• « T a fa k k u r »
  • Kutubxonashunoslik




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet82/183
    Sana16.05.2024
    Hajmi11,3 Mb.
    #237439
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183
    Bog'liq
    Kutubxonashunoslik

    y a n g ilik la r ,
    turli ilg or ish tajribalari haqida ma’lumot beradi.
    Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi jurnallar ilmiy, ilmiy-ommabop 
    deb guruhlashtiriladi. Ilmiy jurnallar, asosan, ilmiy muassasalar 
    tomonidan nashr etilib, ilmiy xodimlarga m o‘ljallanadi. Ilmiy' 
    ommabop jurnallar keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallab nashr 
    etiladi. «О zbekiston tarixi», «Fan va turmush», 
    « T a fa k k u r » ,
    «О zbekiston ijtimoiy fanlari», «Falsafa», « 0 ‘zbekiston geologiyasb* 
    jurnallari ilmiy, «Yoshlik», «Yosh kuch» kabi jurnallar ilmiy' 
    ommabop va yoshlarga mo‘ljallangan. Mazmuniga ko‘ra, universal 
    va maxsus jurnallar deb ajratiladi. Bular orasida davlat va jamoat
    174
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    nashrlari 
    davlat tashkilotlari tomonidan nashr etiladigan 
    jurnallar ko‘p uchraydi.
    Ijtimoiy-siyosiy mazmundagi adabiyotlarga turli xil kitobxonlar 
    yoshidan, kasbi va mutaxassisligidan, jinsidan, millatidan, o ‘z 
    oldiga qo‘ygan maqsadidan kelib chiqib murojaat qilishadi. Asosan, 
    siyosiy, umumiy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida, ishlab 
    chiqarish faoliyatini to ‘g‘ri tashkil etish, malakasini oshirish, 
    ilg‘or tajribalami o‘rganish maqsadida, ta’lim olayotgan bilim yurti 
    talablaridan kelib chiqib, turli fanlar yuzasidan bilimini oshirish 
    maqsadida, jamoat ishlarini olib borish, tashkil etish yo‘nalishida 
    bilim olishni istagan kitobxonlar uchraydi. Ular ilmiy xodimlar, 
    o'qituvchi-professorlar, maktab, kollej va litsey, oliy o‘quv yurti 
    o‘quvchilari va talabalari, turli soha mutaxassislari, tashkilotlaming 
    rahbarlari, xodimlari, uy bekalari, ishlab chiqarish korxonalarining 
    xodimlari, nafaqaxo‘rlar. Ularning maqsadi ham rang-barang.
    Axborot-kutubxona muassasalarining asosiy vazifasi kitob­
    xonlarning o ‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda ular 
    orasida ijtimoiy-siyosiy adabiyotlarni targ‘ib qilish, tavsiya etish 
    bilan ularning siyosiy, ilmiy bilim darajasini, iqtisodiy savodini 
    oshirish, vatanparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalash, 
    malakali, tajribali mutaxassis bo‘lishiga yordam berish, ongli, 
    siyosiy yetuk rahbar bo'lishiga turtki bo‘lish. Buning uchun 
    barcha ommaviy ish shakllaridan foydalanish zarur.
    0 ‘zbekiston demokratik, huquqiy davlat barpo etish yo‘Hdan 
    bormoqda va o'z oldiga ozod va obod, erkin fuqarolik jamiyati 
    qurish vazifasini qo‘ygan. Butun islohotlar jarayoni va jamiyati- 
    mizni yangilashning asosini demokratik o ‘zgarishlarni chu- 
    qurlashtirish tashkil etadi. Respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov 
    tomonidan mamlakatimiz rivojlanishining ustuvor yo‘nalishiari 
    orasida jamiyat qurilishining barcha sohalarini erkinlashtirish 
    vazifasi birinchi o‘ringa qo‘yilib, siyosiy tuzilish konsepsiyasining 
    mohiyati «Kuchli davlatdan qudratli fuqarolik jamiyati sari» ta’rifi 
    bilan ifodalab berilgan.
    Bundagi birinchi ustuvor yo‘nalish — mamlakat siyosiy, iqti­
    sodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish; 
    lkkinchi ustuvor yo‘nalish — jamiyat ma’naviyatini yanada yuksal-
    175
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    tirishdan; uchinchi ustuvor yo‘nalish — kadrlar masalasi; to‘r- 
    tinchi ustuvor yo‘nalish — xalq turmush darajasining izchil va 
    barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish; 
    beshinchi ustuvor yo‘nalish — iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlami 
    ta’minlash; oltinchi ustuvor yo‘nalish — jamiyatdagi barqarorlik, 
    tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarhadlarimiz dahl- 
    sizligi, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta ’minlashdan iborat 
    deb belgilab berildi.
    Siyosiy sohani erkinlashtirish, awalambor, aholining siyosiy 
    faolligini kuchaytirish, jamiyatda manfaatlar va qarama-qarshi 
    kuchlar o‘rtasida muvozanatni ta’minlaydigan kuchli mexanizm- 
    lami shakllantirish lozimligi alohidata’kidlandi. Saylovlami Konsti- 
    tutsiyamiz va qonunchiligimiz talablariga qat’iy tayangan holda 
    umume’tirof etilgan xalqaro amaliyot me’yorlari doirasida o'tkazish 
    muhim ahamiyatga ega ekanligini har bir saylovchiga tushuntirish 
    ularning saylovlarda ongli ravishda ishtirok etishlarini ta’minlaydi.
    Davlat qurilishi va fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayon- 
    larini erkinlashtirish masalasini ochib beruvchi, tushuntiruvchi, 
    yo‘llarini ko‘rsatuvchi va unda faol ishtirok etishga chorlovchi 
    ijtimoiy-siyosiy adabiyotlar ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakat 
    taraqqiyoti, awalo, iqtisodiyotgabog‘liq. Shuning uchun iqtiso- 
    diyotni rivojlantirish masalasi, shu soha uchun malakali kadrlar 
    tayyorlash, ularning faoliyatida jahon iqtisodiyotidagi katta taj- 
    ribalami qo‘llash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.
    Jamiyat taraqqiyotining barcha sohalarida iqtisodiy bilimlar 
    juda kerak. Iqtisodiy sohani erkinlashtirish masalasi ham awalgi 
    о rinlarga chiqdi, uning maqsadi — birinchi navbatda, davlatning 
    boshqaruv rolini chuqurlashtirish, xo‘jalik yurituvchi subyekt- 
    larning iqtisodiy erkinliklarini hamda iqtisodiyotning barcha 
    sohalarida xususiy mulk miqyoslarim kengaytirish, mulkdorlarning 
    mavqeyi va huquqlarini mustahkamlash demakdir. Prezidentimiz 
    asarlarida bu masala alohida tushuntirib berilib, ijtimoiy yo‘nal- 
    tirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishga qaratilgan islohotlarni 
    amalga oshirish uchun besh tamoyil asos qilib ko‘rsatildi:
    • iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi;
    • davlatning bosh islohotchi ekanligi; ’
    176
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    • hamma narsada qonun ustuvorligi;
    • kuchli ijtimoiy siyosat;
    • islohotlarning bosqichma-bosqich o‘tkazilishi.
    Bunday iqtisodiy islohotlardan ko‘zlangan maqsadlar:
    • iqtisodiy tanglikni bartaraf etish;
    • m a’muriy buyruqbozlik, markazlashtirilgan rejali tizimdan 
    meros bo‘lib qolgan tarmoq va hududiy mutanosiblikka barham 
    berish;
    • ochiq ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish;
    • iqtisodiy munosabatlarni, birinchi navbatda, mulkka muno- 
    sabatlarni o‘zgartirish, haqiqiy mulkdorlik qatlamini shakllan­
    tirish.
    Yana bir e’tibor beriladigan masala — jamiyat ma’naviyatini 
    yanada yuksaltirish. «Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch» asa- 
    rida I.A. Karimov «Ma’naviyat haqida gap ketar ekan, men av- 
    valo, insonni ruhiy poklanish va yuksalishga da’vat etadigan, in­
    son ichki olamini boyitadigan, uning imon-irodasi, e’tiqodini 
    mustahkamlaydigan, vijdonini uyg‘otadigan qudratli botiniy 
    kuchni tasawur qilaman» deb uqtiradi. Jamiyat rivoji uni tashkil 
    etgan insonlaming ma’naviyatiga bog‘liq. Ma’naviy barkamollik 
    har qanday narsadan ustun. Shuning uchun ham ma’naviy qurol 
    bo‘lgan axborot-kutubxona resurslari — kitoblar, vaqtli matbuot 
    asarlari, elektron shakldagi resurslarni bilish, tushunish, undan 
    unumli va samarali foydalanish muhimdir.
    Yana bir muhim masala — kadrlar masalasi ham diqqat 
    markazida turibdi. «Biz oldimizga qanday vazifa qo‘ymaylik, qanday 
    rnuammoni yechish zarurati tug‘ilmasin, gap oxir-oqibat, baribir 
    kadrlarga va yana kadrlarga borib taqalaveradi. Mubolag asiz aytish 
