Mehnat m e ’yorlari (normalari)
0 ‘zbekiston Respublikasida
mehnatga oid munosabatlar, shu jumladan, AKM faoliyati ham
mehnat to ‘g‘risidagi qonun hujjatlari, jamoa kelishuvlari, shu-
ningdek, jamoa shartnomalari va boshqa ichki normativ hujjatlar
bilan tartibga solinadi.
Mamlakatimizda mehnat to ‘g‘risidagi qonuniy hujjatlar,
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, 0 ‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining Qarorlari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Qoraqalpog'iston Respublikasi Qonunlari va Juqorigi
Kenges qarorlari, davlat hokimiyatining boshqa vakillik va ijroiya
organlari o‘z vakolatlari doirasida qabul qiladigan qarorlar aso
sida barcha sohalarda ish tashkil etiladi.
Ish vaqtidan to ‘liq, samarali foydalanish, mehnat unum-
dorUgini oshirish, mehnat intizomini mustahkamlash maqsa
dida har qanday mehnat turini amalga oshirishning me’yorini va
unga sarf b o ‘ladigan vaqt m e’yorini ishlab chiqish muhim
ahamiyatga ega. AKMning amaliy tajribasini sinchiklab o‘rganish
asosida vaqt va ish m e’yori belgilab olinadi. Bular umumlashtiril-
gan holda mamlakatning bosh kutubxonasi — Alisher Navoiy
nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan ishlab chi-
qiladi va barcha muassasalar yoki vakolatli organlar bilan kelishi-
lib, Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Bunda xodimlar-
ning ma’lumoti, ish malakasi, egallagan lavozimiga qarab vazifalar
berish, mehnatni ilmiy asosda tashkil etish amalga oshiriladi.
245
www.ziyouz.com kutubxonasi
Vaqt me’yori — ilg‘or ish usullarni qo‘llash asosida ayrim
jarayonlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan vaqtni belgilaydi. U
soat va daqiqalar bilan belgilanadi. Masalan, yangi olingan
hujjatlarni umumiy hisob daftarida va yakka hisob daftarida qayd
qilish uchun, ularga texnik va qayta ishlov berish, bibliografik
tavsifini tuzish, shifr indeksini, katalog indeksini, to ‘liq indeksini
va zamonaviy qoidalar asosida kodlash uchun, kitob formularini
to ‘ldirish, kitobxon formularini to ‘ldirish, buyurtmalarni qabul
qilish, ma’lumotlarni elektron katalogga kiritish, ommaviy tad-
birlarni tayyorlash uchun ma’lum bir muddat belgilanadi.
Bajarilgan ish me’yori belgilangan vaqt davomida barcha
imkoniyatlardan unumli foydalangan holda bajarilishi lozim
bo‘lgan mahsulot miqdori. Shunga ko‘ra, kunlik, oylik, yillik
vaqt va ish me’yori hisoblab chiqiladi hamda ish rejalarini tu-
zishda qoilaniladi, hisobotlarda reja bilan solishtirilib, nazorat
tashkil etiladi. Belgilangan ishlar o ‘z vaqtida bajarilishi kerak.
Bunda mutaxassis xodimlarning mahorati, maxsus m a’lumoti,
tajribasi juda qo‘l keladi. Vaqt m e’yorini belgilagan holda ish
me’yorini va aksincha, belgilangan ish me’yori asosida vaqt
me’yorini hisoblab chiqish kerak.
Kutubxonada ommaviy ishlarning aniq me’yorini belgilash
biroz murakkab va noaniqroq bo‘ladi, bunda nisbiy vaqt va ish
me’yori olinadi. Chunki, bu ijodiy ish bo‘lib, ishning mavzusi,
maqsadi, unda ko‘tarib chiqilayotgan muammo va masalalar
ko'lamiga, tayyorgarlik jarayonida qo‘llaniladigan ish shakli va
uslublariga, ommaviy tadbirlarda ishtirok etadigan kitobxonlar
soniga, ularning saviyasiga, faolligiga, shuningdek, qayerda va
qanday sharoitda o‘tkazilayotganiga bog‘liq. Masalan, ish tajri-
basiga ko‘ra, kitobxonlar konferensiyasini tayyorlash va o‘tkazish
uchun 1,5—2 oy muddat ajratiladi. 7—8 nomdagi kitobning bib-
liografik sharhini tayyorlash va o‘tkazish uchun esa 3 soatdan
6 soatgacha vaqt belgilangan. Kitob ko‘rgazmalarini tashkil etish
va bezash uchun uning turiga, qo‘yilayotgan materiallarga qarab
turlicha vaqt mo‘ljallangan. Agar ko‘rgazma biron-bir qo‘llanma
yoki uslubiy ishlanma asosida reja bo‘yicha tashkil etilayotgan
bo‘lsa, 2 soatdan 7 soatgacha vaqt, agar ko‘rgazma rejasi
246
www.ziyouz.com kutubxonasi
mutaxassis xodim tomonidan mustaqil ishlab chiqqan reja aso
sida bo‘lsa, unda 7 soatdan 21 soatgacha vaqt talab etiladi, kun-
dalik mavzuda bajarilgan kichikroq ko‘rgazmalarni tashkil etish
uchun esa 5—7 soat vaqt kifoya bo‘ladi.
Kutubxona plakatini tayyorlash, ya’ni mavzu tanlash, lo-
yihasi va xomaki ko‘rinishini ishlab chiqish, turli xil materiallar
va illustratsiya tanlash, badiiy bezash uchun 16—20 soat vaqt
talab etiladi, agar plakat tayyor loyiha asosida ishlansa, 5—7
soat kerak bo‘ladi.
Vaqt va ish m e’yori kutubxona rahbariyati tomonidan
nazoratni osonlashtirsa, xodimning o‘zini o ‘zi nazorat qilishi
uchun imkon beradi. Bu me’yorlardan tashqari, ayrim ishlar
uchun kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish hamda kitob berilishining
o'rtacha m e’yorlari ham qo‘llaniladi, masalan, qishloq kutub-
xonalarida bir xodimga bir yilda kamida 500 kitobxon va 10 ming
kitob berish, tum an kutubxonalarida yiliga 750 kitobxon va
15 ming kitob berish me’yori belgilangan.
|