Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

1 5 - 4 0 3
225
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta’lim-tarbiyaviy, rivojlantiruvchi xususiyati; badiiy asarning 
o‘quvchi yoshiga mosligi, munosibligi; o ‘quvchida qiziqish 
uyg‘otishi; o'quvchining ma’naviy qiziqishi, talabi, ehtiyojlariga 
javob bera olish darajasidan iboratdir.
Mumtoz adabiyotda insonparvarlik, muomala madaniyati, 
inson qadr-qimmati, do‘stlik va birodarlik, mehr-oqibat, Vatan 
ishqi, xalq farovonligi va komil inson masalasi bosh mavzu 
hisoblangan. Ulardagi va keyingi davr adabiyotidagi imon va 
e’tiqod, diniy, milliy, tarixiy haqiqatga munosabat, yangilikka, 
jahon madaniyati, adabiyoti va san’ati tajribalariga qiziqish, ada­
biy oqimlar, ziddiyatlar, g‘oyalar kurashi, ularning o‘ziga xos 
xususiyatlari; umuminsoniy va milliy qadriyatlarni tiklashda 
adabiyotning roli kabi muhim muammolar tushuntirib beriladi.
1905— 1916-yillar adabiyotidagi milliy o‘zlikni anglash uchun 
harakat Jadidchilik va milliy ozodlik harakati, milliy axloq-odob, 
tarbiya masalalariga e’tiboming kuchayishi, Behbudiy, A. Avloniy, 
A. Qodiriy, Hamza, Cho‘lpon, U. Nosir, Mirmuhsin asarlarida 
ma’rifat-jaholat, ezgulik-yovuzlik o‘rtasidagi kurashning mohiyati, 
ahamiyati milliy qadriyatlarga munosabat doirasida kitobxonga 
tushuntirib beriladi.
1917—1929-yillar inqilobiy o ‘zgarishlar davri o ‘zbek xalqi- 
ning ma’naviy hayotida va o‘zbek adabiyoti tarixida muhim bos- 
qich bo'lib qoldi. 0 ‘zbek romanchiligiga asos solgan A. Qodiriyning 
« 0 ‘tkan kunlar», «Mehrobdan chayon» hamda Cho‘lponning 
«Kecha va kunduz» romanlaridagi mustaqillik uchun kurash, 
g‘oyaviy-badiiy oqimlar va ularning m aqsad-o‘ylari, milliy 
g‘ururni shakllantirish, millat kelajagi, taqdiri uchun kurash, 
ona-Vatan ravnaqi uchun mehnat qilish g‘oyalari o‘z davrida 
ham, keyingi davrda ham, kitobxonlar qalbiga yaqin bo‘lib qoldi.
XX asming 30—50-yillarida boshqa sohalardagi kabi o‘zbek 
adabiyotida ham murakkab davr bo‘ldi, milliy-ozodlik, millat 
taqdiri uchun kurashgan Fitrat, A. Qodiriy, Cho‘lpon, U. Nosir, 
Elbek kabi ulkan adiblar qatag‘on qilindi. 
1 9 5 0

1 9 8 0
-yillar 
adabiyotida haqqoniyUk, erkinlik, insonparvarlik, ma’naviy ha- 
yotni sog‘lomlashtirish masalalari Oybek, G ‘. G ‘ulom, M. Shayx- 
zoda, A. Qahhor, Mirtemir, A. Muxtor, Shuhrat, S. Ahmad ijodi-
226
www.ziyouz.com kutubxonasi


dagi yangi bosqich, O. Yoqubov, P. Qodirov, E. Vohidov, A. Oripov, 
M. Ali, 0 ‘. Hoshimov, M. Yusuf va boshqalarning shakllanishi, 
ulardagi tarixiy asarlarni yaratishga e’tiborning kuchayishi alohida 
ahainiyat kasb etadi.
XX asrning 90-yillaridan badiiy ijodda ham erkinlik, musta- 
qillik epkinlari sezila boshlandi, nasr, nazm, dramaturgiya, 
publitsistika, adabiy tanqidchilikda milliy qadriyatlar ta’siri. millat 
taqdiri uchun kurash, o‘zlikni anglash, boy adabiy-ma’naviy 
merosdan har bir fuqaroni bahramand etish g‘oyasi o‘z aksini 
topa boshladi. E. Vohidov, A. Oripov, 0 ‘. Hoshimov, 0. Hojiyeva, 
X. Davron, M. M uhammad D o‘st kabi ustozlar va boshqa 
yoshlar ijodi kitobxonlarda adolatsizlikka, zulmkorlikka, erk- 
sizlikka, milliy tahqirlanish, milliy g‘ururni, diniy e ’tiqodni ta’qib 
qilishga qarshi kurash hissini shakllantirishga xizmat qildi.
Xalq og‘zaki ijodi ko‘p qirrali jarayon bo‘lib, asotir, afsona, 
rivoyat, naql, marosim qo‘shiqlari, fantaziya, turli janrdagi 
ertaklar, doston, latifalar, topishmoq, olqishlar, askiya, maqol 
va matallar, alia, ermak o ‘yinlar, sayllar, rasm-rusumlar, xalq 
dramatik asarlari kitobxonlarning o‘qish madaniyatini tarbiyalash, 
ma’naviy dunyoqarashini boyitish, milliy qadriyatlarga hurmat, 
mehr-muhabbat, ulardan faxrlanish hissini, ularning ijodiy 
qobiliyatini tarbiyalash vazifasini bajaradi. Xalq og‘zaki ijodi 
mazmunan milliy asosga ega, chunki u xalqning ma’naviy talab- 
ehtiyojlari asosida maium bir davrda madaniy manba sifatida vujudga 
kelgan, u xalqning tajribada sinalgan yuksak axloqiy, ma’naviy 
xarakter xususiyatlarini, tarbiya mezonlarini umumlashtirib, xalq 
o‘rtasida qadriyat darajasiga ko‘tariladi va uni targ‘ib qiladi, xalq 
og‘zaki ijodi ilmiy tadqiqot ishlari uchun muhim ilmiy manba 
bo'lgani uchun ham adabiyotshunoslik, folklorshunoslik fanimng 
rivojlanishida muhim ahamiyatga ega, badiiy sahna asarlarida ruhiy 
va hissiy ta’sir yetakchi o'rinda bo‘lgani uchun kitobxonlarning 
badiiy-estetik tarbiyasida katta rol o‘ynaydi, badiiy-estetik an’analar 
ijtimoiy-tarixiy hodisa sifatida o‘rganiladi va qadrlanadi, badiiy 
adabiyotning boshqa yo‘nalishlariga nisbatan xalq og‘zaki ijodida 
ustoz va shogird an’anasi kuchli bo'lib, avloddan avlodga yetkazish 
yo‘li ЬДап adabiyotda hamda tarbiyada davomiylik, izchillik tamoyili
227
www.ziyouz.com kutubxonasi


ko‘zga tashlanadi, xalq og‘zaki ijodidagi asosiy ta ’lim-tarbiya 
ko‘rinishlari buymq, o‘git, nasihat, namuna, o‘rnak o'qish mada­
niyatini shakllantirishda, kitobxonlarda eng yaxshi insoniy fazilat- 
larni tarbiyalashda asosiy vosita bo‘lib xizmat qiladi, xalq og‘zaki 
ijodi durdonalari o‘qish madaniyatini shakllantirishning muhim 
vositasi sifatida inson hayotida va mehnat faoliyatida amal qilinadi.
Badiiy asarlarni targ‘ib qilishning maqsadi aniq, puxta qo‘- 
yiladi va shu maqsadning samarali yechimini ta ’minlovchi 
imkoniyatlar, sharoitlar belgilab olinadi. Ish jarayonida berila­
yotgan bilimlar mazmunining ilmiyligi, izchilJigi va tarbiyaviy 
xarakteriga, boshlovchining yoki ma’ruzachining bayon etish 
mahoratiga, so‘z boyligiga, ma’lumotni qiziqarli va tushunarli bera 
olishiga e’tiborni qaratish kitobxonda qadriyatlarga qiziqishni 
kuchaytiradi, ularda tarixiy, adabiy, milliy va diniy qadriyatlar 
bo‘yicha o‘z bilimlarini kengaytirishga havas, ishtiyoq paydo bo‘ladi.
A. Navoiyning barcha asarlari, jum ladan, «Hayrat ul-ab- 
ror», «Mahbub ul-qulub» asarlaridagi insonparvarlik va adolat 
g‘oyasi shu qadriyatlarning targ‘ib etilishi bilan shoirning ha- 
yotiy, ruhiy, ijodiy faoliyati, xususiyatlari tadbir mazmuniga 
olib kiriladi. A. Navoiyning nazdida yashashning, ijodning, xalq 
farovonligi, osoyishtaligi yo‘lidagi sa’y-harakatlarning mohiyati 
kitobxonga ma’lum va ravshan bo‘ladi. Abu Ali ibn Sino uchun 
hayotdagi eng muhim narsa jismoniy va ruhiy sog‘lomlik, Imom 
al-Buxoriy, At-Termiziy uchun imon, e’tiqod, mehr-oqibat, 
muruwat, ruh pokligi bo‘lsa, Zahiriddin Muhammad Boburda 
vatanparvarlik, Vatan ishqi va madhi, M. Behbudiy, A. Avloniy, 
Fitrat, Hamza, A. Qodiriy, Choiponlar ijodida milliy g‘urur, 
o‘zlikni anglash, haqiqatparvarlik, ma’rifatparvarlik, vatanpar­
varlik, H. Olimjonda hayotdan zavqlanish, Vatan ishqi bilan 
yashash asosiy g‘oya sifatida namoyon bo‘lgan.
Badiiy asarni tahlil qilib, muhokama etib, fikrva mulohazalar 
bilan boyitilsa, quyidagi ikki maqsad amalga oshirilgan bo‘ladi:
1. 
Kitobxonga badiiy asarlarni shunchaki yuzaki emas, mazmun 
va mohiyatini anglagan holda o‘qishni o ‘rgatish, barcha tur va 
janrlardagi asarlarni o‘rganishga bir xil munosabatda bo‘lishni 
ta minlash. Ba’zi holatlarda bir kitobxon faqat bir janrdagi asarlarni
228
www.ziyouz.com kutubxonasi


o‘qisa, ba’zisi yoshiga qaramasdan, katta yoshda ham ertaklarni 
o‘qish bilan chegaralanadi. Bu kitobxon o‘qishidagi bir xillikni 
yuzaga chiqaradi va komil inson tarbiyasiga salbiy ta’sir etadi.
2. 
Kitobxonda badiiy asar voqealari, asar qahramonining 
xatti-harakatlari, axloqiy-tarbiyaviy xususiyatlarini tushunish va 
ulardan o ‘zi uchun zarur xususiyatlarni o‘zlashtirib, milliy, 
ma’naviy madaniyatni boyitish, adabiyotni qadrlash, ma’naviy 
ongni shakllantirishga erishish.