    mumkinki, bizning kelajagimiz, mamlakatimizning kelajagi 
    o‘rnimizga kim kelishiga yoki boshqacharoq aytganda, qanday 
    kadrlar tayyorlashimizga bog‘liq» deb uqtiradi Prezidentimiz.
    Beshinchi ustuvor yo‘nalish deb belgilangan iqtisodiyotda 
    tarkibiy o'zgarishlarni ta’minlash masalasida korxonalarni yan- 
    gilash va texnik qayta jihozlashga, mamlakatning boy tabiiy va 
    mineral-xomashyo salohiyatidan to‘la va samarali foydalanishga, 
    eksportga moslashgan va import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar
    12 - 403 
    177
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    ishlab chiqaradigan quwatlarni barpo etish sohasidagi o‘zga-
    rishlar nazarda tutildi.
    Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo 
    totuvlikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy 
    yaxlitligini ta’minlash ham muhim yo‘nalishlardan biri. Prezi- 
    dentimiz asarlarida 0 ‘zbekistonning boshqa davlatlar icliki ish- 
    lariga aralashmaslik, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, dunyo 
    mamlakatlari bilan teng huquqiylik asosida sherikchilik qilish, 
    barcha mojaro va muammolarni faqat tinch siyosiy va huquqiy 
    vositalar bilan hal etish tarafdori ekanligi ta’kidlab o ‘tilgan.
    Mazkur vazifalarni bajarish va eng awalo, jamiyatni yanada 
    erkinlashtirish, islohotlarni chuqurlashtirish uchun, eng muhimi, 
    barcha huquqiy davlatlar qatorida qonun asosida yashashni 
    o‘rganishimiz zarurligi bayon etilgan. Albatta, bunda kitobning, 
    ijtimoiy-siyosiy mazmundagi adabiyotlarning o‘rni katta.
    Kishilar konstitutsiyaviy huquqlarini bilislilariga, tushunib, 
    anglab olishlariga asos bo‘luvchi siyosiy adabiyotlar, konstitu- 
    tsiyani sharhlab beruvchi adabiyotlarni targ‘ib qilish muhim 
    ahamiyatga ega. 0 ‘zbekiston Konstitutsiyasi, BMT Bosh Assam- 
    bleyasi tomonidan 1948-yil 12-dekabrda qabul qilingan «Inson 
    huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» qoidalariga mos holda 
    mamlakat taraqqiyotining demokiatik yo‘nalishi uchun huquqiy 
    kafolat bo‘lish uchun xizmat qiladi. 6 bo‘lim, 26 bob, 128 
    moddadan iborat Asosiy Qonunda xalqning insonparvarlik 
    an’analarini, tarixiy va madaniy merosini o‘zida aks ettirgan inson 
    sha’ni, uning qadr-qimmati bosh mezon qilib olingan.
    0 ‘zbekiston fuqarolarining qonun oldida tengligi, Konstitu- 
    tsiya va qonunlar ustuvorligini ta’minlash, huquqiy davlat va 
    demokratik jamiyat qurishning belgisi, ijtimoiy tenglik bo‘lib, 
    bunda boshqalarning erkinliklari va huquqlarini kamsitishga yo‘l 
    qo'yilmasligi belgilangan.
    О 
    zbekiston mson haq-huquqlarini himoya qilish, uning ehti- 
    yojlarini qondirishda davlat qurilishi, boshqaruv tizimi va jamiyatni 
    erkinlashtirish, davlat o‘z vakolatlarini asta-sekinlik bilan, bos- 
    qichma-bosqich jamoat tashkilotlari zimmasiga o‘tkazishi, fuqaro- 
    larning о zini о zi boshqarish organlarining rolini oshirib borish
    178
    www.ziyouz.com kutubxonasi


    orqali demokratik jarayonlarni chuqurlashtirish zarurligini awal- 
    boshdanoq belgilab oldi va «Respublikada sobitqadamlik bilan 
    xalqchil, adolatli jamiyatni bunyod etish — bosh vazifadir» deb 
    uqtiradi Prezidentimiz. Davlatimiz rahbari o‘z asarida « 0 ‘zbe- 
    kiston — kelajagi buyuk davlat», «Bu — mustaqil, demokratik, 
    huquqiy davlatdir», «Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, 
    millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e’tiqodlaridan qat’i nazar, 
    fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta’minlab beradigan 
    davlatdir», «Xalq — davlat hokimiyatining manbayidir» kabi 
    qoidalarni ilgari surgan.
    0 ‘zbekistonda inson huquqlarini himoya qilishning, 

    Download 11,3 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   183




    Download 11,3 Mb.
    Pdf ko'rish