sog‘lom qilib o ‘stirish, ularning baxt-u saodati, farovon kelajagini
ko‘rish, dunyoda hech kimdan kam bo‘lmaydigan avlodni
tarbiyalash orzusi turibdi» deb ko‘rsatdi.
Bu vazifalar axborot-kutubxona, axborot-resurs markazlari
va boshqa tizimiardagi kutubxonalarning xodimlaridan o‘z sohasining
bilimdoni, yuksak malaka va mahoratga ega bo‘lish, mamlakatning
ijtimoiy-siyosiy vazifalarini tushunadigan, madaniy-ma’rifiy
muammolarni tez ilg‘ab oladigan, ilm-fan rivojiga ta’sir eta ola-
digan xususiyatlarga ega bo‘lish talab etiladi.
Kutubxona xodimi
faqat o‘z sohasini emas, balki barcha sohalar bo‘yicha bilimga ega
bo'lishi, informatika, pedagogika, psixologiya, huquqshunoslik,
madaniyatshunoslik va falsafiy bilimlardan ham xabardor bo‘lishi
zarur. Chunki, yangi zamon mutaxassisidan badiiy, ilmiy, ilmiy-
ommabop, ishlab chiqarishga oid adabiyotlarni tushunish, o‘qish
madaniyatini tarbiyalash, madaniy-ma’naviy tadbirlarni
tashkil
eta bilish, tadbirkorlik, tashabbuskorlik, yangilikka intiluvchan,
hamma narsadan xabardorlik, axborot resurslarini qidirish, to ‘p-
lash, saqlash va uzatish, qabul qilish yo‘llarini mukammal bilish,
elektron resurslarni tashkil eta olish va undan foydalana bilish,
har bir kitobxonda axborot madaniyatini va savodxonligini shakl-
lantira oladigan, ijtimoiy aloqalar texnologiyasi sohasida ham yetuk
bilimga ega bo‘lish kabi xususiyatlar talab etilmoqda.
Yuqorida sanab o‘tilgan barkamol shaxs tarbiyasida turli
bilim
sohasiga oid adabiyotlaming o‘mi va ta’siri katta. Shaxs komil inson
sifatida siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, axloqiy, estetik bilimga va
malakaga ega bo‘lishi zarur. Mamlakatimizning ichki va tashqi
siyosatini bilib, tushunib, anglab borish uning mamlakat ijtimoiy-
siyosiy hayotida faol ishtirok etishiga, oddiy fuqaro,
kasb egasi
sifatida mamlakatimiz siyosatiga, turli siyosiy masalalarning qo'yi-
lishi va hal etilishiga to‘g‘ri va ongli munosabatda bo‘lishiga, zarur
holatlarda to‘g‘ri talqin etilishiga olib keladi. Barcha sohada iqti
sodiy bilimlar kerak. Har bir kasb egasi o‘z mehnat faoliyatida,
maishiy turmush tarzida iqtisodiy masalalarga duch keladi.
Demak, ana shu masalalami hal etishda barcha iqtisodiy, tabiiy-
llmiy bilimlar talab etiladi. Kishilarimizning diniy masalalarga oid
169
www.ziyouz.com kutubxonasi
tushunchalarini, munosabatini to ‘g‘ri tarbiyalashda diniy ada-
biyotlarning o‘rni katta. Ular haqida turli tadbirlar tashkil etish
bilan kishilar ongida diniy-ekstremistik harakatlarga noto‘g‘ri va
bizning siyosatimizga qarshi qo‘llaniladigan teskari diniy mu-
nosabatlarga nisbatan ongli munosabatni shakllantiramiz,
dinlar
tarixini, turli dinlarning mohiyatini aks ettiruvchi adabiyotlar esa
kishilarimizni to ‘g‘ri yo‘ldan borishlariga, im on-e’tiqodli bo‘li-
shiga, har xil ta’sirlarga tushib qolmaslikka olib keladi.
Tabiiy-ilmiy adabiyotlar kishilarimizning ilmiy dunyoqa-
rashini shakllantirishga, ularning har qanday masalaga ilmiy
nuqtayi nazardan qarashlariga ta ’sir ko‘rsatadi. Ekologik bilimlar
esa kitobxonlarimizni m am lakatim izning
obod va farovon
bo‘lishida, shu sohadagi ekologik tarbiyada faol bo‘lishiga olib
keladi. Kasbi va mutaxassisligiga ko‘ra, kirn bo‘lishidan qat’i na-
zar, badiiy adabiyot hamma uchun kerak. Insonning barcha yaxshi
insoniy fazilatlari — bag‘rikenglik, samimiylik, yaxshilik va ezgulik
ulashib yashash, mehnatsevarlik, insonparvarlik, qahramonlik,
sahovatli bo‘lish, vatanparvarlik, mehr-muhabbatli bo‘lishida ba
diiy adabiyotning o‘rnini boshqa adabiyotlar bosa olmaydi.
Badiiy asar insonning badiiy didini shakllantiradi,
kishilar
qalbidagi yovuzlik, qahri qattiqlik, qo£pollik, kibr-havo kabi
illatlami yo‘qotishga yordam beradi. Bolalik davridanoq kitobxon
larni badiiy adabiyotga oshno qilish, kitobga mehr uyg‘otish,
ayniqsa, she’riyatga qiziqtirib borish va uning ta ’sirini oshirish,
buning uchun Alisher Navoiy, Ogahiy, Lutfiy, Nodira asarlarini,
mashhur jahon adabiyoti namunalarini, turli qardosh adabiyotlar
namunalarini, milliy adabiyotimiz namunalarini targ'ib qilish talab
etiladi. Aynan olingan bilim sohasidagi kasb egalariga malakali,
tajribali bo‘lib yetishishlariga, o‘z kasbi,
mutaxassisligi doirasida
chuqur nazariy va amaliy bilimga ega bo‘lishlariga yordam berish
bilan ilm-fanni rivojlantirishga, ilmiy tadqiqot ishlarini rivojlan-
tirishga ta’sir etish asosiy maqsad bo‘lishi kerak.
Turli bilim sohalariga oid adabiyotlarni targ‘ib qilish bilan
kishilarimizning keng qamrovli, har tomonlama bilimga ega
bo‘lishlarida, komillikka erishishlarida yordam berish