?
Takrorlash uchun savollar
1. AKMlaming turiga ko‘ra, tarkibiy tuzilishiga talablar nimalardan
iborat?
2. 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasining tarkibiy tuzilishi qanday?
3. 0 ‘zbekiston FA AKning tarkibiy bo'limlari va ularning vazifalarini
bayon eting.
4. Respublika bolalar kutubxonasining tarkibiy tuzilishi.
5. Viloyat AKMlarining tarkibiy tuzilishi.
6. ARMlarining tarkibiy tuzilishi.
7. 0 ‘zbekiston Respublikasida AKMlaridan foydalanish qoidalari.
8. AKX va boshqa xizmat ko‘rsatish tartibi haqidagi Nizomni izohlang.
9. Masofadan xizmat ko‘rsatish haqidagi Nizomda nimalar aks etgan?
10. Lavozim yo‘riqnomalari va uni tuzish qoidalari haqida nimalarni
bilasiz?
277
www.ziyouz.com kutubxonasi
16-bob.
KUTUBXONA XODIMLARI BILAN ISHLASH.
ULARNING MALAKASINI OSHIRISH VA QAYTA
TAYYORLASH. ULAR ORASIDA TURLI XIL
TANLOVLARNI 0 ‘TKAZISH
AKMlar faoliyatini rahbariyat (boshqaruv devoni) boshqa-
radi, rahbariyatda (ma’muriyat) AKM direktori yoki mudir,
direktorning kutubxonachilik ishi bo‘yicha o ‘rinbosari, umumiy
ishlar va xo‘jalik ishlari bo‘yicha direktor o ‘rinbosari, xodimlar
bo‘limi, hisob-kitob bo‘limi, tashkilotning kasaba uyushmasi
mavjud.
Ularning har biri o‘z vakolati doirasida xodimlar bilan ish
olib boradi. Kutubxona rahbari mehnat shartnomasi asosida xodimni
ishga oladi. Bunda lavozim yo‘riqnomasi talablari doirasida xodimning
maxsus ma’lumotga egaligini, ish tajribasini, kasbiy malakasini,
awal ishlagan joydagi mehnat faoliyati, undagi yutuqlari, u joydan
ketish sabablarini, mehnat qobiliyatini hisobga oladi va 0 ‘zbekiston
Respublikasi qonunchiligidan chiqmagan holda ishga qabul qiladi.
Unga jamoat shartnomasidagi talablar, ichki mehnat intizomi
talablari tushuntiriladi. Xodim mehnat shartnomasida ko‘rsatilgan
shartlarga rozi bo‘lgan taqdirda unga ma’lum belgilangan tartibda
ishlash huquqi beriladi va 2 oy sinov muddatiga ishga qabul qilinadi.
Xodim sinov muddatida talabga javob bermasa, uni ishdan
bo‘shatish yoki doimiy ishga olib qolmaslik mumkin. Uning
roziligidan so‘ng xodimlar bo‘limi tegishli hujjatlarni rasmiylash-
tirish bilan shug‘ullanadi, uni ishga olish haqida buyruq tayyor-
laydi, rahbar imzosi bilan tasdiqlab qo'yadi.
Kutubxonachilik ishi bo‘yicha direktor o‘rinbosari tashkilotdagi
barcha axborot-kutubxona xizmatining sifatli tashkil etilishi, olib
borilishi, yaratilayotgan elektron katalog va elektron resurslar sifati,
samarasi uchun, boshqa AKMlar va Xalqaro kitob almashuv tizimi,
hamkorlik ishlari, homiylarni jalb etish, ular bilan ishlash, bepul
278
www.ziyouz.com kutubxonasi
va pulli xizmat turlarini tashkil etish, uslubiy, bibliografik faoliyatini
tashkil etishda ishtirok etadi, nazorat qiladi, tekshirib boradi.
Xodimdan kutubxonachilik ishi bo‘yicha ishni talab qilishga, Iavozim
yo‘riqnomasining bajarilishini nazorat qilishga, bo‘limlarning ish
rejalarini va hisobotlarini qabul qilish, nazorat qilishga burchli.
Umumiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari barcha xo'jalik
bo‘limi xodimlari, texnik xodimlar bilan ish olib boradi, ularni
ishga qabul qilish va ishdan ozod qilishda ishtirok etadi,
kutubxonaning moddiy-texnik negizini mustahkamlash ishini
boshqaradi, nazorat qiladi, Iavozim yo'riqnomalari doirasida ishni
talab etish, nazorat qilish huquqiga ega.
