10-bob.
TABIIY, ILMIY, DINIY, EKOLOGIYA
VA QISHLOQ XOMALIGIGA OID
ADABIYOTLAR TARG‘IBOTl
Barkamol shaxs kim bo‘lishidan, kasbidan, yoshidan qat’i
nazar, tabiiy-ilmiy bilim saviyasini egallagan,
ilmiy bilimlari bilan,
tibbiy ko‘nikmalari bilan jamiyat faoliyatida ishtirok eta oladigan
bo‘lishi kerak. Buning uchun har bir yosh tabiiy-ilmiy bilimlardan
xabardor bo‘lishlari, ularni muntazam o‘qib borishlari zarur.
Tabiiy-ilmiy, diniy, ekologiya va qishloq xo'jaligi sohasida muta-
xassislar mavjud. Ularning vazifasi o‘zi egallagan sohada ilmiy
tadqiqot ishlarini olib borish, shu
sohani tashkil etish, boshqarish,
malakali mutaxassis bo‘lsa, boshqa kitobxonlar uchun o‘z bilim
saviyasiga ko‘ra, oddiy fuqaro sifatida mamlakatimizning ishlab
chiqarish sohalaridan xabardor bo‘lishlari talab etiladi. Bu esa
ularning ilmiy dunyoqarashining shakllanib, boyib borishiga, har
qanday masalaga ilmiy nuqtayi nazardan qarashiga,
baho beri-
shiga, hal etishiga imkon yaratadi.
Tabiiy fanlar KBK jadvalining tabiiy fanlar bo‘limida guruh-
lashtirilgan fizika-matematika fanlari, kimyo fanlari, yer haqidagi
geodeziya, geofizika, geologiya, geografiya, biologiya, ekologiya
fanlaridan tashkil topadi. Ekologik bilimlar barchaga zarur. Bu
bo‘limda diniy, ekologiya va qishloq xo‘jaligiga oid adabiyotlar
haqida ham fikr yuritiladi. Din, dinshunoslikka oid adabiyotlar
86-bo‘linmada, falsnfaga oid adabiyotlar 87-bo‘lmmada joylashgan.
Har bir kitobxonga tabiatdan unumli foydalanish, tabiatni
muhofaza qilish, oqilona foydalanish, tabiiy resurslar haqida bilim
berish, jonli va jonsiz tabiatni asrab-avaylashga oid О zbekiston
Respublikasining
siyosatini, rasmiy hujjatlarni yetkazib berish
bilan ularni to‘g‘ri tarbiyalash, to‘liq axborot yetkazib berish va
unda faol ishtirok etishga tayyorlash muhim ahamiyatga ega.
185
www.ziyouz.com kutubxonasi
0 ‘zbekiston Respublikasining 2013-yilgi «Ekologik nazorat
to‘g‘risida»gi Qonuni loyihasida belgilab berilgan barcha vazifalar,
uning maqsadi har bir kitobxonga tushuntirilishi kerak.
Yosh kitobxonlar orasida biz yashayotgan dunyo to ‘g‘risida
iloji boricha ko‘p narsa bilishga qiziqish katta.
Ular koinotning
zabt etilishi va fanda erishilgan boshqa muvaffaqiyatlar, turli xil
meteroidlar, zilzilalar, ularning sabablari va oqibatlari,
qishloq
xo‘jaligidagi, fizika, kimyo, matematika, astronomiya, kibernetika
sohasidagi yangiliklarni bilish uchun adabiyotlarga murojaat
qilishadi. Ularni targ‘ib etishda unga bog‘liq boshqa boMimlardagi
adabiyotlarni ham birgalikda ish olib borish lozim. Masalan,
«Kimyo — qishloq xo‘jaligiga» mavzusidagi kitob ko‘rgazmasi,
bibliografik sharh, suhbat va boshqa tadbirda faqat kimyoga oid
adabiyotlardan foydalanibgina qolmasdan, balki «Qishloq xo‘jaligi»
va «Texnika» bo‘limidagi adabiyotlardan ham foydalanish ma’qul.
«Inson va koinot» mavzusidagi tadbirda esa «Inson fiziologiyasi»,
raketa texnikasi, Yerning sun’iy yo‘ldoshlari, planetalararo alo-
qalar to‘g‘risidagi kitoblardan ham foydalanish lozim.
«Tabiat ishqibozlari» ko‘rgazmasida bog'dorchilik, gulchilik,
uy hayvonlarini parvarish qilish, akvariumlardan foydalanish va
unda baliqlarni va turli suv hayvonlarini parvarish qilish, bedana
boqish, parrandachilik, turli xil tabiat hodisalarini kuzatish, par-
varishlash uchun yordam beruvchi amaliy qo‘llanmalar, lug‘atlar,
ma’lumotnomalar namoyish etiladi. Uning ta’sirini oshirish uchun
ko‘rgazma
yonida suhbatlar, ishqibozlar bilan uchrashuvlar,
videolavhalar, slaydlar, turli hujjatli filmlar namoyish etiladi.
Tabiiy-ilmiy, qishloq xo‘jaligi, diniy adabiyotlaming turlari:
ilmiy, llmiy-ommabop, o‘quv va ma’lumotnoma, ishlab chiqarishga
oid adabiyotlarga ajratiladi.
Ilmiy adabiyotlar, asosan, ilmiy xodimlarga mo‘ljallangan
bo lib, ular ko‘rsatilgan
sohalarga oid ilmiy asarlar, asarlar
to plamlari, ilmiy anjumanlarning to‘plamlari, monografiyalar,
ilmiy maqolalar, patentlar to‘plamlari, ilmiy