lantirish, asarga, asardagi voqea va hodislarga, masalalarga to‘g‘ri
baho berishga o‘rgatish.
Siriqi kitobxonlar konferensiyasin
ing unumi hamda samarasi
mavzu va tanlangan asarga bog‘liq. Tanlangan asarning nusxalari
ko‘paytirilib, kitobxonlar o'rtasida tarqatiladi. Uning elektron shakli
elektron pochta orqali konferensiyada
ishtirok etishni istagan
kitobxonlarga yuboriladi. Kitobxonlarga matbuotda chiqishlarini,
muhokama qilishga mo‘ljallangan kitoblaiga o‘z fikr-mulohazalarini
bildirishlarini taklif qilib, maxsus xabar jo ‘natiladi. Muhokama
qilinadigan asarlardan boblar, parchalar mahalliy gazetada bosib
chiqarilishi mumkin.
Sirtqi konferensiyada yashash joylari uzoq bo‘lganligi sababli
kutubxonadagi kitoblar muhokamasida
qatnasha olmaydigan,
shuningdek, omma o ‘rtasida so‘zga chiqishdan uyalib, sirtqi
muhokama shaklini afzal ko‘ruvchi kitobxonlar ishtirok etishadi.
Bundan tashqari, sirtqi kitobxonlar konferensiyasida ishtirok etishga
muhokama qilinayotgan kitoblarning mualliflari taklif etilib, ulardan
gazeta orqali kitobxonlar savollariga javob berishlari so‘raladi.
Gazeta orqali o‘tadigan konferensiyaning maqsadi, vazifalari
va mavzusi xususida, muhokama qilinishi lozim bo‘lgan masalalar
haqida kirish maqolasi beriladi, konferensiyaning bundan keyingi
ish tartibi bayon qilinadi. Kitobxonlar tomonidan berilayotgan
fikrlar va boshqa materiallar «konferensiya shtabi»
ishlayotgan
kutubxonada to‘planadi hamda ular umumlashtiriladi, eng qiziqarli
chiqishlar, fikr-mulohazalar gazetada bosib chiqariladi. Gazeta
tahririyatiga kitobxonlaming o‘zlari ham elektron pochta orqali
mustaqil ravishda o‘z chiqishlari va fikr-mulohazalarini yuborishlari
mumkin.
Odatda, sirtqi kitobxonlar konferensiyasi 1—2 oy davom etadi.
Konferensiya oxirida mutaxassis kitobxon yoki kutubxona xodimi
yakunlovchi maqola bilan qatnashib, muhokamadan amaliy
xulosalar chiqaradi.
Sirtqi konferensiya bitta AKM, ARM va kutubxona tomonidan
ham o‘tkaziladi. Bunda ba’zi vaqtlarda matbuot organidan emas,
balki devoriy gazeta, kitobxonlar bulletenidan foydalaniladi.
Ularda
kitobxonJarning fikr-mulohazalari va takliflari beriladi.
235
www.ziyouz.com kutubxonasi
Sirtqi kitobxonlar konferensiyasiga faqat gazeta yoki bulletenda
yakun yasalmaydi, balki kutubxonaning o ‘zida muhokamada
ishtirok etgan kitobxonlarni konferensiya oxirida to ‘plash va ular
bilan o'tkazilgan jonli suhbatda ham xulosa chiqarish mumkin.