Kutubxonashunoslik




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet114/183
Sana16.05.2024
Hajmi11,3 Mb.
#237439
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   183
Bog'liq
Kutubxonashunoslik

Kitob eltuvchilik.
AKM, ARM va kutubxonalarda mustaqil 
kutubxonaga kelib-keta olmaydigan nogironlar, nafaqaxo‘rlar, 
uy bekalari, kasalxonada yotganlar va boshqalarning uylariga 
kitoblar eltib beriiadi. Bu ishga faol kitobxonlar, o‘z ixtiyori bilan 
kitob eltishni xohlovchilar jalb qilinadi. Har bir kitob eltuvchiga 
alohida formular to‘ldirilib, uning ustiga «Kitob eltuvchi—КЕ» 
deb yozib qo‘yiladi va har bir kitobxonga formular to ‘ldiriladi, 
ularga AKM, ARMdan foydalanish qoidalariga amal qilib kitob­
lar beriiadi. Formular AKM, ARM abonementida kitob eltuvchi- 
ning familiyasi yozilgan ajratgich orqasida saqlanadi.
Kitob eltuvchi kitobxonlarning huzuriga borganida kitoblar 
bilan birga kitobxonlarning formularini ham olib boradi, ularga
270
www.ziyouz.com kutubxonasi


berilgan va qaytarilgan kutubxona nashrlarini rasmiylashtiradi. 
Kitobxon nashr olganligi uchun imzo chekadi.
Bibhobuslar
. Bu kitob tashishga ixtisoslashgan avtobusdir. 
Asosiy ARMda belgilangan kun va soatlarda bibliobus ARM xo- 
dirni bilan birgalikda ko‘chma mahalla punktlari bo‘ylab shahar 
joylarida har o ‘n kunda bir marta, qishloq joylarida har ikki-uch 
haftada aylanib, adabiyotlar tarqatadi. Bibliobus mashinasida 
Internet tarmog‘iga ulovchi tizim o‘rnatilib, uzoq qishloq, ovul- 
lardagi aholiga borib xizmat ko‘rsatadi. U ko‘cha yoki mahalla- 
ning m a’lum bir manzilida to‘xtaydi. Har bir manzilda uch soat- 
dan ko‘p to ‘xtamasligi kerak. Bibliobus mudiri o‘zi xizmat 
ko‘rsatayotgan yerning ixtisosi va aholisining milliy tarkibiga 
qarab, adabiyotlar oladi yo tarqatadi. Bibliobusda ham barcha qi­
lingan ishlar kundalikka yozib boriladi. Estoniya, Latviya, 
Shvetsiya, Shveysariya va Litva mamlakatlarida bibliobuslar 
uchun maxsus avtobuslar jihozlari va reklama suratlari bilan 
ajratilgan hamda har yili bibliobuslar tanlovi o'tkaziladi.
Alisher Navoiy nomidagi 0 ‘zbekiston Milliy kutubxonasi 
qoshidagi RUK tomonidan aholiga axborot-kutubxona xizmati 
ko‘rsatishning bir qator me’yoriy va qonuniy hujjatlari ishlab 
chiqilgan. Shulardan ayrimlari: har qanday AKMning xizmati- 
dan foydalanish qoidalari ishlab chiqiladi va u kitobxon o‘qishi, 
ko‘rishi uchun qulay joyga osib qo‘yiladi, suhbatlarda ulardan 
foydalaniladi, elektron pochta orqali tarqatiladi, kutubxonaning 
veb-saytiga joylashtiriladi.
Qoidalar quyidagi qismlardan iborat bo‘ladi:
1. Umumiy qoidalar. Bunda qoidalarning maqsadi, qaysi qo­
nuniy hujjatlarga asoslangani, AKMning bu qoidasi nimalarni 
nazarda tutganligi, nimalarni tartibga solishi, qaysi bo‘limlarda 
amalga oshirilishi, ish vaqti va boshqalar ko‘rsatiladi.
2. Axborot-kutubxona muassasasining huquq va burchlari. 
AKMning majburiyatlari — kutubxona fondini tashkil etish, hi- 
sobga olish, saqlash, foydalanishga berish, kitobxonlarga kitob 
fondidan foydalanishning barcha yo'llarini ochib berish, elektron 
kutubxonani va elektron katalogni tashkil etish, yig‘ma elektron 
katalogda ishtirok etish, kitobxonlaming axborotga boMgan
271
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiziqishlarini va talablarini to ‘liq o ‘rganish hamda samarali 
qondirish, ishlash madaniyatini ko‘tarish, zarur axborotni qi- 
dirishda yordam berish, kitobxonlarning intellektual, ma’naviy- 
ma’rifiy, axloqiy, ta ’limiy ehtiyojlarini qondirish uchun barcha 
sharoitlarni yaratish kabilar. Huquqi — foydalanuvchilar tomo­
nidan kutubxonaga keltirilgan zararni undirib olish, yo‘qotil- 
gan yoki zarar keltirilgan adabiyotlar o ‘rniga boshqa adabiyot- 
lami olish, yo‘qolgan adabiyot o‘rniga jarima undirish, muddati 
o'tgandan so‘nggi davr uchun jarima undirish deb ko‘rsatiladi.
3. Foydalanuvchilarning majburiyatlari va huquqlari.
Ularning huquqlari — AKMdan erkin foydalanish va axborot 
resurslariga erkin kirish, o'zining istak-xohishiga, qiziqishiga 
ko‘ra axborotni tanlash, xizmatni tanlash, har qanday so‘roviga 
yarasha ma’lumot olish, o‘quv zallarida texnika va kompyuter 
vositalaridan foydalanish, o ‘zlarining shaxsiy kompyuterlari, 
noutbuklari, kalkulatorlari, pleyerlaridan foydalanish, dasturiy 
ta’minotdan foydalanish, elektron katalogdan foydalanish va boshq.
Majburiyatlari — qoidalar bilan tanish bo‘lishi, axborot- 
kutubxona resurslariga, texnika vositalariga, mebellar va boshqa 
jihozlarga ehtiyotkorlik bilan muomalada bo‘lishi, har bir hujjatni 
olayotganda sinchkovlik bilan ko‘rib chiqishi, olgan adabiyotini 
yo‘qotgan holda adabiyotlar o‘rniga jarima to ‘lashi yoki boshqa 
adabiyotni topshirishi, AKM ishining sifatiga ta’sir qiladigan 
harakatlarni qilmasligi, kitobxonlik chiptasini avaylab-asrashi, 
yo‘qotmasligi, 30 kun ichida manzilining, ish joyining yoki o‘qish 
joyining o‘zgarganligi haqida ma’lumot berishi va boshqalar.
4. AKMdan foydalanish tartibida kitobxonlik chiptasining 
mohiyati, uning huquqidan foydalanish qoidalari, buyurtmalarni 
rasmiylashtirish qoidalari beriladi.
5. Foydalanuvchilarning javobgarligi qismida kitobxon tomo­
nidan yo‘l qo‘yilgan salbiy harakatlar uchun belgilangan jazo 
choralari ko‘rsatilgan.
6. AKM xodimlarining javobgarligi qismida ham jazo choralari 
eslatiladi.
0 ‘zbekiston MKning axborot-kutubxona va boshqa xizmat 
turlari haqidagi nizom quyidagi qismlardan iborat:
272
www.ziyouz.com kutubxonasi


1. Umumiy qoidalar. Bunda nizomning maqsadi, tartibi, 
qonuniy asoslari berilgan. Axborot-kutubxona xizmatining 
ma’nosi, turlari, yo‘naIishlari, qaysi qonuniy hujjatlarga tayangani 
ko‘rsatiJgan. Axborot-kutubxona xizmatlariga AKF haqida to‘liq 
axborot berish, axborot manbalarini qidirishda samarali masla- 
hat berish, vaqtincha o‘quv zallarida foydalanish uchun ada­
biyotlar berish, KAA orqali xizmat ko‘rsatish, elektron resurs- 
larga kirishga sharoit yaratish kabilar. Kitobxonlarga taqdim eti- 
ladigan pulli xizmat turlari ko‘rsatilgan.
2. Axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatish ishini tashkil etish. 
Xizmat qoidalari tushuntiriladi, o‘quv zallarida xizmat ko‘rsatish 
va zallarning turlari berilgan. Kitobxonlarga xizmat ko‘rsatish 
bo‘limlari haqida ma’lumot beriladi.
3. Taqdim etilayotgan axborot-kutubxona xizmat turlarining 
tartibi, ulardan foydalanish qoidalari berilgan.
4. AKXni takomillashtirishda marketing faoliyati. Pulli va 
bepul xizmat ko‘rsatish tizimi, xizmat turlari haqida aholiga 
m a’lumot berish, uning usullari, maqsadi yoritiladi.
5. AKXni taqdim etishning tartibiga talablar yoritilgan.

Download 11,3 Mb.
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   183




Download 11,3 Mb.
Pdf ko'rish