©
Takrorlash uchun savollar
1. Texnikaga oid adabiyotlar nashrlari, turlari, ularning kitobxonlarini
qanday izohlaysiz?
2. Axborot-kutubxona muassasalarida texnikaga oid adabiyotlarni tar-
g ‘ib qilishning maqsadi, vazifalari nimalardan iborat?
3. Texnikaga oid adabiyotlarning ahamiyatini qanday izohlaysiz?
4. Texnikaga oid adabiyotlarni targ‘ib qilishning usullari nimaga bog‘liq?
14
-
403
209
www.ziyouz.com kutubxonasi
12-bob.
SAN’AT, SPORT VA JISMONIY TARBIYAGA
OID ADABIYOTLARNI TARG‘IB ETISH
Barkamol inson tarbiyasida san’atga oid adabiyotlarning o‘mi
alohida. Komil inson go‘zallik shaydosi, uni his qila oladigan,
qadrlay oladigan, go‘zal xulq egasi bo‘lishi shart. Unda ruhiy,
ma’naviy eng yaxshi fazilatlarni tarbiyalashda, atrof-tevarakka,
voqea va hodisalarga samimiy va yaxshi munosabatda bo‘lishda,
boshqalarga xushxulqlik bilan munosabatda b o ‘lishda, qalbida
ezgu, samimiy tuyg‘ularni shakllantirishda san’at asarlari — teatr,
kino, tasviriy san’at, musiqa asarlari juda katta ahamiyatga ega.
San’atga oid adabiyotlar janri, xili, turiga ko‘ra KBK jadvalining
85-bo‘limida guruhlashtirilgan. Uning asosiy bo‘linmalari: tasviriy
san’at, arxitektura, bezakli amaliy san’at, musiqa san’ati, teatr,
ommaviy tomoshalar, teatrlashtirilgan bayramlar, sirk, dor o‘yin-
lari, estrada san’ati, kino san’ati, badiiy havaskorlik, badiiy
fotografiya va tasviriy san’at. Bulaming har bin o‘ziga xos xususiyat-
laiga va taibiyaviy ahamiyatga ega.
Bu turlarning har biriga oid ko‘plab san’at asarlari, kitoblar,
risolalar, ilmiy maqolalar, ilmiy-ommabop materiallar, o‘quv
adabiyotlari, ma’lumotnoma nashrlar chop etilgan, minglab tasvi
riy san’at asarlari yaratilgan. San’at sohasida ko‘plab gazeta va
jurnallar nashr etiladi. Bu asarlar yordamida insonlarda go‘zallikni
sevish, idrok etish hissini tarbiyalaymiz. San’atga yaqin kishining
qo‘lidan yomonlik kelmaydi, yovuzlikdan nari boladi.
Barcha tipdagi AKM fondida ma’lum bir ma’noda san’at asarlari
jamlangan. San’at sohasida kadrlar tayyorlaydigan o‘quv muassa
salari axborot-resurs markazlarida san’at sohasidagi ilmiy, ilmiy-
ommabop, maxsus adabiyotlar, ma’lumotnoma nashrlar, vaqtli
210
www.ziyouz.com kutubxonasi
matbuot nusxalari to ‘planadi. Ulardan, asosan, talabalar va
professor-o‘qituvchilarfoydalanadi.
Musiqa maktablari o‘quvchilariga ham ularning yoshiga ko‘ra,
san’atga oid asarlar mavjud. Musiqa kollejlari ARM fondida san’at
o‘quv muassasasining yo'nalishiga ko‘ra san’at asarlari to‘planadi:
ensiklopediyalar, lug‘atlar, o‘quv adabiyotlari, san’at asarlarining
asl nusxalari, notali nashrlar, operettalar, klaviaturalar va boshqalar.
San’atga oid adabiyotlardan san’at yo‘nalishidagi tashkilotlaming
rahbarlari, xodimlar, mutaxassislar, ilmiy xodimlar, ilmiy tadqiqot
ishi olib boruvchi magistrlar, talabalar, doktorantlar, san’at oliy
o‘quv yurtlari talabalari, professor-o‘qituvchilar, san’at maktabi
o‘quvchilari foydalanadilar. Kitobxonlar ommasi uchun nashr
qilinadigan ilmiy-ommabop adabiyotlar, vaqtli matbuot nashrlari
mavjud. Ular aholi o'rtasida go'zal xulqlami, san’atga oid turli
qiziqarli ma’lumotlarni, san’at namoyandalari haqidagi ommabop
maqolalarni ham berib boradi va estetik tarbiyaga ta’sir ko‘rsatadi.
