(&
Takrorlasli uchun savollar
1. AKM xodimlari bilan ishlash mas’uliyati nimaga asoslanadi?
2. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi
qanday tashkil etilgan?
3. Malaka oshirishning va qayta tayyorlashning maqsadi, vazifalarini
bayon eting.
4. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllarini bilasizmi?
5. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning nizomida nimalar aks etgan?
6. Tanlovlar va ularning ahamiyati nimalardan iborat?
285
www.ziyouz.com kutubxonasi
17-bob.
AKMLAR ISHLARINI REJALASHTIRISH.
REJALARNING TURLARI
AKMlar boshqa sohalarga oid tashkilotlar va muassasalar
kabi o‘z faoliyatini reja asosida tashkil etadi. Reja AKM faoliyatini
to‘g‘ri va aniq tashkil etish asosidir, faoliyat dasturidir. Unda
mablag‘lardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, kitob jamg‘armasini
to‘g‘ri va aniq, maqsadli tashkil etish, mutaxassis xodim mehnatini
to‘g‘ri tashkil etish, yo‘naltirish va undan to ‘g‘ri foydalanish
vositasidir. Reja aholiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish
ishini yaxshi yo‘lga qo‘yishga imkon beradi, kitob targ‘iboti bo‘-
yicha ishni aniq yo‘lga qo‘yishni ta’minlaydi.
Rejani tuzishdan maqsad belgilangan muddatda faoliyatni
tashkil etish yo‘nalishlari, ish jarayonlari va ularning maqsadini,
qachon, nima qilish lozimligini, kutubxona faoliyatining maq-
sadga erishish uchun vazifalarini, ularning kolam ini, mazmuni,
uslublarini aniq belgilab olishdan iborat. AKM rejasining asosini
davlat hujjatlarida belgilab berilgan vazifalarni amalga oshirish
yo‘nalishidagi asosiy talablar, aholiga sifatli va samarali axbo
rot-kutubxona xizmati ko'rsatish masalalari tashkil etadi. Rejani
tuzishda davrning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ma’naviy
masalalari, talablari, hududdagi aholi guruhlarining xususiyatlari,
kitobxonlarning qiziqishlari, talab va ehtiyojlari, AKMning yo‘-
nalishi, kimga mansubligi hisobga olinadi.
Rejani tuzishga qo‘yiladigan talablardan biri — uning asoslan-
ganligidadir. Rejani tuzishda AKMning imkoniyatiari, shart-
sharoiti, kitob fondining tarkibi, texnik va texnologik vositalari,
tarkibiy boMimlar, ularning o'zaro munosabati asoslab beriladi.
Rejada belgilangan ko‘rsatkichlar bugungi kun talablariga mos
kelishi, javob berishi, bajarish mumkin bo‘lishi va xodimlarining
286
www.ziyouz.com kutubxonasi
qo'lidan kelishi e’tiborga olinadi. Ko'rsatkichlar o'tgan yilga nisbatan
o‘sib borishi, buning uchun aholi o‘sishi, oilalarni kutubxonaga
jalb etish, vaqt va mehnat me’yorlari esdan chiqmasligi kerak.
Keyingi talab rejaning bajarilishini, uning haqqoniyligini
ta’minlash. Har bir korxona va muassasaning ish rejasi uning
faoliyatida muayyan vaqt uchun qonuniy hisoblanadi. AKM rejasi
tuzilgandan so‘ng kutubxona kengashida muhokama etilib, yuqori
tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlanadi va albatta, bajarilishi lo
zim. Reja bajarilmasa davlat, xalq manfaatlarini mensimaslik,
intizomsizlik va mas’uliyatsizlikning ko‘rinishi sifatida baholanadi.
Ammo, zamriy holatlarda rejaga o‘zgartirish kiritish, qo‘shimcha
kiritish mumJkin, bu hayotiy taqozodir. Davrdagi siyosiy, mada
niy, ma’rifiy o‘zgarishlar, voqea va hodisalar bunga sabab bo‘ladi.
Rejani tuzishga yana bir talab — savodxonlik, ilmiylik. Reja-
dagi vazifalarni belgilashda har bir ishga ilmiy nuqtayi nazardan
yondashish, uning ilmiy, tarixiy mazmuni, mohiyatini va
ahamiyatini, AKMning kelajagi uchun muhimligini aniq belgilab
olish zarur. Rejaning matnini tuzishda siyosiy bilim, imloviy va
stilistik savodxonlik, fikrni bera olish mahorati talab etiladi. Reja
bu qonuniy hujjat va tarixiy hujjat sifatida ko‘p yiJlar davomida
saqlanadi. Qolaversa, hisobot uchun asos, shuning uchun o‘ta
savodxonlik darajasida bayon etilishi zarur.