Xodimlar bilan ishlovchi rahbar, awalo, kasbiy malakaga va
nazariy hamda amaliy bilimga ega bo‘lishi, xodimlar bilan ishlash
madaniyati, axloqiy ko‘nikmalariga ega bo‘lishi, qaror qabul qila
bilishi, keskin vaziyatlarda muammolarni hal eta olishi, ishchan,
mehnatsevar, insonparvar bo‘lishi shart. 0 ‘z faoliyatiga taalluqli
0 ‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, sohaga oid Prezident
Qarorlari, Ko‘rsatmalari, Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining
hujjatlari bilan tanish bo‘lishi, ular asosida ishni tashkil etishi
zarur. Jamoa shartnomasining, ichki tartib-intizom haqidagi
qoidalarning to‘liq va to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qila olishi
hamda qat’iy talab qila bilishi, kasaba uyushmasi bilan birgalikda
ish olib borishi, hisob-kitob ishlarining to‘g‘ri bajarilishini nazorat
qila olishi va talab qilishi, moliyalashtirishi, ma’naviy rag'batlanti-
rish faoliyatini nazorat qila olishi, ma’naviy, ma’rifiy tadbirlarni
tashkil etishni nazorat qila bilishi, har bir xodimning mehnat
faoliyati, ma’naviy, ma’rifiy faoliyati, mehnat sharoitidan xabardor
bo‘lishi shart. Boshqa tashkilotlar, AKMlar, homiylar bilan ishlay
olishi zarur, AKM faoliyatiga homiylami jalb eta bilishi kerak.
Xodimlar bilan ishlashda demokratik tamoyillarga amal qilishi,
rahbar va xodim o'rtasidagi samimiy munosabatni tashkil eta bilishi,
o‘zaro hurmat holatini tashkil eta bilishi lozim. Xodimlarning
malakasini oshirish va qayta tayyorlash faoliyatini boshqarishi,
nazoratga olishi darkor. Zamon talablari o‘zgarib borishi bilan
xodimlarning malakasi, bilimiga talab ham kuchayib bormoqda.
279
www.ziyouz.com kutubxonasi
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to ‘g‘risida»gi
Qonunda belgilab berilganidek, 0 ‘zbekistonning kelajagini
ta’minlaydigan yetuk, malakali mutaxassis kadrlarni yetishtirish
birinchi galda axborot-kutubxona muassasalari xodimlarining
malakasiga, bilimiga, yoshlarni tarbiyalay olish qobiliyatiga bog‘-
liq. Kutubxonachilik ishi sohasining yutuqlari, ilg‘or tajribalari,
taraqqiy etib borishi salohiyatli kadrlarga bog‘liq, uning kamchi-
liklarini, xatolarini bartaraf etish ham ularga bog‘liq.
Shuning uchun oliy malakali kutubxonachi kadrlarni tay
yorlash bilan 1958-yildan boshlab, aw al Q o‘qon pedagogika
instituti, 1960-yildan Nizomiy nomidagi TD PU , 1974-yildan
maxsus tashkil etilgan Toshkent davlat madaniyat instituti
shug‘ullandi. 2006-yilgi 381-sonli qarordan so‘ng Toshkent axborot
texnologiyalari universitetida «Axborotlashtirish va kutubxo
nashunoslik» yo‘nalishi tashkil topdi va 2012-yil Madaniyat ins
tituti qoshidagi «Axborot-kutubxona faoliyatini boshqaruv» fakul-
teti tugatilib, TATUga qo‘shildi va «Axborot-kutubxona tizimlari»
kafedrasida oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlana boshlandi.
0 ‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar tayyorlash 1930-yillarda ki-
chik o‘quv kurslarida, to‘garaklarda tayyorlangan. 1937-yildan
boshlab mamlakatimizda tashkil topib kelgan Toshkent mada
niyat, Nukus madaniyat, Buxoro madaniyat, Namangan mada
niyat, Qarshi madaniyat o‘rta maxsus bilim yurtlarida tayyorlangan
bo‘lsa, keyinchalik respublika bo‘yicha (2013-yilga kelib 136 ta)
tumanlar, shaharlar, viloyatlar markazida tashkil topgan san’at,
pedagogika kollejlari tarkibidagi axborotlashtirish-kutubxona-
shunoslik yo‘nalishlarida tayyorlana boshlandi.
