Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

mavsumlar
uchun ishlab chiqarish sharoitlarini hisobga olgan holda tuzadilar.
Yillik ish rejasida o‘z aksini topmagan kutilmagan ba’zi bir 
vazifalar choraklik yoki oylik ish rejasiga kiritiladi. Masalan, 
yangi nashr etilgan asar taqdimoti, Prezident tomonidan e’lon 
qilingan Qarorlar, Farmonlar, yangi asarlari, turli bayramlar, 
yubiley tadbirlarini munosib kutib olish to ‘g‘risidagi Qarorlar. 
Har bir chorakda o‘ziga xos ayrim vazifalar ham kiritiladi. Bi­
rinchi chorakda kitobxonlarning deyarli 70 % ini qayta ro‘yxatdan 
o‘tkazish rejalashtirilsa, qishloq joylarda mavsumiy ish xusu- 
siyatiga ko‘ra, vazifalar belgilanadi.
Rejani ishlab chiqish bu faqat ishning boshlanishidir. Yillik 
rejaning bajarilishi butunlay choraklik va oylik rejalarida belgi­
langan tadbirlarni amalga oshirishga bog‘liqdir. Awalo, choraklik 
reja asosida tuzilgan oylik ish rejalarining bajarilishini 
ta ’minlash
zarur. Ishning kundalik hisobi o‘z vaqtida amalga oshirilsa, cho­
raklik va yillik ish rejasining qanday amalga oshirilayotganligini* 
kitobxonlar qatnovi, o‘qishi, kitob berilishi, ommaviy ishlar bo‘-
290
www.ziyouz.com kutubxonasi


yicha nazorat qilish imkoni bo‘ladi. Har oy va chorak yakunida 
ish yakunlari AKM xodimlari bilan birgalikda kutubxona ken- 
gashi yig‘ilishida muhokama qilinadi. Erishilgan ko‘rsatkichlarni 
rejadagi vazifalar bilan taqqoslab, ishdagi xato va kamchiliklar 
aniqlanib, mutaxassis xodimlar mavjud kamchiliklarni bartaraf 
etish bo‘yicha chora-tadbirlami belgilashadi.
Rejalarning bajarilishini muntazam nazorat qilish va tek- 
shirish, mutaxassis xodimlar va faoUaming ishlarini tashkil etishda 
muhim rol o‘ynavdi.
Oylik ish rejasida belgilangan vazifalar kalendar jadval 
ko‘rinishida aks etadi. Jadvalning ko‘rinishi taxminan shunday, 
unda ustunlar berilishi, dastlab tartib raqami, tadbirning nomi, 
o‘tkazish muddati, o ‘tkazish joyi, mas’ul, o‘tkazilganligi ha­
qida belgi qo‘yiladi. Kutubxonachi xodim o‘z bo‘limida kunlik 
olib borilayotgan ishlarni, kutubxona kundaligida har kungi 
ko‘rsatkichlarni hisoblab chiqadi, jamg‘armani o‘rganish, to‘l- 
dirish, chiqarish, kitobxonlar bilan ishlash, xizmat qilish, uslu­
biy ishlar kiritiladi.
Joriy rejalarning bir turi dolzarb epizodik rejalardir. Bu re- 
jalar masalalar, voqealar bo‘yicha tuziladi. Epizodik rejalar, 
Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, qarorlar, 
Prezident Farmonlari, saylovlar o‘tkazish, ekish va yig‘im-terim 
mavsumlari, davlat arboblari, yozuvchilar, taniqli shaxslar yubi- 
leylarini o‘tkazish bo‘yicha tuziladi.

Download 11,3 Mb.
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish