o‘tkazadi, AKning elektron katalogini va boshqa turdagi elektron
resurslami tayyorlashda ishtirok etadi.
Xorijiy adabiyotlar bo ‘limi —
AK 34 ta davlat kutubxonalari
bilan kitob almashuvini yo‘lga qo‘ygan. 12 ta davlat kutubxona-
lariga adabiyotlarjo‘natadi. Bo‘lim mustaqil ravishda hisobga olish,
hisobot, elektron katalogni, elektron resurslarni tashkil etish bilan
shug‘ullanadi. AKda fan va ilmning turli yo‘naIishida ilmiy xo-
dimlarga yaqindan yordam beradigan adabiyotlarni raqamlash-
tirish ishlari olib borilmoqda, bular dissertatsiyalar, avtorefe-
ratlar, noyob adabiyotlar, kam nusxadagi va ko‘p so‘raladigan
adabiyotlar. 2013-yil yanvaridan boshlab FA tizimidagi ku-
tubxonalarni birlashtirgan holda AKda FA tizimidagi Asosiy
kutubxona va ilmiy tashkilotlar kutubxonalarining virtual
korporativ kutubxona tizimini yaratish bo‘yicha Fan va tex-
nologiyalar qo‘mitasining granti olinib, loyiha doirasida ish
boshlandi. Kitob fondini saqlash bo‘limida 3475000 dan ortiq
turli tildagi, turli xil adabiyotlar formatiga ko‘ra, UO‘K jadvali
asosida joylashgan. Bo‘lim xodimlari retrofondning elektron
katalogini tuzish va ko‘p so‘raladigan adabiyotlarning elektron
shaklini yaratish bilan band. 2013-yili AK o‘zining 80 yillik
yubileyini nishonladi.