Kutubxona xodimlarining malakasini oshirishga ham turli
davrlardaturlichayondashilgan. 1978-yilgachaTDPU vaTDMI
instituti qoshidagi «Kutubxonachilik» fakulteti, so‘ngra Madaniyat
vazirligi tizimidagi Madaniyat muassasalari xodimlarining malaka
sini oshirish institutida, so‘ngra Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent
davlat madaniyat instituti tarkibidagi malaka oshirish fakulteti
2012-yilga qadar shug‘ullandi. 2011 -yil 23-fevralda qabul qilingan
Prezidentimizning 1487-sonli va 2012-yil 20-martdagi
1729
-sonli
Qarorlaridan so‘ng mamlakatimiz AKMlarida faoliyat yuritayotgan
280
www.ziyouz.com kutubxonasi
xodimlarning malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi
qaytadan ko‘rib chiqildi. Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston
Milliy kutubxonasiga, viloyatlar hududidagi barcha AKMlari
xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash viloyatlar-
ning AKMlariga biriktirildi. Endilikda MK nizomiga ko‘ra, MK
muntazam ravishda malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha
faoliyat yuritadi. Bunda xodimlar uchun turli yo‘nalishlarda
seminarlar, xorijiy mamlakat mutaxassislari ishtirokida seminar-
lar, o‘quv mashg‘ulotlari, xorijiy mamlakatlar kutubxonalariga
ijodiy va kasbiy safarlar, axborot-kutubxona faoliyatini takomil-
lashtirish bo‘yicha seminar-treninglar, o'zaro tajriba almashishlar
tashkil etildi.
Har ikki yilda bir marta «Fan, ta’lim, biznesda Internet va
axborot-kutubxona resurslaridan foydalanish» mavzusida Mar
kaziy Osiyo Xalqaro anjumanining o‘tkazilishi ham xalqaro
doirada malaka oshirishning eng yaxshi usuli hisoblanadi. Bunda
Yevropa, 0 ‘rta Sharq, Sharq, AQSH, Markaziy Osiyo mamla-
katlarining ilg‘or kutubxonalari, mutaxassislar o‘z tajribalari,
yutuqlari bilan qatnashadilar, turli bosma va elektron resurslar-
ning taqdimoti o‘tkaziladi, o‘zaro hamkorlik qilish uchun, yangi
do‘stlar orttirish uchun imkoniyat yaratiladi.
2012-yilning o‘zida Oliy Majlisning Qonunchilik palatasi ЬДап
hamkorlikda «Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qo-
nunning ijrosini ta’minlash masalasi bo'yicha seminar o'tkazildi.
2012-yilning 24-fevralida kasaba uyushmalari kutubxonalari
uchun seminar, 14-martda «Mustahkam oila yilida AJCMlarming
o‘rni» mavzusidagi seminarda kitob orqali oilaning o‘rnini oshi
rish, ma’naviy dunyoqarashini shakllantirish, turli muassasalarga
qarashli kutubxonalar xodimlarining MKga sayohati, tanishuvi,
25-sentabrda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha
Xalqaro Sammitda respublika kutubxonalarining faol ishtiroki,
axborot texnologiyalari savodxonligi bo‘yicha xalqaro о qish-
ning tashkil etilishi, AKMlar xodimlari, xalqaro jamoatchilik,
xorijiy mamlakat kutubxonalarining ishtirokida «Foydalanuv-
chiga bir qadam» mavzusidagi ilmiy-amaliy konferensiya,
«Kelajakka intiiayotgan kutubxona» mavzusidagi davra suhbatlari.
281
www.ziyouz.com kutubxonasi
FA AKda tizim kutubxonalari uchun o ‘tkazilayotgan axborot-
kutubxona faoliyati masalalariga oid o ‘tkazilayotgan o ‘quv
seminarlari, korporativ kutubxona tarmoqlarini tashkil etish
bo‘yicha o‘tkazilayotgan seminarlar, Respublika bolalar kutub
xonasi, Respublika ilmiy pedagogika kutubxonasi, Respublika
ilmiy tibbiyot kutubxonasi, 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazining malaka oshirish instituti ARM, Respublika imko
niyati cheklangan kitobxonlar kutubxonasi tomonidan o‘z ti-
zimlarida o‘tkazilayotgan seminarlar, o‘quv mashg‘ulotlari, turli
maqsadlardagi chiqishlari kutubxonalar xodimlarining malaka-
sini, mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Gyote instituti bilan muntazam ravishda o ‘tkazilayotgan
xalqaro seminarlar va turli xil xalqaro loyihalar muhimdir. 0 4 -
gan yillar mobaynida respublikamiz kutubxonalari vakillari Yev-
ropa mamlakatlarining bir qator shaharlarida o‘tkazilgan xalqaro
anjumanlarda, har yili o‘tkazilayotgan Qrim konferensiyasida
ishtirok etishadi.
«Axborot-kutubxona faoliyati to ‘g‘risida»gi Q onun va
1729-sonli Qaror asosida AKM xodimlarining malakasini oshirish
va qayta tayyorlashga oid davlat talablari (DT) islilab chiqilgan.
Uning tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1. Umumiy qoidalar. Bunda DTning mohiyati, uni bajarish
majburiyatlari ko‘rsatilgan.
2. Qo‘llash sohasi. AKMlarida qo‘llanishi, u aniqlaydigan
yo‘nalishlar berilgan (tizimning huquqiy hujjatlari, strukturasi,
boshqarish tizimi, asosiy maqsad va vazifalari, o‘quv mashg‘ulotlari
hajmi, uning mazmuniga va sifatiga umumiy talablar, tartibi).
3. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining huquqiy
hujjatlari.
4. Malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimining strukturasi
va boshqarish (Idoralararo kengashning boshqaruv organi ekan-
ligi, tizimda RUKning o‘rni, vazifalari, turli vaziriiklarning vazi
falari, viloyatlardagi AKMlarining vazifalari, Milliy kutubxona-
ning vazifalari yoritilgan).
5. Malaka oshirish va qayta tayyorlashning shakllari va tur-
lari (maqsadi, qayta tayyorlashning shakllari — axborot-kutub-
282
www.ziyouz.com kutubxonasi
xona ixtisosligi, kasbiy ixtisoslik, umumiy va mavzuli o‘qitish ti-
zimlari — stajirovka, masofadan o‘qitish, tajriba almashish, se
minar, konferensiyalarda ishtirok etish, tor mavzular va yo‘na-
lishJarda malaka oshirish kabiiar).
6. 0 ‘quv yuklamasining hajmi.
7. Malaka oshirish va qayta tayyorlash sifati, mazmuniga
umumiy talablar.
8. Ta’lim haqidagi hujjatlar.
9. AKMlari rahbarlarining malakasini oshirish tartibi.
10. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyor
lash sifatini baholash va nazorat qilish.
11. AKM xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyor
lash o ‘auv-maslahat kursi, professor-o‘qituvchilar tarkibi.
«TEMPUS» dasturining «Kutubxona-axborot fanlari bo‘-
yicha yangi magistrlik dasturi» loyihasi doirasida zamonaviy
kompyuter texnikasi bilan jihozlangan o‘quv markazi TATUda
tashkil topdi.
Loyiha axborot-kutubxona fanlari bo‘yicha bir qator Yevropa
mamlakatlari bilan hamkorlikda universitetda yangi magistratura
mutaxassisligi uchun magistrlik dasturini yaratish va uni yanada
takomillashtirishdan iborat. Eng so‘nggi rusumdagi AQSHda
ishlab chiqarilgan kompyuterlar, skaner, printeriar bilan jihoz
langan o ‘quv markazining ochilishidan yana bir maqsad
ta’limning va masofadan o‘qitishning ilg‘or usullari va vositala-
ridan foydalangan holda mamlakatimizning axborot-kutubxona
muassasalari uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va qayta
tayyorlashning samarali o ‘quv dasturlarini ishlab chiqish hamda
amalga oshirishdan iborat.
Loyihada Yevropadan Italiyaning Parma universiteti, .Ispa-
niyaning Barselona universiteti, Norvegiya, Buyuk Britaniya-
ning Middleks universiteti (loyiha muallifl), Shotlandiyaning
Robert Gordon universiteti, Latviyaning Rezekne oliy ta’lim
instituti, Armanistondan asosiy ilmiy kutubxona, Gruziyadan
Ilya Chavchavadze nomidagi davlat universiteti va Gruzin
kutubxonachilik assotsiatsiyasi, shuningdek, 0 ‘zbekistondan
TATU va Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat san’at va
283
www.ziyouz.com kutubxonasi
madaniyat instituti ishtirok etmoqda. Loyiha doirasida har ikki
oliy o‘quv yurtining axborotlashtirish va kutubxonashunoslik
yo‘nalishidan bir guruh o ‘qituvchilar Shotlandiyaning Robert
Gordon universitetida malaka oshirib qaytishadi.
