beradi, bu esa har bir oiladan kitobxonlarni jalb etish ishini tashkil
qilishda juda muhim ahamiyatga ega. Abonement stoli yoniga
kutubxonadan foydalanish qoidalari matni yozilgan plakat ilib
qo‘yiladi.
Kutubxonalarda umumiy abonement bo‘lib,
u yerda xizmat
ko‘rsatish bitta kutubxonachi tomonidan amalga oshiriladi.
Foydalanuvchilarga ularning qiziqishi hamda individual so‘roqlarini
e’tiborga olib, alohida-alohida xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshiroq
amalga oshirish uchun kitobxonlar orasidan ularga tizimli yordam
berib turish maqsadida ayrim guruhlar ajratiladi. Kitobxonlar
formularida shunga tegishli belgi qo‘yiladi. Bu kitoblar tavsiya qilish
ishini yengillashtiradi. Qulay boiishi uchun har bir kitobxon
guruhlaming formularini alohida saqlash maqsadga muvofiqdir.
Abonement xodimlari vaqt-vaqti bilan kitobxonlar formu-
larlarini
tahlil qiladilar, kutubxonani komplektlash va kitoblar
tavsiya qilishda so‘roqlarini e’tiborga oladilar.
Qiroatxona.
AKMning xizmat ko‘rsatish bo‘limi bo‘lib, kitob
xonlar o ‘sha yerda o‘tirib, turli adabiyotlar, vaqtli matbuot
nashrlari, kompyuter m a’lumotlar
bazalari bilan tanishadilar,
Internet va elektron pochta xizmati hamda elektron katalogdan,
elektron ma’lumotlardan foydalanadilar. Qiroatxonadan kitob,
gazeta, jurnallar uyga berilmaydi. Keyingi paytda ilg‘or kutub
xonalar o‘quv zali fondidagi kam nusxali yoki nodir asarlarni,
vaqtli matbuot nashrlarini pulli xizmat ko‘rsatish yo‘li bilan ma’lum
belgilangan tartibda uyga ham berish ishini yo‘lga qo‘ydilar.
Qiroatxonada kitobxon uchun barcha imkoniyat yaratilgan
bo‘lishi kerak. U yer yorug‘, shinam va osoyishta bo‘lishi lozim.
AKMda o ‘tkaziladigan barcha ommaviy ishlar: kitob taqdi-
motlari, multimedia kechalarf^dabiy uchrashuvlar, savol-javob
kechalari, obzorlar, qiziqishlar bo‘yicha klublar, yangi adabiyot
to‘g‘risida axborotlar, ovozli o‘qishlar, she’riyat kechasi, mushoira-
lar, konferensiyalar shu yerda o‘tkaziladi, ayrim havaskor to‘ga-
raklar ish olib boradi.
Adabiyotlar ko‘rgazmasi,
plakatlar, albomlar, turli papkalar
shu yerda tashkil qilinadi. 0 ‘quv zalining yordamchi fondida
quyidagi' adabiyotlar bo‘ladi: 0 ‘zbekiston
Respublikasi davlat
265
www.ziyouz.com kutubxonasi
rahbarlari va Senat materiallari, risolalar, nutq, m a’ruzalar va
Farmonlar, Oliy Majlis qonunlari,
Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, farmoyishlari, vazirliklarning buymqlari, yo‘riqno-
malari, ma’naviyat, madaniyat, ma’rifat, milhy qadriyatlarimizga
oid asarlar, ko‘p
jildli nashrlar, lug‘atlar, ensiklopediyalar,
ma’lumotnomalar, jahon adabiyotining mumtoz asarlari, gazeta
va jurnallar, plastinka,
magnit tasmalari, diafilm, disketlar,
skanerlar. Ba’zi kutubxonalarda ana shu nashrlarning tiplari va
turlari bo‘yicha alohida o‘quv zallari tashkil etiladi. Kompyuterlar
lokal tarmoqqa, serverga, u orqali Internetga ulangan bo‘lishi
lozim.