18-bob.
KUTUBXONA ISHINING HISOB VA
HISOBOTI. HISOB VA HISOBOT ISHLARINING
AHAMIYATI, TURLARI
0 ‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning
hozirgi bosqichida ko‘p tarmoqli iqtisodiy tizimni tashkil etish,
davlatimiz mustaqilligini mustahkamlash sharoitida insonning
jismoniy va ma’naviy salohiyatini, ehtiyoj va manfaatlarini hisobga
olish masalasi alohida ahamiyatga ega. Ijtimoiy yo‘na!tirilgan bozor
iqtisodiyotiga o‘tishdan iborat o ‘z yo‘limiz va dasturimizni
muvaffaqiyatli
amalga oshirish, demokratik huquqiy davlat va
fuqarolik jamiyati qurish vazifasini hal etish bevosita inson, uning
professional bilimlari, sidqidilligi, mas’uliyati, tadbirkorligi,
tashabbuskorligi va boshqa ko‘pgina qimmatli fazilatlariga bog‘liqdir.
Mamlakatimizning
har yilgi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-
ma’rifiy va boshqa sohalardagi erishgan yutuqlari, qoiga kiritgan
muvaffaqiyatlari, xalqaro munosabatlar, barcha sohalardagi
o‘zgarishlar, yo‘l qo‘yilgan xato va kamchiliklar va boshqa ko‘p-
lab yo‘nalishlardagi masalalar yil oxirida sarhisob qilinadi va
OAVda ommaga ma’lum qilinadi. Jamiyat taraqqiyotining
barcha
sohalarida rejalashtirish bo‘lgani kabi hisob va hisobot faoliyati
ham amalga oshadi.
Tuzilgan rejaning amalga oshirilishi hal qiluvchi hisobotdir.
Reja va hisobot uzviy bog'liqdir. Hisobotga qarab, kelajakdagi
ishlarni amalga oshirishning to‘g‘ri va aniq yo‘nalishi ko‘rsatilgan
reja tuziladi. 0 ‘z navbatida, tuzilgan rejaning qay darajada amalga
oshirilganini bilish uchun, hisob va hisobot ishlari olib boriladi.
AKMlarda hisobot katta ahamiyatga ega. AKMda hisobotni
to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish uch maqsadga xizmat qiladi:
1.
AKMlar faoliyati bilan butun bir jamoatchilikni, barcha
fuqarolarni to‘liq tanishtirish;
292
www.ziyouz.com kutubxonasi
2.
Ishga aholini jalb etish;
3. AKM va boshqa kutubxona xodimlarini raqobat asosida islini
takomillashtirishgajalb etish.
Kutubxonalarda boshqa sohalarda bo‘lgani kabi, hisobotning
bo‘lishi yagona umumdavlat hisobotlari shaklini yaratishda, hisobot
ko‘rsatkichlari tizimini ishlab chiqishda, shuningdek, har bir
kutubxonadan o‘z vaqtida hisobot berib turishda ahamiyatlidir.
AKMlar uchun hisob va hisobotning yagona davlat shakli
hamda usullari joriy etilgan. Hisobotlar juda to‘g‘ri va aniq boMishi,
ishning haqiqiy ahvolini to‘g‘ri aks ettirishi kerak.
Kutubxonalar
faoliyati haqida faqat davlat oldidagina emas, balki kitobxonlar va
aholi oldida ham hisobot beradilar.
AKMda yil davomida bajarilgan ishlar yuzasidan tuzilgan re-
jaga muvofiq hisobot berilib, yakun yasaladi. Yillik rejaning
belgilangan ko‘rsatkichlari tahlil qilinadi. Bajarilmay qolganlari-
ning sabablari aniqlanadi. Quyidan chiqib borgan hisobotlarga
asoslanib, mamlakat bo‘yicha kutubxonalar soni,
ularning kitob
jamg‘armasi, adabiyotlaming o‘qilishi, kitob berilishi, qatnovlar
soni, elektron resurslar soni, ularga murojaatlar ahvoli,
elektron
katalogning holati va o‘rtacha ish ko‘rsatkichlari aniqlanadi.
AKM, ARM va kutubxonada hisob-kitob ishlari uch xil yo‘l
bilan olib boriladi:
1. Dastlabki (tezkor yoki dolzarb) hisob.
2. Statistik hisob.
3. Buxgalteriya hisobi.