Ma ’lumot-bibliografiya mediaresurslar bolim i
— turli dolzarb
mavzularda bibliografik resurslarni ishlab chiqish, nashrga
tayyorlash, boshqa AKMlarning bibliografik resurslarini yig‘ish,
saqlash, ulardan foydalanish bo‘yicha ish olib boradi.
Zamonaviy axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining
kirib kelishi bilan, axborot-kutubxona muassasalari oldiga katta
vazifalar qo‘yildi, ularning ish faoliyati kengaydi, ishning yan-
gidan
yangi turlari paydo boidi, jahon kutubxonalari tajriba-
sidagi ayrim jihatlar o ‘zlashtirildi. Elektron katalog yaratilmoqda.
Elektron resurslar fondi tashkil etilyapti. Shunga ko‘ra,
AKMlarning tarkibiy tuzilmasida ham katta o‘zgarishlar yuz berdi.
Barcha viloyatlarning tarkibiy tuzilishi deyarli bir xil, faqat
Samarqand viloyat AKMda biroz farq bor. Barcha AKMlarda
2011-yil 23-fevraldagi 1487-sonli Qarordan so‘ng elektron kutub
xonalar tashkil etildi. Samarqand viloyat AKMida ham elektron
kutubxona, umumiy o‘quv zali, yoshlar o‘quv zali, ma’lumot-
bibliografiya bo‘limi, xorijiy tillardagi adabiyotlar sho‘basi,
nemis o‘quv zali, madaniyat va san’at sho'basi,
vaqtli matbuot
sho‘basi, o‘lkashunoslik sho‘basi, abonement sho‘basi mavjud.
Elektron kutubxona elektron resurslar yaratish, elektron kata-
logda kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish, Internet xizmatini yuritish
bilan shug‘ullanadi.
Ma’lumot-bibliografiya bo‘limi fondida kitobxonlar uchun
400 dan ortiq ensiklopediyalar, lug‘atlar, ma’lumotnoma
nashrlar,
bibliografik qo‘llanmalardan iborat yordamchi ma’lumot-axborot
fondi tashkil topgan. Bo‘limda maqolalarning tizimli katalogi,
o'lkashunoslik tizimli kartotekasi, bibliografik materiallarning
kartotekasi, yozma ma’lumotlar kartotekasi, vaqtli matbuot nashr-
lari kartotekasi kitobxonlar xizmatida. Turli mavzuli kartotekalar
kitobxonlar tomonidan muntazam foydalaniladi. Muhim sanalar
va unutilmas voqealarga oid tavsiya ro‘yxatlari, tavsiya-bibliografik
qo‘llanmalari tez-tez tayyorlanadi. 2010-yildan bo‘limda vaqtli
nashrlarning ma’lumotlar bazasi yaratilmoqda. Chorakda bir marta
yangi adabiyotlar bulleteni chiqarilib, har oyda yangi adabiyotlar
yuzasidan bibliografik
sharh berib boriladi, 30 tagacha sayohat
uyushtiriladi. Yozma va og‘zaki so‘roqlarga javob beriladi.
259
www.ziyouz.com kutubxonasi
ARMlarning tarkibiy bo‘linmalari — kitob fondini butlash,
adabiyotlarga ishlov berish, kitobxonlarga xizmat ko'rsatish
(abonement va o‘quv zallari, maxsus o ‘quv zallari), axborot
texnologiyalari bo‘limi, ayrimlarida elektron kutubxona (elektron
katalog, elektron resurslar fondi bilan).
Har qanday axborot-kutubxona
muassasasida kitobxonlarga
xizmat ko‘rsatish bo‘limi asosiy bo‘lim hisoblanadi. Kutubxona
fondini to ‘ldirishdan hisobot ishigacha bo‘lgan jarayonlarning
maqsadi, yo‘nalishi, uzviy bog‘liqligi aholiga sifatli va samarali
axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishga qaratilgan. Bu xizmatni,
asosan, kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi bajaradi.
Bu xizmat
turlari — kutubxonada xizmat ko‘rsatish va kutubxonadan tashqa-
rida xizmat ko‘rsatish usullaridan tashkil topgan.
Kutubxonada vaqtincha uyda foydalanish uchun huquq
beradigan va buni rasmiylashtirib beradigan sho‘ba yoki ayrim
kutubxonalarda bo‘lim deb tashkil etiladigan — abonementdir.
«