tayyorgarlik ko‘rish kutubxonachining kitob berishga tayyorgarLik
ko'rish jarayonida amalga oshiriladi. Abonement xonasi batartib
jihozlangan, ko‘rkam ko‘rinishga ega bo‘lishi kerak.
Kitobni topshirish muddatidan 15 kun o‘tib ketsa, kitobxonga
maxsus xat yoki telefon orqali eslatma beriiadi, kitoblar yo‘qolsa
yoki yaroqsiz holga tushib qolsa, kutubxonaga shu kitobning
o‘zidek
yoki teng mazmundagi, ba’zi hollarda kutubxona uchun
zarur va awaldan tuzilgan ro‘yxat asosida tavsiya etilgan kitob
qaytarilishi kerak. Bu haqda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2002-yil 18-yanvardagi «Notariuslarning ijro
xatlariga asosan qarzni undirish so‘zsiz amalga oshiriladigan
hujjatlar ro ‘yxatini tasdiqlash to ‘g‘risida»gi 26-sonli
qarori
8-bandida «Kutubxonadagi bosma asarlar yoki materiallar
kitobxon tomonidan yo‘qotilgan bo‘lsa va uni kutubxonaga
qaytarishning iloji bo‘lmasa, aynan shunday adabiyot yoki teng
qiymatli adabiyot yoxud almashtirishning imkoni bo‘lmagan hol
larda ularning qiymatiga teng kitoblar yoki 10 baravar miqdorida
undirib olinishi kerak» deyiladi. Agar eslatmadan keyin ham kitob
qaytarilmasa, talabnoma yuboriladi. Shunda ham kitob qayta-
rilmasa, qat’iy chora ko‘riladi.
Kutubxonaga kitob topshirishdan
bosh tortgan kitobxonlar-
dan notarial idorasining buyrug‘iga binoan, 10 barobar bahosi
undirib olinadi. Kitobxon har bir olgan kitobi uchun imzo chekadi.
Maktab o‘quvchilari uchinchi sinfdan boshlab imzo chekadilar.
Kitob kutubxonaga qaytarilgandan keyin kitobxon oldida kitobni
qabul qilganligi haqida imzo qo‘yiladi. 16 yoshgacha bo‘lgan bo
lalar ota-onalari hujjatiga asosan kutubxonaga a’zo bo‘ladilar.
Masalan, vaqtincha dam olishga, mavsumiy qishloq xo'jaligi ish-
lariga kelgan kitobxonlarga uyga kitob berilmaydi, faqat о quv
zalida foydalanish uchun hujjat asosida ruxsat beriiadi.
Kitobxon formulari har yili yanvar
oyidan qaytadan ro y-
xatdan o‘tkaziladi. Qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda olingan kitoblar
kutubxonaga qaytarilishi kerak va kitobxonga yangi tartib raqami
beriiadi. Formularning birinchi qismidagi ma’lumotlar tekshinb
chiqiladi. Agar o'zgarish bo‘lsa, u holda yangi formular ochiladi
263
www.ziyouz.com kutubxonasi
(masalan,
familiyasi, manzili o‘zgarishi mumkin). Kitobxon
formulari qutilarga sanalar yoki formular tartib raqami bo‘yicha
joylashtiriladi.
Kitobxon formulari xizmat ko‘rsatish bo‘limida asosiy hujjat
hisoblanadi. Kitobxon bilan dastlabki suhbat jarayonida for
mular to ‘ldirib boriladi, formularning 2-ichki qismiga kitobxon
tanlagan adabiyotlarning
inventar raqami, qaysi bilim sohasiga
oidligi, muallifi va nomi yozib qo‘yiladi. Kitobxon olgan ada-
biyotlarini tasdiqlash m a’nosida imzo chekadi. Formularning
3- qismida aynan shu kitobxon uchungina xos bo‘lgan xususiyatlar,
izohlar, eslatmalar, kitobxon bilan kelgusida olib boriladigan ishlar
mazmuni yozib boriladi.
Ko‘pgina kutubxonalarga (masalan, oliy o ‘quv yurti kutub
xonasi) a’zo bo‘lgan kishiga yagona kitobxonlik hujjati beriladi.
Uning birinchi
betida kutubxonaning nomi, kitobxonning fa
miliyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti va asosiy mashg‘uloti,
a’zo bo‘lgan sanasi ko‘rsatiladi. Ikkinchi va uchinchi betida
kutubxonadan foydalanish qoidalaridan nam unalar keltirilgan
va har yili qayta ro‘yxatga olish vaqtidagi
sana va muhrlar yan-
gilanib boriladi. Oxirgi betida kutubxona ishlaydigan kunlari va
soatlarini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar va kitobxonlik chiptasini
yo‘qotgan taqdirda tezlik bilan bu haqda kutubxonaga m a’lum
qilish kerakligi haqida xabar beriladi.
Kitobxonlik chiptasiga tartib raqami qo‘yiladi: bu bilan
chiptalarni bir tartibda raqamlashga erishiladi hamda kitobxon-
larni hisobga oUsh yengillashadi. Chipta berilayotgan vaqtda har
bir kitobxon uchun ro‘yxatga olish varaqasi to ‘ldirilib, unda
kitobxonning familiyasi, ismi, otasining ismi, yozilgan vaqti,
mazkur kutubxonada yoki bo‘limida berilgan chiptaning tartib
raqami ko‘rsatiladi. Ro‘yxatga olish varaqasidagi familiyalar alifbo
tartibida joylashtiriladi.
Yagona kitobxon chiptasi kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni
yaxshilashga yordam beradi, kitobxonlar o‘zlariga qulay bo‘lgan
istalgan kutubxonadan yoki
shaharning bir necha ARM va
kutubxonalaridan foydalanayotgan kitobxonlarni,