Loyihaning bajarilishi natijasida ishlab chiqilgan yangi o‘quv
dasturi asosida yangi magistratura mutaxassisligini tashkil qilish,
hamkor mamlakatlarda o ‘qituvchilar va magistrantlarning taj-
riba almashishini tashkil qilish, turli xil o ‘quv materiallariga ki
rish imkoniyatini beruvchi Internet kompyuter tarmog'i mar-
kazlarini tashkil etish, hamkor davlatlarda va mamlakatimizda
kutubxonachilik va arxiv ishini rivojlantirish maqsadida ta’lim si-
fatini va samarasini oshirishning mexanizmlarini kiritishdan
iborat. 0 ‘zbekiston, Armaniston va Gruziya davlatlarining 15 nafar
o ‘qituvchisi uchun Yevropa universitetlarida magistrlik dasturi
bo‘yicha o‘qish tashkil etildi. Kelgusida yevropalik professorlar,
o ‘z navbatida, yo‘nalish bo‘yicha hamkor mamlakatlarda mash-
g‘ulotlar olib borishib, kutubxonachilik va arxiv ishi bo‘yicha
ingliz tili kursi tashkil etish ham nazarda tutilgan. Yevropa uni
versitetlarida talabalarimiz uchun o‘quv kurslari tashkil etiladi.
AKM xodimlarining malakasini oshirishda turli xil tanlovlar-
ning o‘rni katta. 1967-yildan an’anaviy tusda o‘tkazib kelinayotgan
RBKning «Eng yaxshi kitobxon», «Eng yaxshi kitobxon oila»
kabi tanlovlari, 2006-yildan beri 0 ‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
markazi tomonidan o‘tkazib kelinayotgan «Yilning eng yaxshi
ARMi» ko‘rik-tanlovlari shular jumlasidandir. Ko‘pgina ku
tubxonalarda «Prezident asarlarining bilimdoni» kabi tanlovlar
ham o‘tkaziladi. Bunday tanlovlar xoh kitobxonlar, xoh kutub
xona xodimlari o‘rtasida bo‘lsin, uni tashkil etishda, tayyorlashda
va o‘tkazishda kutubxona xodimining o‘rni katta. Bunday tan
lovlar, awalo, kutubxona xodimining mas’uliyatini oshiradi,
ishchanligini, tadbirkorligini, nazariy va amaliy bilimi, ko‘-
nikmasini, yangi axborotlardan xabardorligini, kitobxonlar bilan
ishlash malakasini, o‘zini namoyon qila olish qobiliyatini, ko‘p-
chilikka o‘zini, kutubxonani, mehnat faoliyatini, yutuqlarini, fikr-
mulohazalarini yetkazib bera olish mahoratini, reklama faoliyatini
to‘g‘ri tashkil etishni takomillashtiradi.
284
www.ziyouz.com kutubxonasi
Tanlovlar uch bosqichda o‘tkaziladi, odatga ko‘ra, 5 ta shart
bolyicha baholanadi. Tanlov ishtirokchilarining bilimini, ma-
horatini, faoliyatini baholash uchun hay’at a’zolari saylanadi. Ular
yuqori mutasaddi tashkilot rahbari tomonidan buyruq bilan
tasdiqlanadi. Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘aIar bilan
taqdirlanadi. Bunday tanlovlar respublika miqyosida AKMlari
o‘rtasida do‘stlik, samimiy munosabatni shakllantirib, ilg‘or ish
tajribalarini o‘rganishga, ommalashtirishga, namoyish etishga,
bir-biridan bevosita o‘rganishga imkon beradi. 0 ‘zidagi kamchi
lik va xatolarni anglab yetishga, ularni tuzatish yo‘llarini belgi-
lashga, kelgusidagi ish rejalarini mukammallashtirishga, fao-
liyatini yanada to‘g‘ri va aniq tashkil etishga olib keladi.
Tanlovlar shuni ko‘rsatadiki, keyingi yillarda tanlov ishti-
rokchilari ta ’sirida tumanlardagi, shaharlardagi AKMlarda
tanlovlarda ishtirok etishga qiziqish, intilish oshgan. Shu bahonada
faoliyatini yaxshilash, xato va kamchiliklami tuzatish, faoliyatiga
yangiliklarni olib kirish, mamlakatimiz va xorijiy mamlakatlar ish
tajribalarini o ‘rganish hamda undan foydalanish, kompyuter sa-
vodxonligini oshirish, kitobxonlar bilan ishlash madaniyatini
ko‘tarish mas’uliyati sezilmoqda. Tanlov natijalari muntazam OAV
da namoyish etilishining o‘zi uning nufuzini oshiradi.
|