AKMlar faoliyatida quyidagi rejalar tuzilishi an’anaga aylangan:
1. Uzoq muddatga mo‘ljallangan istiqbolli (perspektiv) reja
lar, u 3—5 yilga moMjallanadi.
2. Yillik ish rejasi.
3. Choraklik ish rejasi.
4. Oylik ish rejasi.
5. Ayrim tadbirlarning rejasi yoki dolzarb (tezkor) reja.
Istiqbolli rejalar ko‘p yillar davomida — 3 va 5 yilga mo'ljallab
tuziladi. Ular asosida kutubxonalarning ish rejalari tuzilib, yuri-
tiladi. 2011-yil 23-fevralda Prezidentimiz tomonidan qabul qi
lingan «2011—2015-yillarda axborot-kommunikatsiya texnologiya-
lari negizida axborot-kutubxona va axborot-resurs xizmatini
takomillashtirishning chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarordan
so‘ng barcha AKMlar 2015-yilgacha mo‘ljallangan ish rejalarini
287
www.ziyouz.com kutubxonasi
ishlab chiqdilar. Unda elektron resurslar yaratish va elektron katalog
tuzish vazifalari kiritilgan. 2012-yil 20-martdagi 1729-sonli Qaror-
dan so‘ng bu yana takomillashib, respublika bo‘yicha 2020-yilgacha
yig‘ma elektron katalog tuzish, elektron resurslar, to ‘liq matnli
ma’lumotlar bazasini yaratishning istiqbolli rejasi tuzib olindi.
Yillik ish rejasi taxminan quyidagi tarkibiy qismlarga ega bo‘-
ladi, ayrim hollarda kutubxonaning yo‘nalishi, ish mazmunidan,
maqsadidan kelib chiqqan holda o ‘ziga xos bo‘limlarga ega bo‘-
lishi, o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Rejani tuzishga ijodiy ish
deb qarash, uni yo‘lma-yo‘1 ijodiy nuqtayi nazardan takomil-
lashtirib borish zarur:
1. Yilning asosiy masalalari. Mamlakatimizda har bir yil o‘ziga
xos nomlanmoqda. Shu yilni munosib o ‘tkazish bo‘yicha Va-
zirlar Mahkamasining chora-tadbirlar rejasi (dasturi) ham keng
jamoatchilikka ma’lum qilinyapti. Har bir tashkilot yoki muas
sasa o‘z vakolati doirasida ana shu dastur asosida reja tuzib oladi.
AKM rahbari ham rejaning 1-qismida ana shu dasturlar asosida
va yana boshqa muhim voqealar, sanalar, muhim masalalarni
kiritishi lozim. Ammo, nizomdagi vazifalar takrorlanmaydi.
2. Faoliyatning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy raqam
ko‘rsatkichlari majmuyi. Bu ko‘rsatkichlar asosiy vazifalami
to‘ldiradi. Ko‘rsatkichlar aniq topshiriqni ifodalash shakli bo‘lib
xizmat qiladigan o‘lchov yoki hisob natijasi bo‘lgan m a’lum son
qiymatidir. Ko‘rsatkichlarni berishda barcha darajalar uchun
yagonalik va qat’iylik, qiyoslash va yig‘malilik, komplekslilik va
aniq mo‘ljal olish talablariga javob berishi kerak. Ko‘rsatkichlar-
ning quyidagi turlari qo‘llaniladi: yakuniy — kelajak maqsadlarga
erishishga qaratilgan, miqdor-son ko‘rsatkichlari rivojlanishini
tavsiflaydi (kitobxonlar soni, fondning o‘sishi, kitob berilishi,
qatnovlar soni va boshqalar).
Sifat — rivojlanish shartlarini, kutubxona-bibliografik va ax
borot resurslarining foydalanish samaradorligini belgilaydi (o‘r-
tacha oMcham — kitob o‘qilishi, qatnov, murojaat, kitob bilan
ta’minlanganlik). Bu bo‘limda ba’zi hollarda o‘tgan yil bilan
solishtirma jadval ham ilova qilinadi.
