biriiu о rganadi, о qish uchun adabiyot tavsiya etadi yoki o'cjilgan
adabiyotlarni
qabul qilib oladi, o‘qilgan adabiyot haqida suhbat
o‘tkazish yo‘li bilan kitobxonning fikr va mulohazalarini o‘rganadi,
tahlil qiladi, xulosa chiqaradi, kelgusi ish rejalarini belgilaydi.
Abonementda kitobxonlarga tabaqalashtirilgan xizmat ko‘rsati-
ladi. Buning uchun har bir kitobxon fe’l-atvori, psixologik xusu-
siyatlari, millati, jinsi, bilim saviyasi, kitobxonlik darajasi, yoshi,
mehnat faoliyatining turi, oilaviy muhiti hisobga olinadi. Shular
natijasida yakka va ommaviy ishlar bir-biriga bog‘lab olib boriladi.
Turli AKMlarda uning ish xususiyatlariga, kitobxonlar guruh-
larining xususiyatlariga, kutubxona fondining tarkibiga va aholi
guruhlarining xususiyatlariga ko‘ra, turlicha abonement tashkil
topgan, ularning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud.
1. Funksional (vazifasiga yoki ish turiga ko‘ra tashkil etilgan
abonement) abonement.
Bunday abonement katta kitob jamg‘armasiga,
kitobxonlar
soniga, katta kutubxona shtatiga ega bo‘lgan kutubxonalarda,
asosan, yirik respublika maqomiga ega bo‘lgan kutubxonalarda
tashkil etiladi. Ba’zi hollarda bunday abonement bolalar ARMla-
rida ham tashkil qilinadi. Unda bir kutubxonachi kitoblarni qabul
qilib olsa, ikkinchisi kitob beradi. Buning birsalbiy tomoni shun
daki, o‘qilgan kitob haqida suhbatga bog‘liq holda yangi ada
biyotni tavsiya etish haqidagi suhbat ikki kutubxonachi tomo
nidan olib boriladi. Bu esa, ba’zan ijobiy samara bermaydi.
2. Guruhli abonement — kitobxonlarga samarali xizmat
ko‘rsatish maqsadida ularni doimiy guruhlarga bo'Iish va ku-
tubxonachining ishni ularning har qaysisi bilan alohida olib bo-
rishga asoslangan turi.
Kitobxonlar guruhlari o‘smirlar, yoshlarning yoshi yoki ishlab
chiqarish belgisiga (muhandis, ishchi, shifokor, o‘qituvchi, qishloq
xo‘jaligi mutaxassisi va shu kabilar) qarab tuzilishi mumkin.
Kutubxonachi o‘z kitobxonlarining tarkibini diqqat bilan o‘rga-
nadi va mazkur AKMda qanday gunihlarga ajratish kerakligini hal
qiladi. RBKda shunday abonementlar mavjudki, bu yerda bola-
larni sinflarga ajratib xizmat ko‘rsatish tashkil topgan.
261
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Soha yoki tarmoq abonementi — bunda bilim sohalariga yoki
fan tarmoqlariga ajratgan holda alohida-alohida xizmat ko‘rsatish
bo‘limlari, masalan, iqtisod, texnika, tibbiyot, adabiyot, ma’na-
viyat kabi bo‘limlar tashkil etiladi.
Bu kutubxonachiga tanlangan
soha adabiyotlari bilan unumli ishlash va uni targ‘ib qilish im-
konini beradi. Bunda faqat shu bo‘limdan foydalanuvchi kitob
xonlar bilan yakka va ommaviy ish olib borish yaxshi samara beradi.
Bunday abonementlar yirik ilmiy kutubxonalarda tashkil etiladi.
4. ARM va kutubxonalarda umumiy abonement keng tar-
qalgan. U barcha tabaqadagi kitobxonlarning talabini qondiradi.
Bunday abonementlar kam sonli kutubxona shtati mavjud bo‘lgan
holda tashkil qilinadi.
ARM va kutubxonaga a’zo qilish kitobxon shaxsi haqida to‘liq
ma’lumot beruvchi pasport yoki boshqa huquqiy hujjat asosida
olib boriladi. Har bir yangi kitobxonga kitobxonlik formulari
to‘ldiriladi. Hozirgi kunda dasturlar asosida «Kitobxon AIJ»da
kitobxonga elektron formular to‘ldirilmoqda.
Kitobxon ARM va kutubxonadan foydalanish qoidalari, ARM
va
kutubxona fondi, ish vaqti, tanaffus yoki tushlik, dam olish
kuni, tozalik kuni haqida ma’lumot oladi. Kitobxon bilan dastlabki
suhbat o‘tkaziladi. Bu kutubxonaga a’zo
qilish paytidagi suhbat
deb ham yuritiladi. Qoidaga binoan, kutubxona tipi va xiliga,
kitobxonlar xususiyatiga ko‘ra, kitoblar m a’lum miqdorda,
belgilangan muddatga beriladi. Masalan, ARMlarda 5 tagacha
adabiyot (asosan, badiiy asar bo‘lsa) 15
lcun muddatga berilsa,
oliy o‘quv yurti yoki kasb-hunar kollejlari va akademik litsey
ARMlarda o‘quv adabiyotlari fan predmetlarining o‘qitilish
muddatiga ko‘ra, 2, 4, 6 oy yoki bir yilgacha muddatga beriladi.
Abonementda bajariladigan eng muhim ish — o‘qishga rah
barlik qilish, o‘qish madaniyatini tarbiyalash va kitobxonlar
so‘rovini mohirlik bilan qondirishdan iborat. Bu vazifani to‘liq va
maqsadli bajarish uchun kutubxonachi kitob berishga