Kutubxonalararo abonement




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Kutubxonalararo abonement.
AKMlarning kitob fondlari 
kitobxonlarning barcha so‘rovlarini hamma vaqt ham to ‘liq 
qondira olmaydi. Aksariyat foydalanuvchilar oliy va o ‘rta max­
sus bilim yurtlarida sirtdan o‘qishadi, ba’zilar esa ilmiy ish olib 
boradilar. Qishloqlarda juda ko‘p fermer xo‘jaliklari, chorva- 
dor xo‘jaliklari, qo‘shma korxonalar, kichik korxonalar, shifo- 
korlar, o‘qituvchilar, muhandislar xizmat qilishadi. Shu boisdan 
ularga, ko‘pincha, AKMlarda topilavermaydigan maxsus va il­
miy adabiyotlar kerak bo‘lib qoladi.
Bunday so‘rovlar, ko‘pincha, kutubxonalararo abonement 
(MBA) orqali yoki Internet tarmog‘idan masofadan o‘qish 
bo‘yicha elektron ma’lumotlami uzatish bilan amalga oshiriladi. 
Kutubxonalararo abonement (KAA) kitobxonlarning mazkur 
ARMda topilmaydigan kitob to ‘g‘risidagi so‘rovlarini boshqa 
AKMlardan olish yo‘li bilan qondiriladi, buning uchun elektron 
pochta, faks, Internet xizmatlari ishga tushirilgan. Kitobxonlarga 
zarur kitoblar viloyat AKMlarida bo‘lmasa, viloyat AKMi 
respublikaning boshqa yirik kutubxonalari, jumladan, A. Navoiy 
nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi va Fanlar akade- 
miyasining Asosiy kutubxonasiga murojaat qilish mumkin.
Buning uchun hozirgi kunda yaratilayotgan yig‘ma elektron 
katalog yordamga keladi. Kitobxon o‘zi yashab turgan hududda 
turib, mamlakatimizning qaysi kutubxonasida qanday adabiyotlar 
borligi bilan tanishadi. Kutubxonalararo abonement asosida
266
www.ziyouz.com kutubxonasi


gazetalar, jurnallar, xaritalar, tasviriy materiallar va noyob 
nashrlardan tashqari, Vatanimizda yoki chet elda nashr etilgan 
har qanday asarlarning elektron versiyalaridan foydalanish 
mumkin.
Kitoblar KAA bo‘yicha bir oy muddatga yuboriladi. KAA 
bo‘yicha adabiyotga buyurtma berish qulay bo‘lishi uchun ta- 
lablarning yagona shakli belgilangan. Unda kitob haqidagi 
ma’lumotlar — kitob muallifining ism-familiyasi, kitobning nomi, 
nashr etilgan joyi va yili, jurnal uchun esa nomi, yili va soni 
ko‘rsatiladi. Agar kutubxonada maxsus talab qog‘ozlari bo‘l- 
masa, unda KAA bo‘yicha kitoblarga oddiy xat orqali buyurt- 
malar, Internet tarmog‘iga ulangan bo‘lsa, elektron pochta orqali 
yuboriladi.
Kutubxona xodimi foydalanuvchining mansabi, nashr to‘g‘- 
risidagi m a’lumotlarni qayerdan olganligi, so‘roqning maqsadi 
va kitobxonning mutaxassisligi va h.k.larni aniqlab, KAA orqali 
buyurtma qog‘ozini to‘ldiradi; so‘ralayotgan nashrning bib­
liografik m a’lumotlarini tekshiradi va zarurat tug‘ilganida bib­
liografik ma’lumotlar bilan birga so‘rovga bibliografik qo‘shimcha 
kiritadi.
KAA orqali olingan nashrning avaylab saqlanishi uchun 
foydalanuvchi moddiy javobgar hisoblanadi. Buning uchun 
kafolat beruvchi huquqiy (yuridik) hujjat buyurtma-qog‘ozi hi­
soblanadi.
KAA orqali berilgan nashrlardan foydalanib bo‘lingach, 
AKM yoki ARM ularni bevosita saqlovchi-kutubxonaga qay- 
tarib yuboradi. Yuborish haqini foydalanuvchi to‘laydi.
Kitobxonlarning so‘rovlarini to‘la qondirish uchun:
• agar nashr band boisa, kitobxonni navbatga qo'yadi;
• asl nusxani berishning imkoniyati bo'lmasa, nashrning 
elektron nusxasi jo‘natiladi;
• nashr AKMning fondida bo‘Imaganda, KAA orqali shahar, 
viloyat, respublikada belgilangan tartibga muvofiq, buyurtma 
boshqa kutubxonalarga o‘tkazib yuboriladi;
• foydalanuvchilarga ularning buyurtmalari boshqa joyga o‘t- 
kazib yuborilganligi va navbatga qo'yilgani to‘g‘risida xabar beradi.
267
www.ziyouz.com kutubxonasi


KAA orqali berilgan kitoblar qaytarilgach, buyurtma-qo- 
g‘ozga adabiyotning qaytarilgan sanasi qo‘yiladi va u «qaytaril- 
gan adabiyot» kartotekasiga olib qo‘yiladi, u m a’lumot, tahlil 
va hisobot uchun kamida bir yilgacha saqlanadi.
AKM va ARMlarda KAA orqali foydalanuvchilarning xizmat 
ko‘rsatish kartotekasi, KAA orqah kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish 
kartotekasi va KAA kitobxonlarni ro‘yxatga olish kartotekasiga 
asoslanib, KAAda olib borilgan ishlarning liisobi yuritiladi.
KAAning faoliyati to‘g‘risidagi hisobotda KAAdan foydala- 
nayotgan kitobxonlar soni, boshqa kutubxonalarga jo ‘natilgan 
buyurtmalar, KAA orqali olingan nashrlar (shu jumladan, nusxa- 
lar), kutubxonalar tizimida kitobxon a’zo bo‘lgan kutubxonalar 
soni to‘g‘risida ma’lumotlar aks ettiriladi.
KAA kitobxonlarni ro‘yxatga olish kartotekasi asosida shu yil 
murojaat qilgan kitobxonlarning soni aks ettirilib, ulardan olingan 
buyurtmalar va berilgan nashrlar, shuningdek, boshqa kutubxona­
larga jo‘natilgan buyurtmalar soni ko‘rsatiladi.
Kutubxona xizmatini xo‘jaliklarga yaqinlashtirish uchun ko‘ch- 
ma kutubxonalardan foydalaniladi, asosiy ARMga ega boMmagan 
korxona va muassasalar, aholi punktlari va mikrotumanlarda 
kutubxona punktlarini tashkil qilishadi. Ko‘chma kutubxonalarning 
tarmog‘i kutubxonalar va boshqa idoralarning kutubxonalar 
tizimini hisobga olgan holda tashkil etiladi.
0 ‘n beshdan ortiq nostatsionar punktga ega b o ‘lgan 
ARMlarda, bolalar ARMlarida va tayanch, shoxobcha kutub- 
xonalarida maxsus fond ajratilishi mumkin, ular fanning turli 
sohalariga doir dolzarb adabiyotlar bilan toMdiriladi. ARM punkt­
lari maxsus ajratilgan fondga ega boimasa, abonement fondidan 
vaqtincha foydalanish uchun adabiyot oladi.
Ko‘chma kutubxona tashkil qilish uchun uni ochishga rozilik 
bergan tashkilot, muassasa yoki o‘quv yurti bilan ARM o‘rtasida 
shartnoma tuziladi. Shartnomaga ko‘ra, tashkilot yoki muassasa 
olgan kitoblari uchun moddiy javobgar bo‘ladi, tashkilot, jamo­
atchilik asosida kutubxona xodimini ajratadi. Unga ishonch xati 
beradi. Agar ko‘chma kutubxonada asosiy ARMning xodimi ish- 
lasa, shartnoma tuzmaydi va unga ishonch xati bermaydi.
268
www.ziyouz.com kutubxonasi


Asosiy ARMda har bir kutubxona punkti (ko‘chma kutub­
xona) uchun ikki nusxada formular to‘ldiriladi, ulardan biri 
ARMda qoldiriladi, ikkinchisi kutubxona punktida saqlanadi.
Ularga ko‘chma kutubxonaga berilgan kitoblar ro‘yxati va 
qaytarib olinganJigi to‘g‘risida belgi qo‘yiladi. Formularga har bir 
kitob uchun asosiy ARMning xodimi va ko‘chma kutubxona 
xodimi imzo chekadi. Ko‘chma kutubxonaga kitoblarning for­
mulari olinib, unga ko‘chma kutubxonaning raqami va sana yozi- 
ladi, formularga solib qo‘yiladi, har bir ko‘chma kutubxonada 
formularga nomlar yozilgan ajratgich qo'yiladi. Tashkilot va 
muassasada ko‘chma kutubxona uchun xona va kitoblar saqlash 
uchun joy va kitoblar ajratib beriladi, ko‘chma kutubxona mudiri 
ARMlardan foydalanish qoidalariga asoslanib, o‘z kitobxonlariga 
xizmat ko'rsatadi.
Har bir kitobxonga kitobxon formulari to‘ldiriladi. Mudir 
kitoblarning o‘qib bo‘linishiga qarab, ularni asosiy ARMga top- 
shiradi va yangilarini olib turadi, o ‘z kitobxonlariga xizmatni 
ARM orqali bajaradi. Ko‘chma kutubxona mudiri qabul qilingan 
kitoblarga shartnoma tuzib, adabiyotlarni asosiy ARMga topshi- 
radi. Agar ko‘chma kutubxonada (statsionar) asosiy ARMning 
mutaxassisi xizmat qilsa, shartnoma va unga ishonch xati ras- 
miylashtirilmaydi. Agar tashkilot yangi mutaxassis mudirini 
tayinlasa, unga yana qaytadan ishonch xati beriladi. Asosiy 
ARMda har bir ko‘chma kutubxonaning hujjatlari: ishonch xati, 
shartnoma, dalolatnomalar alohida saqlanadi.
Asosiy ARM aholiga nostatsionar xizmat ko‘rsatish ishini 
tashkil etish va nazorat qilish uchun tuman Internet tarmog‘idan 
uzatadigan elektron ma’lumotlami tayyorlaydi, shahar hududida 
ko'chma axborot-resurs markazlarining joylashishi, bibliobuslar- 
ning yo‘nalishi va to‘xtash joylarining chizmasini tuzadi; korxona, 
fermer xo‘jaliklari, filiallarga xizmat ko‘rsatuvchi kutubxona punkt- 
lari ixtiyoridagi nashrlarni almashtirishjadvalini tuzadi; jamoatchi- 
kutubxonachilarga metodik yordam ko‘rsatish rejasini tuzadi.
Kutubxona punktining ish tartibi xizmat ko'rsatilayotgan aho­
liga va shahar tumanlarida istiqomat qiluvchilarga ma’lum qilinadi.
269
www.ziyouz.com kutubxonasi


Internet tarmog‘idan uzatiladigan elektron m a’lumotlar ARM 
punktining jamg‘armasi o‘z ichiga asosiy fan sohalariga doir 
adabiyotlarni, dolzarb ijtimoiy-siyosiy, badiiy va bolalar adabiyot- 
larini, eng yangi axborotlarni olishi kerak. Ishlab chiqarish 
adabiyotlari xizmat qilinayotgan xo‘jaliklarning iqtisodiy-kasbiy 
yo‘nalishi va kitobxonlarning ehtiyojlarini hisobga olgani holda 
tanlanadi.
ARM punktida tizimdagi kutubxonalar fondida mavjud bo‘lgan 
har qanday nashrga buyurtma qilinishi mumkinligi to‘g‘risida e’lon, 
shuningdek, kutubxonalararo abonementdan, elektron pochta, 
faks, Internetdan foydalanish qoidasi bo‘lishi kerak. Jamoatchi 
kutubxonachi o‘z kitobxonlari uchun zarur bo ‘lgan kitoblarga 
buyurtmalar oladi, ularni kutubxonaga topshirib, bajarilishini 
kuzatadi.
ARM punktining foydalanuvchilarga yangi nashrlar to ‘g‘ri- 
sida axborot berish va kutubxona tizimining yagona fondini tar- 
g‘ib qilish, tavsiya, bibliografik ko‘rsatkichlar yordamida, elek­
tron ma’lumotlar hamda vaqt-vaqti bilan tashkil qilinadigan 
ko‘rgazma-ko‘riklardan foydalanish orqali amalga oshiriladi.
ARM punktining kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishga doir 
ishlarini hisobga olish (kitobxonlar soni, qatnov soni, berilgan 
kitoblar, ommaviy tadbirlar va boshqalarning soni) asosiy ARMda 
qo‘llaniladigan kundalikda yuritiladi. M a’lumotlar kutubxona 
punkti ixtiyorida boigan ARMning hisobotiga qo‘shib yuboriladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish