shuning uchun bu tadbirlar tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Kitobxonlaming axloq-odob, birdamlik, hamkorlik, o'zaro
hurmat, mulohaza yuritish, fikrlash, xotirada saqlab qolish ko‘-
nikmalarini tarbiyalaydi. Ularda tashabbuskorlik
va ijodkorlik
xislatlarini kuchaytiradi.
Kutubxonalar jamiyat manfaatlari, mafkurasi va g‘oyasidan
kelib chiqib faoliyat ko‘rsatar ekan, tashkilotchilik ishlarini olib
borishda tegishli muassasalarga yoki tashkilotlarga yordam be-
radi. Bu esa kutubxonalar ishining tashkilotchilik xususiyatini
anglatadi. Keyingi paytda reklama hayotimizga kirib keldi