She’riy asarlar targ‘ibotida ularga berilgan taqrizlar, tahlil- 
lardan unumli foydalanish foydadan holi emas. She’riy asarlar 
tez o‘qiladigan, tushuniladigan, his qilinadigan asarlar, u inson 
qalbining go‘zal bo‘lishiga, his-tuyg‘ularning boy bo‘lishiga, so‘z 
boyligining oshishiga ta ’sir etadi. Nasriy asarlarning janrlari — 
roman, qissa, hikoyalarda esa ko‘proq qahramon xatti-harakati 
badiiy mushohadalar, to ‘qimalar, umumlashmalar bilan jonli 
voqea va hodisalar negizida beriladi. Asardagi qahramonlar xatti- 
harakati toMiq va har tomonlama tahlil qilinadi, uning xarakter 
xususiyatlari to ‘liq ochib beriladi, uning xatti-harakatlariga rau- 
nosabat, undan olingan xulosa aniqlab olinadi. Asardagi har bir 
qahramon, sujet asar yaratilgan davrning turmush tarzi, odob- 
axloq mezonlari, urf-odatlari va an’analari bilan birgalikda 
tasvirlanadi, kitobxonda ana shu xususiyatlarga o‘z munosaba­
tini bildira olish va uni bayon eta olish, tanqidiy baho bera olish 
fazilatini tarbiyalashimiz zarur. Bu fazilat kutubxonalarda suhbat 
o‘tkazish, fikr-mulohaza yig‘ish, kitobxonlar konferensiyasi, ki­
tob taqdimoti, bibliografik sharhlar, adabiy mavzuli kechalar, sa- 
vol-javob viktorinalari, shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar, 
adabiy ertaliklar kabi ommaviy ishlar ta’sirida shakllanadi va 
takomillashib boradi. Maktablarda akademik litsey va kasb-hunar 
kollejlarida axborot-resurs markazi xodimlari bilan birgalikda 
badiiy asarlar yuzasidan yozma ish — insho yozish tez-tez tashkil 
etilsa, kitobxonning og‘zaki va yozma nutq boyligi o‘sadi, mu- 
lohaza va mushohada qilish qobiliyati shakllanadi.
Kutubxonalar faoliyatida badiiy adabiyotni targ‘ib qiluvchi 
usullar eng ko‘p o‘tkaziladigan tadbirlardir. Lekin, shunga qara- 
may, badiiy adabiyot targ'ibotining usullarini tayyorlash va
229
www.ziyouz.com kutubxonasi


o'tkazish mas’uliyatli jarayon bo'lib, tayyorlovchidan yuksak 
mahoratni, psixologik qobiliyatni, kasbiy bilimni, tajriba va ma- 
lakani talab etadi. Har qanday tadbirda e ’tibor kitobxonning 
erkin, mustaqil, faol ishtirok etishiga erishish, kitobxonning gu­
ruh, jamoa fikriga hurmat bilan munosabatda bo‘lishiga, o‘zaro 
hurmat, muloqot madaniyatini tarbiyalab borishga, o‘zining fikr- 
mulohazalarini, qarashlarini himoya qila bilishga, ularni bosh- 
qalarga ham singdira olish mahoratini egallashga, muallifning 
qarashlarini, hayot tajribasi asosida ko‘tarib chiqqan muammo­
lari, masalalari mohiyatini davr bilan bog‘lashga, haqqoniy 
baholash malakasini shakllantirishga, o‘zbek xalqining m a’naviy 
turmush tarzi haqidagi fikrlari, tushunchalarini boyitishga, shu 
asosda axloqiy-ma’naviy sifatlarini shakllantirishga, asardagi vo- 
qea va hodisalarga to‘g‘ri munosabatni tarkib toptirishga, o‘ziga va 
jamoaga talabchan bo‘lish, kitobxonda o‘zini va jamoani ham na- 
zorat qilish hissini, o‘z ustida ishlash, o‘zligiiii anglash malakasini 
tarbiyalashga, bu bilan ijtimoiy faollikni tarbiyalashga, badiiy asar 
bilan mustaqil ishlash, izlanish ko‘nikmasini shakllantirishga 
e’tibor beriladi.