San’at turlarining orasida teatr san’ati azaldan yuksak va oliy-
janob maqsadlarga xizmat qilib kelgan, sahna san’ati vositalari
yordamida kishidagi insoniy fazilatlarni qo‘llab-quwatlagan,
rivojlantirgan, jamiyatda haqqoniylik va insonparvarlik muno-
sabatlarining qaror topishi uchun kurashib kelgan. Teatr — hayot
ko‘zgusi, san’at darsxonasi, muqaddas, mo'tabar ehrom va uni
qadrlash zarur.
XX asr boshlarida Yevropa shaklidagi professional teatr paydo
bo‘ldi. Millatni qoloqlikdan chiqarish, jaholatdan asrash, uni
uyg‘otish, ko‘zini ochish, ma’rifatli va madaniyatli qilishda teatrga
katta umid bog‘lab, uning poydevoriga M. Behbudiy boshchili-
gidagi ma’rifatparvarlar 1914-yil asos solishdi. Ular teatr vositasida
yosh avlodni tarbiyalash va to‘g‘ri axloq-odob yo'liga solish
masalasini kun tartibiga qo'ygan holda amalda sinab ko‘rishdi.
1960-yillarda o‘zbek teatri tarixi va raqs muammolarini hal
qiluvchi qator yirik ishlar yaratildi va kelgusi ilmiy tadqiqot ish-
lariga zamin yaratdi. M. Rahmonovning « 0 ‘zbek teatri: qadimgi
davrdan XVIII asrga qadar» (1959), L. Avdeyevaning « 0 ‘zbe-
kiston raqs san’ati» (1960) va M. Qodirovning « 0 ‘zbek xalq og -
zaki dramasi» (1963) kitoblari dastlabki ishlar edi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
AKMlarda teatr san’ati tarixi, nazariyasi, teatr san’atining
dunyoga tanilgan mashhur namoyandalari haqida m a’lumot
berish, ularning va ular haqidagi asarlarning targ‘iboti olib bo
riladi. Abror Hidoyatov, Mannon Uyg‘ur, Olim Xo‘jayev, Shukur
Burhonov, Obid Jalilov, Razzoq Hamroyev, Nabi G ‘aniyev, Sora
Eshonto‘rayeva, Nabi Rahimov kabilarning hayoti, ijodi to ‘g‘-
risidagi adabiyotlarni keng targ‘ib qilish yoshlarimizning ruhiy,
ma’naviy madaniyatini shakllantirishda, shu soha kasblariga mehr
uyg‘otishda muhim.
0 ‘zbekistonda, xorijiy mamlakatlarda musiqa madaniyati,
musiqaning turlari — vokal, katta ashula, maqom, sahna musiqasi,
libretto, bolalar musiqasi kabi turlarga oid adabiyotlar kitob-
xonlarni estetik ruhda tarbiyalashda, go‘zallikni his qila oladi-
gan, ma’naviyati boy, axloqi go‘zal qilib tarbiyalashda muhim
ahamiyatga ega. Ko‘zga ko‘ringan, mashhur musiqa namoyan-
dalarining hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ‘ib qilish
yoshlarning ijodiy qobiliyatini shakllantirishga, shu soha kasbiga
qiziqishga, mustaqil musiqa asarlarini yaratishga olib keladi.
0 ‘zbek xalqining milliy musiqa asarlari va musiqa namoyan
dalari jahonga mashhur. Ayniqsa, mustaqillik yillarida o ‘zbek
musiqa san’atining barcha janrlari yanada rivojlandi va dunyoga
chiqib, 0 ‘zbekistonning dong‘ini taratdi. 0 ‘zbek musiqa nazariya-
sida etnomusiqashunoslik, musiqiy manbashunoslik, musiqiy
sharqshunoslik, maqomshunoslik kabi fan tarmoqlariga asos so-
lindi. Barcha viloyatlarning to'liq musiqiy xaritasi ishlab chiqilib,
xalq musiqasi va kasbiy musiqa namunalari, estrada musiqasi so-
hasida yangi ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.
Milliy madaniyatimiz, san’atimiz, ilm-fanimiz, ma’naviyatimiz
faxri bo‘lmish Yunus Rajabiy, Isxoq Rajabiy, Risqi Rajabovlar
xotiralarim abadiylashtirish maqsadida respublikamizda «Rajabiy-
xonlik» nomidagi san’atshunoslik llmiy-ijodiy anjumani ta’sis etilib,
muntazam o‘tkazib kelinayotganligi ustozlarga bo‘lgan cheksiz
hurmatning yorqin misolidir. AKM, ARM va kutubxonalarda
musiqashunoslikka atab kitob ko‘rgazmalarini tashkil etib, har
xil kechalar, uchrashuv kechasi, savol-javob kechasi, og‘zaki
www.ziyouz.com kutubxonasi
jurnal, konferensiyalar tashkil etish orqali musiqiy nashrlarni
musiqashunos kitobxonlarga o ‘z vaqtida yetkazishga harakat
qilinmoqda.
San’at turlari orasida qo‘shiqchilik san’ati alohida o‘rin tutadi.
Qo‘shiqchilik san’ati insoniyat taraqqiyotining hamma davrlarida
rivojlanib kelgan. Qo‘shiqchilik san’ati xalq og‘zaki ijodi va musiqa
bilan hamohang taraqqiy etgan va har bir davrda kishilarni
ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashda asosiy vosita bo‘Igan. Qo‘shiq-
chilar inson orzu-umidlarini, hayotini, hayotga munosabatini
go'zal his-tuyg‘ular jo ‘rligida aks ettirgan. Qo‘shiq sehri inson
ko‘nglini zabt etadi, dilga orom bag'ishlaydi, kishilarning tasawurini
boyitadi. Orzu-umidlarining go‘zal bo‘lishiga olib keladi, zavq
beradi, insonlarni faqat yaxshilik, ezgulik qilishga, mehr-oqibatli
bo‘lishga chaqiradi. Shuning uchun odamlar orasida alladan
boshlab katta ashulagacha turli janrdagi qo‘shiqlar targ‘iboti mu
him ahamiyatga ega. 0 ‘zbek ashula san’ati namoyandalari hayoti
va ijodi haqidagi adabiyotlar ko‘pchilikni qiziqtiradi.
0 ‘zbek kino san’ati 1925-yildan beri rivojlanib, dunyo miq-
yosida o ‘z o ‘rniga ega bo‘lib kelmoqda. Ko‘p yillar davomida
dunyo kinosi anjumanlari turli nomlar bilan 0 ‘zbekistonda
o‘tkazilishining o‘zi buni isbot qiladi. Bolalarimiz, yoshlarimiz
o‘rtasida kinoga qiziqish, kino san’ati namoyandalarining hayoti
va ijodiga hurmati katta. Sohaga oid turli tipdagi asarlar mavjud.
Ular nafaqat o ‘zbek kinosi, balki jahon xalqlari kino asarlariga
ham katta qiziqish bilan murojaat qilishadi.
Raqsda hayotiy hodisalar ixcham obraz shaklida aks etadi va
aniq bir maqom (poza, gavdaning harakati) yoki raqs harakati
butun bir mazmunni anglatadi. Raqs san’atida yakka, guruhli,
turkumli raqs turlari mavjud. Aniq usul, aniq harakatlar bilan
ishlab chiqilgan raqs turkumlari qadimda «maqomlar» deb atalgan.
Farg‘ona vodiysida esa ular ellik usuldan tashkil topgan, o‘ziga xos
ritmik harakatlar va raqs jumlalaridan tuzilgan «katta o‘yin» nomi
bilan yuritilgan. Buxoroda raqs turkumlarini «maqom raqsi» deb
atashgan, ular yirik bo‘limlarga birlashtirilgan kuy, ashula, usul
qismlaridan iborat bo‘lgan. Xorazmning «Maqom ufori»si ham
xuddi shunday tuzilgan. Farg'ona, Buxoro, Xorazm raqs maqom-
213
www.ziyouz.com kutubxonasi
larining har biri usul-kuy va harakatli ifodalar jihatidan o‘ziga
xos, betakror. Kitobxonlar orasida raqs san’ati nazariyasi, tarixi,
turlari, raqs ustalarining hayoti va ijodiga oid adabiyotlar targ‘iboti
ularni yanada go‘zal xulqli, nafis tushunchalarga, tasawurlarga
boy kishi etib tarbiyalashda ahamiyatga ega.
Sirk san’ati o‘zbek xalqining qadimgi dor o ‘yinlaridan to ho-
zirgi yuksak darajaga erishgan o‘zbek sirki janrlari, jahon xalq-
lari sirki, mashhur sirk artistlari hayoti va ijodi to ‘g‘risidagi ada
biyotlar ham muhim ahamiyatga ega. Ularning targ‘ib qilinishi
shu soha ixlosmandlari uchun muhim. Askiya, qiziqchilik san’atiga
oid adabiyotlar ham alohida targ‘ib qilishni va bu borada doimiy
ish olib borishni talab etadi.
San’at turlari orasida tasviriy san’at, amaliy san’at, me’mor-
chilik, haykaltaroshlik, arxitektura san’ati turlari keng rivojlan-
gan va bu haqda ko‘plab adabiyotlar mavjud. 1997-yil 23-yanvarda
« 0 ‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida»gi
qarorning qabul qilinishi barkamol avlodni badiiy, yuksak didli,
olam va san’at go‘zalliklarini to‘g‘ri tushuna oladigan kishi etib
tarbiyalash, voyaga yetkazish mas’uliyatini oshirdi. Bu barcha
san’at, ta’lim-tarbiya va madaniyat muassasalari qatori kutub-
xonalarga ham katta vazifalarni belgilab olishda turtki bo‘ldi.
Ko‘p asrlik tarixga ega 0 ‘zbekiston xalq amaliy san’ati ibti-
doiy jamoa zaminida vujudga kelgan insonlarning hayotiy
ishtiyoqlarini aks ettirgan holda davrlar o‘zgargan sari badiiylik
kashfeta bordi va bugungi kunda mumtoz san’at darajasiga yetdi.
Xalq amaliy san’atini rivojlantirish masalasi 0 ‘zbekiston Res-
publikasining davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Azaldan xalq
amaliy san’ati rivojlanib, o‘zbek xalqining dong‘ini taratib kelgan,
ammo Prezidentimizning «Xalq badiiy hunarmandchilik va amaliy
san’atini davlat tomonidan qo‘llab-quwatlash choralari haqida»gi
Farmoni birinchi marta amaliy san’at ustalari ijodiyotiga alohida
e’tiborni qaratdi va uning istiqbolidagi muammolarni hal etish
vazifalarini davlat darajasida belgilab berdi: yoshlarni badiiy
hunarmandchilikka o‘qitish, ko‘rgazma va kim oshdi savdolarini
о tkazish, amaliy-bezak san’at asarlarining maxsus do‘konlarini
tashkil qilish, hunarmandlarni xomashyo bilan ta’minlash, ularni
214
www.ziyouz.com kutubxonasi
soliqdan ozod etish, erkin narx-navoni ta’minlash, xalq usta-
larining ijodini keng targ‘ib qilish. Bu vazifalarni amalga oshirishda
laitubxonalarning o‘rni ham bo‘lishi shart.
0 ‘zbekiston xalq san’ati an’analarini saqlab, davom ettirishda
Rishton, G ‘ijduvon, Xorazmning kulolchilik san’ati, Samarqand-
ning mayda plastinkasi, Buxoroning zardo'zlik va kandakorlik
san’ati, Toshkent va Xivaning yog‘och o ‘ymakorligi san’ati,
gilamdo'zlik san’ati, Chustning do‘ppido‘zIik va pichoq yasash
san’ati alohida qadrlanishga loyiq.
M e’morchilik san’ati qadimgi san’at turlaridan biri. Har bir
davrda yaratilgan va asrlar osha yetib kelgan me’moriy obidalarda
ajdodlarimizning hayoti, maishiy turmush tarzi, san’atkorona
ijodiy mahorati ko‘zga tashlanadi. Har bir davrning barcha qir-
ralari shu san’at orqali namoyon bo‘ladi. Yoshlarda me’morchilik
kasbiga qiziqishni shakllantirishda me’morchilikka oid, mashhur
me’morlar hayoti va ijodi haqidagi adabiyotlarni targ'ib qilish
muhim ahamiyatga ega.
San’atga, shu jumladan, xalq amaliy san’atiga davlat tomonidan
mablag‘lar ajratilishiga qaramay, bugungi kunda an’anaviy san’at
turlariga, undagi obrazlar olamiga bozor iqtisodiyotining ta’siri
sezilarli kelmoqda. Tasviriy san’at voqelikni to‘g‘ri va chuqur aks
ettirsa, hayot tomirining urishiga hamohang bo‘lsa, go‘zallik, aql,
va vijdon jarchisi bo‘lsa va nilioyat, xalq didiga yo‘l topsa va shu
xalq dilining harorati hamda hayotini ifodalay, tasvirlay olsa, shu
qadar zo‘r va har tomonlama qudratli mo‘jizadir.
San’at turlariga oid adabiyotlarga qiziqishni shakllantirishda
biografik asarlar muhim ahamiyat kasb etadi. Ular ijodkor-
musawir, musiqachi, naqqosh, haykaltaroshlaming ichki dunyo-
sini yoritadi: u yashagan davr, tarixiy shart-sharoit haqida tu-
shuncha beradi; san’atkorning niyatini tushunishga, uning ijodiy
faoliyatiga katta qiziqish uyg'otadi, asarlari yaratilish tarixini
bilishga, hayot materiallarini saralash va baholashga, borliqni
idrok etish va aks ettirishga, hamma-hammasida o'zligini namo
yish etuvchi san’atkor ijodining o‘ziga xos, betakror tabiatini
teran idrok etishga yordam beradi.
215
www.ziyouz.com kutubxonasi
Biografik kitoblarni o ‘qishga rahbarlik qilishning tarbiyaviy
ta’sirini oshirish uchun kitobxonga bosh qahramonning shaxsini
ko‘ra olish, uning axloqiy-badiiy komil insonligini tushunish va
anglash, uning badiiy o‘ziga xoshgini his qilishga ko‘maklashish
zarur. Bunda tavsiyaviy suhbat o‘tkazish katta ahamiyatga ega.
Suhbat paytida kitobning mufassal ta ’rifini keltirmaslik kerak,
kitobxonning mayli, ishtiyoqi, nechog‘Uq o‘qirnishliligini, o‘s-
mirlar guruhining qiziqishini nazarda tutib, asar mazmunining
muayyan tomonlarini tushuntirgan ma’qul. Ayni vaqtda mazkur
masalalarga oid zarur adabiyotlar tavsiya etiladi.
Opera va balet san’atiga oid ilmiy-ommabop kitoblarni targ‘ib
qilish, adabiy manba bilan tanishish, uni libretto bilan mu-
qoyasalab, operaning o‘ziga xosligini kitobxonga tanishtirish or-
qaU amalga oshishi kerak. Suhbat operadan parchalar eshitish,
mutaxassis xodimning izohlari, opera haqidagi kitoblardan biror
qismini o‘qish bilan birga qo‘shib olib boriladi.
Katta yoshdagi kitobxonlar uchun musiqa san’atining janr
boyligini ochib berishda «Musiqiy mehmonxonada» turkumi-
dagi kechalarning o‘tkazilishi katta yordam beradi. San’atga oid
targ‘ibot ishlarida og‘zaki jurnal tasviriy san’atning rang-barang
janrlari taraqqiyoti misolida yoritib berishga bag'ishlanadi.
Ilg‘or va professional jihatdan san’at yo‘nalishiga bog‘liq
kutubxonalarda «Go‘zallik ixlosmandlari klubi»ning faoliyati
muhim, uning tadbirlarini tayyorlash va o ‘tkazish uchun besh,
yetti kishidan iborat to‘garak a’zolari kengashi saylanadi. Uning
rejasi san’at ixlosmandlarining tasawurlari, bilimi, idrokini
kengaytirishga yo‘naltiriladi. To‘garak ishida san’at namoyandalari
bilan uchrashuvlar eng ta’sirli tadbir bo‘lib, xalq kuylari va qo‘-
shiqlari, musawir, bastakor, naqqosh, haykaltarosh ijodi, komil
inson tarbiyasida ularning o‘rni haqidagi asarlar asos qilib olinadi.
Kitobxonlar bilan olib boriladigan ommaviy ishlar — kitob
ko‘rgazmalari yoki san’at asarlarining ko'rgazmalari, asar muho-
kamasi, adabiy va musiqaviy kechalar, og‘zaki jurnal, bahs,
she’riyat soatlari va boshqalami qamrab oladi.
AKM va ARMda san’atning turlari haqidagi adabiyotlarni
targ ib etuvchi xilma-xil usullar mavjud. Mavzuli kechalar, uchra-
216
www.ziyouz.com kutubxonasi
shuvlar, ertaliklar, ko‘rgazmalar, bibliografik sharhlar, kitob
taqdimotlari. Ularning nomlanishi san’atning dolzarb muam
molari, masalalari, tadbirning maqsadi, san’atning janri, san’at-
korlarning yoki boshqa san’at namoyandalarining yubileylari,
muhim sanalar, kitobxonlarni qiziqtirgan mavzularga mos holda
tanlanadi. Turli xil tadbirlami tayyorlash va o‘tkazish metodikasi
shu soha adabiyotlarini targ‘ib qilishda ham qo‘llaniladi.
|