288
www.ziyouz.com kutubxonasi
3. Fondning shakllanishi va uning ma’lumotnoma sifatida
aks ettirilishi. Fondni butlash, adabiyotlar jalb etish, nashriyotlar
bilan hamkorlik, unga ajratilgan mablag1, fondni mavzuiy va
tarkibiy qismlarga ko‘ra o ‘rganish, uning rivojlanish va foydala
nish masalalari, saqlash, gigiyenik ishlov berish, inventariza-
tsiyadan o ‘tkazish, tekshirish, fondni an’anaviy va elektron
katalogda aks ettirib borish bo‘yicha vazifalar kiritiladi.
4. Foydalanuvchilami jalb qilish, ulaiga xizmat ko‘rsatishni tako
millashtirish bo‘yicha tadbirlar: reklama faoliyati. Aholiga axborot-
kutubxona xizmati turlarini kengaytirish, sifatli xizmatni tashkil
etish, innovatsiya bo‘yicha tadbirlarni, kutubxona imijini oshirish,
reklama, OAV bilan ishlash kabi masalalarni o‘z ichiga oladi.
5. Tashkiliy va metodik faoliyat. Bu yirik kutubxonalarda, il-
miy-uslubiy bo‘limlarga ega bo‘lgan kutubxonalar ish rejasida
aks etadi. Boshqa AKMlarga yoki filiallarga uslubiy yordam
berish bo‘yicha olib boriladigan barcha yo‘nalishdagi ishlar bel
gilab olinadi.
6. Moddiy-texnik va texnologik bazani mustahkamlash bo‘-
limida binoni ta ’mirlash, rekonstruksiya qilish, texnik jihozlar
sotib olish, texnologik vositalarni olish, texnik vositalarni ta’mir
lash masalalari kiritiladi.
7. Daromadlar, xarajatlar, moliyaviy asosni mustahkamlash,
resurslardan samarali va tejamkorlik bilan foydalanish bo‘yicha
tadbirlar.
8. Jamoani ijtimoiy rivojlantirish, xodimlarning malakasini
oshirish. Ish sharoitlarini yaxshilash, maishiy masalalar, jamoa
a’zolarini qo‘llab-quwatlashning turlari, moddiy va ma’naviy
rag‘batlantirish, xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlashru
hal etish, ijodiy safarlarni belgilash ko‘zda tutiladi.
9. Boshqarishni takomillashtirish bo'yicha chora-tadbirlar.
Jamoada mehnat jarayonlarini takomillashtirish, boshqaruv devoni
tuzilmasini yo‘lga qo‘yish, alohida organlar, bo‘limlar vazifasini
o‘zgartirish, yangi bo‘limlar tashkil etish masalalari kiritiladi.
Kelgusi yil rejasi joriy yilning 15-dekabriga qadar tuzilib va
yuqori tashkilot rahbari tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Reja qanchalik tez va o‘z vaqtida tuzilsa, uni muhokama qilish,
19
-
403
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish imkoni shunchalik ko‘p
bo'ladi. Chunki yillik rejaga asoslanib, choraklik reja, choraklik
rejaga asoslanib, oylik rejatuziladi. Choraklik ish rejasida, yillik ish
rejasida umumiy vazifalar yanada aniqroq, kengroq beriladi, aynan
shu chorak uchun tadbirlaming ko'rsatkichlari aniqlashtiriladi.
Yillik ish rejada, ommaviy ishning faqat asosiy yo‘nalishi
belgilansa, choraklik rejada shu yo‘nalish bo‘yicha kitob ko‘r-
gazmasi, plakatning, kartotekalar, adabiyotlarning bibliografik
ro'yxati, adabiy kechalar, uchrashuv, savol-javob kechalari,
bibliografik sharhning mavzusi, turi, maqsadi, kitobxonlar guruhi,
vaqti, muddati sanasi bilan aniq ko‘rsatiladi. Uni tayyorlash va
o‘tkazishga mas’ullar ham aniq beriladi.
Choraklik rejalar hayotiy va kundalik voqealar, AKM oldiga
qo‘yilgan yangi vazifalardan kelib chiqib, yillik rejaga nisbatan
o‘zgartirilishi va to ‘ldirilishi mumkin. Choraldik ish rejasini
kutubxonalar, ayniqsa, qishloq joylardagi kutubxonalar yillik
rejasining vazifalarini aniqlashtirishga, kitobxonlar, kitob berish
ko‘rsatkichlarining mavsumiy xususiyatlarini, ya’ni qishloq meh-
natkashlarining kuzgi — qishki hamda bahorgi — yozgi
|