Ommaviy tadbir mavzusi tanlangan badiiy asarning mazmu- 
nidan, asarning maqsadidan, tadbirning maqsad va vazifalaridan 
davrning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy, madaniy vazifalari bilan 
bog‘liq holda tanlanadi. Ommaviy tadbirlarni tayyorlash va o‘t- 
kazish metodikasi umumiylikka ega, ya’ni ommaviy ishlarning 
metodikasi bilan bir xil, lekin bunda har bir badiiy asarning 
g‘oyaviy, ma’naviy, axloqiy, tarbiyaviyjihatlari, kitobxonlarning 
ruhiy dunyosi, qiziqishi, talab va ehtiyojlari hisobga olinadi.
Kutubxonalarda boshqa xalqlar, mamlakatlar, davlatlarning 
badiiy asarlarini ham targ‘ib qilish bilan kitobxonlarimizning 
ma’naviy dunyosini kengaytirish, boshqa xalqlar turmush tarzi, 
hayoti bilan tanishtirish, ularning hayotini bilish yordamida Vatan 
qadr-qimmatini bilish hissi tarbiyalanadi. Boshqa mamlakatlarda 
ham o‘zbek adabiyotiga qiziqish katta. Bunga sabab 0 ‘zbekis- 
tonning Buyuk ipak yo‘lida joylashganligidir. Shu sababli, Yev- 
ropa, Uzoqva Yaqin Sharq mamlakatlari bilan ijtimoiy, siyosiy, 
ma’naviy, madaniy, badiiy munosabat, muloqot azaldan mavjud.
230
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuning uchun kitobxonlarimizda jahon adabiyotining 
durdonalariga qiziqish katta. Minglab xorij asarlari o'zbek tiliga, 
o‘zbek adabiyoti namunalari chet tillarga tarjima qilingan. 
Shekspir, Mopassan, Gyote, Geyni, M. Tven, Joij Sand, T. Dray- 
zer, P. Bak, E. Xeminguey, B. Shou, Volter, Bayron, A. Smedli, 
A. Strong, L. Xyuz, E. Kim, R. Tagor, Y. Fuchik, L. Argon, 
P. Kuture va boshqalar, o ‘zbek mumtoz adabiyoti namoyandaJa- 
ridan Alisher Navoiy, Bobur, Furqat, Muqimiy asarlari, XX va 
XXI asr o ‘zbek adabiyoti namunalari jahonga mashhur, dunyo 
kitobxonlari birday o ‘qiydilar. Alisher Navoiy, Bobur ijodiy 
merosining dunyo bo‘ylab birday o‘qilishi, qiziqishi tufayli Xalq­
aro navoiyshunoslar, xalqaro boburshunoslar jamoasi mavjud, 
ularni xalqaro konferensiyalar birlashtirib turadi, xalqaro Bobur 
nomidagi jamg'arma faoliyat yuritadi. «Bobur» ensiklopediyasi 
nashr etildi, «Alisher Navoiy» va «Abdulla Qodiriy» ensiklopediya- 
larining nashrga tayyorlanayotgani kitobxonlar uchun oliy 
mukofot, ular uchun katta ilmiy, tarixiy, ma’rifiy manbadir.
Bolalar va o ‘smirlar bilan ishlash, ularda badiiy asarni o‘qish 
madaniyatini tarbiyalash, ularning o‘qishiga rahbarlik qilish muhim 
yo‘nalishlardan biri. Yoshlar orasida badiiy asarni to‘g‘ri tanlash, 
undan to ‘g‘ri foydalanish malakasini oshirish zarur. Chunki, 
badiiy asar inson his-tuyg‘ulariga, fikriga tez ta’sir etadi. «Ajoyib 
kishilar hayoti» ruknida nashr etilgan asarlarni o‘qishga tavsiya 
etish bilan ularga hayotda yashash uchun to‘g‘ri yo‘J topish, 
maqsadini to‘g‘ri belgilab olishga yordam beriladi. Hozirgi zamon 
yoshlari orasida sarguzasht, jangari asarlarga qiziqish katta. Shu­
ning uchun o ‘zbek adabiyotida sarguzasht, detektiv asarlar 
ko‘paymoqda. Xorijiy adabiyotdan ham shunday asarlar ko'plab 
tarjima qilinyapti. Ana shunday adabiyotlar bilan ishlash 
ehtiyotkorlikni talab etadi, ularning e’tiborini vatanparvarlikni, 
qardoshlikni, mehr-oqibatni, sevgi-muhabbatni, vafodorlikm, 
mardlikni, to‘g‘ri so‘zlilikni, oliyjanoblikni tarannum etuvchiva 
tarbiyalovchi asarlarni targ‘ib qilish shart. Odam savdosi, giyoh- 
vandlik kabi salbiy illatlarni fosh etuvchi, uning yomon oqibatlari, 
asoratlari haqida fikrlashga, mushohada qilishga jalb etuvchi asar­
larni o‘qishga tavsiya etish va shu asosda suhbatlar, munozara, 
mulohaza va muhokamalar o‘tkazish yo‘li bilan yoshlarimizni
231
www.ziyouz.com kutubxonasi


shu illatlarga qarshi kurash ruhida tarbiyalash ham asosiy
vazifalarimizdan bin.
Kitobxonlarning qiziqishini ham hisobga olib, ularning o‘qish 
doirasini kengaytirish, ko‘lamini oshirish, m untazam o ‘qishga 
ega boMishlari uchun turli xil bibliografik qo ‘llanmalardan 
foydalangan holda o ‘qish rejasini tuzib olishda yordam berish 
kerak yoki kitobxon e’tiboriga «Yoshlarning mustaqil o ‘qish- 
lariga yordam» kabi tavsiya ko‘rsatkichlarini havola qilish foydali. 
Kitobxon qo‘llanmani ko‘rib chiqar ekan, nimani qayta yoki 
boshqatdan o‘qib chiqishi kerakhgini belgilab oladi.
Badiiy asarlarni adabiyotshunoslik va tilshunoslikka oid 
adabiyotlar bilan birgalikda targ‘ib etib borish, yanada yaxshi sa­
mara beradi. Chunki, badiiy asarning maqsadini, mazmuni va 
mohiyatini tushunib olishda ana shunday asarlarning ta ’siri katta. 
Bundan tashqari, bunday asarlar kitobxonning adabiy-badiiy 
bilimini, tanqidiy va tahliliy mushohadani kengaytiradi, muallif 
hayoti va ijodiga oid ma’lumotlardan xabardor qiladi.
Ommaviy ishning ta’siri, samarasi radio, televideniya, teatr 
va kino hamda boshqa ommaviy axborot vositalari, kompyuter va 
telekommunikatsiya vositalari bilan uzviylikda, o‘zaro hamkorlikda 
olib borilsa, uning ommaviylik xususiyati, ta’siri va samaradorligi 
ham oshadi. Badiiy asarga bag‘ishlangan tadbirda uning mazmuni 
bilan bog‘liq sahna asarlaridan parchalar, kinofilmlardan namo- 
yishlar, musiqa namunalaridan ijrolar, qo‘shiq va ashulalar, tanqid- 
chilarning chiqishlari, asar qahramonlari bilan uchrashuvlar, 
tadbir haqida televideniya va radioda, gazeta va jurnallar sahifa- 
laridagi chiqishlar ham katta ijtimoiy ahamiyatga ega. Mavzuli 
adabiy kechalar, she’riyat kechalari, savol-javob kechalari, uch­
rashuvlar shu jihati bilan qiziqarli va katta auditoriyani qamrab 
oladi. Mamlakatimizda o‘tkazilayotgan Navoiyxonlik, Boburxon- 
lik, Mashrabxonlik, Rajabiyxonlik tadbirlari shular jumlasidan.
Bolalarga xizmat ko‘rsatuvchi axborot-resurs markazlarida 

Download 11,3 Mb.
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish